Научная статья на тему 'BINAFSHARANG QALQONDORI PARLATORIA OLEAE (COLVÉE, 1880) NING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ZARARLILIK DARAJASI'

BINAFSHARANG QALQONDORI PARLATORIA OLEAE (COLVÉE, 1880) NING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ZARARLILIK DARAJASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Parlatoria oleae / Diaspididae / Koksid / qalqondor / «daydi» / biologiyasi / meva / bargi / novdasi. / Parlatoria oleae / Diaspididae / Coccid / shield / "says" biology / fruit / leaf / twig.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — F. A. Tojiyeva, G I. G’aniyeva

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining urugʻ mevali bogʻlarida uchrovchi binafsharang qalqondor (Parlatoria oleae)ning bioekologiyasi, zararlik darajasi haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BIOLOGICAL CHARACTERISTICS AND LEVEL OF HARMFULNESS OF THE VIOLET SHIELD PARLATORIA OLEAE (COLVÉE, 1880).

This article provides information about the bioecology and the level of harmfulness of the purple scale insect (Parlatoria oleae), found in the gardens of the Surkhandarya region.

Текст научной работы на тему «BINAFSHARANG QALQONDORI PARLATORIA OLEAE (COLVÉE, 1880) NING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ZARARLILIK DARAJASI»

BINAFSHARANG QALQONDORI PARLATORIA OLEAE (COLVEE, 1880) NING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ZARARLILIK DARAJASI

F. A. Tojiyeva

o'qituvchi, Termiz davlat universiteti, Termiz

G. I. G'aniyeva o'qituvchi, Termiz davlat universiteti, Termiz

https://doi.org/10.5281/zenodo.8034803

Annotatsiya: Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining urug' mevali bog'larida uchrovchi binafsharang qalqondor (Parlatoria oleae)ning bioekologiyasi, zararlik darajasi haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Parlatoria oleae, Diaspididae, Koksid, qalqondor, «daydi», biologiyasi, meva, bargi, novdasi.

BIOLOGICAL CHARACTERISTICS AND LEVEL OF HARMFULNESS OF THE VIOLET SHIELD PARLATORIA OLEAE (COLVEE, 1880).

Abstrakt: This article provides information about the bioecology and the level of harmfulness of the purple scale insect (Parlatoria oleae), found in the gardens of the Surkhandarya region.

Keywords: Parlatoria oleae, Diaspididae, Coccid, shield, "says" biology, fruit, leaf, twig.

БИОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА И УРОВЕНЬ ВРЕДОНОСНОСТИ

ЩИТОВКИ ОБЫКНОВЕННОЙ PARLATORIA OLEAE (COLVEE, 1880).

Аннотация: В статье представлены сведения о биоэкологии и уровне вредоносности щитовки пурпурной (Parlatoria oleae), встречающейся в садах Сурхандарьинской области.

Ключевые слова: Parlatoria oleae, Diaspididae, Coksid, щитовка, «дайди», биология, плод, лист, ветвь.

KIRISH

Koksidlarning dunyo faunasida 4000 dan ortiq, MDH mamlakatlarida 500 dan ortiq, O'zbekistonda esa 120 dan ortiq turlari qayd qilingan [1; 2; 3;].

O'zbekistonda va barcha Markaziy Osiyoda uchraydigan koksidlarni chuqur tadqiq qilish ishlarini butun dunyoga mashhur bo'lgan koksidolog olim N. S. Borxsenius olib borgan, olim Markaziy Osiyodagi koksidlarni chuqur tekshirib chiqdi, bu esa ularning tur tarkibini aniqlashga imkon berdi.

