Научная статья на тему 'BO’LAJAK O’QITUVCHILAR DEONTOLOGIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ILMIY MEROSIDAN FOYDALANISH NAZARIY ASOSLARI'

BO’LAJAK O’QITUVCHILAR DEONTOLOGIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ILMIY MEROSIDAN FOYDALANISH NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Imom at-Termiziy / “Al-Jomi’ as-Sahiyh” / o’qituvchi deontologik tayyorgarligi takomillashtirish / “Ishonchli to‘plam”. / Имам ат-Тирмизи / «Аль-Джами ас-Сахий» / совершенствование деонтологической подготовки учителей / «Достоверный сборник».

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Mamatqobilova Shodiya Azamat Qizi

Ushbu maqolada Imom at-Termiziy hayot faoliyati, ilm yo’lidagi izlanishlari, «Al-Jomi’ as-Sahiyh» asari, asarlarida keltirilgan fikrlar, o’qituvchi deontologik tayyorgarligi takomillashtirish uchun foydalaniladigan qismlari, foydalanish asoslari haqida keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НАУЧНОГО НАСЛЕДИЯ ИМАМА АТ-ТИРМИЗИ В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ ДЕОНТОЛОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ

В данной статье упоминаются жизненная деятельность Имама ат-Тирмизи, научные исследования, труд «Аль-Джами ас-Сахий», идеи, изложенные в его произведениях, части, используемые для совершенствования деонтологической подготовки учителя, и основы ее использования.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK O’QITUVCHILAR DEONTOLOGIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ILMIY MEROSIDAN FOYDALANISH NAZARIY ASOSLARI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILAR DEONTOLOGIK TAYYORGARLIGINI

TAKOMILLASHTIIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ILMIY MEROSIDAN FOYDALANISH NAZARIY ASOSLARI Mamatqobilova Shodiya Azamat qizi

Termiz davlat pedagogika instituti, Pedagogika va inklyuziv ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14316975

Annotatsiya: Ushbu maqolada Imom at-Termiziy hayot faoliyati, ilm yo'lidagi izlanishlari, «Al-Jomi' as-Sahiyh» asari, asarlarida keltirilgan fikrlar, o'qituvchi deontologik tayyorgarligi takomillashtirish uchun foydalaniladigan qismlari, foydalanish asoslari haqida keltirib o'tilgan.

Kalit so'z: Imom at-Termiziy, "Al-Jomi' as-Sahiyh", o'qituvchi deontologik tayyorgarligi takomillashtirish, "Ishonchli to'plam".

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НАУЧНОГО НАСЛЕДИЯ ИМАМА АТ-ТИРМИЗИ В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ ДЕОНТОЛОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ

Аннотация: В данной статье упоминаются жизненная деятельность Имама ат-Тирмизи, научные исследования, труд «Аль-Джами ас-Сахий», идеи, изложенные в его произведениях, части, используемые для совершенствования деонтологической подготовки учителя, и основы ее использования.

Ключевые слова: Имам ат-Тирмизи, «Аль-Джами ас-Сахий», совершенствование деонтологической подготовки учителей, «Достоверный сборник».

THEORETICAL FOUNDATIONS OF USING THE SCIENTIFIC HERITAGE OF IMAM AT-TERMIZI IN IMPROVING THE DEONTOLOGICAL TRAINING OF

FUTURE TEACHERS

Abstract: In this article, Imam al-Tirmizi's life activity, scientific research, "Al-Jami' al-Sahiyh" work, ideas presented in his works, parts used to improve the teacher's deontological training, and the basis of its use are mentioned.

Keyword: Imam al-Tirmizi, "Al-Jami' as-Sahiyh", improvement of teacher's deontological preparation, "Reliable collection".

