BELBOG'LI KURASHCHINING FUNKSIONAL QOBILIYATI OSHIRISH
YO'LLARI
Bexruz Xalimovich Xamroyev Dilmurod Zoir o'g'li Safarov
BuxDU Jismoniy tarbiya va sport BuxDU Jismoniy tarbiya va sport
mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi
magistratura mutaxassisligi talabasi magistratura mutaxassisligi talabasi
ANNOTATSIYA
Maqolada belbog'li kurashchilarni hamda zahiradagi sportchilarni tayyorlash jarayonida ish bajarish qobiliyatini nazorat qilish va kurashchilarning ish bajarish mahoratini takomillashtirish yo'li bilan sportchilarni musobaqaga tayyorlash metodikasi tadqiq etilgan.
Kalit so'zlar: belbog'li kurash, qobiliyat, jismoniy tayyorgarlik, yuklama, funksional faollik.
WAYS TO INCREASE THE FUNCTIONAL ABILITY OF A BELT WRESTLER
Bekhruz Khalimovich Khamroev Dilmurod Zoir ugli Safarov
Master's student at Bukhara State Master's student at Bukhara State
University, majoring in Theory and University, majoring in Theory and
Methods of Physical Education and Sports Methods of Physical Education and Sports
ABSTRACT
The article examines the methodology of preparing athletes for competitions by controlling their ability to work in the process of training belt wrestlers and reserve athletes and improving the performance skills of wrestlers.
Keywords: belt wrestling, ability, physical training, loading, functional activity.
KIRISH
Keyingi yillarda Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportga katta e'tibor berildi. Sportchilarimiz Osiyo hamda jahon miqyosidagi musobaqalarda yaxshi natijalarga erishib, O'zbekiston bayrog'ini yuqori ko'tarishmoqda. Ayniqsa bugungi pandemiya davrida jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish va salomatlikni mustahkamlash dolzarb masalaga aylangan. Kurashchilarning ishchanligini oshirish uchun bir qator mutaxassislar o'z uslubiyatini tavsiya etishgan. Lekin hozirgi kunda sportchilarni tayyorlashda umumiy ishchanlikka kam e'tibor berilmoqda. Eng avvalo bolalik davridan boshlab sport yuklamalarini yaxshi taqsimlash kerak, umumiy ish
qobiliyatlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratish lozim.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Trenirovka nagruzkalari tuzilmasi sportchilar tayyorlash uslubiyatining markaziy bo'limlari qatoriga kiradi. M.Ya.Nabatnikova fikricha, nagruzkaning umumiy hajmi dinamikasi uchun xos bo'lgan yo'nalishlarni bilish bilan cheklanish yaramaydi. Nagruzkalarning umumiy tavsiflaridan turli parsial hajmlarni aniq va batafsil ochib berishga o'tish zarur. Trenirovka nagruzkalari tizimi muayyan ixtisoslik uchun xos bo'lgan maxsus sifatlarning rivojlanishini ta'minlashi lozim.
M.A.Godik o'z ishlarida nagruzkaning umumiy tavsiflari - ixtisoslashganligi, yo'nalishi, hajmi va koordinasion murakkabligini asoslab bergan hamda nagruzkani nazorat qilish uslublarini ishlab chiqqan. Biroq yillik tayyorgarlik sikli bosqichlarida nagruzkalarning umumiy va parsial hajmlarini rejalashtirish uslubiyatini tavsiflarga bo'lib keltirmagan.
Yu.M.Portnov shunday xulosaga keladiki, sport holati rivojlanishini boshqarish uchun, birinchi navbatda, nagruzkaning turli omillari (hajmi, shiddati, maksimal kuchlanishi, startlar soni va h.k.) va sport nagruzkalari o'rtasida qanday bog'liqlik bo'lishini bilish lozim.
Afsuski, muallif nagruzkalarni hisobga olish uslublari va tartibini keltirmagan.
V.N.Platonov nagruzkalarni rejalashtirish davomida sportchilarning uch xildagi holatini ajratishni tavsiya etadi: bosqichdagi holat - nisbatan uzoq vaqt - hafta va oylar davomida saqlanib turadi; kundalik holat - bitta yoki bir nechta mash"ulotlar ta'sirida o'zgaradi; tezkor holat - ayrim mashqlar ta'sirida o'zgaradi va tez o'tib ketadi.
NATIJALAR
Bu holatlarni baholash trenirovka mashg'ulotlari, mikrosikllari va bosqichlarining yo'nalishini, tuzilish xususiyatini to'g'ri aniqlashga imkon yaratadi.
