Научная статья на тему 'BIR VАQTDА GIPERTROFIK RINITNI ENDOSKOPIK ULTRАTOVUSH DEZENTIGRАTSIYASI BILАN ESHITUV NАYI TESHIGINING KORREKSIYASI SAMARADORLIGI'

BIR VАQTDА GIPERTROFIK RINITNI ENDOSKOPIK ULTRАTOVUSH DEZENTIGRАTSIYASI BILАN ESHITUV NАYI TESHIGINING KORREKSIYASI SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gipertrofik rinit / adenotimiya / endoskopik tekshiruv / ekssudativ otit / difunksiya / endonazofaringoskopiya. / hypertrophic rhinitis / adenothymia / endoscopic examination / exudative otitis / dysfunction / endonasopharyngoscopy.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Shamatov Islom Yakubovich, Abdiraimov Bayramali Serobovich, Nazarov Soxibjon Ulmas O’g’li, Murodova Nigina Shuxrat Qizi, Sadinov Nurillo Oralovich

Ushbu maqolada gipertrofik rinitni bir vaqtda endoskopik ultratovush dezentigratsiyasi bilan eshituv nayi teshigi korreksiyasi samaradorligi va uning amalga oshirilishi to’g’risida fikr yuritilgan. Endonazofaringoskopiya va endorinojarrohlikdan foydalanish samarali, minimal invaziv usul bo'lib, burun bo'shlig'i va burun-halqum sohalarini va funksiyalarini maksimal darajada saqlab qolish jarrohlikning optimal variantni tanlash imkonini beradi. Bundan tashqari adenoid to'qimalarining gipertrofiyasi bo'lgan bemorlarga endoskop nazorat ostida Sheyverli adenotomiya o'tkazildi. O`spirinlar angiofibromasi ochiq yondashuv yordamida, an’anaviy usulda amalga oshirildi. Endoskopik nazorat samarali gemostazga erishish va patologik to`qimalarni to`liq tozalab olib tashlash imkonini berdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по медицинским наукам и общественному здравоохранению , автор научной работы — Shamatov Islom Yakubovich, Abdiraimov Bayramali Serobovich, Nazarov Soxibjon Ulmas O’g’li, Murodova Nigina Shuxrat Qizi, Sadinov Nurillo Oralovich

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECTIVENESS OF SIMULTANEOUS CORRECTION OF THE AUDITORY TUBE OPENING WITH ENDOSCOPIC ULTRASOUND DISINTEGRATING HYPERTROPHIC RHINITIS

This article discusses the effectiveness of simultaneous endoscopic ultrasound disintegrating of the auditory tube with correction of hypertrophic rhinitis and its implementation. The use of endonasopharyngoscopy and endorhinoplasty is an effective, minimally invasive method that allows you to choose the optimal surgical option while preserving the nasal cavity and nasopharyngeal areas and their functions to the maximum. Patients with adenoid hypertrophy underwent Shaver adenoidectomy under endoscopic control. Adolescent angiofibroma was performed using an open approach, using a traditional method. Endoscopic control allowed achieving effective hemostasis and complete removal of pathological tissue.

Текст научной работы на тему «BIR VАQTDА GIPERTROFIK RINITNI ENDOSKOPIK ULTRАTOVUSH DEZENTIGRАTSIYASI BILАN ESHITUV NАYI TESHIGINING KORREKSIYASI SAMARADORLIGI»

BIR VАQTDА GIPERTROFIK RINITNI ENDOSKOPIK ULTRАTOVUSH DEZENTIGRАTSIYASI BILАN ESHITUV NАYI TESHIGINING KORREKSIYASI

SAMARADORLIGI Shamatov Islom Yakubovich

Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son Otorinolaringologiya kafedrasi katta o'qituvchisi Abdiraimov Bayramali Serobovich, Nazarov Soxibjon Ulmas o'g'li, Murodova Nigina