KIRISH

Imom Termiziyning to'liq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhoq Abu Iso as-Sullamiy az-Zariyr al-Bug'iy at-Termiziy bo'lib, u hijriy 209 (melodiy 824) yili Termiz yaqinidagi Bug' (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan) qishlog'ida o'rta hol bir oilada tavallud topgan deb keltiriladi. Markaziy Osiyolik mashhur tarixchi Abu Saad Abdulkarim as-Sam'oniy (1113-1167) at-Termiziy Bug' qishlog'ida vafot etganligi uchun al-Bug'iy taxallusi bilan ham atalgani, olimning ko'p yig'laganidan umrining oxirlarida ko'zi ojiz bo'lib qolganligidan az-Zariyr (ko'zi ojiz) taxallusi olganligini ham qayd qiladi. Lekin el orasida at-Termiziy nomi bilan mashhur bo'lishiga sabab uning butun hayoti va faoliyati (yoshligidan boshlab) Termiz shahri bilan chambarchas bog'liq bo'lganligidan, shuningdek, olim tug'ilgan Bug' qishlog'i Termiz shahriga yaqin, ma'muriy-idoraviy jihatdan unga mansub qishloqlardan ekanligidan deb izohlanadi.

Allomaning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq ma'lumotlar keltirilmagan, faqat tarixchilar uning «bobom asli marvlik edi, u kishi Lays ibn Sayyor zamonida yashagan, so'ng u yerdan Termizga ko'chib kelganlar»,-degan fikrini keltirish bilan chegaralanadilar.

ASOSIY QISM

At-Termiziy yoshligidan zehnli, idrokli va zakovatli bo'lib, bu fazilatlari bilan o'z tengdoshlaridan batamom ajralib turgan bo'lib, uning yoshlik chog'laridan ilmga qiziqishi va ishtiyoqi o'sha davrning ko'pgina ilmlarini, ayniqsa, hadis ilmini chuqur egallashda baralla namoyon bo'ldi. U yoshlik paytlaridan boshlab Termiz, Samarqand, Marv va Markaziy Osiyoning boshqa yirik shaharlarida istiqomat qilgan mashhur ulamolar va muhaddislar asarlarini qunt bilan o'rgana boshlagan, keyinchalik qo'shni Balx va Hayraton shaharlaridagi ilm ahllari bilan ilmiy aloqalar o'rnatilishiga hissa qo'shgan termizlik olimlardan biri hisoblanadi.

Ilm-fanga tashna at-Termiziy 850 yildan ya'ni yigirma olti yoshidan boshlab uzoq yurtlarga, qator horijiy mamlakatlar hamda shaharlarga safar qiladi. Jumladan u Hijozda-Makka va Madina; Iroq, Xurosonning qator shaharlarida ko'plab muhaddislar, ulamolar bilan muloqatda bo'lib, ulardan ta'lim oladi, qizg'in ilmiy munozara va bahslarda ishtirok qiladi.

