Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 6 | 2023
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
BO'LAJAK JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHILARIDA INNOVATSION KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH
IMKONIYATLARI
Aloviddin Abduraxmonovich Sabirov
ChDPU Jismoniy madaniyat nazariyasi kafedrasi o'qituvchisi
Shamshodjon Elmurod o'gli Boltayev
ChDPU Jismoniy madaniyat metodikasi kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada pedagogik ta'lim innovatsion klaster yondashuvida maktab-laboratoriya tajribasining tarmoqlararo o'zaro hamkorligi asos sifatida ko'rsatilgan. Shuningdek, jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishi va umumiy o'rta ta'lim maktablari о'rtasida nafaqat о'qitishga qaratilgan pedagogik ta'lim innovatsion klasterini shakllantirish va rivojlantirish, balki mintaqaning kelajakdagi professional kadrlarga bo'lgan ehtiyojlari nuqtayi nazaridan talabalar hamda o'quvchilarning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Kalit so'zlar: Pedagogik ta'lim innovasion klaster, maktab-laboratoriya, innovasion faoliyat, tarmoqlararo o'zaro hamkorlik, mintaqa, model, jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishi, tajriba, kompetentlik.
ABSTRACT
This article outlines the inter-sectoral interaction of school-laboratory experience as the basis for the innovative cluster approach of pedagogical education. Also, physical culture is aimed not only at the formation and development of an innovative cluster of pedagogical education aimed at teaching between the educational direction and schools of general secondary education, but also at developing the scientific and creative potential of students and students from the point of view of the region's needs for future professional personnel.
Keywords: Pedagogical educational innovation cluster, school-laboratory, innovation activity, inter-industry cooperation, region, model, educational direction of physical culture, experience, competence.
June, 2023
318
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
Sh.M.Mirziyoyev prezidentlik lavozimiga kirishgan dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma'naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta'lim tizimini takomillashtirish masalalariga jiddiy e'tibor qaratib kelmoqda. Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko'tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg'or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ta'limda pedagog - o'zining ijodkorligi, faolligi, individualligi, tanqidiy fikrlashi, kasbiy pedagogik kompetentligi, ya'ni kompetentliklar majmui hamda innovasion ta'lim texnologiyalarini joriy etish orqali pedagogik mahorat darajasini doimiy ravishda rivoj-lantirib borishga intilishi bilan ajralib turadi.
Kasbiy mahoratga ega bo'lish uchun pedagogik yo'nalish, kasbiy jihatdan ahamiyatli shaxsiy sifatlar, asosiy pedagogik qobiliyatlar, kasbiy kompetentlik, uzluksiz o'z-o'zini takomillashtirish, malaka oshirish, pedagogik ijodkorlik va innovatsiyalar zarur.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida ko'plab muammolarga yechim izlashda, o'qitish metodikasini takomillashtirishda klaster usuliga murojaat qilinmoqda. Xususan, ta'lim klasteri pedagogikamizda integratsiya va uzluksizlik bilan bog'liq yangi innovatsion yo'nalish hamda uning amaliyotga tatbiq qilinishi pedagogik ta'limda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash omili ekanligi G'.I.Muhamedov, Sh.Q.Mardonov, Sh.Botirova, X.Sultonov, S.Toshtemirova, N.Koshanova, Q.Mahmudovlarning tadqiqotlarida muayyan darajada yoritilgan[1].
NATIJALAR
Klaster siyosati mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish strategiyasining asosi bo'lib xizmat qiladi va ta'lim tizimiga nisbatan klasterni mintaqa ehtiyojlarini hisobga olgan holda o'qitish masalasini hal qilish uchun professional kuchlarni sintez qiluvchi innovatsiya markazi sifatida ko'rsatish mumkin.
Ta'lim murakkab tizim bo'lib, unda ko'plab mustaqil
KIRISH
June, 2023
Shuning uchun maktab va institut hamkorlik shakllarini rivojlantirishni o'rganishi kerak. Bunday hamkorlikni amalga oshirish uchun ta'lim jarayonini tashkil etishda klaster modelidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Pedagogik ta'lim innovatsion klaster - bu shartnomalar asosida o'zaro hamkor-lik qiluvchi va ta'lim mutaxassislarini tayyorlash bo'yicha ilmiy, o'quv va innovatsion maqsadlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi jug'rofik mahalliylashtirilgan tashkilotlar guruhidir.
Pedagogik ta'lim innovatsion klasterini amalga oshirishning eng asosiy sharti va shakli sifatida "Maktab-laboratoriya" innovatsion tajriba maydonchalarini olish mumkin. Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri ChDPU "Jismoniy madaniyat" ta'lim yo'nalishining strategik tadqiqot yo'nalishi bo'lib, "Maktab-laboratoriya" uning yadrosi - amaliyotga tatbiq etish shakli hisoblanadi. "Maktab-laboratoriya"lar ilmiy-pedagogik innovatsion loyihalarni yaratish va tajriba-sinovdan o'tkazish bilan bog'liq muhim vazifalarni bajaradi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Bugungi kunda Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida shunday 4 ta "Maktab-laboratoriya" innovatsion tajriba maydonchalari tashkil etilgan. Bu boradagi ishlarni tizimli va muayyan reja asosida olib borish maqsadida "Jismoniy madaniyat" ta'lim yo'nalishi va Chirchiq shahar xalq ta'limi bo'limining 24-25 umumiy o'rta ta'lim maktablari o'rtasida hamkorlik shartnomalari hamda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. "Maktab-laboratoriya" innovatsion tajriba maydonchalarining maqsadi uzluksiz ta'lim jarayonida ta'lim turlari o'rtasidagi ilmiy, uslubiy va ta'lim vositalarini rivojlantirish, peda-gogik ta'lim innovatsion klasterini amaliyotga tatbiq etish bilan bog'liq ilmiy-pedagogik loyihalarni tajriba-sinovdan o'tkazishdan iborat.
Pedagogik ta'lim innovatsion klasterni jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishi va maktablarni hamkorlik qilish vositasi sifatida amalga oshirish muhimdir. Pedagogik ta'lim innovatsion klasterini tashkil etish zamonaviy o'qituvchi kasbiy tayyorgarligining eng muhim vazifasi - mutaxassislarni reproduktiv ishlab chiqarishdan ularning individual va ijodiy tayyorgarligiga o'tish, o'qituvchining ijodiy raqobatdosh shaxsini shakllantirishga ham yechim
XULOSA
topadi.
June, 2023
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
REFERENCES
1. Muxamedov G'.I., Xodjamqulov U.N. Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri: ta'rif, tavsif, tasnif. Chirchiq, Universitet - 2019.
2. Xo'jamqulov U.N. Maktab-laboratoriya. Chirchiq - 2019.
3. T.Achilov. Pedagogik ta'lim innovatsion klaster yondashuvida o'zaro hamkorlikning didaktik imkoniyatlari. Xalq ta'limi. 5-son. T. 2021.
4. Азимкулов С. (2021). Таълим жараёнини инновацион педагогик технология асосида ташкил килишда кулланиладиган укитиш усул ва технологиялари. УзМУ ХАБАРЛАРИ, 2(1), 54-57. 7.
5. Азимкулов С.Н. (2021). Кластерный подход и его использование в научно-педагогических исследованиях. Academic Research in Educational Sciences, 3(2), 826-861. 8. 4.
6. Boltayev Sh.E. Abdurahmonov Sh. Qo'ziyeva F.B. Umumta'lim maktab o'quvchilarida klaster usulini qo'llash orqali jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini oshirish. Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 ISSUE 12 2022. Pp. 339-342.
June, 2023