INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
BO'LAJAK FIZIKA O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA KASBIY IXTISOSLIKKA MOS LABORATORIYA ISHLARINI TASHKIL ETISH
METODIKASI Rayxan Boltaboyeva
O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Toshkent shahridagi "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi fizika fani etakchi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10004902
Respublikamizda barcha ta'lim dargohlarida o'sib kelayotgan yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish, ularni har jihatdan etuk, barkamol inson qilib voyaga etkazishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada Respublikamizda ayniqsa, keyingi yillarda qator amaliy ishlar hayotga tadbiq etilib, ta'lim jarayonlari izchillik bilan olib borilmoqda.
"Ta'lim sohasidagi yangi islohotlar yoshlarga ta'lim berish, o'quv yurtlarini takomillashtirish va zaruriy talab hamda shart-sharoitlarni yaratish borasida qilingan dastlabki ijobiy qadamlar bo'ldi, desak adashmagan bo'lamiz. Kelajakda o'sib kelayotgan avlodni xalqimiz va yurtimiz uchun jonkuyar, fidoiy va malakali mutaxassis qilib tayyorlash muhim o'rin tutadi [1].
Yurtboshimiz bu borada shunday deydi: "Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog'lom o'sishi balki, ularning eng zamonaviy intelektual bilimlariga ega bo'lgan uyg'un rivojlangan insonlar bo'lib, zamon talablariga to'liq javob beradigan barkamol avlodni voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz"[3].
Respublikamizda ta'lim tizimini isloh qilishning so'nggi sifat bosqichlari amalga oshirilmoqda. Bu bosqichda yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga zamin bo'la oladigan barcha omillar, o'qitiladigan fanlar, ularning dasturlari va o'qitish mazmunlari sifat jihatdan yangilanishni taqozo etmoqda.Bu muammolarni hal etilishi, nafaqat fizika o'qitish samaradorligini oshirishga olib keladi, balki umumiy o'rta ta'lim tizimida ishlaydigan o'qituvchi kadrlarni tayyorlashda ham mos keladi.
Fizik mutaxassislarni tayyorlash tizimida praktikum muhim o'rin egallaydi. Praktikum fizika kursining ajralmas qismi bo'lib, talabalarni fundamental fizika qonunlari va hodisalarining eksperimental asoslari bilan tanishtirishda hamda ularga fizikadan zamonaviy eksperimental masalalarni mustaqil qo'yish va o'tkazish ko'nikmalarini singdirishda asosiy rol o'ynaydi. Talabalar uchun praktikumning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- dasturdagi kurslarning nazariy materialini konkret fizik vaziyatlarni tahlil qilishga qo'llashga o'rgatish; asosiy fizik qonuniyatlarni eksperimentda o'rganish; o'rganilayotgan kattaliklarning tartibini baholash, olingan natijalarning aniqligi va ishonchlilik darajasini aniqlash;
- tajribadan fizikaga oid ma'lumotlarni olishning asosiy eksperimental metodlari bilan tanishtirish. Muhim fizik doimiylar va kattaliklarni o'lchashni o'rgatish, zamonaviy fizikaning eng so'nggi yutuqlari bilan tanishtirish;
- zamonaviy va boshqa o'lchash asboblari, ularning ishlash prinsiplari bilan tanishtirish, qo'llanilish sohasi, o'lchashlarning murakkabligi, olinadigan kattaliklarning aniqligi hamda xatoliklarning manbalari;
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
- o'lchov asboblari hamda eksperimental qurilmalar bilan ishlashning amaliy ko'nikmalarini berish. Eksperimental tadqiqotlar o'tkazishda xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtirish;
- eksperiment natijalarini ishlab chiqishda zamonaviy statistika metodlaridan, olingan natijalarni grafiklar, sxemalar, jadvallar ko'rinishida to'g'ri ifodalash madaniyatini egallashga o'rgatish;
Fizika praktikumida talabalar oldiga qo'yiladigan masalalar umumiy ko'rinishda quyidagi uch xil variantda bo'lishi mumkin:
1) fizikaviy kattalikni o'lchashning eng maqbul usuli va o'lchash asboblari majmuasi talabaga ko'rsatib beriladi. Natijaviy kattalikning aniqligini talaba mavjud asboblar va metod kiritiladigan xatoliklar asosida baholaydi;
2) o'lchash usuli ko'rsatiladi, lekin o'lchash uchun kerakli asboblarni o'lchash aniqligiga qo'yiladigan talablar asosida talabaning o'zi tanlaydi;
3) talabaga muayyan fizikaviy kattalikni ko'rsatilgan aniqlik bilan o'lchash topshiriladi. Masalani eng yaxshi hal qilishga imkon beruvchi usulni va o'lchash asboblari majmuasini talabaning o'zi tanlaydi.