Tarixchi olimlarimizdan Shamsuddin az-Zahabiyning ta'kidlashicha, at-Termiziy Misr va Shomni shaxsan ziyorat qilmagan, shu boisdan ham bu mamlakatlar ulamolaridan bilvosita hadislar rivoyat qilgan. Ulamo safarlari chog'ida at-Termiziy nafaqat hadis ilmidan, balki ilm al-qiroat, al-bayon, fiqh, tarix va ilm-fanning boshqa sohalaridan ham ko'plab ustozlardan saboq olib o'z bilimini oshiradi. Bular hammasi at-Termiziyning o'z davrining yirik olimi darajasiga yetishida mustahkam zamin tayyorlaydi.Shu bilan bir qatorda at-Termiziy o'zi yoshlikdan qiziqqan Payg'ambar alayhissalomning hadislarini to'plashga alohida e'tibor bilan qaraydi. Bu borada u har qanday qiyinchiliklarga bardosh beradi. U o'z o'qigan yoki birorta roviydan eshitgan hadisni alohida qog'ozlarga qayd qilib, ularning asli va isnodini izchillik bilan aniqlagach va qayta-qayta tekshirib to'g'riligiga to'liq qanoat qilgach ularni alohida-alohida maxsus qog'ozlarga qayd qilib borgan. Turli roviylardan eshitgan hadislarining to'g'riligiga shubha va ikkilanish bo'lganda ularni ham ajratib alohida batartib yozib borgan. Shu tariqa hadislarning to'g'riligi, isnodi tadqiq qilinganligi yoki shubhalilari turli tabaqalarga bo'linib ular sahih (to'g'ri, ishonchli), hasan (yaxshi, ma'qul), zaif (bo'sh, ishonchsiz), g'ariyb (g'alati) kabi xillarga ajratilgan. At-Termiziy o'z asarlarida (bu haqda keyinroq batafsil to'xtalamiz) keltirilgan hadislarni ushbu tabaqalar asosida ko'rsatib o'tgan. Hadis ilmini egallashda va takomillashtirishda imom at-Termiziy o'z davrining ko'pgina mashhur muhaddislaridan tahsil oldi. Uning ustozlaridan Imom al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj, Abu Dovud, Qutayba ibn Sa'id, Is'hoq ibn Muso, Mahmud ibn G'iylon, Said ibn Abdurrahmon, Muhammad ibn Bashshor, Ali ibn Hajar al-Marvaziy, Ahmad ibn Muniy', Muhammad ibn al-Musanno, Sufyon ibn Vaqiy' va qator taniqli muhaddislarni ko'rsatish mumkin.

Imom at-Termiziy o'z davrining yetuk muhaddisi sifatida ko'pgina shogirdlarga ustozlik ham qilgan. Uning shogirdlaridan Maqhul ibn al-Fazl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Abu ibn Muhammad an-Nasafyun, Hammod ibn Shokir, Xaysam ibn Kulayb ash-Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf an-Nasafiy, Abul-Abbos Muhammad ibn Mahbub al-Mahbubiy kabi yetuk olimlarni ko'rsatish mumkin. Yuqorida ko'rib o'tganimizdek at-Termiziyning ustozlari va shogirdlari orasida turli mamlakat va elatlarning vakillari borligi sezilib turibdi. Shu nuqtai nazardan qaralganda uzoq o'tmishda ham ilm-fanning taraqqiyot va ma'rifat urug'larini tarqatish borasida turli o'lkalarning vakillari yakdil bo'lib faoliyat ko'rsatib samarali hamkorlik qilganliklari,

umumbashariy qadriyatlar ravnaqi yo'lida haqiqiy baynalminallik ruhi mavjud bo'lganligi hozirgi davrimiz uchun ham ibratli bir holdir.

At-Termiziy zehnining o'tkirligi, xotirasi hamda quvvai hofizasi kuchliligi xususida tarixiy manbalarda ko'plab rivoyatlar keltiriladi. Jumladan arab tarixchisi Shamsuddin az-Zahabiyning (1274-1347) «Tazkirat ul-huffoz» («Hofizlar haqida tazkira») nomli asarida quyidagi hikoya keltiriladi: Abu Iso Muhammad at-Termiziy Makkaga hajga borayotganida yo'lda ko'p mashhur muhaddislar bilan uchrashib, muloqotda bo'lib, olimlardan biridan hadislardan saboq berishini iltimos qilgan. U olim; «Bo'lmasa qog'oz-qalam ol», degan. Aksiga olib shu payt at-Termiziy qalam topa olmagan va olim ro'parasida o'tirib eshitgan hadislarini yozib olayotgandek qog'oz ustida qo'lini harakat qildiravergan. Olim esa turli-tuman hadislar keltiraverib yetmishga yaqinini hikoya qilgan. Shu orada u olim qog'ozga qarab unda hech qanday yozuv bo'lmay-uni toza holda ko'rgan va at-Termiziyning bu ishidan jahli chiqib: «Nima sen mening vaqtimni bekorga olmoqchimisan?», deb o'shqirgan. At-Termiziy bo'lsa bamaylixotir «Siz aytgan hadislaringizni yoddan aytib beraymi?»,-deganu hozirgina olimdan eshitgan hadislarning hammasini birin-ketin aynan takrorlab aytib bergan. At-Termiziyning xotirasi kuchliligidan o'sha olim hayratga tushib, qoyil qolganligini bildirgan.

