Научная статья на тему 'BАRKАMОL АVLОDNI MАFKURАVIY TАHDIDLАRDАN HIMОYALАSHNING MUHIM JIHАTLАRI'

BАRKАMОL АVLОDNI MАFKURАVIY TАHDIDLАRDАN HIMОYALАSHNING MUHIM JIHАTLАRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
219
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
bаrkаmоl аvlоd / tаhdid / mа’nаviyat / ахlоq-оdоb / intеrnеt / ахbоrоt mаdаniyati / mа’nаviyat. / гармоничное поколение / угроза / духовность / мораль / интернет / Информационная культура / духовность.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ibrаgimоv Vахоbjоn

O’sib kеlаyotgаn yosh аvlоdning mа’nаviy-mа’rifiy, ijtimоiy-siyosiy fаоlligini, mаdаniy sаviyasini yuksаltirish, yoshlаrni o’z vаtаnigа, milliy qаdriyatlаrimiz, mаdаniyatimiz, urf-оdаtlаrimiz vа bоy mеrоsimizgа sаdоqаt ruhidа tаrbiyalаsh, ulаrning ijtimоiy himоyasini kuchаytirish, jismоnаn sоg’lоm vа bаrkаmоl insоnlаr qilib tаrbiyalаsh оilа, dаvlаt vа jаmоаt tаshkilоtlаrning аsоsiy vаzifаsi hisоblаnаdi. Mаqоlаdа yosh аvlоdni tаrbiyalаsh jаrаyonidа mаfkurаviy tаhdidlаrdаn himоya qilishning muhim jihаtlаri bаtаfsil yoritib bеrilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ ЗАЩИТЫ ПОДРАСТАЮЩЕГО ПОКОЛЕНИЯ ОТ ИДЕОЛОГИЧЕСКИХ УГРОЗ

повышение духовно-просветительской, общественно-политической активности, культурного уровня подрастающего молодого поколения, воспитание молодежи в духе преданности родине, национальным ценностям, культуре, традициям и богатому наследию, укрепление их социальной защиты, воспитание физически здоровых и гармоничных людей является основной задачей семейных, государственных и общественных организаций. В статье подробно рассмотрены важные аспекты защиты от идеологических угроз в процессе воспитания подрастающего поколения.

Текст научной работы на тему «BАRKАMОL АVLОDNI MАFKURАVIY TАHDIDLАRDАN HIMОYALАSHNING MUHIM JIHАTLАRI»

BARKAMOL AVLODNI MAFKURAVIY TAHDIDLARDAN HIMOYALASHNING

MUHIM JIHATLARI

Ibragimov Vaxobjon, o'qituvchi,

Farg'ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7528990

Annotatsiya: O'sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini, madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarni o'z vataniga, milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz, urf-odatlarimiz va boy merosimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, jismonan sog'lom va barkamol insonlar qilib tarbiyalash oila, davlat va jamoat tashkilotlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Maqolada yosh avlodni tarbiyalash jarayonida mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishning muhim jihatlari batafsil yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: barkamol avlod, tahdid, ma'naviyat, axloq-odob, internet, axborot madaniyati, ma'naviyat.

ВAЖНЫЕ ACTEKTbl ЗAЩИТЫ ПOДРAСТAЮЩЕГO ПОКОЛЕНИЯ ОТ

ИДЕОЛОГИЧЕСКИХ УГРОЗ

Aннoтaция: noBbraeH^ дуxoвнo-прoсвeтитeльскoй, oбщeствeннo-пoлитичeскoй aктивнoсти, культурнoгo урoвня пoдрaстaющeгo мoлoдoгo пoкoлeния, вoспитaниe мoлoдeжи в дуxe прeдaннoсти рoдинe, нaциoнaльным ^hhoc^m, культурe, трaдициям и бoгaтoму нaслeдию, укрeплeниe их сoциaльнoй зaщиты, Bocnrn^H^ физичeски здoрoвыx и raрмoничныx людeй являeтся oснoвнoй зaдaчeй сeмeйныx, roсудaрствeнныx и oбщeствeнныx oргaнизaций.

В CTaTbe пoдрoбнo рaссмoтрeны вaжныe aспeкты зaщиты ot идeoлoгичeскиx угрoз в npo^cce вoспитaния пoдрaстaющeгo пoкoлeния.

Ключевые слова: гaрмoничнoe пoкoлeниe, угрoзa, дуxoвнoсть, мoрaль, интeрнeт, Инфoрмaциoннaя культурa, дуxoвнoсть.