Demak, laboratoriya mashg'ulotlari nazariya va amaliyotni bog'lovchi hamda ularning birligini ta'minlovchi bo'lib, talabalarning bilimlarini mustahkamlashda, mustaqillik, o'lchov asboblari bilan ishlay olish va tajriba o'tkaza bilish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda, o'lchash xatoliklarini baholay bilish kabi amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishda katta rol o'ynaydi.
Laboratoriya ishlarida o'tkaziladigan tajribalar muvaffaqiyatli chiqishi tajriba o'tkazuvchining diqqat bilan o'ylab qilgan faoliyatiga bog'liq bo'ladi. Tajriba o'tkazuvchining o'ylamay qilgan har qanday ishi o'ziga va atrofdagilarga yoki foydalanilayotgan asbob uskunalarga jiddiy xavf tug'dirishi mumkin.
Shunga ko'ra, laboratoriyada ish bajarayotgan talabalardan ichki tartib qoidaga o'ta jiddiy rioya qilishlari hamda o'lchov asboblaridan foydalanish qoidalariga amal qilishlari talab qilinadi. Tajriba olib borilayotgan vaqtda asosiy va zaruriy qoida-foydalanilayotgan o'lchov asboblarini juda ehtiyotlik va diqqat bilan ishlatish lozim. Ishlash tartibi bilan tanish bo'lmagan biron-bir o'lchov asboblaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Ulardan foydalanishda berilgan ko'rsatmalarda e'tirof etilgan, ushbu asbob uchun xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan, tomonlarga e'tibor berish lozim [3,4].
Fizika - tajribalarga asoslanuvchi fanlar sirasiga kiradi. Fizik praktikum laboratoriyalarida ishlash ham fizika qonunlarini, ham metodlarini o'rganish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Umumiy fizik praktikum laboratoriyalarida ishlovchilarning oldiga qo'yilishi mumkin bo'lgan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:
1. Birinchidan, o'quvchilar asosiy fizik jarayonlarni kuzatish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Fizikani o'rganuvchi, masalan, zarralarning Broun harakatini, oq yorug'likning spektrga ajralishini o'z ko'zi bilan ko'rishi, interferensiya, difraksiya va h.k. hodisalar bilan tanishishi zarur. Hodisalarni kuzatish-fizik intuitsiya (his qilish) deb nomlanuvchi muhim xususiyatini rivojlantirishga yordam beradi.
2. Ikkinchidan, o'quvchilar asosiy asboblar bilan ishlashni o'rganib olishlari kerak. Asbobning qurilishini, uning ishlash prinsipini bilish va asbobdan qanday natijalar olish mumkinligini tushunish-fizikani o'rganish jarayonining zarur elementlaridir.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
3. Uchinchidan, o'lchashlarni olib borishning turli metodlarini o'rganish, eksperiment o'tkazish texnikasini egallash juda muhim. Zarur asboblarni tanlashni, qurilmani yig'ishni, zarur aniqlikdagi o'lchashlarni olib borishni, turli xil xatoliklarning ta'sirini hisobga olish va oxirgi natijaning aniqligini baholash, eksperimentdan to'g'ri xulosa chiqarishni bilish kerak. O'lchash natijalarini va hisoblashlarni yozib berish bajarilayotgan ishning borishini va mantiqini aks ettirish qisqa va aniq bo'lishi kerak.
4. Va nihoyat, ishning barcha bosqichlarida xavfsizlik texnikasiga so'zsiz rioya qilinishi
kerak.
O'lchashlar tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi.
