Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in merosining ahamiyati va uning fan
BERUNIY ASARLARI TALQINI
N. H. Abdurahmanova
TTA ijtimoiy fanlar kafedrasi oqituvchisi
Beruniyning o„z zamonasi ijtimoiy taraqqiyoti, ilm-fani darajasidan ilgarilab ketganligining boyisi shundaki, tarix ilmi oddiy xronologik qaydlar tarixidagi qiziqarli siyosiy-harbiy jangu-jadal, suronli voqealar haqidagi maroqli va ibratli fan, pand-nasihat manbasi emas, balki muttasil yuksalib boradigan jamiyat hayotinig ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqiy va ma'naviy-ahloqiy jixatlari va qonuniyatlari mavjudligini ochib beruvchi jiddiy ilm-fan sohasi sifatida tushunishga erisha olganligini ko'ramiz. Bu jahatdan Beruniyning tarixiy tafakkur va tadqiqot usullari XIX-XX asrlardagi «Tarix falsafasi»nig turli maktablari ayniqsa, O.Kontning pozitivlik istoriosofiyasi, E.Dyurkegeynig istoriosofik sotsiologiyasi, «Annalar» maktabi tarixiy tafakkur va tadqiqot usullari bilan juda hamohangdir.
Beruniyning ko'pdan-ko'p ilmiy ishlari orasida «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» tarixiy risolasi alohida o'rin tutadi. U besh yildan ortiq Jurjonda yashaydi. Qobus saroyida yashab turgan G'ilon va Tabariston hokimi Marzubon ibn Rustam taklifi bilan tarix fanida qisqa «Xronologiya» nomi bilan mashhur bo'lgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» risolasini yozadi. Asar muqaddimasid a kun va tun nima, ularning majmui va boshlanishi, oy, yil va milodlarning mohiyati, bu masalada xalqlarning tafovutlari, xalqlarning podsho, hokimlarga munosabati, Zulqarnayn degan shoh haqida, bir miloddan ikkinchi milodni chiqarish, xronologik turkumlar, soxta payg'ambarlar va adashgan xalqlar, fors, so'g'd va xorazmiylarning bayram va qutlug' kunlari va iydlari, yahudiylar, suryoniylar va nasoro xalqlarining, qadimgi sehrgarlar, sabiylar, arablar, shuningdek, islomga e'tiqod qiluvchi xalqlar, arablarning johiliyat davridagi bayramlari va musulmonlarning nishonlaydigan kunlari haqida fikr yuritiladi.
Beruniy turli tillardan bir qancha ilmiy va adabiy asarlarni tarjima ham qilgan. Afsuski, hozircha olimning faqat 28 asarigina ma'lum. Qolganlari bizgacha yetib kelmagan yoki hali topilganicha yo'q. Beruniy ijodini o'rganish, uning asarlarini nashr etish, boshqa tillarga tarjima qilish ishlari o'tgan asr oxirlaridan boshlandi. Uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Geodeziya", "Mineralogiya", "Mas'ud qonuni", "Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar" va boshqa asarlarining matni nashr etildi": turli tillarga tarjima qilindi. Tanlangan asarlari rus va
December 16
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
o'zbek tillarida chop etildi. Beruniyning falakiyot sohasidagi xizmati ayniqsa kattadir. "Geodeziya" asarida geotsentrizm bilan bog'liq bo'lgan ba'zi nazariyalarning to'g'riligiga shubha bilan qaraganini ochiq bayon etadi.
Beruniy o'z asarlarida ayrim hodisalar to'g'risida ham yozgan. Masalan, (birinchi bo'lib Quyosh tojini tushuntirishda qiziqarli xulosalarga kelgan. U amaliy astronomiya masalalari bilan ham juda ko'p shug'ullanar edi. O'zining aniq va puxta astronomik kuzatishlariga asoslanib, Beruniy osmon ekvatoriga Quyosh ekliptikasi og'ishining kattaligi (23°34') va ekliptika og'ishi uzunligining asriy o'zgarishlarini belgilashda, Quyosh apogeyasi (avji) uzoqligini aniqlashda qadimgi va o'ziga zamondosh bo'lgan astronomlarga qaraganda ancha aniq natijalarga erishgan. Beruniy 1029 ta yulduzning koordinatalari va "yulduz kattaliklari qayd etilgan yulduzlar" jadvalini tuzgan.