Shuxrat qizi, Sadinov Nurillo O'ralovich

Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-kurs Klinik ordinatorlari https://doi.org/10.5281/zenodo.14789451 Annotatsiya: Ushbu maqolada gipertrofik rinitni bir vaqtda endoskopik ultratovush dezentigratsiyasi bilan eshituv nayi teshigi korreksiyasi samaradorligi va uning amalga oshirilishi to'g'risida fikr yuritilgan. Endonazofaringoskopiya va endorinojarrohlikdan foydalanish samarali, minimal invaziv usul bo'lib, burun bo'shlig'i va burun-halqum sohalarini va funksiyalarini maksimal darajada saqlab qolish jarrohlikning optimal variantni tanlash imkonini beradi. Bundan tashqari adenoid to'qimalarining gipertrofiyasi bo'lgan bemorlarga endoskop nazorat ostida Sheyverli adenotomiya o'tkazildi. Ospirinlar angiofibromasi ochiq yondashuv yordamida, an'anaviy usulda amalga oshirildi. Endoskopik nazorat samarali gemostazga erishish va patologik toqimalarni toliq tozalab olib tashlash imkonini berdi.

Kalit so'zlar: gipertrofik rinit, adenotimiya, endoskopik tekshiruv, ekssudativ otit, difunksiya, endonazofaringoskopiya.

THE EFFECTIVENESS OF SIMULTANEOUS CORRECTION OF THE AUDITORY TUBE OPENING WITH ENDOSCOPIC ULTRASOUND DISINTEGRATING HYPERTROPHIC RHINITIS Abstract: This article discusses the effectiveness of simultaneous endoscopic ultrasound disintegrating of the auditory tube with correction of hypertrophic rhinitis and its implementation. The use of endonasopharyngoscopy and endorhinoplasty is an effective, minimally invasive method that allows you to choose the optimal surgical option while preserving the nasal cavity and nasopharyngeal areas and their functions to the maximum. Patients with adenoid hypertrophy underwent Shaver adenoidectomy under endoscopic control. Adolescent angiofibroma was performed using an open approach, using a traditional method. Endoscopic control allowed achieving effective hemostasis and complete removal of pathological tissue.

Keywords: hypertrophic rhinitis, adenothymia, endoscopic examination, exudative otitis, dysfunction, endonasopharyngoscopy.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ ОДНОМОМЕНТНОЙ КОРРЕКЦИИ ПРОСВЕТА СЛУХОВОЙ ТРУБЫ С ЭНДОСКОПИЧЕСКИМ УЛЬТРАЗВУКОВЫМ ИССЛЕДОВАНИЕМ ПРИ ГИПЕРТРОФИЧЕСКОМ ДЕЗИНТЕГРИРУЮЩЕМ

РИНИТЕ

Аннотация: В статье рассматривается эффективность и возможность применения эндоскопической ультразвуковой десенсибилизации гипертрофического ринита с одновременной коррекцией просвета слуховой трубы. Применение эндоназофарингоскопии и эндоринопластики является эффективным, малоинвазивным методом, позволяющим выбрать оптимальный хирургический вариант, максимально

сохраняющий полость носа и носоглотку и ее функции. Пациентам с гипертрофией аденоидной ткани была проведена эндоскопически контролируемая шейвер-аденоидотомия. Юношеская ангиофиброма была выполнена открытым способом, по традиционной методике. Эндоскопический контроль позволил осуществить эффективный гемостаз и полную санацию патологических тканей.

Ключевые слова: гипертрофический ринит, аденоидит, эндоскопическое исследование, экссудативный отит, дисфункция, эндоназофарингоскопия.

KIRISH

Burun chig'anoqlarining gipertrofiyasi (BCHG) eshitish naylari teshigi patologiyasi (ENP) bilan birgalikda burun bo'shlig'i va burun-halqumning eng keng tarqalgan patologiyalaridan biri bo'lib, LOR kasalliklarining ichida 12-34% ni tashkil qiladi. Burunning nafas olishi va boshqa disfunksiyalarining oqibatida faringit, sinusit, tonzillit, eshituv nayining funksiyasini buzilishi va ko'pincha ekssudativ otitlar rivojlanishi hisoblanadi.

