Научная статья на тему 'BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QO`LLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA'

BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QO`LLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1926
189
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bitim / nizoli bitim / o`z-o`zidan haqiqiy bo`lmagan bitim / mayda maishiy bitim / elektron bitim / sertifikatlashtiruvchi provayder. / Agreement / conflict agreement / initially unenforceable agreement / small household agreement / electronic agreement / certification provider.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Koryogdiyev, Bobur Umidjon Ogli

Maqolada bitimni haqiqiy emas deb topish va uning oqibatlarini qo`llash bilan bo`gliq fuqarolik qonunchiligidagi ziddiyatlar, amaliyotda normalarga doir turlicha yondashuvlar hamda ularga yechimlar o`z aksini topgan. Fuqarolik qonunchiligidagi bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog`liq nazariy hamda amaliy masalalar xorijiy davlatlar qonunchilik hamda ulardagi nazariyalar asosida tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INVALIDATION OF A TRANSACTION AND THE APPLICATION OF ITS CONSEQUENCES AS A MEANS OF PROTECTING CIVIL RIGHTS

The article reflects the contradictions in civil law associated with the recognition of the contract null and void and the application of its consequences, different approaches to the rules in practice and ways to solve them. Theoretical and practical issues in relation to the invalidation of contracts in civil law have been analyzed on the basis of the legislation and theories of foreign countries.

Текст научной работы на тему «BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QO`LLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI

SIFATIDA

d 10.24412/2181-1784-2021-11-211-225

Koryog'diyev Bobur Umidjon o'g'li,

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi o'qituvchisi,

e-mail: boburkoryogdiev@gmail.com

ANNOTATSIYA

Maqolada bitimni haqiqiy emas deb topish va uning oqibatlarini qollash bilan bo^gliq fuqarolik qonunchiligidagi ziddiyatlar, amaliyotda normalarga doir turlicha yondashuvlar hamda ularga yechimlar o z aksini topgan.

Fuqarolik qonunchiligidagi bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bogliq nazariy hamda amaliy masalalar xorijiy davlatlar qonunchilik hamda ulardagi nazariyalar asosida tahlil qilindi.

Kalit so'zlar. Bitim, nizoli bitim, o^z-o^zidan haqiqiy bolmagan bitim, mayda maishiy bitim, elektron bitim, sertifikatlashtiruvchi provayder.

ПРИЗНАНИЕ СДЕЛКИ НЕДЕЙСТВИТЕЛЬНОЙ И ПРИМЕНЕНИЕ ЕГО ПОСЛЕДСТВИЙ КАК СРЕДСТВО ЗАЩИТА ГРАЖДАНСКИХ

ПРАВ

Корёгдиев Бобур Умиджон угли

преподаватель кафедры Гражданского

права Ташкентского государственного юридического университета,

e-mail: boburkoryo gdiev@gmail .com

АННОТАЦИЯ

В статье отражены противоречия в гражданском праве, связанные с признанием договора недействительным и применением его последствий, различные подходы к нормам на практике и способы их решения.

Теоретические и практические вопросы, связанные с признанием договоров недействительными в гражданском праве, были проанализированы на основе законодательства и теорий стран СНГ, США, Франции и Германии.

Ключевые слова. Соглашение, соглашение о конфликте, изначально нереалистичное соглашение, соглашение о небольшом домашнем хозяйстве, электронное соглашение, поставщик сертификации.

211

Scientific Journal Impact Factor

THE INVALIDATION OF A TRANSACTION AND THE APPLICATION OF ITS CONSEQUENCES AS A MEANS OF PROTECTING CIVIL RIGHTS

Koryogdiev Bobur Umidjon ugli,

The lecturer of Civil Law Department of Tashkent State University of Law e-mail: boburkoryogdiev@gmail.com

The article reflects the contradictions in civil law associated with the recognition of the contract null and void and the application of its consequences, different approaches to the rules in practice and ways to solve them.

Theoretical and practical issues in relation to the invalidation of contracts in civil law have been analyzed on the basis of the legislation and theories of foreign countries.

Keywords. Agreement, conflict agreement, initially unenforceable agreement, small household agreement, electronic agreement, certification provider.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkiy munosabatlarni vujudga kelishida, ularning rivojlanishida hamda kishilarning moddiy ehtiyojlarini qondirishda bitimlar eng ko'p tarqalgan yuridik fakt sifatida muhim rol o'ynaydi. Amaldagi Fuqarolik kodeksiga ko'ra bitim taraflari sifatida fuqarolar, yuridik shaxslar, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari nafaqat iste'moliy xususiyatga ega ashyolar va mahsulotlar, balki ishlab chiqarish vositalarini egallash, ulardan foydalanish va tasarruf qilish bilan bo'gliq boTmagan mulkiy munosabatlarning ham vujudga kelishi, o'zgarishi va bekor boTishi uchun asos boTa oladigan bitimlar tuza oladilar. Bundan ko'rinib turibdiki bitimlarga bag'ishlangan moddalar amaldagi Fuqarolik kodeksida faqat mohiyati jihatidan emas, balki son jihatdan ham tubdan farq qiladi.

Qolaversa, bitimlarning haqiqiy emasligi va uning oqibatlarini qoTlash fuqarolik huquqining umumiy qismi muhim institutlaridan biri boTib, u bilan bogTiq muammolar nafaqat nazariy jihatlarga ega, shuningdek iqtisodiy faoliyatning turli sohalarida ko'plab amaliy masalalarga tasir qiladi.