Imom At-Termiziyning xorijiy mamlakatlarga qilgan safari uzoq yillarga cho'zilib, avval eslatib o'tganimizdek, safarlari chog'ida u ko'pdan-ko'p olimlar, muhaddislar bilan muloqotda bo'ldi... Shu bilan bir qatorda ana shu safarlari chog'ida hadislarni to'plab, kitoblar ta'lif qilishga ham kirishdi. Xorijiy ellarga safarlaridan u o'z yurtiga 863 yildan oldin qaytadi va o'z elidan chiqqan olimlar bilan ilmiy munozaralarda qatnashadi, ko'plab shogirdlarga ustozlik qiladi. Ayniqsa, mashhur muhaddis alloma al-Buxoriy bilan Nishopurda birga faoliyat ko'rsatib, ko'plab ilmiy bahslarda ishtirok qiladi, bu haqda at-Termiziy o'zining «Al-Ilal» kitobida ham yozadi. At-Termiziyning ko'pchilik tasniflari, jumladan uning mashhur asari «Al-Jomi'» ham o'z Vataniga qaytganidan keyin yaratilgan. Imom at-Termiziy 892 yilda Termiz yaqinidagi Bug' qishlog'ida vafot etib, shu joyda dafn qilingan.

O'z ijodiy faoliyati davrida at-Termiziy o'ndan ortiq asarlar yaratdi. Uning madaniy merosida, shubhasiz, «Al-Jomi'» asari katta ahamiyatga ega bo'lib, bu asar «Al-Jomi' as-sahiyh» («Ishonchli to'plam»), «Al-Jomi' al-kabiyr» («Katta to'plam»), «Sahiyh at-Termiziy», «Sunan at-Termiziy» («Termiziy sunnatlari») nomlari bilan ham yuritilib kelinadi.^.

Muallifning yirik asarlaridan yana biri «Ash-shamoil an-nabaviyya» («Payg'ambarning alohida fazilatlari»)dir. Bu asar «Ash-shamoil muhammadiyya», «Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sallollohu alayhi vassallam»[2]nomlari bilan ham ataladi. Mazkur asar Saudiya Arabistonida istiqomat qilgan vatandoshimiz Said Mahmud Taroziy (u 1992 yili vafot etgan) tomonidan o'zbekchaga tarjima qilingan bo'lib (arab alifbosida va kirillchada Toshkentda bir necha bor nashr qilingan)^. «Kitob at-ta'rix», «Kitob al-ilal as-sag'iyr va al-ilal al-kabiyr», «Kitob uz-zuhd» («Taqvo haqida kitob»), «Kitob al-asmo val-kuna» («Roviylarning ismi va laqablari haqida kitob»), «Al-ilal fil-hadiys» («Hadislardagi illatlar yoki og'ishlar haqida»), «Risola fil-xilof val-jadal» («Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola»), «Asmo us-sahoba» («Payg'ambar sahobalarining ismlari»)4 ular jumlasidandir.

«Al-Jomi' as-Sahiyh» At-Termiziyning ilmiy-ijodiy faoliyatida yaratilgan asarlari ichida «al-Jomi' as-sahiyh» («Ishonchli to'plam») eng asosiy o'rinni egallaydi. Bu asar yuqorida qayd qilganimizdek, «al-Jomi' al-kabiyr», («Katta to'plam»), «Sahiyh at-Termiziy», «Sunan at-Termiziy» («Termiziy sunnatlari») kabi nomlar bilan ham yuritiladi.