Murakkab holatlarda jarayon chandiqli va bitishmali o'zgarishlar bilan birga keladi. LOR amaliyotida burun bo'shlig'i ayniqsa burun-halqum jumladan eshituv naylari teshigining patologiyalari maxsus asbob uskunalar (endoskop, mikro instrumentlar) bilan vizualizatsiya qilinadi, ishlanadi ananaviy usullarda esa tashxislash va jarrohlik samaradorligi sezilarli darajada past bo'ladi.

Chegaralangan yoki tarqalgan gipertrofik rinit burun bo'shlig'ining surunkali kasalliklaridan bo'lib, uning shilliq qavati, ayrim hollarda esa suyak to'qimalarining zararlanishi bilan kechadi, ayrim hollarda esa chig'anoqlar sohasidagi suyak to'qimalarining zararlanishi bilan kechadi. Bu esa shilliq qavatning patologik o'zgarishiga va bezlar sonining ko'payishiga olib keladi. Gipertrofik rinit doimiy burun bitishi tufayli burun orqali nafas olishning buzilishi, eshituv naylari disfunksiyasiga olib keladi.

TADQIQOT MAQSADI

Gipertrofik rinit va eshitish naylari teshigi patologiyasini endoskop yordamida tashxislash va bir vaqtni o'zida jarroxlik natijalarini samaradorligi oshirish.

Gipertrofik rinitning belgilari burun bo' shlig'ining boshqa kasalliklari belgilariga o'xshash bo'lishi mumkin.

MATERIALLAR VA USULLAR

Samarqand viloyati ko'p tarmoqli bolalar markazi LOR bo'limida 2022 yildan 2024 yilgacha. 7 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan 34 nafar bemor, gipertrofik rinit va eshituv naylari patologiyasi bilan davolangan, ulardan 20 nafari (58,8%) o'g'il bolalar va 14 nafari (41,1%) qiz bolalardir. Barcha (34) nafar bemor II guruhga bo'lingan. Nazorat guruhi (NG) 18 bemor an'anaviy usul bilan davolangan. Ularga qisman konxotomiya va eshituv nayi korreksiyasi o'tkazilgan. Asosiy guruhda (AG) gipertrofik rinit va eshituv nayi patologiyasi bilan 16 bemor kiritilgan bo'lib, ularda minimal invaziv endojarroxlik (endoskop nazorati ostida Sheyverli korreksiya) usulida davolash amalga oshirilgan. Barcha bemor standart tekshiruvlardan (instrumental va laboratoriya) o'tkazildi. Endoskopik diagnostika va davolashni amalga oshirish uchun biz (CHANMED) kompaniyasi endoskopidan foyadalandik.

Tashxislashda burun bo'shligi, burun-halqum shilliq qavati 10% li Lidokain bilan og'riqsizlantirildi va endoskop yordamida shilliq qavatining holati, tuzilishi, shakli to'g'risida obyektiv ma'lumot olindi. Burun chig'anoqlari gipertrofiyasi, shakli va hajmini aniqlash bilan

birga burun yo'llarining torayishi shuningdek eshituv nayi murtaklarining gipertrofiyasi, eshituv nayi disfunksiyasi korildi va kelib chiqish sabablari o'rganildi.

Surunkali gipertrofik rinitning turli shakllarini va eshitish naylari teshigi patologiyasini aniq ko'rish uchun shilliq qavatning kirish mumkin bo'lgan joylari elektr otsos moslamasi yordamida shilliqdan va patologik ajralmalardan tozalandi. Keyin burun bo'shlig'iga 1% Adrenalin eritmasi shimdirilgan paxtali tiqin qo yilib, 2% Lidokain eritmasi surtildi.

Endoskopik tekshiruv o'rtacha 3-5 daqiqa davom etdi. Barcha bemorlarda eshituv nayining burun- halqumga ochilgan teshigi sohasida patologiyalar bilan birga pastki chig'anoq gipertrofiyasi borligi aniqlandi. Shu bois, nafas olish va boshqa funksiyalarining buzilish bilan eshituv nayining disfunksiyasi kuzatildi. Aniqlangan patologiyalarni davolash endorinojarrohlik usulida otkazilib, bunda endoskop, mikro asbob-uskunalar va mikro debridordan foydalanildi.

NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI

Endonozofaringoskopiya paytida burun bo'shlig'ining to'liq vizualizatsiyasiga erishildi, bu burun bo'shlig'ining har qanday shikastlanishlarini, eshitish naychalarining ochilish maydonini aniqlash va ularning uzunligi va chegaralarini ko'rish imkonini berdi. Shu bilan birga, nazofarengeal shilliq qavat va limfoid to'qimalarning holati haqida obyektiv ma'lumotlar olindi.

To'g'ridan-to'g'ri kuzatishlar adenoid to'qimalarining gipertrofiyasini aniqlashga imkon berdi, bu esa 14 (41,1%) nafar bemorda eshituv naylarining burun-halqumga ochilish teshigini bekilib qolishiga sabab boldi. 7 (20,5%) nafar bolada eshituv nayi murtagining gipertrofiyasi aniqlandi. 3 nafar bemorda (8,8%) vizualizatsiya imkoni yaxshi bo'lganligi sababli burun poliplari aniqlandi, 2 nafar bemorda (5,8%) burun-halqum angiofibromasi aniqlandi. Barcha bemorlarda eshituv nayi sohasi patologiyalari pastki burun chig'anoqlar gipertrofiyasi bilan birga uchradi. Eshitish nayining disfunksiyasi 5 nafar (14,7%) bemorda kuzatildi va konduktiv karlik bilan namayon bo'ldi, 2 nafar (5,8%) bemorda ekssudativ o'rta otit va 1 nafar (2,9%) bemorda qaytalanuvchi otit kuzatildi.

Jarrohlik taktikasini tanlash aniqlangan patologiyaning tabiati ya'ni hajmi, shakli organ funksiyalari buzilishini inobatga oldan holda olib borildi. Umumiy og'riqsizlantirishdan so'ng endoskop nazorati ostida Sheyverli qisman konxotomiya va eshituv naylarining korreksiyasi amaliyoti bajarildi.

Adenoid to'qimalarining gipertrofiyasi bo'lgan bemorlarga endoskop nazorat ostida Sheyverli adenotomiya o'tkazildi, bu esa adenoid to'qimasini to'liq olib tashlashni ta'minladi. Poliplar Sheyver bilan olib tashlandi. Ospirinlar angiofibromasi ochiq yondashuv yordamida, an'anaviy usulda amalga oshirildi. Endoskopik nazorat samarali gemostazga erishish va patologik to qimalarni to'liq tozalab olib tashlash imkonini berdi. Shu maqsadda aksariyat hollarda koagulyator ishlatildi.

XULOSA

Shunday qilib, endonazofaringoskopiya va endorinojarrohlikdan foydalanish samarali, minimal invaziv usul bo'lib, burun bo'shlig'i va burun-halqum sohalarini va funksiyalarini maksimal darajada saqlab qolish jarrohlikning optimal variantini tanlash imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Исламов Ш.Э., Шаматов И.Я., Шодиев А.Э., Шербеков Б.Э. Дефекты оказания медицинской помощи в практике оториноларингологии.// «Достижения науки и обазования ISSN 24132071 N 4(2020/58) V.50-53

2. Шаматов И.Я., Хушвакова Н.Ж., Бурханов У.М. Эндоскопическая ультразвуковая дезинтеграция при гипертрофическом рините с одновременной коррекции устья слуховых труб. // Биология ва тиббиет муаммолари - N 3 (111) 2019 -Р.143-144.

3. Шаматов И.Я. Применение фонофареза новокаина при лечение хронического риносинусита «Профилактик тиббиётда юкори инновацион технологияларни куллаш» мавзусидаги республика илмий-амалий анжумани материаллари. 2020г -С.313

4. Шаматов, И., Каримов, З., Шопулотова, З., & Махмудова, С. (2021). ВОЗМОЖНОСТИ КОМПЬЮТЕРНОЙ И МАГНИТНО-РЕЗОНАНСНОЙ ТОМОГРАФИИ В ВИЗУАЛИЗАЦИИ ПОЛОСТИ НОСА И ВЕРХНЕЧЕЛЮСТНОЙ ПАЗУХИ. Журнал вестник врача, 1(2), 113115.