Shuningdek, fuqarolik huquqini takomillashtirishga oid islohotlardan biri hisoblangan Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi loyihasi [1] asosida shartnoma amaliyotini kengaytirishga doir qo'shimcha va o'zgartirishlar ushbu sohadagi mavjud qonunchilik va sud amaliyotini takomillashtirishni talab qiladi. Fuqarolik huquqining bitimlarning haqiqiy emasligi sohasidagi ko'plab

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

nazariy muammolari, shubhasiz, huquqni qollash amaliyotiga tasir ko'rsatmasdan qo'ymaydi. Fuqarolik ishlari ishtirokchilarining faoliyatini amalga oshirish uchun ham, qonunga muvofiq sud amaliyotini rivojlantirish uchun ham bitimlarning haqiqiy emasligi muammolari to^risida chuqur nazariy tushuncha talab etiladi.

Bitimlarning haqiqiy emasligi sohasidagi asosiy muammolar hozirgi vaqtda Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining bitimlar bilan bog'liq bo'lgan bir qator qoidalari huquqni muhofaza qilish idoralarida hamda manfaatdor shaxslar tomonidan ularni har xil talqin qilishga imkon berishiga olib kelmoqda. Qonunchilik normalarining har xilda talqin qilinishi esa jamiyat hamda davlat rivoji uchun asosiy yov sanaluvchi omillardan biri korrupsiya holatlariga olib kelishi ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotlangandir. Bu borada esa Yurtboshimiz "bugungi kunda islohotlarimiz samarasi ko'p jihatdan to'rtta muhim omilga - yani, qonun ustuvorligini taminlash, korrupsiyaga qarshi qafiy kurashish, institutsional salohiyatni yuksaltirish va kuchli demokratik institutlarni shakllantirishga bog'liq"[2], deb takidlab o'tgan edilar. Bundan tashqari, Fuqarolik Kodeksi doirasida bitimlar yaroqsizligi sohasidagi huquqni qollash amaliyotining barqarorligiga salbiy tasir ko'rsatadigan va tegishli tahlilni talab qiladigan qonunlar bo'yicha ziddiyatlar mavjud. Mamlakatimiz fuqarolik qonunchiligida bitimlarning haqiqiy emasligini aniqlash instituti zamonaviy sharoitda mavjud nazariy muammolarni ularning amaliy tatbiq etilishini hisobga olgan holda har tomonlama o'rganishni va yechimini taklif qilishni talab qiladi.

Bundan tashqari sud amaliyotida bitimlarga oid ishlarning ko'plab ko'rilayotgani ushbu mavzuning dolzarbligini yana bir karra isbotlab beradi. Jumladan, O^zbekiston Respublikasi Oliy Sudi statistik malumotlariga ko^ra 2021-yil 9 oy davomida Respublikamizda 362611 (uch yuz oltmish ikki ming olti yuz o^n bir) ta birinchi instansiya sudlarida ishlar ko^rilgan bolib, ulardan 117666 (bir yuz o^n yeti ming olti yuz oltmish olti) ta bitimlarga oiddir. Solishtirish uchun jami ko^rilgan ishlarning 7564 (yeti ming besh yuz oltmish to^rt) tasi uy-joy munosabatlari,39692 (o^ttiz to^qqiz ming olti yuz to^qson ikki) tasi nikohdan ajratishga doir ishlar hissasiga to^g^ri kelmoqda. Qolgan turdagi fuqarolik ishlari ulushi kamroqni tashkil qilgan[3]. Bundan ko^rinib turibdiki, 2021-yilning 9 oyi davomida fuqarolik ishlari bo^yicha sudlarning birinchi isntansiyada ko^rgan ishlarning deyarli 1/3 qismini bitimlarga oid ishlar tashkil etmoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI TAHLILI VA NATIJALARI

Scientific Journal Impact Factor

Bitim uning taraflari tomonidan o'z oldilariga qo'ygan maqsad, yuridik natijaga erishishda yuridik fakt sifatida tan olingan hollardagina, ya'ni shunchaki emas, balki ma'lum yuridik oqibatlar yuzaga keltirish maqsad qilib tuzilgandagina haqiqiy deb hisoblanadi. Bitimning haqiqiyligi qonun bilan unga taalluqli bo'lgan elementlarini tegishli tizimga solish yo'li bilan belgilanadi. M.V. Korotovni ta'kidlashicha bitim to'rtta unsur (element): shaxslar-bitim taraflari, subyektiv jixatdan-erk va erkni bayon etish, bitimning shakli va mazmunining birligidan iborat [4]. E.A.Suxanov ham bitimning bunday tavsiflanishiga qo'shilishadi. Lekin uning fikricha bitim haqiqiy deb hisoblanishi uchun uning shartlari sifatida mazmuni jihatdan qonunga mos bo'lishi kerak. Shuning bilan birga u shaxslar-bitim taraflarini uning haqiqiy deb hisoblanishi uchun zarur bo'lgan shartlari tarkibiga kirgizmaydi [5].

I.B. Zokirov ham asosan bitimni haqiqiy sanalishi uchun tegishli shartlarga javob berishiga e'tiborni qaratadi. Unga ko'ra bitimlar qonunga muvofiq bo'lishi, uni tuzuvchi shaxslar muomala layoqatiga ega bo'lishi, bitim ko'rinishi uchun emas, ya'ni sohta, qalbaki bo'lmasligi, bitimlar qonun bilan talab qilinganda notarial tasdiqlangan, davlat ro'yhatidan o'tkazilgan bo'lishi kerak[6].

Bitimlarda uning elementlari va shartlarini ikki xil tushunish talab etiladi. Bitimning elementlari deganda, uning subyektlari, taraflar erki va ushbu erkning ifoda etilishi, bitimning shakli, mazmuni haqida gap yuritish mumkin. Bitimning shartlari uning qonunga mos bo'lishi, taraflarining muomalaga layoqatli bo'lishi, erk bilan uni bayon etilishi bir-biriga muvofiq bo'lishi, bitimning qonunda belgilangan shaklda tuzilgan bo'lishi ko'zda tutiladi.