Beruniy o'z zamonasining ulkan matematiklaridan biri edi. Uning matematika faniga qo'shgan hissasi muhim ahamiyatga ega. Beruniy asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi va trigonometriya tushunchalari ma'lum tartib bilan ta'riflandi. Olimning arifmetika va algebrasining katta yutug'i shundan iboratki, unda irratsional sonlar arifmetika va algebraning teng huquqli predmeti bo'lib qoldi. Arifmetika sohasida u mashhur uchlamchi qoidani ko'rib chiqadi, besh, yetti va undan ortiq miqdorlarning hollari uchun uchlamchi qoidani umumlashtiruvchi qoidalarni bayon qiladi.
Akademik H. M. Abdullayev Beruniyni geologiya sohasidagi eng buyuk nazariyotchilar va asoschilar qatoriga qo'shish kerak, degan xulosaga kelgan edi. Olim mineralogiya fanida ham muhim kashfiyot va xulosalar yaratdi. Bu sohada Beruniy ajdodlar yaratgan fan yutuqlarini tan oldi, ularga o'zi yaratgan yangi ma'lumotlarni qo'shdi. U mineralogik tekshirishda qimmatbaho toshlarning rangini, yaltiroqligini tasvirlash, qattiqligini aniqlash, ularning magnit va elektr xususiyatlarini kuzatish, eritib sinash kabi usullardan foydalangan. U minerallarni ta'riflashda zarur omillardan biri sifatida ularning solishtirma og'irligini tartibli ravishda aniqlab, mineralogiyaning amaliy ishlariga joriy qildi; minerallarning tabiiy tasnifi asoslarini ishlab chiqishga urinib ko'rdi. Uning "Mineralogiya" asari konlarni o'rganish, shu jumladan O'rta Osiyo yer osti boyliklarini aniqlash uchun qimmatbaho manba hisoblanadi. Minerallarning u aniqlagan solishtirma og'irligi hozirgi zamon o'lchov natijalariga juda yaqin. Minerallar va qimmatbaho toshlarning paydo bo'lishi haqida ilmiy fikrlar aytgan. Beruniy dorishunoslik, meteorologiya, fizika kabi fanlarga ham hissa qo'shgan. Masalan, buloq va quduq suvlarining yuqoriga ko'tarilishi va fontan bo'lib otilib chiquvchi
https://tma.uz/
December 16 Republican Scientific and Practical Conference
211
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o'rni
'qqtyotwa^
buloqlar gidrostatikasini tushuntirishda Beruniy o'z zamonasidan ancha ilgari ketib, bu boradagi uydirmalarni inkor etadi. Olim biologiya sohasida tabiiy tanlanish haqida qimmatli fikrlar aytgan. U tabiiy tanlanish bo'yicha avval insonning ongli faoliyatini tasvirlab beradi, keyin "tabiat ham shunday qiladi, lekin u farqiga bormaydi, chunki uning harakati ongsizdir", degan xulosaga keladi. Buyuk olim fan sohasida tajribalar o'tkazish uchun turli asbob va uskunalar ixtiro etishda ham katta mahorat ko'rsatdi. REFERENCES:
1. Beruniy. Mineralogiya. - M., 1963.
2. Beruniy. Hindiston.// Tanlangan asarlar. - Toshkent, 1963.
3. Otamuratov S. Milliy rivojlanish falsafasi. (siyosiy-falsafiy qirralari). - Toshkent: Akademiya, 2005. - 367 b.
4. Sh.Qahhorova. Global ma'naviyat - globallashuvning g'oyaviy asosi. Toshkent: Akademiya, 2008. -67 b.
https://tma.uz/
Republican Scientific and Practical Conferena
December 16