Musobaqa faoliyati tuzilmalarini sportchilar organizmining funksional imkoniyatlari bilan, musobaqa faoliyati ko'rsatkichlari bilan birga sportchilar mashqlanganligi tuzilmasining aniq son ifodasi bilan bog'langanda trenirovka jarayonini oqilona tuzish mumkin bo'ladi.
Bu ishlarda musobaqa faoliyati birlamchi hisoblanadi. U trenirovka vositalari va tuzilmalarini tanlashni hamda nagruzkalarni rejalashtirishni aniqlab beradi. Biroq nagruzkalarni me'yorlash zarurligi to'g'risidagi takliflar amalga oshirilmay qolmoqda.
Trenirovkada nagruzkani boshqarish uning optimal hajmi va shiddatini ta'minlash demakdir. Nagruzkani optimillashtirish muammosi ko'p jihatdan uning jismoniy mashqlarda me'yorlanishiga bog'liq. Jismoniy mashqlar shiddatini me'yorlash harakatlarni bevosita va bilvosita boshqarish uslubiyati orqali amalga oshiriladi.
Bevosita boshqarish usullariga takrorlashlar soni, tezlik, qo'llaniladigan tashqi og'irliklar o'lchamlari va boshqa parametrlar to'g'risidagi ko'rsatmalarni so'z orqali tushuntirish kiradi. Bilvosita boshqarish uslublariga tashqi sharoitlarni o'zgartirish kiradi, masalan, ko'l yoki opilka to'shalgan yo'lkadan yugurish, toqqa yoki tekis yo'lkadan yugurish, musobaqa uslubiyatini kiritish va h.k.).
Jismoniy mashqlar orqali beriladigan yuklama shug'ullanuvchilar organizmiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi va tana imkoniyatlarining ko'tarish omili bo'lib hisoblanadi, lekin shu bilan birga ko'pchilik mualliflarning bu haqdagi fikrlari turlicha.
Yuklama tinch holatga taqqoslanganda mashq bajarishda oraginzmda kechadigan funksional faollik darajasi va shu bilan birga qiyinchiliklarni boshidan kechirishi holatidir.
Jismoniy yuklama deganda muskul ishining hajmi va shiddati tushuniladi.
Mashg'ulotlar sportchilarning organizmiga ta'siri jaradasini belgilovchi asosiy omili yuklama hajmidir. U qancha yuqori bo'lsa, charchoq ham, ishni ta'minlashda ishtirok etadigan funksional siljishlar ham shuncha yuqori bo'ladi.
Yuklama tomonlarining yoki bu ko'rsatkichlari jismoniy tarbiya jarayonida yuklamani baholash va uni boshqarishda ishlatiladi. Yuklama tashqi tomonning o'lchamlari hajmi zaruriy bo'lgan hollarda chamalanadi, hamda organizmning javob reaksiyasiga qarab miyorlanadi. Inson salomatligi bolalar salomatligi to'g'risida g'amxo'rlik qilish-bu nainki sanitariya-gigiena normalari va qoidalari yig'indisi, nainki rejim, ovqatlanish, mehnat qilish, dam olishga bo'lgan talablar majmui. Bu, birinchi navbatda, barcha jismoniy va ruhiy quvvatlarning garmonik jihatdan to'kis bo'lishi uchun qayg'urish hamdirki, yaratuvchilik quvonchi bu garmonik to'kislikning sar cho'qqisi hisoblanadi. Rivojlanish,-degan bu insonning ilohiy mohiyatini, uning nimalarga ishqibozligini, ijodiy ishtiyoqlari (nutqi, o'yinlari, mehnat foliyati)dagi tug'ma xissiyotlarini muttasil harakat jarayonida namoyon qilish demakdir. bolalarga o'yin uchun «sovg'alar»: sharlar, kublar, silindrlar, shuningdek, harakatlanuvchi o'yinchoqlar (bu o'yinchoqlar boladan beixtiyor o'ziga taqlid qilishni qo'shiqlar jo'rligida talab qilardi) tavsiya qiladi.
Jismoniy tarbiyani haryoqlama tarbiyaning bir qismi deb ifodalanadi va uning aqliy, mehnat, axloqiy, estetik tarbiyalar bilan qanchalik chambarchas bog'liqligini ko'rsatib berishdi. Ular jismoniy tarbiyadan maqsad muntazam mashq qilish, o'ynash. sayr qilish va organizmni chiniqtirish yo'li bilan bolani jismonan baquvvat qilish va uning salomatligini mustahkamlashdan iborat, deb e'tirof etadilar. Bu ishda ular eng muhim rolni mehnat bilan xordiqning bir-biri bilan almashinuvini ifodalovchi, uyqu va ovqatlanishni normallashtiruvchi rejimga ajratadilar, chunki har bir insonning ruhan tetik, samarali ishga layoqatli bo'lishi uchun aynan shu rejim eng zaruriy asos bo'ladi, deb hisoblaydilar.