Shu bilan birga bitimning elementlari bilan uning shartlari bir-biri bilan uzviy bog'liq tushunchalar hamdir. Masalan bitimning elementi sifatida bitimning taraflari haqida gap yuritilar ekan, bitimning sharti bo'yicha ushbu shaxslar huquq va muomala layoqatiga ega bo'lishlari kerak, bitimning shakli uning elementlaridan iborat ekan, bitimning muayyan qonunda belgilangan shaklda tuzilgan bo'lishi uning shartlaridan iborat.

Bitimga xos elementlardan birontasining yoki bir nechasining yetishmasligi, ya'ni qonun talabiga javob bermasligi uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Bitimning haqiqiy deb hisoblanmasligi esa uning bilan bog'liq bo'lgan harakatlar yuridik fakt sifatida tan olinmasligini keltirib chiqaradi. Haqiqiy emas deb hisoblangan bitim taraflari tomonidan ko'zda tutilgan va ular uchun kerak bo'lgan yuridik oqibatlarga olib kelmaydi. Shuning bilan birga haqiqiy emas deb hisoblangan bitim uning natijasida vujudga kelishi mumkin bo'lgan salbiy yuridik oqibatlarni oldini olish va ularni bartaraf qilish uchun imkoniyat yaratadi.

Scientific Journal Impact Factor

Ushbu oqibatlar hisobga olingan holda bitim elementlariga nisbatan qonun bilan belgilangan shartlar, ya'ni talablar quyidagilardan iborat:

a) Bitim uning taraflarisiz bo'lmaydi. Demak, bitim taraflari uning elementlaridan biri ekanligiga shubha bo'lishi mumkin emas. Bitim taraflari qonun bilan belgilangan shartlarga javob berishi kerak, aks holda bunday bitim haqiqiy deb hisoblanmaydi. Buning uchun ular muomalaga layoqatli bo'lishi kerak. Mustaqil ravishda bitimlarni tuza bilish qobiliyati fuqarolik huquqi nuqtai nazardan huquq va muomala layoqatiga ega deb hisoblanadi.

Bitim-erk o'z ifodasini topgan harakatlardan iborat. Shunday ekan bitimni faqat muomala layoqatiga erishgan fuqarolar tuzishi mumkin. Qisman muomala layoqatiga ega bo'lgan yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar ular ruxsat etilgan bitimlarnigina mustaqil tuzishlari mumkin.

Yuridik shaxslarning muomala layoqati esa birinchi tomondan ularning ta'sis hujjatlarida belgilangan faoliyatining maqsadlari, ikkinchi tomondan, yuridik shaxs nomidan bitim tuzish huquqiga ega bo'lgan yuridik shaxs organining vakolatining doirasi bilan ta'riflanadi. Umumiy huquq layoqatiga ega bo'lgan yuridik shaxslar qonun bilan taqiqlanmagan har qanday bitimlarni tuzish huquqiga ega. Maxsus huquq layoqatiga ega bo'lgan yuridik shaxslar qonunga va o'z ustaviga binoan ular faoliyati maqsadlariga zid bo'lmagan bitimlarni tuzish huquqiga ega. Yuridik shaxslar bitimlarning alohida turlarini ular uchun maxsus ruxsatnomalari (litsenziyalari) bo'lgan taqdirdagina tuzish huquqiga ega bo'ladi.

FKning 125-moddasiga muvofiq yuridik shaxs tomonidan uning ustav maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shug'ullanishga litsenziyasi bo'lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitim uning muassasi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organining da'vosi bo'yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. FKning 126-moddasiga muvofiq yuridik shaxs uning uchun chelangan vakolat doirasidan chiqib ketgan bo'lsa, bitim tuzishda manfaatdor bo'lgan shaxsning da'vosi bo'yicha bunday bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Bu borada tadqiqotchi A.Ibrohimov quyidagi fikrlarni ta'kidlagan:

Yuridik shaxslar boshqaruv organlari o'z huquqlarini amalga oshirishda, yuridik shaxs manfaatlari yo'lida harakat qilganda, xususan ular nomidan bitimlar tuzganda "oqillik", "halollik" kabi umumiy tamoyillariga amal qilishi ular tuzgan bitimlarning haqiqiylik masalasiga bilvosita ta'sir etadi. [7]

b) Erk va erkni bayon etilishining birligi bitimning haqiqiy bo'lishi uchun muhim ahamiyatga ega. Shaxs tomonidan bitim tuzish uchun erkni bayon etishi uning

Scientific Journal Impact Factor

dilidagi haqiqiy istagiga, chinakam xohishiga asoslanmagan boTsa, qandaydir sabablarga koTa bitim tuzishga majbur boTgan yoki majbur qilingan boTsa, bunday bitim haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bayon etilgan erk shaxsning haqiqiy xohishini ifoda etishi va shunday ekanligi bitim taraflariga malum qilinishi kerak. Bitim tuzishga haqiqatdan xohish borligini qonunda belgilangan usul va tartibda, belgilangan shaklda amalga oshirilishi kerak. Lekin bunda bir narsaga eTibor berilishi kerak. Erkni uni bayon etilishi bilan mos kelmasligini sud tomonidan isbotlanmagunicha ularning bir-biriga mos ekanligi faraz qilinadi.