Biror fizik kattalikni o'lchash-unda o'lchov birligi sifatida qabul qilingan bir jinsli kattalikdan necha marta borligini eksperimentda aniqlash demakdir. O'lchov birliklari birliklar tizimida belgilab qo'yiladi.
Fizik praktikum laboratoriyalarida turli xil kattaliklarni o'lchashda dastlab asboblarni o'rnatishda, ya'ni qurilmani yig'ishga to'g'ri keladi. Asboblar o'lchashlar aniqligiga mos ravishda tanlab olinishi, so'ngra ularni ekspluatatsiya qilishga oid ko'rsatmalarga mos ravishda o'rnatilishi kerak. Shuningdek, turli xil tashqi omillarning (surilmalar, issiqlik ta'siri, vibratsiyalar va b.) ta'sirini bartaraf qilish kerak bo'ladi
So'ngra qurilma haqiqatan ham to'g'ri ishlayotganligiga ishonch hosil qilish uchun bir qator nazorat o'lchashlarini bajarish kerak bo'ladi. Bu maqsadda etalon moddalarning avvaldan ma'lum bo'lgan xossalari, berilgan signallarning amplitudalari va h.k. o'lchanadi. So'ngra rejalashtirilgan o'lchashlar bajariladi [2].
Bevosita o'lchash jarayoning o'zi katta miqdordagi turli xil o'lchashlardan iborat bo'lishi mumkin. Fizik praktikum laboratoriyalarida o'lchash jarayonida kuzatish va sanash muhim jihatlar hisoblanadi. Kuzatishning vazifasi o'ta turli-tuman bo'lishi mumkin bo'lgan biror voqea-hodisalarning yuz berish faktini qayd qilib berishdan iborat; ba'zan ikkita chizmani birlashtirib, elektron ossillograf ekranida turg'un, qo'zg'almas, Lissaju figuralarni hosil qilish talab etiladi, kapillyardagi bosim o'zgarganida suyuqlik hosil qilgan menisk yassi bo'lib qolgan vaqtni qayd qilish va h.k.
Kuzatilgan hodisa yuz bergach sanash boshlanadi- asboblar shkalasidan yoki asbobning raqamli tablosidan o'lchash natijalari olinadi; ossillograf ekranidagi figuralarning soni sanaladi, etalon moddaning massasi (tarozi toshlarining massasi) aniqlanadi, zanjirga ulangan etalon qarshilik (qarshiliklar magazinida) kattaligi aniqlanadi va h.k. Sanashni avtomat usulda qayd qilish mumkin. Kirish qismida qo'llaniladigan o'lchash metodlarining qisqacha tavsifnomasidan, hamda qurilmaning asosiy elementlaridan (bo'g'inlaridan) iborat bo'lishi kerak. Bu qismda, shuningdek qo'llaniladigan asboblarning asosiy xarakteristikalari ko'rsatilishi kerak (xatoliklar, o'lchanadigan kattalikning chegaraviy qiymatlari va h.k.).
Fizik praktikumning barcha vazifalari uchun kirish qismini rasmiylashtirishning aniq sxemasini berish qiyin. Biroq quyidagicha taxminiy sxemani tavsiya qilish mumkin:
1. Topshiriqning nomini ko'rsatish.
2. Qo'llaniladigan o'lchash metodini, g'oyasini aks ettiruvchi sxematik chizmani, rasmni, elektr yoki optik sxemasini chizish. Chizmada kerakli kattaliklarni belgilash.
3. Bir-ikki gap bilan o'lchash metodini bayon qilish.
4. Asosiy hisoblash formulalarni keltirish.
5. Vazifada uchraydigan kattaliklarni belgilanishi va nomlanishini keltirish.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
6. Barcha qo'llaniladigan asboblar uchun o'lchash diapazonini, nomini, bo'limlar bahosini va xatoliklarini ko'rsatish.
7. Har bir mashq uchun nomi va raqami yoziladi. Agar berilgan mashqda qo'shimcha formulalar, asboblardan boshqa o'lchash metodidan foydalanilsa u holda buni ushbu sxemaga mos ravishda ko'rsatiladi [3].
