BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISINING AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Sanjar Ravshanov
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi 32-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf oliy toifali o'qituvchi
Saida Muhammadiyeva
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi 32-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf oliy toifali o'qituvchi
ANNOTATSIYA
Maqolada zamonaviy ta'lim muassasasi ijtimoiy faol, ijobiy fikrlovchi shaxsni shakllantirishga, o'quvchilarda axborot oqimidan to'g'ri foydalana olish ko'nikma, malakasini ishlab chiqish, innovatsion texnologiyalarni egallash, bilimlarni chuqurlashtirib va kengaytirib mustaqil o'rganish vazifasi, bilimli yondashuvdan kompetentli yondashuvga e'tiborni ko'chirish muammosi milliy ta'limni modernizatsiyalash haqida so'z yuritilgan.
Kalit sozlar: zamonaviy ta'lim, axborot texnologiyalari, boshlang'ich sinf, informatika kursi, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari, bo'lajak kasbiy-mutaxassislik.
ABSTRACT
The article is devoted to the formation of a socially active, positive-minded person in a modern educational institution, the ability of students to use information flows, develop skills, master innovative technologies, deepen and expand knowledge, self-study, a competent approach from a competent approach. The problem of bias was discussed during the modernization of public education.
Keywords: modern education, information technology, elementary school, computer science course, future primary school teachers, future profession.
KIRISH
Axborot jamiyatiga o'tish sharoitida ta'limga asoslangan noan'anaviy maktab modeli ijtimoiy buyurtmaga asosan kadrlarni tayyorlashni taqozo etadi. Axborot ta'lim sharoitida axborot barcha turlari hajmining keskin o'sishi bilan har bir yangi avlod umuman o'zgacha bilimlarni talab qiluvchi yangi sharoitlarga duch kelmoqda.
Shuning uchun zamonaviy ta'lim muassasasi ijtimoiy faol, ijobiy fikrlovchi shaxsni shakllantirishga, o'quvchilarda axborot oqimidan to'g'ri foydalana olish ko'nikma, malakasini ishlab chiqish, innovatsion texnologiyalarni egallash, bilimlarni chuqurlashtirib va kengaytirib mustaqil o'rganish vazifasini o'z oldiga qo'yadi. Bilimli yondashuvdan kompetentli yondashuvga e'tiborni ko'chirish muammosi milliy ta'limni modernizatsiyalashga ko'ra ayniqsa dolzarbdir.
Ta'limdagi islohotlar oliy ta'lim mazmunini modernizatsiyalash strategiyasida ta'lim muassasasi faoliyatining asosiy natijasi bilimlar, ko'nikmalar va malakalar tizimining o'zigina emas, balki fuqarolik-huquqiy, tilga oid, kommunikatsion, axborot va boshqa sohalardagi asosiy kompetentliklar majmuiga ega bo'lgan bitiruvchi bo'lishi kerakligi aniq belgilangan.
Oliy ta'limni modernizatsiyalashning strategik jihatlaridan biri, ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish uchun boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan fanni o'qitishda va sinfdan tashqari ishlarda innovatsion axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish bilan ta'lim jarayoni yangi modelini tashkil qilishni ko'zda tutuvchi boshlang'ich ta'limni axborotlashtirish hisoblanadi.
Ta'limni axborotlashtirish boshlang'ich sinf o'qituvchilari kasbiy-mutaxasisislik sifati va ularni tayyorlash darajasiga yangi talablarni qo'yadi. Ta'limni takomillashtirish mazmunida bo'lajak o'qituvchini tayyorlash sifati integral ko'rsatkichlariga insonning egallagan bilim va tajribalaridan ma'lum vaziyatlarda foydalanish malakasini xarakterlovchi kasbiy-mutaxassislik kompetentligi sifatida qaralishi lozim. O'qituvchining kasbiy-mutaxassislik kompetentligi o'z ichiga turli tarkibiy, jumladan, axborotli qismlarni ham oladi. Ma'lumki, innovatsion ta'lim sharoitlarda o'qituvchining axborot ko'nikmasi uning professional pedagogik kompetentligini aniq belgilaydi. Bo'lajak boshlang'ich sinflar o'qituvchisining axborot ko'nikmalarini shakllantirish uning axborot qobiliyatining asosiy komponentlari (turli xil axborot faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq kasbiy yo'naltirilgan ko'nikmalar) va maxsus komponentlar bloklari ishlab chiqilishini nazarda tutadi, mazkur tadqiqot ishida ular birgalikda maxsus axborot kompetentligi sifatida belgilangan.
Maxsus axborot salohiyatlarini rivojlantirish masalasini hal etish bo'lajak o'qituvchilarning boshlang'ich ta'lim jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan to'g'ri va samarali foydalanishga qaratilgan o'ziga xos qobiliyatlari bilan bog'liq. Shubhasiz, agar o'qituvchilar yetarli darajada mazkur axborot texnologiyalari dasturiy mahsulotlarini izlash va tanlash qobiliyatiga ega bo'lmasa va aniq didaktik vazifalarni hal qilish uchun ularni to'g'ri qo'llash imkoniga ega bo'lmasalar, boshlang'ich sinflar o'qituvchilari ushbu texnologiyalarni o'quv jarayonida
qo'llashda yetarli darajada bilimga ega bo'lmasa, boshlang'ich sinflarda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish befoyda bo'ladi.