d) Bitimni haqiqiy deb hisoblanishining shartlaridan biri bayon etilgan erkning qonunda belgilangan shaklda tuzilgan boTishidan iborat. Bitimning u yoki bu shaklda boTishining sababi uning predmetini xususiyatlariga va unda qatnashuvchi shaxslarning kim ekanligini aniqlashdan iborat. Bitimning shaklini qonunda belgilash uning predmetini kochar yoki ko'chmas mol-mulk boTishiga va shuningdek unda qatnashuvchi taraflarning jismoniy yoki yuridik shaxs boTishiga bogTiq. Bitim predmeti kochar mulkdan iborat boTsa, bunday bitim og'zaki, oddiy yozma, qonunda nazarda tutilgan yoki taraflarning kelishuvi bilan notarial tartibda tuzilishi mumkin. Bitim predmeti kochmas mol-mulkdan iborat boTsa bunday bitim qonunda nazarda tutilgan hollarda notarial tartibda tasdiqlanishi va albatta davlat royxatidan oTkazilishi lozim. Jismoniy shaxslar o'rtasida tuziladigan bitimlar asosan og'zaki, oddiy yozma shaklda bolishi va qonunda nazarda tutilgan hollarda notarial tartibda tasdiqlanishi kerak. Yuridik shaxslarning o'zaro va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan bitimlari asosan yozma shaklda boTadi. Lekin bular o'rtasida tuziladigan bitimlar ham notarial tartibda tasdiqlanishi va qonunda nazarda tutiladigan hollarda og'zaki shaklda boTishi ham mumkin.

e) Bitim haqiqiy deb hisoblanishi uchun u mazmuni jihatdan qonun talablariga mos boTishi, yani amaldagi qonun bilan man qilingan yoki qonunda belgilangan qoidalarga zid kelmasligi kerak. FKning 3-moddasiga muvofiq qonun hujjatlari deganda Fuqarolik kodeksi, Ozbekiston Oliy Majlisning qonunlari, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Ozbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari tushuniladi. Shunday ekan vazirliklar va boshqa davlat ijro organlari ularga qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan vakolat berilmagan boTsa yoki berilgan vakolat doirasidan chiqqan holda bitim mazmuniga o'zgartirishlar, qo'shimchalar kiritish haqida topshiriqlar berishga yoT qo'yilmaydi.

Yuqoridagi qonun hujjatlarida aks ettirilgan normalar o'rtasida qarama-qarshilik vujudga kelsa, bitim mazmunining qonuniyligi qonun hujjatlarining biri ikkinchisiga nisbatan egallagan ustunligiga qarab belgilanishi lozim. Mulkiy va mulk bilan bogTiq

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

bo'lgan shaxsiy munosabatlar, jumladan bitimlar vositasida vujudga keladigan munosabatlarini tartibga solishda FKni 3-moddasining 2-qismiga muvofiq "boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridagi fuqarolik qonun hujjatlari ushbu kodeksga mos bo'lishi shart" Demak vazirliklar, boshqarmalar va boshqa davlat ijro organlari tomonidan fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qabul qilingan qonun hujjatlari Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan qoidalarga mos bo'lishi kerak.

Bitimning mazmuni jihatdan qonuniy bo'lishi ahloq qoidalariga rioya etishga ham bog'liq. FKning 9-moddasi 4-qismiga muvofiq fuqarolar va yuridik shaxslar bitim tuzishda va o'z huquqlarini amalga oshirishda jamiyatning ma'noviy tamoyillari va axloqiy normalarini xurmat qilishlari, tadbirkorlar esa-ish odobi qoidalariga ham rioya etishlari kerak.

Yuridik adabiyotlarda "bitimning haqiqiy emasligi" borasida aniq bir xil fikr mavjud emas. Odatda, bitimning yaroqsizligi (haqiqiy emasligi) toifasining xususiyatlariga u tomonidan baholangan aktni tahlil qilish nuqtai nazaridan (aktning sifati) murojaat qilinadi. Ko'plab adbiyotlarda hiqiqiy bo'lmagan bitim bu bitim yoki huquqbuzarlikmi yoki yaroqsiz bitim odatda yuridik fakt deb qaralishi mumkinmi degan savollar muhokama qilinadi. Avvalo, oxirgi savolni ko'rib chiqishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

An'anaga ko'ra, haqiqiy emas deb topilgan bitimlar bitimlar sifatida tasniflanmaydi. Aksariyat olimlar bitimning asosiy elementini qonuniylik deb hisoblashadi, chunki ma'lum bir bitimda qonuniylik elementining yo'qligi, bitim shaklida vujudga kelgan harakat aslida bitim emas, balki huquqbuzarlik ekanligini anglatadi.

Rus svilist olimlari tomonidan haqiqiy bo'lmagan bitimlarning huquqiy mohiyati to'g'risidagi qarashlarini tahlil qilib, haqiqiy va yaroqsiz bitimning huquqiy mohiyatidagi tafovutlarni asoslash uchun ikkita xususiyatni ajratish mumkin:

1) harakatlarning qonuniyligi (noqonuniyligi);

2) ular yo'naltirilgan yuridik oqibatlarni keltirib chiqarish qobiliyati1.

Yu.R. Egorovning ta'kidlashicha, "bitimlar qonuniy bo'lishi kerak, ularning mazmuni amaldagi qonunlarga muvofiq bo'lishi kerak. Bitim mazmuniga ko'ra uning ta'sis shartlarining umumiyligi tushuniladi" [8]

V.P.Shaxmatov bitimga aniq ta'rif berishni emas, balki alohida-alohida haqiqiy va yaroqsiz bitimlarni ko'rib chiqishni taklif qiladi. U haqiqiy bitimni "tegishli fuqarolik huquqlari yoki majburiyatlarining vujudga kelishi, o'zgartirilishi yoki bekor

1 Гамбаров Ю.С. Гражданское право: Общая часть. - М., 2008, с. 45.