Koksidlar daraxtlarning shirasini so'rib zaiflashtiradi, ko'pincha ayrim shoxlarni, ayniqsa, yosh novdalarni nobud qiladi, ba'zan esa daraxtlarni butunlay quritib qo'yadi. Koksidlar mevalarga dog' tushirib, sifatini pasaytiradi. Qalqondorlar yosh qurtlik davrida tarqaladi. Ular shoxlarda o'rmalab yuradi va hasharotlar, qushlar vositasida tarqaladi. Qurtlari harakatlanmay bir joyga yopishib oladi. Binafsha tusli qalqondor urug'li va danak mevali daraxtlar, tut, anor, terak, oq akatsiya va boshqa ko'pgina daraxt hamda butalar shirasini so'radi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Surxondaryo viloyati hududida mevali bog'larda 2 ta sinf, 2 ta turkum va 10 ta oilaga mansub 19 turdagi so'ruvchi zararkunandalar uchrashi aniqlandi. Tadqiqotlar natijasida urug' mevali bog'larga so'ruvchi zararkunandalardan Diaspididae oilasiga mansub binafsharang qalqondor Parlatoria oleae (Colvee, 1880) sezilarli zarar keltirishi ma'lum bo'ldi [4; 5;].

Binafsharang qalqondori Parlatoria oleae (Colvee, 1880).

Bioekologiyasi. Binafsha rangli qalqondorning urug'langan urg'ochisi ozuqa o'simlikdagi qalqonni ostida, po'stlog'ida qishlagan. Qishning minimal harorati qalqondorga ta'sir qiladi, qishlovchilari harorat qisqa vaqt davomida -11-15°C bo'lsa ham chidaganlar. Ammo harorat -29 °C bo'lganda, deyarli hammasi halok bo'lgan. Bahorda ozuqa o'simliklarida shira harakati boshlanishi bilan urg'ochilariva oziqlanishni davom ettirganlar. Olmaning gullashi oxirida tuxum qo'yishni boshlagan [3; 4; 5;]. 2021 yili birinchi qo'yilgan tuxumlar 5 aprelda aniqlangan, havo haroratining o'rtacha darajasi 17,4 °C, havoning nisbiy namligi 55% bo'lgan. 9-12 kundan so'ng tuxumdan «daydi» lichinkalar paydo bo'lgan, barg va meva bandlarida ko'proq uchraydi, barg yuzasida esa kam uchraydi. Birinchi yoshdagi lichinkalar may oyining birinchi va ikkinchi o'n kunligida 2021 yili 8 mayda, 2022 yili 11 mayda havoning o'rtacha harorati 15,4 - 21,5 °C va nisbiy namligi 48 - 68% bo'lgan davrda paydo bo'lgan. Ikkinchi yoshdagi lichinkalar 24 va 31 mayda aniqlangan va shuni ta'kidlash kerakki, urg'ochi lichinkalar ikkinchi tullashdan keyin katta yoshdagi urg'ochiga aylanadi, erkak lichinkalar esa ikkinchi tullashdan so'ng ketma-ket pronimfa va nimfa fazalarini o'tagan va katta yoshdagi erkak zotlar paydo bo'la boshlaydi. Urg'ochi va erkak yetuk zotlar iyunning oxiri va iyulning boshlarida aniqlangan. Urg'ochilarning dastlabki tuxum qo'yish davri iyulning birinchi o'n kunligiga to'g'ri keladi. Urg'ochilarining jinsiy mahsuldorligi 20-50 dan 70 tagacha tuxumga to'g'ri keladi. Birinchi daydi lichinkalar 2021 yili iyulning o'rtasida aniqlangan. Ikkinchi avlod vakillari birinchisidan sezilarli darajada ko'proq, lichinkalar barglarning bandlari, tomirlariga, novda va shoxchalar, meva bandlari va mevalarga yopishib olib, shirasini so'rishgan. Oziqlanishning boshlanishidan bir oy keyin lichinkalar ikkinchi marta tullaydi va avgustning oxirida urg'ochi va erkak imagolari paydo bo'lgan. Juftlashgandan so'ng erkaklari halok bo'ladi. Urg'ochilari esa qishlashga ketadi. Shunday qilib, binafsharang qalqondor vegetasiya davrida ikki marta avlod beradi. Kuzatuv davrida shu narsa aniqlandiki, ikkinchi avlodda zotlari ko'p bo'lib, ular barglar va mevalarda joylashgan, bu esa bizdan maxsus hisob o'tkazishni talab etdi. Bu hisobda binafsharangli qalqondorning jinslari orasidagi nisbati aniqlangan. Buning uchun 4 ta zararlangan daraxtdan 2 tadan novda kesib olingan, 12 ta barglar (4 tarafidan) va 12 tadan mevalar (4 tarafidan) daraxtning har tomonidan olingan va qalqondorlarning qalqoni kuzatilgan va hisoblangan. Urg'ochisining rangi oq yoki kulrang, ikkinchi yosh lichinka terisi ekssentrik ravishda qalqonning bir chetida joylashgan va maydonining uchdan bir qismini egallagan, qalqonning uzunligi 2 - 2,5 mm. Erkak qalqondorning qalqoni cho'zinchoq, tekis, birinchi yosh lichinka terisi bilan, qalqonining uzunasi 1,5 mm.