Ajoyib pedagog bolalar o'yini, gimnastikasi va ularning ochiq havoda bo'lishiga katta ahamiyat beradi. U bolalar bilan mashg'ulot o'tkazilgan chog'da ularning diqqat -e'tiborini tiklashga ko'maklashuvchi qisqa muddatli jismoniy harakatlarni bajarish uchun kichik-kichik tanaffuslar uyushtirishni tavsiya qildi. Pedagog va murabbiylar oldiga katta talablar qo'yib, bolaga rahbarlik qilish paytida xatoga yo'l qo'ymaslik maqsadida, ularning anatomiya, fiziologiya, psixologiya, pedagogika kabi fanlarni albatta chuqur bilishlari lozim deb topdi.
Jismoniy tarbiyaning asl (original) nazariyasini yaratgan (48) bo'ladi. U bolalar uchun jismoniy mashqlarning yaxlit sistemasini ishlab chiqqan bo'lib bu sistema jismoniy tarbiya bilan o'zaro uzviy bog'liqdir.
Jismoniy mashqlarni tanlashda har xil yoshdagi anatomik-fiziologik va psixologik xususiyatlariga mashqlarni tadrijiy murakkablashtirib borishga va turli xil harakatlarga asoslanadi. O'quvchilar organizmining rivojlanishiga, o'z funksiyalarini bekamu ko'st, to'g'ri bajarishiga, jismoniy quvvatni tadrijiy ravishda mashq qildirishga muayyan sistemadagi mashg'ulotlar orqali erishish mumkinligini isbotladi. Jismoniy rivojlanish o'quvchi-faqat aqliy, axloqiy va estetik rivojlanish bilan hamda mehnat faoliyati bilan keladi. Jismoniy mashg'ulotlarni bajarish jarayonini inson shaxsiyatida ham ma'naviy, ham jismoniy kamolotning bir vaqtda bajariladigan yagona jarayoni deb e'tirof etadi.(49)
Shifokorlarning kuzatishlari xam yosh organizmning qisqacha tezkorlik kuch xarakteridagi ko'nikishi isbotlangan. Remotilyanskaya shuni takidlaydiki organizmning morfologik va funksional jizatidan mustaxkamlanishida tezkorlik tayyorgarligi yosh o'quvchilarni jismoniy rivojlanishida umumiy darajasini va funksional imkoniyatlarini yaxshilashda kuchli jarayon bo'lib qoladi.
Zamonaviy jismoniy tarbiya nazariyasi nuqtai nazardan tezkor sifatlarini tarbiyalash,tezkor kuchlilik va shaxsiy kuch mashqlar yordamida natijali xisoblanadi.tezkorlik mashqlariga quyidagilar kiradi: yengil atletikadagi sakrashlar va uloqtirishlar, sport o'yinidagi koptokni uloqtirish, boksdagi zarba berishlar, kurashdagi uloqtirishlar va x.k
Tezkor kuchlilik sifatlarining namoyon bo'lish darajasi nafaqat mushaklarning kuch turkumidan balki sportchining nerv mushaklari konsentratsiyasi yuqori va organizmning funksional mobilizasiya imkoniyatlaridan iboratdir.
Tezkor kuchlilik sifatlarining fiziologik mexanizmlarini ildizini o'rganish uchun ko'pgina ishlar olib borilgan.
Mashq qilish jarayonini baholash va jismoniy tayyorgarlikni oshirish uchun muntazam ravishda pedagogik va tibbiy-biologik testlar qo'llanilishi lozim. Chidamlililikni tarbiyalash prosessida organizmning umumiy chidamlilikni va chidamlilikning maxsus turlarini belgilab beradigan funksional xususiyatlarini har
tomonlama o'stirishning bir qator vazifalarini hal etish talab qilinadi.
MUHOKAMA
Belbog'li tiklanishning pedagogik vositalari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- trenirovkani oqilona rejalashtirish, nagruzkaning sportchi funksional imkoniyatlariga mos kelishi; jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlikning umumiy hamda maxsus vositalarining zarur uyg'unligi; trenirovka va musobaqa mikro-, mezo- va makrosikllarini oqilona tuzish, nagruzkalarning to'lqinsimonligi va variantliligi, ixtisos-lashmagan jismoniy nagruzkalar, ish va dam olishni to'g'ri uyg'unlashtirish, maxsus tiklanshi mikrosikllarini kiritish, o'rtaga tog' sharoitlaridagi trenirovkadan foydalanish;
- toliqishni tez qoldirish maqsadida zarur tiklanish vositalaridan foydalangan holda alohida trenirovka mashg'ulotini tuzish; to'laqonli alohida badan qizdirish va trenirovka vazifalariga muvofiq yakuniy qism, mashg'ulotlar joyi, snaryadlarni to'g'ri tanlash, dam olish va bo'shashish uchun maxsus mashqlarni kiritish, ijobiy emasional holatni yaratish va h.k.