217

Scientific Journal Impact Factor

qilinishi orqali haqiqiy ijtimoiy munosabatlarga qonuniy va majburiy ravishda tasir ko'rsatishga qodir bolgan shaxs (subyektlar) irodasining ifodasi" deb bilgan. Haqiqiy bitimning shartlari sifatida huquq va muomala layoqatiga ega bolgan subyektlarning irodasi hamda qonun talablarini qo'yadi. [9]

Bazi mualliflar yaroqsiz bitimni noqonuniy xatti-harakatlar deb hisoblashadi va shu munosabat bilan bitim maqomidan voz kechishadi.

Shunday qilib, F.S. Xayfetsning fikricha, "harakatiarning qonuniyligi bu bitimning buzilishdan ajratib turuvchi elementidir. Muayyan bitimda qonuniylik elementining yo'qligi, bitim shaklida vujudga keladigan harakat aslida bitim emas, balki huquqbuzarlik ekanligini anglatadi" [10]

D.M. Genkinning takidlashicha, "harakatning qonuniyligi yoki noqonuniyligi bu bitimning zaruriy elementi emas, faqat bitimning u yoki boshqa oqibatlarini belgilaydi" [11]

I.B. Novitskiyning takidlashicha, noqonuniy bitim uchun bitim va huquqiy oqibatlar o'rtasida aniq farq bor, chunki bu hech qanday huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi, deyish mumkin emas. Bu unga erishishga qaratilgan natijalarga olib kelmaydi, lekin uni amalga oshirish natijasida uni sodir etgan shaxslar uchun boshqa nomaqbul oqibatlar yuzaga keladi. [12]

M.M. Agarkov "yaroqsiz bitim" atamasi o'rniga "irodani noto^ri ifodalash" atamasini ishlatishni taklif qiladi, chunki uning fikriga ko'ra, "fuqarolik huquqiy munosabatlarini o'rnatish, o'zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan irodaning ifodasi haqiqiy yoki haqiqiy emas bolishi mumkin. Agar u haqiqiy boisa, bu haqiqiy bitim". [13]

N.V. Rabinovich bekor qilingan bitimlarni ham bitimlar, ham "maxsus buyurtma" huquqbuzarliklar deb hisoblagan va bu holatda so'zning keng manosida huquqbuzarlik haqida gapirish kerakligini takidlagan. [14]

Turli mualliflarning yuqoridagi fikrlarini o'rganib chiqib, yaroqsiz tuzilgan bitim yani haqiqiy sanalmaydigan bitim deb qonun va (yoki) sud tomondan ushbu bitimning kamida bitta sharti buzilganligi aniqlangan bitim deb xulosa qilishimiz mumkin.

Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 113-moddasiga muvofiq bitimlar sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi sababli (nizoli bitimlar) yoki bunday deb topilishidan qafi nazar haqiqiy emas deb hisoblanadi (o'z-o'zidan haqiqiy bolmagan bitimlar). Bu orqali qonunchilik bitimni haqiqiy emas deb topishni ikki guruhga nizoli va oz-ozidan haqiqiy bolmagan bitimlarga boladi. Haqiqiy hisoblanmagan bitimlarni bunday ikki guruhga bolinishi o'tmishda yuridik adabiyotlarda har

Scientific Journal Impact Factor

tomonlama tadqiq qilingan edi. Endilikda bitimlarni bunday bo'linishi qoida sifatida fuqarolik qonunchiligida ham oz aksini topdi.

Maqolada bitimlarni haqiqiy emas deb topishning ikki turi hisoblangan nizoli va oz-ozidan haqiqiy bo'lmagan turlari va asoslariga to liq toxtalmaymiz. Faqatgina, Ozbekiston Respublikasining amaldagi fuqarolik qonunchiligida mavjud kamchilik sifatida baholagan bitimlarni haqiqiy emas deb toppish asoslari va ularga yechimlar haqida huquqiy tahlilni davom ettiramiz.

1. Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 116-moddasiga ko'ra qonun hujjatlarining talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek huquq-tartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim oz-ozidan haqiqiy emasdir deb bayon etilgan. Bunday bitimga nisbatan esa ushbu kodeksning 114-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo'llanishi belgilangan xolos. FKning 114-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq aslicha (natura) ko'rinishida qaytarib berilishi, agar bu mumkin bo'lmasa, pul bilan taraflarga qaytarib berilishi, yani ikki tomonlama restitutsiya nazarda tutiladi, lekin bir tomonning zarariga tuzilgan bitim bo'yicha unga tegishli bo'lgan mol-mulk qismining aslicha ko'rinishda, agar bu mumkin bo'lmasa pul hisobida qaytarib berishni, yani bir tomonlama restitutsiya nazarda tutilmagan. Shuningdek FKda haqiqiy emas deb topilgan bitimlarga nisbatan restitutsiya qo'llanmasdan ikkala tarafni ham mol-mulkdan mahrum qilishga oid qoidalar ko zda tutilmagan. Bunday chora davlat va jamiyat manfaatlariga xilof maqsadlarda tuzilgan bitimlarga nisbatan qo'llanishi Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Moldava, Belorusiya davlatlari Fuqarolik kodekslarida oz aksini topgan hamda davlat va jamiyat manfaatlarini garaz niyatli bitimlardan samarali himoya qila olmoqda. Xususan, Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik kodeksi 169-moddasiga ko'ra ko'ra, agar bitim amaliy davlat va jamiyat manfaatlariga xilof maqsadlarda tuzilgan bo lib, har ikki tarafda ham g araz niyat bolsa, har ikki taraf tomonidan ijro qilingan bitim yuzasidan olingan hamma narsalar undirilib, davlat daromadiga o'tkazilishi; bitim faqat bir taraf tomonidan ijro qilingan holda esa, ikkinchi tarafdan uning olgan hamma narsasi va shu olgan narsasi evaziga birinchi tarafga to'lashi lozim bo'lgan narsalar undirilib, davlat daromadiga o'tkazilishi; faqat bir tarafning g'arazi bo'lgan taqdirda, uning bitim bo'yicha olgan hamma narsasi ikkinchi tarafga qaytarib berilishi lozim. Ikkinchi tarafning olgan yoki bitimning ijrosi evaziga olishi lozim bo'lgan narsalari undirilib, davlat daromadiga o'tkazilishi kerak.