Zarari. Lichinka va urg'ochilari novdalarning, shoxlarning, daraxt tanasining, barglarning shirasini so'rib zarar keltiradi. Zararlangan mevalarda binafsha-qizil rangli nuqtalar paydo bo'lgan, mevalar eksport uchun yaroqsiz bo'lib qoladi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Arxangelskaya A.D. ma'lumotlariga ko'ra, quyidagi o'simliklarga binafsharangli qalqondor zarar keltiradi: qarag'at (smorodina), krijovnik, xo'jag'at (malina), chetan (ryabina), tern (yovvoyi olxo'ri), siren, buldenej, na'matak, uchqat, kashtan, tikan daraxt, shumtol, qayrag'och, sambitgul (oleandr), na'matak, uchqat, kashtan, tikan daraxt, shumtol, qayrag'och, sambitgul (oleandr).

Ko'pchilik tadqiqotchilar ma'lum qiladiki, binafsha rangli qalqondor yana quyidagilarni zararlaydi: zirk, do'lana, shumurt, tobulg'a, anor, zaytun, tut, taflon (lavrovishnya), maklyura, katalpa, padub, Semenov zarangi, oq akos va sariq akos [3; 4; 5;].

41 turdagi zararlanadigan o'simliklardan 14 tasi mevali-rezavor o'simliklardir, ularga binafsha rangli qalqondor katta zarar keltiradi. Ayniqsa, olma, nok va qisman o'rik zararlangan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, kuzatuvlar davomida 2021-yil sentabr-oktabr oylarida Surxondaryo viloyati Uzun tumanida mevali daraxtlarda qalqondorlarning turlari aniqlandi, ularning ichida juda xavfli turlari bor. Bularga qalqondorlardan kaliforniya qalqondori (Diaspidiotus perniciosus Comst.), binafsharangli qalqondor (Parlatoria oleae Colvee), olma vergulsimon qalqondor (Lepidosaphes ulmi Lin.) va qolgan turlar o'rganib chiqildi. Olma bog'larida turli qalqondorlarning zararlilik darajasida binafsharang qalqondori va kaliforniya qalqondori yuqori o'rinni egallaydi, ya'ni 34,4% binafsharang qalqondori, 30,2% kaliforniya qalqondori, 10,9% olma vergulsimon qalqondor, qolgan turlar esa 6,9% ni tashkil etdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Anvarovna T. F. Et Al. So'ruvchi Zararkunandalardan-Aphididae oilasi vakillarining turlari, bioekologik xususiyatlari //Scientific Approach To The Modern Education System. - 2022. -Т. 1. - №. 10. - С. 51-54.

2. Anvarovna T. F. The main pests of grain orchards of surkhandarya region //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. - 2021. - Т. 2. - №. 05. - С. 373-376.

3. Голуб В.Б., Цуриков М.Н., Прокин А.А. Коллекции насикомых: сбор, обработка и хранение материала.- М: Товарищество научных изданий КМК, 2021. - 339 с.

4. Шукуров X., Юсупов А., ^алкондорларнинг турлари ва биоэкологияси / / Услубий курсатма -Тошкент 2012й.

5. Эргашев И.К., Муродов Б.Э., Сулаймонов О.А., Сулаймонов Б.А., Болтаев Б.С., А.Р. Анарбоев А.Р. «Бог, токзор ва дала экинларининг зараркунанда, касалликлари, бегона утлар хдмда уларга карши кураш усуллари» .- Тошкент: "Навруз" нашриёти. 2018. 136 бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.