O'lchash natijalarini avvaldan tuzilgan jadvalga quyidagi usulda yozib borish tavsiya
etiladi:
1. Dastlab jadvalning raqami va nomi yoziladi.
2. Jadvalni har bir ustun (yoki qator) o'lchanayotgan kattalikning nomini va belgilanishini, o'lchov birligini aks etirishi kerak.
3. Birinchi ustunlarda argument rolini o'ynovchi kattaliklarni (masalan, vaqt, temperatura va h.k.), oxirgilarida-funksiya rolini bajaruvchi (tezlik, issiqlik sig'imi va h.k.) kattaliklarni yozish maqsadga muvofiq.
4. Ba'zan xi kattalik ustuni yonida bu kattalikning farqi yoziladigan ustunni, o'rtacha
ф __фф ф ф ф _ о . . •
qiymatlar (xi-х ) ustunini va bu farqning kvadratini (xi- x ) yozib borish qulay bo'ladi.
5. Jadvallarni chizishda chizg'ichdan foydalanish kerak. O'lchash natijalarining jadvali estetik jihatdan chiroyli bo'lishi kerak (chiziqlar va raqamlar uchun har xil ranglardan foydalanish va h.k.).
O'lchashlar tugagach mos ravishda hisoblashlar bajariladi. Dastlab o'rtacha kattaliklar hisoblanadi va to'g'ridan-to'g'ri o'lchashlar uchun tasodifiy va sistematik xatoliklarning standart og'ishlari baholanadi. Agar izlanayotgan kattalik-bilvosita yoki birgalikda o'lchashlar natijasi bo'lsa, u holda izlanayotgan kattalik va standart og'ishlarni kutilayotgan matematik qiymatlari tegishlicha baholanadi. Laboratoriya ishlari jurnalida har bir hisoblanadigan kattalik uchun avval algebraik formula yoziladi, so'ngra o'sha formulaga son qiymatlar qo'yib, ko'chirib yoziladi, va nihoyat, hisoblashlar natijasi keltiriladi. Shunday qilib, quyidagicha sxemaga amal qilish tavsiya etiladi: algebraik formula-arifmetik ifoda, hisoblashlar natijasi. Oraliq hisoblashlarning natijalarini yozish uchun qora daftardan foydalanish mumkin. Hisoblashlarning o'zi cho'ntak kalkulatori yoki kompyuter yordamida bajariladi. So'ngra, mumkin bo'lgan hollarda, qo'llanayotgan kattalik berilgan ehtimolda bo'lishi mumkin bo'lgan interval aniqlanadi.
Taklif etilayotgan model bo'yicha o'tkaziladigan laboratoriya ishida talaba ishning amaliy ahamiyati, texnika va texnologiyada qo'llanilish sohasini aniq tasavvur qiladi. Talaba topshiriqni olib, ishni bajaradi, yo'naltirilgan ma'lumotlar bazasidan foydalanib, olingan natijalarga matematik ishlov beradi va ishning asosida yotuvchi fizik qonuniyatni aniqlaydi, shuningdek, laboratoriya ishi bo'yicha tuzilgan test sinov savollariga bevosita o'zining nazariy bilimlari bilan birgalikda tajriba natijalariga asoslangan holda javob izlash sharoitini yaratadi. Bunday yondashishimiz laboratoriya darslarida bajarilayotgan laboratoriya ishiga turdosh bo'lgan ishni talabaning o'zi mustaqil o'tkazishi, tajriba qurilmasiga va ishning mavzusiga oid nazariy bilimlarni test-sinov savollari bilan mustahkamlashi hamda ish bo'yicha hisobot tayyorlashda yuqoridagilarni e'tiborga olgan holda, xulosalar chiqarishga imkoniyat yaratadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi RF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
2. Azizxo'jayeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma.-T.: 2006, 159 bet.
3. Nazarov E.N., Xudoyberganov E.A., Sayfullina N.X. «Mexanika va molekulyar fizikadan praktikum» -T. «O'qituvchi», 1979.
4. Zaydel A.N. «Элементарние отценки ошибок измерений». - М. «Наука», 2000.
5. «Fizikadan praktikum» Iveronova V.I. tahriri ostida. T. «O'qituvchi» 1993.