Bizning fikrimizcha, bozor munosabatlari sharoitida raqobatchilikka keng yo'l ochish, yakka hukmronlikka intilishga oid harakatlarni oldini olish, shuningdek

Scientific Journal Impact Factor

davlat va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqib, FKning 116-moddasiga quyidagi tahrirda qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilishi lozim:

116-modda "Huquq tartiboti va axloq asoslariga qarshi maqsadda tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi".

"Huquq tartiboti yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim o^z-o^zidan haqiqiy emasdir. Agar bunday bitimni tuzishda har ikki tarafda ham g^araz maqsad bolsa, ular tomonidan ijro qilingan bitim yuzasidan olingan hamma narsalar undirilib, davlat foydasiga olkaziladi. Bitim faqat bir taraf tomonidan ijro qilingan bolsa, ikkinchi tarafdan uning olgan hamma narsasi va shu olgan narsasi evaziga birinchi tarafga tolashi lozim bolgan narsalar undirilib, davlat foydasiga olkaziladi. Bitim faqat bir tarafning g^araz niyati tufayli tuzilgan taqdirda, uning bitim boyicha olgan hamma narsasi ikkinchi tarafga qaytarib beriladi. Ikkinchi tarafning olgan yoki bitimning ijrosi evaziga olishi lozim bolgan narsalari undirilib, davlat foydasiga o Ikaziladi".

Ushbu moddaga oid ikkinchi taklifimiz axloq asosolariga atayin qarshi tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi borasida. Moddaning ushbu qismini Fuqarolik kodeksida olib tashlashni tavsiya qilamiz. Chunki, axloq asoslari amaliyotda ko'plab tushunmovchiliklarga sabab boladi hamda bitimni haqiqiy emas deb topishda turli xil talqin qilinishiga olib keladi. Bunga quyidagilar sababchi bolib xizmat qiladi:

birinchidan, odob-axloq qoidalariga nimalar kirishi aniq hamda yaxlit hech qayerda yozilmagan, buning iloji ham yoq;

ikkinchidan, odob-axloq asoslariga zid ravishda tuzilgan deb bitimlarni kvalifikatsiya qilish juda mushkul;

uchinchidan, bizning mamlakatimiz ko p millatli davlat ekanligini inobatga oladigan bolsak, har qaysi elatning o'ziga yarash axloq asoslari mavjud. Bu esa yana odob-axloq qoidalarini yagona qonunchilikka kiritishning deyarli ilojsiz ekanligini asoslab beradi.

2. Fuqarolik kodeksi 117-moddasi o'n to'rt yoshga tolmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligiga oid masalalarni tartibga soladi. Unga ko'ra o'n to'rt yoshga tolmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim oz-ozidan haqiqiy emas, ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan bitimlar bundan mustasnodir deb belgilanadi. 29-moddaning ikkinchi qismida takidlangan bitimlar qatorida esa mayda maishiy bitim ham mavjud bolib, unga alohida tushuncha sifatida tarif berilmagan. Taklifimiz shundan iboratki, Fuqarolik kodeksining 117-moddasi bilan bevosita aloqador bolgan 29-moddasiga mayda maishiy bitim tushunchasiga tarif berilgan qism qo'shilishi maqsadga muvofiq boladi. Fuqarolik

Scientific Journal Impact Factor

kodeksida mayda maishiy bitimlarning summasi aniqlashtirilmagan, shu sababli bitimni mayda maishiy bitim ekanligini aniqlashda ehtiyoj darajasini, voyaga yetmaganning yoshiga nisbatini hamda bitim miqdorini hisobga olish zarur bo'ladi. Biroq, bu bilan ham mayda maishiy bitimni aniqlab bo'lmasligi mumkin, sababi, ehtimol, voyaga yetmaganning oilasidagi turmush darajasini ham e'tiborga olish kerakdir. Mayda maishiy bitimlar summasi esa ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi, yangilarining paydo bo'lishi bilan oshib boryapti. Qonunchilikdagi bu kabi kamchilik esa mayda maishiy bitimni har kim turli xil talqin qilishiga olib keladi, bu esa o'n to'rt yoshga to'lmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitimni amaliyotda haqiqiy emas deb topish uchun muammolarga sabab bo'ladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Fuqarolik kodeksining 121-moddasida belgilangan qoidalar ham bazi bir qo'shimchalar kiritilishini talab qiladi. Ushbu moddaga ko'ra garchi muomalaga layoqatli bo'lsa-da, biroq bitim tuzish vaqtida oz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan holatda bo'lgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim shu fuqaroning yoki huquqlari yoxud qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari bunday bitimni tuzish natijasida buzilgan boshqa shaxslarning davosi bo'yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Malumki, oz harakatlarining ahamiyatini anglab bilmaslik holati ichki ruhiy holatning buzilishi bilan bog'liq bo'lib, shaxsning bunday holatda ekanligini aniqlash maxsus bilim hamda malaka talab etadi. Bunday holatda bitim tuzilgan deb hisoblash uchun, shaxsning haqiqatdan ham bitim tuzilayotgan vaqtda o z harakatlarining ahamiyatini anglab bilmaslik darajasi sud-tibbiyot ekspertizasi mutaxassislari tomonidan aniqlashni talab etadi. Amaliyotda moddiy huquqda aniq bir normaning mavjud emasligi uchun, sud-tibbiyot ekspertizasi orqali aniqlash sudyaning ixtiyorida ekanligiga sabab bo'lmoqda. Bu esa chiqarilgan qarorning xolisligi tamoyiliga ham putur yetkazadi. Shunday ekan yuqoridagi moddaga yangi band sifatida oz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaslik holati majburiy ravishda sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasi orqali aniqlanishi kerakligi kiritilishi o'rinli deb hisoblaymiz. Ko'p holatlarda sudyalarning ushbu sohada bilimga ega emasligi oqibatida, ushbu turdagi bitimlarni haqiqiy emas deb topishda xatolarga sababchi bo'lishi mumkin. Bundan tashqari sudyalarning ixtiyorida tanlash imkonining bo'lishi ularning xolisligini gumon ostiga ham qoldirishi mumkin.

