Научная статья на тему 'BIOKIMYO FANIDAN UGLEVODLAR MAVZUSINI O’QITISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH'

BIOKIMYO FANIDAN UGLEVODLAR MAVZUSINI O’QITISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
11
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Monosaxarid / disaxarid / polisaxarid / glukoza / talabalar / fanlararo integratsiya / biokimyo / modul / reyting tizimi / nazorat / monosaccharide / disaccharide / polysaccharide / glucose / students / interdisciplinary integration / biochemistry / module / rating system / control

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abdug’aniyeva D. K., Baxtiyorova J.B., Mo’menova R. B.

Ushbu maqolada uglevodlarning turlari (monasaxarid disaxarid va polisaxarid), funksiyalari va ularning ahamiyati bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INNOVATIVE METHODS IN TEACHING THE SUBJECT OF CARBOHYDRATES IN BIOCHEMISTRY

This article describes the types of carbohydrates (monosaccharides, disaccharides and polysaccharides ),their functions and their importance.

Текст научной работы на тему «BIOKIMYO FANIDAN UGLEVODLAR MAVZUSINI O’QITISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH»

Abdug'aniyeva D.K.

Baxtiyorova J.B.

Mo'menova R.B.

Termiz Davlat universiteti Biologiya yo 'nalishi talabalari

BIOKIMYO FANIDAN UGLEVODLAR MAVZUSINI O'QITISHDA

INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH

Annotatsiya: Ushbu maqolada uglevodlarning turlari (monasaxarid disaxarid vapolisaxarid), funksiyalari va ularning ahamiyati bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Monosaxarid, disaxarid, polisaxarid, glukoza, talabalar, fanlararo integratsiya, biokimyo, modul, reyting tizimi, nazorat

Abdug'aniyeva D.K.

Baxtiyorova J.B.

Mo 'menova R.B.

Biology students of Termiz State University

USE OF INNOVATIVE METHODS IN TEACHING THE SUBJECT OF CARBOHYDRATES IN BIOCHEMISTRY

Annotation: This article describes the types of carbohydrates (monosaccharides, disaccharides and polysaccharides ),their functions and their importance.

Key words: monosaccharide, disaccharide, polysaccharide, glucose, students, interdisciplinary integration, biochemistry, module, rating system, control

Kirish. Biologik kimyo muhim biologik moddalaming tuzilishini ular bajaradigan funksiyalari bilan bog'liq holda, bu birikmalarning molekulyar, hujayra, to'qima va organizm darajasida o'zgarishini o'rganadi. Bular orasida uglevodlar biokimyosi muhim o'rin tutadi. Barcha tirik organizmlarning muhim tarkibiy qismi uglevodlardir. Uglevodlar o'simlik olamida ko'p tarqalgan organik birikmalar bo'lib, ular hayotda muhim ahamiyatga ega. Uglevodlar asosan C, H2, O2 atomlaridan tashkil topgan bo'lib, shuningdek ular tarkibida boshqa elementlar uchraydi, masalan ,aminoshakarlar tarkibida azot (N) bo'ladi. Uglevodlarning ko'pchiligi o'simliklarda zahira modda sifatida to'planadi. Masalan, paxta tolasini, kanop po'stlog'ini asosan, sellyuloza tashkil qiladi. Uglevodlar kimyoviy tuzilishiga ko'ra ,ko'p atomli spirtlarning aldegidi yoki ketoni hisoblanadi. Ular turli xususiyatlarga ega :suvda eriydigan va suvda erimaydigan moddalar, kichik va katta molekulyar massaga ega bo'lgan birikmalar, qaytaruvchilik xususiyatiga ega bo'lgan va ega bo'lmagan birikmalar va hakoza. Uglevodlar 3 ta asosiy

guruhga bo'linadi: monasaxaridlar, oligosaxaridlar(disaxaridlar) va polisaxaridlar:

Monosaxaridlar. Monosaxaridlar tarkibida keton va aldegid guruhlari bilan bir qatorda spirtli (-oksi) guruhlari ham mavjud.Tarkibida aldegid guruhlari bo'lganmonosaxaridlar aldozalar ,keton guruh bo'lgan monosaxaridlar ketozalar deb ataladi.Monosaxaridlar tarkibidagi karbonil guruhning joylashishiga qarab ikki xil izomer,aldoza va ketoza izomerini hosil qiladi.

Monosaxaridlar hosilalari. Shakarlarning fosforli efiri. Monosaxarid kislotalar bilan reaksiyaga kirishib , murakkab efir hosil qiladi . Bu efirlarning ko'pchiligi moddalar almashinuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega .Monosaxaridlarning fosfat kislota bilan hosil qilgan fosforli efirlari ayniqsa katta ahamiyatga ega bo'lib,ularga quyidagi birikmalar kiradi.

