Husanxonov Yu.H. magistrant
Namangan muhandislik-qurilish instituti
BITUMGA OLTINGUGURT QO'SHISH ORQALI UNING SIFATINI
OSHIRISH
Annotatsiya. Ushbu mmaqolada, yo'l qurilishda ishlatiladigan bitum sifatini uni takribiga sanoatning ikkilamchi chiqindisi sifatida qoladigan oltingugugrt va qo'shimcha modifikator qo'shish orqali oshirish hamda asfaltbeton qorishmasi ishlab chiqarishda bitum sarfini kamaytirish usullarini ko'rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: Asfaltbeton, bitum, oltingugurt, modifikator, geksilamin, oktilamin, dodetsilamin, anilin.
Husankhanov Yu.H. master's student
Namangan Institute of Engineering and Construction IMPROVING THE QUALITY OF BITUMEN BY ADDING SULFUR
Abstract. In this article, the methods of increasing the quality of bitumen used in road construction by adding sulfur and additional modifier to it, which remains as a secondary waste of industry, and reducing the consumption of bitumen in the production of asphalt concrete mixture are considered.
Key words: asphalt concrete, bitumen, sulfur, modifier, hexylamine, octylamine, dodecylamine, aniline.
KIRISH
Yurtimizda avtomobil yo'llarini mustahkamligini oshirish hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoq da. Bundan tashqari bitumning aksar qismi import mahsulot bo'lgani uchun tannarxni yuqorilgi bois bitum sarfini qo'shimcha moddalar va materiallar qo'shish orqali kamaytirish muhum masalalardan bo'lib qolmoqda. Shunday dolzabr masalalarni hal etishni zamonaviy usullaridan biri oltingugurtni bitum tarkibiga qo'shishdir [1]. Respublikamizda sanoat chiqindilari va gaz va neftni qayta ishlash sanoati ikkilamchi mahsulotlari asosida modifikasiyalangan oltingugurtli bog'lovchilar hamda modifikasiyalangan oltingugurtli asfaltbeton yaratish bo'yicha ma'lum ilmiy va amaliy natijalarga erishilgan [2]. Bundan tashqari Oltingugurt sanoat, qishloq xo'jaligi va tibbiyotda keng qo'llaniladigan muhim element. Oltingugurt sanoatda ishlatiladigan muhim kislotalardan biri bo'lgan sulfat kislotasining xom ashyosi hisoblanadi. Kimyoviy belgi "S" bo'lgan oltingugurt, elementlar jadvalining 6-A guruhidagi atom raqami 16 bo'lgan sof kristall shaklidagi
nometal element. U 116°C eriydi, 445°C qaynatiladi. U xira limon sarg'ish rangdagi, mazasiz, hidsiz, oddiy, mo'rt va qattiq kimyoviy element. Uning issiqlik va elektr o'tkazuvchanligi juda past, shuning uchun u yaxshi elektr izolyatoridir. Yonuvchan va portlovchi xususiyatlarga ega. U osongina olovni yoqadi va kichik ko'k olovga ega. U suvda erimaydi. Turli metall bo'lmagan elementlar bilan birikmalar hosil qilishi mumkin. Metalllar oltingugurt bug'ida va kislorodda yonish orqali sulfidlarni hosil qiladi.. Agar oltingugurt maydalanganidan keyin tuproq bilan aralashtirilsa, u sulfat shaklida oksidlanadi [3]. Oltingugurt yer qobig'ining 0,06 foizini tashkil qiladi. Hisob-kitoblarga ko'ra, erning chuqur qatlamlarida oltingugurt juda ko'p. Dengiz suvida sulfat sifatida taxminan 0,09 oltingugurt mavjud. Tabiatdagi shakllanish erkin va birikmalar shaklida bo'lishi mumkin
ASOSIY QISM
Oltingugurtni to'g'ridan to'g'ri bitumga qo'shish orqali yuqori samaradorlikka erishib bo'lmaydi. Bunda oltingugurtni bitumga qo'shish uchun katalizator sifatida bir necha materiallarni qo'llab ko'rish mumkin. Oltingugurt (GOST 127-93), BND 60-90 GOST 22245-90 markali bitum dastlabki komponentlar sifatida ishlatiladi. 80 g bitum isitish tizimi bilan jihozlangan aralashtirgich idishda 130°C ga qadar qizdiriladi va 130°C gacha qizdirilgan 20 g oltingugurt va 0,06 g (oltingugurtga nisbatan 0,3 %) katalizator aralashmasi geksilamin qo'shiladi. 140-150°C haroratda 2 soat davomida aralashtiriladi. Huddi shu tartibda tajribalar davm ettiriladi quyidagi jadvalga ma'lumotlar shakllantirildi [4].