Misrlik olim va adib Jamoliddin Abdurrahmon ibn Abu Bakr as-Suyutiyning (1445— 1505) at-Termiziy asariga yozgan sharhi «Qut al-mug'taziy ala Jomi' at-Termiziy» (undan ikki qismi nashr qilingan), deb atalgan. O'z ustozlari Imom al-Buxoriy, Imom Muslim asos solgan xayrli ishni Imom at-Termiziy chuqur mas'uliyat va katta idrok bilan davom ettirgan. Hadisshunoslikning ilmiy asosda rivojlanishiga ulkan hissa qo'shib, musulmon dunyosidagi eng nufuzli muhaddislardan biri darajasiga ko'tarildi. Abu Iso at-Termiziyning shoh asari bo'lmish «Al-Jomi' as-sahiyh» olim mashaqqatli mehnatining mahsuli sifatida hadis ilmida katta ahamiyatga ega. Shuni aytish kerakki, muallif o'z asarini alohida-alohida boblarga bo'ladi, imkoni boricha har bir hadis roviylarini keltiradi. Har bir hadisdan keyin uning ishonchli yoki ishonchsizlik darajasini aniqlab alohida ko'rsatib o'tadi. Oldinroq biz asarini «As-sunan» («Sunnatlar») nomi bilan («Sunan at-Termiziy») atalishini ham eslatib o'tgandik[6]. Bu nom bilan atalishiga asosiy sabablardan biri — unda fiqh masalasiga doir ahkom hadislar juda ko'p keltirilgan. Shular bilan bir qatorda asarda pand-nasihat, axloq-odob, go'zal xulq-u fazilatlar xususida ham juda ko'p hadisi shariflar keltirilganki, bu darajadagi hadislar hech bir muallif asarida uchramaydi.

Tarkibiy jihatdan asar quyidagi boblarga bo'linadi. Undan tahorat, salot (namoz), zakot, ro'za, haj, janoza, nikoh, emizish, taloq, savdo-sotiq, qozilik ahkomlari, tovon to'lash, me'yor, sayd, qurbonlik, nazr-nuzur, iymon, siyratlar, jihod, kiyim-kechak (libos), taomlar, ichimliklar (al-ashriba), xayr-ehson va saxovat, tabobat, farzlar, vasiyatnomalar, xayrixohlik va taqdir, xuruju fitnalar, bashoratlar, shahodatlar, zohidlar, jannat va jahannam sifatlari, ilm, izn so'rash, odob va axloq, masallar, Qur'on fazilatlari, qiroat, tafsir, duolar, manoqiblar (fazilatlar), illatlar haqidagi boblar keltirilgan^.

Mana shu boblar asarda sarlavha tarzida bo'lingan bo'lib, bobga doir hadislar bo'lim mazmunini to'la-to'kis ifodalaydi. Ushbu bobga doir masala bo'yicha muallif bir qancha hadislarni keltiradi, so'ng bu masala yuzasidan boshqa ulamoyu faqihlarning fikrlarini ham batartib bayon etadi. Undan keyin rivoyat qilingan hadisning sahiyh, hasan, zaif yoki g'aribligi darajasiga o'z munosabatini bildiradi. Shundan so'ng hadis roviylari, sanadlari va sanadning o'z ichiga olgan illatlari xususida o'z fikrini bildiradi.