Trommer reaksiyasi

Monosaxaridlar ishqoriy muhitda mis (II)- gidroksidni mis (I)- oksidgacha qaytaradi, bu reaksiya natijasida reaksiya uchun olingan aldozalarga mos kelgan kislotalar hosil bo'ladi: CuS04+2Na0H=Cu(0H)2+Na2S04

COONa

H I

неон неон

HOCH HOCH

I + 2 CuS04+5NaOH -| -+- 2 Cu0H+2Nk2S04+ 2H20

HOCH HC OH

не он 'сон

I I

CH2OH CHvOH

Reaksiya mahsuloti sifatida qizil rangli mis (I)-oksid hosil bo'ladi. Bu reaksiyaning kamchiligi shundaki, agar tekshirilayotgan eritmada shakar juda oz bo'lsa, ortiqcha miqdorda hosil bo'lgan mis (Il)-gidroksid qizdirilganda parchalanib, qora rangli mis (Il)-oksidiga aylanadi. Natijada juda oz miqdorda hosil bo'lgan qizil rangli mis (I)-oksidi hosil bo'ladi

Ishning bajarilishi: Probirkaga 1 % li glukoza eritmasidan 1-2 ml quyib, uning ustiga teng hajmda 10% li NaOH eritmasi qo'shiladi. Aralashmaga chayqatib turilgan holatda tomchilatib 5% li mis sulfat eritmasidan 1 ml qo'shiladi. So'ngra ohistalik bilan probirkadagi suyuqlik qizdiriladi. Avval sariq rangli loyqa paydo bo'lib(CuOH), vaqt o'tishi bilan qizil rangli СщО hosil bo'ladi

Trommer reaksiyasi

DISAXARIDLAR. Murakkab qand bo'lib, har bir molekulasi gidrolizlanganda ikki molekula monosaxaridlarga parchalanadi.Inson va hayvonlar ozuqasida disaxaridlar asosiy uglevodlar manbai hisoblanadi.Disaxaridlar glikozidlar bo'lib, ikki molekula monosaxaridlarning glikozid bog'lar orqali bog'lanishidan hosil bo'ladi. Ikkita monosaxarid molekulasidan bir molekula suv ajralib chiqishi natijasida disaxarid hosil bo'ladi.

2C6H12O6 =C12H22O11 +H2O

POLISAXARIDLAR. Yuqori molekulali murakkab uglevodlar bo'lib, ularning molekulalari monosaxaridlarning juda ko'p qoldig'idan tuzilgan ular suvda erimaydi yoki kolloid eritma hosil qiladi.Bir xil monosaxariddan iborat polisaxaridlar gomopolisaxaridlar,har xil monosaxariddan iborat bo'lsa geteropolisaxaridlar deyiladi. Sellyuloza o'simliklar tarkibida ko'p bo'lib,ular hujayra devorining asosini tashkil qiladi.Sellyuloza suvda erimaydi .Ayrim kislotalar ta'sirida qisman gidrolizlanadi.Uning molekulyar massasi 300000 dan 1000000 gacha bo'ladi.

Xulosa: Uglevodlar organizmimiz uchun juda muhim ozuqaviy moddalardir. Ular energiya manbai sifatida xizmat qiladi, tananing ko'plab funktsiyalarini ta'minlaydi va sog'lig'imizni saqlashga yordam beradi. Uglevodlarni o'rtacha va to'g'ri iste'mol qilish sog'lom turmush tarziga erishishning muhim omillaridan biridir. Uglevod sanoat va xalq xo'jaligi, farmatsevtika va tibbiyot, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalar uchun xam muhim xom ashyo manbaidir. Bijg'ish mahsulotlari, o'nlab xil kislotalar, dori-darmonlar, to'qimachilik sanoatining asosiy xom ashyolari sellyuloza, qog'oz, tolalar, plastmassalar ham uglevoddan foydalanib tayyorlanadi. Portlovchi moddalar, kinotasmalar, pergament, gummiarabik va boshqa ham shular jumlasiga kiradi. Uglevoddan organizm uchun zarur bo'lgan glyukoza, fruktoza, askorbin kislota, antibiotiklar, yurak glikozidlari va boshqa olinadi. Uglevodlar odam organizmining moddalar va energiya almashinuvida, o'sib

rivojlanishlanishida, asosiy va qoshimcha oziq moddalarga bo'lgan talabning yetarli darajada qondirilib borilishida juda katta ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

l.Biochemistry, 4e by Dr. U. Satyanarayana and Dr. U. Chakrapani is co-published by an arrangement with Elsevier, a division of Reed Elsevier India Private Limited and Books and Allied (P) Ltd. 809 p.

2.Safin M.G., Hayitov D.O'., Ruziyev YU.S. Biokimyo va molekulyar biologiya fanidan laboratoriya masho'ulotlari uchun o'quv qo'llanma "Samarqand" - 2019.183 b

3. Н.Н. Матушкин, Роль междисциплинарного компонента образовательных программ, реализующих компетентностную парадигму [Текст] / Н. Н. Матушкин, И. Д. Столбова // Инновации в образовании -2010. -No 11. -С. 5-17.

5. М. В. Носков, Междисциплинарная интеграция в условиях компетентностного подхода [Текст] / М. В. Носков, В. А. Шершнева // Высшее образование сегодня. -2008. -No 9. -С. 23-25.

6. А. Н. Шамин, История биологической химии. Формирование биохимии // Москва : КомКнига, 2006. -264с.

7. M.M. Amonova Study of the biochemical method for wastewater purification from textile productions from dyes and suspended substances//Ra Journal of Applied Research. Volume: 08 Issue: 04.04.2022. P. 272-277.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.