5. Бахриев, И. И., Ешмуратов, Б. А., Раимбердиев, С. А., Шаматов, И. Я., & Ёкубов, Б. Т. (2023). Патоморфологические особенности черепно-мозговой травмы. Journal of Universal Science Research, 1(3), 136-144.

6. Ибрагимов, Ш. Р., Шаматов, И. Я., & Исламов, Ш. Э. (2020). Особенности повреждений челюстей. Вопросы науки и образования, (30 (114)), 36-44.

7. Шаматов, И. Я., Хушвакова, Н. Ж., & Бурханов, У. М. (2019). Эндоскопическая ультразвуковая дезинтеграция при гипертрофическом рините с одновременной коррекции устья слуховых труб. БИОЛОГИЯ ВА ТИББИЁТ МУАММОЛАРИ PROBLEMS OF BIOLOGY AND MEDICINE ПРОБЛЕМЫ БИОЛОГИИ, 144.

8. Исламов, Ш. Э., Шаматов, И. Я., Шодиев, А. Э., & Шербеков, Б. Э. (2020). Дефекты оказания медицинской помощи в практике оториноларингологии. Достижения науки и образования, (4 (58)), 50-53.

9. Шаматов, И. Я., Болтаев, А. И., Шадиев, А. Э., & Кодиров, О. Н. (2017). Эндоскопическая диагностика и лечение деформации носовой перегородки и гипертрофии нижних носовых раковин. In International Scientific and Practical Conference World science (Vol. 5, No. 5, pp. 6163). ROST.

10. Шаматов, И. Я., Хушвакова, Н. Д., Шодиев, А. Э., & Курбанов, Э. Х. (2019). Комплексное лечение хронического риносинусита в стадии обострения. Re-health journal, (2), 5-10.

11. Yokubovich, S. I., Sharipovna, I. F., & Jurakulova, H. N. (2021). New Approaches in the Treatment of Odontogenic Sinusitis. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 2(2), 57-60.

12. Насретдинова, М., Шаматов, И., & Коржавов, Ш. (2021). ЭФФЕКТИВНОСТЬ НЕКОТОРЫХ МЕТОДОВ ЛЕЧЕНИЯ БОЛНЫХ С ПОЛИПОЗНЫМ РИНОСИНУСИТОМ. Журнал вестник врача, 1(2), 71-74.

13. Шаматов, И. Я., Хушвакова, Н. Ж., & Исхакова, Ф. Ш. (2019). КОМПЛЕКСНОЕ ЛЕЧЕНИЕ ОСТРЫХ ЛАРИНГИТОВ. Сборник научных статей по итогам работы Международного научного форума, 98.

14. Shamatov, I., Karabaev, H., Nasretdinova, M., & Nabiev, O. (2021). New in the vestibular rehabilitation of patients with dizziness. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 99-103.

15. Насретдинова, М., Шаматов, И., & Коржавов, Ш. (2021). ЭФФЕКТИВНОСТЬ НЕКОТОРЫХ МЕТОДОВ ЛЕЧЕНИЯ БОЛНЫХ С ПОЛИПОЗНЫМ РИНОСИНУСИТОМ. Журнал вестник врача, 1(2), 71-74.

16. Шаматов, И. Я., Хушвакова, Н. Ж., & Исхакова, Ф. Ш. (2019). КОМПЛЕКСНОЕ ЛЕЧЕНИЕ ОСТРЫХ ЛАРИНГИТОВ. Сборник научных статей по итогам работы Международного научного форума, 98.

17. Shamatov, I., Karabaev, H., Nasretdinova, M., & Nabiev, O. (2021). New in the vestibular rehabilitation of patients with dizziness. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 99-103.

18. Шаматов, И. Я., Давронова, Г. Б., & Курбонов, Э. Х. (2016). Эндоскопическая диагностика: новые возможности щадящих хирургических операций в полости носа и глотки. In Инновационные механизмы решения проблем научного развития (pp. 186-189).

19. Шаматов, И., Курбанов, Э., Болтаев, А., & Соатмуратов, Х. (2015). Современные подходы к хирургической коррекции патологии устья слуховых труб у детей. Stomatologiya, 1(3 (61)), 91-93.