Tiklanishning tibbiy-biologik vositalariUshbu tizim quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- salomatlikni baholash va hisobga olish; joriy funksional holat to'g'risida ekspress-nazorat tartibidagi axborot;
- biologik qiymati yuqori bo'lgan dori-darmonlar va mahsulotlardan foydalangan holda oqilona ovqatlanish;
- dopingga qarshi nazorat talablarini hisobga olgan holda farmakologik vositalar kompleksini qo'llash;
- fizioterapiya va bal'neologiya uslublari (sauna, massaj va boshqa muolajalar bilan birga);
- o'rtacha tog' sharoitlari, iqlimiy terapiya, sanatoriya-kurort uslublaridan foydalanish va h.k.
Sportchilar organizmida tiklanish vositalarini tezlashtirish omillaridan biri modda almashinuviga yo'naltirilgan ta'sir etish vositalari hisoblanadi. Bunga turli xildagi do ri-darmonlar va komplekslar, ba'zi farmakologik bog'lanishlar, yuqori darajada biologik qiymatga ega mahsulotlardan foydalanish orqali erishiladi.
XULOSA
Yuqori malakali kurashchilarni tarbiyalashda jismoniy va funksional tayyorgarlik muhim ahamiyatga egadir. Aynan jismoniy va funksional tayyorgarlik sport mahorati hamda ish qobiliyati oshirish poydevori bulib hisoblanadi. Ushbu muammo ilmiy adabiyotlarda turli yunalish va yondashuvlar asosida talqin etilgan. Ma'lumki, sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlar harakat malakalarini oshirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez-tez uchrab turadi. Buning asosiy
sabablaridan biri mashg'ulotlarda qullaniladigan u yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va shiddati shug'ullanuvchining funksional imkoniyatiga mos kelmasligi bilan ifodalanishi mumkin. Shuning uchun uquv-trenirovka jarayonida beriladigan jismoniy nagruzkaning shug'ullanuvchilar organizmiga ta'sir etish (aks ta'siri) darajasini muntazam urganish asosida qullanilishi uta dolzarb muommo hisoblanadi. Binobarin, sportchilar ish qobiliyatini oshirish va «sport formasi»ni shakllantirish masalasi harakat funksiyasining ikki, bir-biriga uzviy bog'liq tomonlariga alohida e'tibor qaratishi zarurligini taqazo etadi:
-sportchini texnik-taktik malakalariga urgatish va takomillashtirish;
-jismoniy sifatlarni tanlangan sport turi xususiyatiga muvofiq ravishda tarbiyalash.
REFERENCES
1. Исломов Э. Ю., Хамроев Б. Х., Сафаров Д. З. У. Управление воспитанием юного спортсмена во время занятий физическими упражнениями и на тренировке //Вопросы науки и образования. - 2020. - №. 20 (104).
2. Усмонов Ш. Х., Самадов С. С., Фармонов А. Ч. Физкультурно-спортивные интересы и мотивационные установки студентов //Вопросы науки и образования. -С. 27.
3. Kh K. R., Shukurov R. S., Samadov S. S. The Inquiry On The Changes Of Ralations Towards The Basics Of The Culture Of Healthy Life In The Students Of Elective Courses //International Journal of Progressive Sciences and Technologies. - 2021. - Т. 25. - №. 2. - С. 112-118.
4. Kadirov R. K., Shukurov R. S. The ways of the activization of the independent works nof the students in the educational platform moodle //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 5. - С. 27-33.
5. Абдуллаев К. Ф., Бобомуродова Н. Ж. Физическая культура и спорт-эффективное средство предотвращения вредных привычек у подростков //Человек и природа. - 2018. - С. 195-198.
6. Кузиева Ф. И. Инновационные методологии обучения в физическом воспитании //Проблемы науки. - 2021. - С. 44.
7. Курбанов Д. И., Абдуллаев Ш. Д. Методологические подходы к изучению правил физической активности женского спорта //Научный журнал. - 2019. - №. 6.
8. Абдуллаев К. Ф., Жураев Б. Т. ФОРМИРОВАНИЕ ПРАВИЛЬНОЙ ОСАНКИ РЕБЕНКА В СЕМЬЕ //Вестник науки и образования. - 2020. - №. 21-3 (99).
9. Батыров Х. А., Ходжаев Б. К., Хамраев И. Т. Из опыта использования народных игр в нравственном и физическом воспитании старшеклассников //Редакционная коллегия. - С. 24.