1-jadval
Oltingugurt va bitumni o'zaro nisbati__
№ Bitum va oltingugurt nisbati (bitumning massasiga nisbatan) % da Katalizator nomi Katalizatorning ulushi % da (Oltingugurt massasiga nisbatan) Reaksiyaga kirishish uchun talab etilgan harorat 0C Reaksiyaga kirishish uchun talab etilgan vaqt
Bitu m Oltingugurt
1 80 20 geksilamin 0.3 140-150°C 2 soat
2 70 30 oktilamin 1.0 140-150°C 2.5 soat
3 60 40 dodetsilamin 1.5 140-150°C 2 soat
4 50 50 anilin 2.0 140-150°C 2.5 soat
5 40 60 aminonaftalin 2.5 140-150°C 2 soat
6 30 70 aminonaftalin 3.0 140-150°C 3 soat
7 80 20 digeksilamin 3.0 140-150°C 2 soat
8 70 30 dioktilamin 1.5 140-150°C 2.5 soat
9 60 40 metildodetsilomin 1.0 140-150°C 2 soat
10 50 50 metilalanin 0.5 140-150°C 2.5 soat
11 З0 TO metalaminonaftalin 1.0 140-150oC З soat
12 SO 20 demitildotsilamin 1.0 140-150oC 2 soat
1З 50 50 tsetildimetidamin 1.0 140-150oC 2.5 soat
14 З0 TO alkilpiperazin З.0 140-150oC З soat
15 SO 20 piperazin 2.0 140-150oC 2 soat
1б б0 40 pirazin 0.5 140-150oC З soat
П 40 б0 alkilpiperazin 1.0 140-150oC 2 soat
Yuqoridagi tajribalardan kelib chiqib modifikatsiyalangan bitumning fizik-mexanik xususiyatlari tajriba orqali anqilanadi 2-jadvalga to'ldiriladi.
2-jadval
Oltingugurt bilan modifikatsiyalangan bitumning fizik-mexanik _xususiyatlari_
№ Bitum va oltingugurt nisbati (bitumning massasiga nisbatan) % da Katalizator nomi Katalizatorning ulushi % da (Oltingugurt massasiga nisbatan) Reaksiyaga kirishish uchun talab etilgan harorat 0C Reaksiyaga kirishish uchun talab etilgan vaqt Ignani botish chuqurligi, 0,1mm, 25 oC haroratda Cho'ziluvchanlik, sm, kam emas 25oC da
Bitu m Olting ugurt
1 SO 20 geksilamin 0.З 140-150oC 2 soat TO 52
2 TO З0 oktilamin 1.0 140-150oC 2.5 soat T2 4З
З б0 40 dodetsilamin 1.5 140-150oC 2 soat TT 38
4 50 50 anilin 2.0 140-150oC 2.5 soat T9 3S
5 40 б0 aminonaftalin 2.5 140-150oC 2 soat T9 З1
б З0 TO aminonaftalin З.0 140-150oC З soat TS Зб
T SO 20 digeksilamin З.0 140-150oC 2 soat S1 55
8 70 30 dioktilamin 1.5 140-150°C 2.5 soat 67 46
9 60 40 metildodetsilo min 1.0 140-150°C 2 soat 77 34
10 50 50 metilalanin 0.5 140-150°C 2.5 soat 80 39
11 30 70 metalaminonaft alin 1.0 140-150°C 3 soat 82 38
12 80 20 demitildotsilam in 1.0 140-150°C 2 soat 81 55
13 50 50 tsetildimetidam in 1.0 140-150°C 2.5 soat 79 45
14 30 70 alkilpiperazin 3.0 140-150°C 3 soat 78 36
15 80 20 piperazin 2.0 140-150°C 2 soat 76 55
16 60 40 pirazin 0.5 140-150°C 3 soat 77 35
17 40 60 alkilpiperazin 1.0 140-150°C 2 soat 80 42
Xulosa
Yuqoridagi jadvaldan ko'rish mumkinki bitumni oltingugurt bilan modifikatsiya qilinganda uning issiqbardoshligi va boshqa fizik-mexanik xususiyatlari yaxshilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. D. Amanova, "Mahalliy xomashyolar asosida modifikasiyalangan oltingugurt olish texnologiyasini ishlab chiqish va uni oltingugurtli beton olishda qo'llash ", Avtoreferat. Termiz. 2020.
2. https ://cheminfo.uz/oltingugurt-haqida-malumot/
3. Beknazarov X.S. Issledovaniye modifisirovannogo sernogo betona dlya dostijeniya promishlennoy ustoychivosti. Universum: Texnicheskiye nauki: elektron. nauchn. jurn. 2019. №5(62). URL
4. V.Ivanov, T. Valiev, V. Kozlov. Patent ''Serobitum'' 2010151972/05, 17.12.2016.