20. Исламов, Ш. Э., Ураков, К. Н., & Нормахматов, И. З. ЗАЩИТА ПРАВ ПАЦИЕНТА ПРИ ПРОВЕДЕНИИ МЕДИЦИНСКИХ ЭКСПЕРИМЕНТОВ. ТВЕРСКОЙ МЕДИЦИНСКИЙ ЖУРНАЛ Учредители: Тверской государственный медицинский университет,(4), 93-95.

21. Исламов, Ш. Э., Махматмурадова, Н. Н., & Нормахматов, И. З. ЭТИЧЕСКИЕ ВЗАИМООТНОШЕНИЯ МЕЖДУ МЕДИЦИНСКИМ РАБОТНИКОМ И ПАЦИЕНТОМ. ТВЕРСКОЙ МЕДИЦИНСКИЙ ЖУРНАЛ Учредители: Тверской государственный медицинский университет,(4), 90-92.

22. Исламов, Ш. Э., & Шаматов, И. Я. (2005). Судебно-медицинские аспекты дефектов медицинской помощи в оториноларингологической практике. Российская ринология, (2), 144-145.

23. Шаматов, И., Коржавов, Ш., & Курбанова, Л. (2021). Эффективность некоторых методов лечения пациентов с полипозным риносинуситом. Журнал биомедицины и практики, 1(3/2), 159-164.

24. Шаматов, И. Я., Исламов, Ш. Э., & Шербеков, Б. Э. (2021). УСТАНОВЛЕНИЕ ДАВНОСТИ ЧЕРЕПНО-МОЗГОВОЙ ТРАВМЫ. Вопросы науки и образования, (13 (138)), 34-38.

25. Шаматов, И. Я., & Исхакова, Ф. Ш. (2016). РОЛЬ АУДИОМЕТРИИ В ДИАГНОСТИКЕ СЕНСОНЕВРАЛЬНОЙ ТУГОУХОСТИ. ББК 65.26 Н 72, 54.

26. Бахронов, А. Р., Хушвакова, Н. Ж., Болтаев, А. И., & Шаматов, И. Я. (2014). Применение комбинированных антисептиков в лечении острого фарингита. Вестник Казахского Национального медицинского университета, (2-3), 14-15.

27. Шаматов, И. Я., Болтаев, А. И., & Расулова, М. Р. (2022). ИММУНОБИОХИМИЧЕСКИЕ СДВИГИ ПРИ СЕЗОННОЙ БИЦИЛЛИНОМЕДИКОМЕНТОЗНОЙ ПРОФИЛАКТИКЕ ХРОНИЧЕСКИХ ТОНЗИЛЛИТОВ В САНАТОРНЫХ УСЛОВИЯХ. In Проблемы постковидной оториноларингологии (pp. 284-286).

28. Хушвакова, Н., Шаматов, И., Хамракулова, Н., & Усманов, Ш. (2018). Роль озонотерапии в лечении экссудативных гайморитов. Журнал проблемы биологии и медицины, (1 (99)), 124126.

29. Шодиев, С., Шаркиев, А., Аббосов, О., Фозилова, Д., & Шаматов, И. (2016). Усовершенствование лечения альвеолитов лунок зубов. Stomatologiya, 1(2-3 (63-64)), 54-57.

30. Sabirova, M. M., Akhmedzhanov, I. A., & Shamatov, I. (1991). Errors in the diagnosis of a foreign body in the pharynx of a three-month old child. Vestnik Otorinolaringologii, (4), 60-60.

31. Sabirova, M. M., Rustamova, B. A., & Shamatov, I. (1991). Unusual cases of esophageal foreign bodies. Vestnik Otorinolaringologii, (2), 78-78.

32. SABIROVA, M., AKHMEDZHANOV, I., & SHAMATOV, I. (1991). SUCCESSFUL EXTRACTION OF A LATE DIAGNOSED FOREIGN-BODY FROM THE THROAT OF A 3-MONTH-OLD BABY. VESTNIK KHIRURGII IMENI II GREKOVA, 146(2), 71-72.