Shu tariqa, o'qituvchining axborot kompetentligi boshlang'ich sinfda o'quv jarayonining samaradorligini oshirishda hal qiluvchi omil bo'lib xizmat qila boshlaydi.
Kompetentli yondashuvning ilmiy asosi mustaqil davlatlar hamdo'stligi olimlaridan O. V. Akulova, Y. S. Zair-Bek, I. A. Zimnyaya, V. A. Kozirev, A. A. Pinskiy, N. F. Radionova, M. V. Rijakov, A. P. Tryapitsina, I. D. Frumin, A. V. Xutorskiy, S. Y. Shishov va boshqalar ishlarida berilgan.
O'qituvchi axborot kompetentligining shakllanishi yoki rivojlanishi muammosi ko'plab olimlar: O. B. Zayseva, N. V. Kisel, A. M. Orobinskiy, M. M. Pshukova, O. G. Smolyaninova dissertatsiya tadqiqotlarida ko'rib chiqilgan. G. G. Brusnitsina, T. V. Dobudko, S. A. Zayseva, I. V. Ryaxinova, A. A. Uzdenova va boshqalar tadqiqotlari boshlang'ich sinflarda kompyuterdan foydalanib dars mashg'ulotlari o'tishga tayyorlash masalasiga bag'ishlangan. Ularda boshlang'ich ta'lim nazariyasi va metodikasida informatika kursini o'qitish yoki bo'lajak boshlang'ich sinflar o'qituvchilarini tayyorlashda o'quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari o'rganilgan.
Biroq, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari axborot kompetentligini rivojlantirish masalasi alohida e'tibor qaratildi.
Shubhasiz, agar o'qituvchilar yetarli darajada mazkur axborot texnologiyalari dasturiy mahsulotlarini izlash va tanlash qobiliyatiga ega bo'lmasa va aniq didaktik vazifalarni hal qilish uchun ularni to'g'ri qo'llash imkoniga ega bo'lmasalar, boshlang'ich sinflar o'qituvchilari ushbu texnologiyalarni o'quv jarayonida qo'llashda yetarli darajada bilimga ega bo'lmasa, boshlang'ich sinflarda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish befoyda bo'ladi.
Shunday qilib, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'z kasbiy faoliyatida yangi axborot texnologiyalaridan to'g'ri foydalanishi malakasini shakllantirish kerakdir degan xulosaga keldik.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisini axborot kompetentligini rivojlantirishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:
- bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisini kasbiy-mutaxassislik tayyorgarligiga zamonaviy talablar va o'qituvchining professional malakasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida axborot ko'nikmalarini, shu bilan birga, bo'lajak boshlang'ich sinflar o'qituvchisining axborot kompetentligini oshirishning aniq maqsadga yo'naltirilgan jarayonlarni tashkil etish;
- yangi axborot texnologiyalari sohasidagi taraqqiyot, ularning didaktik imkoniyatlari kengayib borayotganligi va o'qituvchilarni boshlang'ich ta'lim jarayonida ularni to'g'ri yo'naltirish.
Shunday qilib, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'z kasbiy faoliyatida yangi axborot texnologiyalaridan to'g'ri foydalanishi malakasini shakllantirish kerakdir degan xulosaga keldik.
Mazkur vazifalarni hal etish jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining axborot kompetentligini shakllantirish (rivojlantirishda boshqarish)ga yondashuvlarni ishlab chiqildi.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining axborot kompetentligini rivojlantirish asosini: insonparvarlashtirish va shaxs rivoji g'oyalari, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi o'qitish konsepsiyasi, o'qitish jarayonini tashkil etishga shaxsiy-faoliyatli yondashuv konsepsiyasi, pedagogik hodisalarni va uning qo'llanilishini o'rganishga tizimli yondashuv tashkil etadi.
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki olingan natijalar asosida xozirgi karantin davrida o'qituvchilar va o'quvchilar axborot kompetenlikka ega bo'lib, masofaviy ta'limda to'liq imkoniyatdan foydalanishdi.
REFERENCES
1. Бегимкугов У.Ш. Педагогик таълим жараёнларини ахбoрoтлаштиришни ташкил этиш ва бoшкариш назарияси ва амалиёти. //Пед. фан. дoк. дисс. - Т.: 2007.- 305 б.
2. Зайцева О.Б. Фoрмирoвание инфoрмациoннoй кoмпетентнoсти будущих учителей средствами иншвацшнных: Дис. ... канд. пед. наук/ О.Б.Зайцева. -Армавир, 2002.- 169 С.
3. Зимняя И.А. Кoмпетентнoсть челoвека - нoвoе качествo результата oбразoвания/ И.А.Зимняя// Прoблемы качества oбразoвания. Книга 2. Кoмпетентнoсть челoвека - нoвoе качествo результата oбразoвания: Мат. XIII Всерoс. сoвещания.- М.: Уфа: Исслед. центр прoблем кач-ва мдг-ки спец-в, 2003.- С. 4-13.
4. Злoтникoва И.Я. Фoрмирoвание инфoрмациoннoй кoмпетентнoсти будущегo учителя-предметника в педагогичесгам вузе / И.Я.Злoтникoва// Педагoгическая инфoрматика.- 2004.- № 1.- С. 40-44.