4. Fuqarolik kodeksining 122-moddasi normalarida ham g alislik ko'zga tashlanadi. Ushbu modda yanglishish tasirida tuzilgan bitimning haqiqiy emasligiga oid masalalarni tartibga soladi. Jiddiy ahamiyatga ega bo'lgan yanglishish tasirida

Scientific Journal Impact Factor

tuzilgan bitim yanglishish ta'sirida harakat qilgan tarafning da'vosi bo'yicha sud tomonidan haqiqiy emas topilishi mumkin.

Bitimning tabiati, uning narsasining o'z vazifasi bo'yicha foydalanish imkoniyatini ancha pasaytiradigan o'xshashligi yoki sifati haqida yanglishish jiddiy ahamiyatga egadir. Bitimning sabablari xususida yanglishish jiddiy ahamiyatga ega emas. Moddaning ushbu qismida jiddiy ahamiyat tushunchasiga oydinlik kiritishga harakat qilingan, ammo ushbu tushuntirishni to liq hamda aniq deya olmaymiz. Moldava hamda Ukraina qonunchiligida ushbu masala aniqroq hamda tushunarliroq hal qilingan. Jumladan, Moldava Fuqarolik kodeksiga asosan jiddiy yanglishish sifatida quyidagilar aniq qilib ko'rsatilgan:

a) Yuridik akt ya'ni bitimning mohiyati to' g' risidagi yanglishish;

b) Yuridik akt obyektining mohiyati to' grisidagi yanglishish;

C) Yuridik akt taraflari haqidagi (qarzdor yoki kreditor), agar ularning shaxsi yuridik aktni tuzishda muhim ahamiyat kasb etgan bo'lsa, yanglishish jiddiy ahamiyat deb qaraladi.

Bundan tashqari yuridik aktning sababi bilan bog'liq xato, agar sabab yuridik akt obyekti tarkibiga kirgan bo'lsa, muhimligi, roziligi talab qilinmaydigan shaxsga tegishli bo'lgan xato yuridik aktni bekor qilishga asos bo'lmasligi Moldava Fuqarolik kodeksida keltirib o'tilgan. Shunday ekan bizning Fuqarolik kodeksimizdagi yuqorida keltirib o'tilgan normadagi jiddiy ahamiyat holatiga Moldavada bo'lganidek aniq asoslarni sanab o'tishimiz zarur. Bundan tashqari har qanday holatda ham bitim sababiga nisbatan yanglishish jiddiy ahamiyat bo'la olmasligi xususidagi imperativ qismni ham istisno mavjud ekanligi bilan to'ldirishimiz o'rinlidir. Chunki bitim sababi xususidagi xato bitim obyekti tarkibiga kiradigan hollarda, bunday yanglishishni jiddiy ahamiyat sifatida baholashimiz zarur bo'ladi.

5. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emaslik qoidalariga ham taklifimiz mavjud. Fuqarolik kodeksining 119-moddasida ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim o'z-o'zidan haqiqiy emasligi belgilangan. Ushbu moddaga ko'ra bunday bitimga nisbatan ushbu Kodeks 117-moddasisining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalari qo'llaniladi. Bizning taklifimiz shundan iboratki, ba'zi holatlarda muomalaga layoqatsiz shaxslar bilan tuzilgan bitimni sud haqiqiy deb topish mumkinligi haqida qo'shimcha kiritish maqsadga muvofiq. Bu holat agar tuzilgan bitim muomalaga layoqatsiz shaxs manfaatlariga daxl qilmasa, aksincha u uchun foydali hisoblanadigan bo'lsa, uning vakili arizasi bilan bitimni haqiqiy deb topish mumkinligi haqida qo'shimcha qo'shish lozim. Chunki, biz

Scientific Journal Impact Factor

bilamizki, bitimni haqiqiy emas deb topish va uning oqibatlarini qo'llashdan maqsad fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi. Agarda yuqoridagi holatga o'xshab haqiqatdan ham, tuzilgan bitim taraf hisoblangan muomalaga layoqatsiz shaxs manfaatiga zid bo'lmasa, ushbu bitimni haqiqiy deb topishning o'zi ham uning manfaatlari himoyasi uchun xizmat qilgan bo'ladi. Ushbu tajriba bir qator rivojlangan davlatlar, xususan, Belorusiya, Armaniston, Yaponiya, Moldava kabi mamlakatlarning Fuqarolik kodeksida allaqachon o'rin egallagan.

6. Xuddi shu ko'rinishdagi o'zgarishni o'n to'rt yoshga to'lmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi holatiga ham kiritilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu holatda ham asosiy maqsad bitim tarafaning huquqlarini himoya qilish. Agarda tuzilgan bitim o'n to'rt yoshga to'lmagan shaxsga ziyon yetkazmasdan, uning foydasiga oqibat keltirib chiqarsa yoki kelajakda shunday ijobiy oqibat keltirib chiqaradigan bo'lsa, bitim haqiqiy sanalishi mumkinligi o'rinli hisoblanadi.