33. NABIEV, O. R., NASRETDINOVA, M. T., & YakubovichSHAMATOV, I. FEATURES OF MANIFESTATION OF OPTOKINETIC NYSTAGMUS IN MENIERE'S DISEASE. БИОМЕДИЦИНА ВА АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ, 141.

34. Yokubovich, S. I., Sharipovna, I. F., & Jurakulova, H. N. (2021). New Approaches in the Treatment of Odontogenic Sinusitis. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 2(2), 57-60.

35. ЛИХАЧЕВА, В. В. (2020). ЭКСТРАКОРПОРАЛЬНОЕ ОПЛОДОТВОРЕНИЕ: ИММУНОЛОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ РАЗЛИЧНЫХ ФОРМ БЕСПЛОДИЯ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ИСХОДЫ ЛЕЧЕНИЯ. Москва.

36. Исламов, Ш. Э., Шербеков, Б. Э., Норкулов, У. Ф., & Рашидов, Ф. Ф. МЕДИЦИНСКИЕ НАУКИ СУДЕБНО-МЕДИЦИНСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА. Вопросы науки и образования, 25.

37. Мадаханов, А. С., Шаматов, И. Я., & Юнусова, Н. Б. ПОТРЕБНОСТИ СЕМЕЙ В КУРОРТНО-ОЗДОРОВИТЕЛЬНОЙ ПОМОЩИ И ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ К ЕЁ УДОВЛЕТВОРЕНИЮ. ЖАРЧЫСЫ, 128.

38. Sabirova, M. M., Akhmedzhanov, I. A., & Shamatov, I. (1991). Successful removal of pharyngeal foreign body in a 3-month-old child after late diagnosis. Vestnik Khirurgii Imeni II Grekova, 146(2), 71-72.

39. Исламов, Ш. Э., Бахриев, И. И., Ибадлаев, Ф. Т., & Назарова, М. М. (2002). ПЕДИАТРЛАР ФАОЛИЯТИДА ТИББИЙ ЁРДАМ НУ^С ОНЛАРИНИНГ КЕЛИБ ЧЩИШ САБАБЛАРИ. МИНИСТЕРСТВО ЗДРАВООХРАНЕНИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАНА ТАШКЕНТСКИЙ ПЕДИАТРИЧЕСКИЙ МЕДИЦИНСКИЙ ИНСТИТУТ, 71.

40. Исломов, Ш. Э., Шербеков, Б., & Тожиев, У. Д. (2008). Морфологические исследования в процессе производства комиссионных судебно-медицинских экспертиз. Морфология, 133(2), 54-54.

41. Исламов, Ш. Э. (2009). Проведение судебно-медицинской экспертизы при профессиональных правонарушениях медицинских работников. In О проблемных вопросах в организации производства судебно-медицинских экспертиз (pp. 36-39).

42. Madakhanov, A., Shamatov, I., & Xalilov, I. (2023). AHOLINING SIHATGOHLARNING INSON HAYoTIDAGI ROLI VA O 'RNI HAQIDAGI FIKR VA MULOHAZALARINI SOTSIOLOGIK O 'RGANISH. Medical science of Uzbekistan, (3), 18-21.

43. Yakubovich, S. I., & Islomovna, S. J. (2024). TIBBIYOTDA FIZIKA FANINING O'RNI VA AXAMIYATI. Science and innovation, 3(Special Issue 29), 420-424.

44. Yakubovich, S. I. (2024). EVALUATION OF THE EFFECTIVENESS OF COMPLEX APPLICATION OF OZONE IN CHRONIC SUPPUROUS EAR DISEASES. Central Asian Journal of Academic Research, 2(11-2), 38-43.

45. Yakubovich, S. I. (2024). Features of Diagnostics and Treatment of Chronic Polypous Rhinosinusitis in Adults. SCIENTIFIC JOURNAL OF APPLIED AND MEDICAL SCIENCES, 3(5), 426-431.

46. Исламов, Ш. Э., & Хушвакова, Н. Д. (2010). «Оборонительная позиция» медицинских работников в оториноларингологии. Российская оториноларингология, (6), 26-30.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.