XULOSA

Muallif roviylarning fikr-mulohazalari payg'ambar alayhissalomga yaqin bo'lgan sahobalar va boshqa ulamolar fikriga tayanib hadis haqidagi fikrlarini bayon etadi. Asarga kiritilgan bir necha ming hadisni shunday tadqiq qilish muallifdan tinimsiz mehnat, sabr-toqat, irodani talab qilganligini tasavvur qilish qiyin emas. Mashhur olim Toshko'briyzoda Imom at-Termiziy faoliyatiga yuqori baho berib shunday yozadi: «Imom at-Termiziyning hadis ilmi sohasida ko'plab tasnifotlari bor. Ul zotning «As-Sahiyh» asari ushbu kitoblarning eng yaxshisi va g'oyat foydalisidir. Bu kitobda «sahiyh», «hasan», «g'ariyb» kabi turli xildagi hadislar bayon etiladi. Kitobning «Kitob al-ilal» qismi illatli hadislarga bag'ishlangan holda foydali mulohazalarni o'z ichiga olgan. Ushbu asarni mutoala qilgan har bir kishi uning noyob durdonalaridan bebahra qolmaydi»[10][11] Chunonchi, at-Termiziy kitoblarida bu xildagi hadislarning birmuncha ko'pligi uning benazir izlanishlaridan dalolatdir. Ushbu asar haqida muallifning o'zi ham: «Al-Jomi'»ni yozib tugatib Hijoz, Iroq va Xuroson olimlariga ko'rsatganimda, ular uni mamnunlik bilan bir ovozdan ma'qul topdilar. Rostdan ham kimning xonadonida bu kitob bo'lsa, go'yoki bu uyda payg'ambar alayhissalomning o'zlari so'zlayotgandek[9], — deb yozadi. Ushbu fikrlardan ham ayonki, Termiziy yaratgan asarlari har bir tarbiya bo'g'iniga zarur deb qaraladi. O'qituvchi mahoratini belgilovchi muhim

hususiyatlardan biri uning yuksak darajada tarbiyasini nomoyon etishi bo'lib, yuksak ma'naviy

ozuqa deb qaraladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Nuriddin Atar. Al-Imom at-Termiziy, 37-bet.

2. Abu Iso at-Termiziy. Ash-shamoil an-nabaviyya, Toshkent, 1993.

3. Al-Asqaloniy. Tahziyb at-tahziyb, 9-jild, 389-bet.

4. Al-Asqaloniy. Tahziyb at-tahziyb, 9-jild, 389-bet.

5. «Sunan at-Termiziy»ning birinchi jildi o'zbek tiliga tarjima qilinib, 1999 yilda Toshkentda nashr etilgan.

6. Mabohis fi u'lum al-hadiys, 35-bet.

7. Nuriddin Atar. Al-Imom at-Termiziy, 51—52-betlar.

8. US Yakubova O'qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentliligini rivojlantirish metodikasi Inter education & global study, 2024

9. Sharifovna, Y. U. (2022). Professional Qualities of a Social Educator. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 1(5), 171-175.

10. Azamat, M. S., & Rajabali, P. S. International Evaluation Programs. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 1-5.

11. Mamatkobilova, S., & Julayeva, M. (2020). FACTORS AFFECTING FAMILY STRENGTH

12. a4rhob, Н. А., & Джураев, Ф. Р. (2022). РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА "ВОСПИТАНИЕ" В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ. Главный редактор ЕС Овечкина, 697.

13. a4rhob, Н. А., & Джураев, Ф. Р. РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА "ВОСПИТАНИЕ" В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ.

14. a4rhob, Н. А., & Джураев, Ф. Р. (2022). РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА "ВОСПИТАНИЕ" В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ. Главный редактор ЕС Овечкина, 697.

15. M.Xurramova. (2023). Bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko'nikmalarni rivojlantirishning mazmuni. "XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" Nomli Respublika Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi, 1(8), 55-58. Retrieved from https://universalpublishings.com/index.php/itfttdm/article/view/1744

16. M., K. . (2023). THEORETICAL AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE TECHNOLOGY OF FORMING REFLECTIVE SKILLS IN FUTURE TEACHERS. JOURNAL OF SCIENCE, RESEARCH AND TEACHING, 2(8), 107-110. Retrieved from http://j srt.innovascience.uz/index.php/j srt/article/view/280

17. M.Xurramova. (2023). Bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko'nikmalarni rivojlantirishning mazmuni. "XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" Nomli Respublika Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi, 1(8), 55-58. Retrieved from https://universalpublishings.com/index.php/itfttdm/article/view/1744

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.