7. Ya'na bir taklifimiz, bitimni haqiqiy emasligini tan olish va haqiqiy emas deb topilgan bitimning oqibatlarini qo'llash to'g'risidagi da'vo muddati. Ushbu masala xususida amaldagi Fuqarolik kodeksida alohida qoida mavjud emas. Bundan ko'rinib turibdiki, bunday ishlar bo'yicha umumiy uch yillik da'vo muddati amal qiladi. Ammo haqiqiy bo'lmagan bitimning asoslari turli xil bo'lganligi uchun da'vo muddatini ham ularning ahamiyatiga qarab belgilashni taklif etamiz. Chunki, muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimni haqiqiy emasligi bilan aldash, ko'zbo'yamachilik yoki qalbaki bitimlarni haqiqiy emasligi borasida, ularning aniqlanish darajasida farqlar mavjud. Ba'zi holatlarda bir yillik da'vo muddatining o'zi ham bitimni haqiqiy emas deb topish va uning oqibatlarini qo'llash uchun yetarli bo'lishi mumkin, ammo shunday murakkab vaziyatlar ham mavjud bo'ladiki, ularda uch yillik umumiy da'vo muddati fuqarolarning buzilgan huquq va manfaatlarini tiklash uchun yetarli bo'lmasligi mumkin. Shuning uchun quyidagi tartibda qo'shimcha modda kiritishni tavsiya etamiz:

Modda nomi - "bitimni haqiqiy emas deb topish va haqiqiy emas deb topilgan bitimning oqibatlarini qo'llash to'g'risada da'vo muddati";

Modda matni - "bitimni haqiqiy emas deb topish va haqiqiy emas deb topilgan bitimning oqibatlarini qo'llash to'g'risidagi da'vo, uni amalga oshirish boshlangan kundan boshlab o'n yil ichida berilishi mumkin.

Qonun hujjatlarida bitimlarning ayrim turlarini bekor qilish faktini aniqlash va bunday bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo'llash uchun da'vo qo'zg'atish uchun boshqa muddat belgilanishi mumkin.

Scientific Journal Impact Factor

Fuqarolik kodeksining 122,125 va 126-moddalari asosida tuzilgan bitimlar bo'yicha ularni haqiqiy emas deb topish hamda haqiqiy emasligi oqibatlarini qo'llash uchun davo qo'zg'atish muddati bir yil.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog'liq qoidalar zamonaviy fuqarolik tamoyillari hamda rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotiga moslashishni talab etadi. Shu sababli fuqarolik qonunchiligi bitimga doir normalari yuqoridagi takliflar bilan to'ldirilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksini tasdiqlash haqida"gi Qonuni loyihasi // URL: https://regulation.gov.uz/uz/d/29059

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilgi Oliy Majlisga murojaatnomasi. https://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01 -2020

3. Oliy sud statistikasi. https://stat.sud.uz/fib.html

4. Кротов М.В. Гражданское право. Часть I. //Под. ред. Ю.К. Толстого, А.П. Сергеева. -М: ТЕИС, 1996. С.199.

5. Гражданское право. Том I. Отв. ред. проф. Е.А. Суханов. - 2-е. изд. М: БЕК, 1998. С.342.

6. Зокиров И.Б. Узбекистан Республикасининг фукаролик хукуки. Тошкент. "Адолат", 1996. 108 б.

7. Егоров Ю.Л. Недействительность противозаконных по содержанию сделок. // Законность, 2004, № 6, с. 89.

8. Шахматов В.П. Составы противоправных сделок и обусловленные ими последствия. - Томск, 1967, с. 101.

9. Хейфец Ф. С. Недействительность сделок по российскому гражданскому праву. - М., 2007, с. 94.

10. Генкин Д.М. Недействительность сделок, совершенных с целью, противной закону. // Ученые записки ВИЮН, 1947, № 5, с. 61.

11. Новицкий И.Б. Недействительные сделки. Вопросы советского гражданского процесса. - М., 1945, с. 15.

12. Агарков М.М., Понятие сделки по советскому гражданскому праву. // Советское государство и право, 1946, № 3, с. 10.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

13. Рабинович Н.В. Недействительность сделок и ее последствия. - Л., 1960, с. 65.

14. Васева Н.В. Антисоциальные сделки по советскому гражданскому праву. Автореф...к.ю.н. Свердловск. 1978. С. 14.

15. Витрянский В.В. Недейственность сделок в арбитражно-судебной практике. Гражданский Кодекс России: Проблемы, теория, практика. - М.: Статут. 1998.

16. Топилдиев В. Фукаролик хукуки. Дарслик. I кисм."Университет" -Т.: 2014. 288 Б.

17. Кротов М.В. Гражданское право. Часть I. //Под. ред. Ю.К. Толстого, А.П. Сергеева. -М: ТЕИС, 1996. С.199.

18. Брагинский М.И. Сделки: понятие, виды и формы: комментарий к новому ГК РФ. - М.: Статут. 1995. https://rusneb.ru/catalog/005289 000028 RU CCPL KNIGA 67.304.1 С+272-526006/.

19. Гекин Д.М. Недействительность сделок, совершенных с целью,противной закону // Уч. зап. ВИЮН. Вып. 5., М., 1947. https://naukaprava.ru/catalog/297/5223/322667viewH.

20. The Grounds of Invalidity and Termination of Treaties. S.E.Nahlik. // Published online by Cambridge University Press: 28 March 2017, pp. 736-756. https://www.cambridge.org/core/iournals/american-iournal-of-international-law/listing7q=invalidity+treties& csrf.

21. Procedures for Establishing the Invalidity or Termination of Treaties under the International Law Commission's 1966 Draft Articles on the Law of Treaties.

22. Herbert W. // Published online by Cambridge University Press: 28 March 2017, pp. 976-989.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.