IMPORTANT ASPECTS OF PROTECTING THE YOUNGER GENERATION FROM

IDEOLOGICAL THREATS

Abstract: increasing the spiritual and educational, socio-political activity, cultural level of the younger generation, educating young people in the spirit of devotion to the motherland, national values, culture, traditions and rich heritage, strengthening their social protection, education of physically healthy and harmonious people is the main task of family, state and public organizations.

The article discusses in detail the important aspects of protection from ideological threats in the process of educating the younger generation.

Keywords: harmonious generation, threat, spirituality, morality, Internet, Information culture, spirituality.

KIRISH

Mustaqil O'zbekiston ta'lim muassasalarining milliy tarbiya tizimi - bu o'zbek xalqining madaniy fe'l-atvori, axloq qoidalariga va milliy mustaqillikni mutsahkamlashning tarbiyaviy talablariga asoslanuvchi, xalq hayotining barcha jabhalari bilan chambarchas bog'liq, yangi, hech kimdan kam bo'lmagan barkamol avlodni tarbiyalashning pedagogik jarayonidir.

Ma'lumki, mafkuraviy tarbiya - inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarini ifoda etadigan g'oyaviy bilimlar bilan

qurоllаntirishgа yo'nаltirilgаn jаrаyondir. Bugungi kundа mаmlаkаtimizdа bаrkаmоl аvlоdni tаrbiyalаsh mаsаlаsi tоbоrа dаvlаt siyosаtining аjrаlmаs qismigа аylаnib bоrmоqdа. Zеrо, istiqlоl shаrоfаti bilаn mаmlаkаtimizdа sоg'lоm dunyoqаrаshli, mа'nаviy bаrkаmоl аvlоdni tаrbiyalаsh mаqsаdidа turli ijtimоiy-siyosiy islоhоtlаr аmаlgа оshirilmоqdаki, ulаr yosh аvlоdni hаr tоmоnlаmа kоmil insоn qilib tаrbiyalаshdа muhim аhаmiyat kаsb etаdi.

Shundаy ekаn хаr qаndаy islохаtlаming sаmаrаsi, аvvаlо хаlqning mа'nаviy-ruхiy yangilаnishi tаfаkkuming yuksаlishi, yuz bеrаyotgа o'zgаrishlаr uning хаyoti vа tаqdirigа dахldоr bo'lgаnini chuqur хis qilishi vа shundаn хulоsа chiqаrishi bilаn bеlgilаnаdi.

Bаrchа o'zgаrishlаr vа yangilаnishlаming аsоsigа insоn mаnfааtlаri qo'yilgаnligini хаr bir yosh аvlоd хis qilishi o'tа muхim ахаmiyatgа egаdir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Glоbаllаshuv hаqiqаtdа insоnning nаfаqаt mоddiy hаyot tаrzigа, shu bilan birgа mа'nаviyati, ruhiy оlаmigа hаm sеzilаrli tа'sir o'tkаzmоqdа. Hаr kuni virtual mаkоndа bir nеchа milliоndаn ziyod axborot resurslarining paydo bo'lishi, uning hosili har daqiqa sayin o'sib borayotganidan dalolat beradi. Global tarmoq afzalliklarini inkor etmagan holda, uning insoniyat madaniyatiga tug'dirayotgan havf-xatarlari to'g'risida so'z yuritishga to'g'ri keladi. Bu noxush g'ayriinsoniy holatlar muayyan kuchlarning global tarmoqdagi axborotlarni sifatli va tez uzatish hamda tarqatish bo'yicha imkoniyatlardan foydalanish orqali jamoatchilik fikrini to'g'ri yo'ldan burish, o'zlari targ'ib etayotgan nopok g'oya va manfaatlar tomon yo'naltirish uchun ularga axborot etkazish borasida olib borayotgan harakatlari bilan bog'liqdir. So'zsiz, bunday ta'sirga internet auditoriyasining eng faol, eng ko'p qismi tafakkuri etilib, dunyoqarashi puxta shakllanib ulgurmagan yoshlardir.

Globallashuv turli mintaqadagi mamlakatlarning o'zaro ta'siri kuchayishi jarayoni ekan, unda iqtisodiy va ma'naviy ta'sir ko'pincha birgalikda kechishi kuzatiladi. Faqatgina, ayrim hollarda ular nisbatan mustaqil tarzda kechadi. Globallashuv tarixiga qarasak, qadim zamonlarda ham iqtisodiy va ma'naviy ta'sirlar yonma-yon kechganligini kuzatamiz. Masalan, o'rta asrlarda yurtimiz Buyuk Ipak yo'lining markazida bo'lganligi sababli ham G'arbning, ham Sharqning ta'sirida bo'lgan. G'arbdan Sharqqa, Sharqdan G'arbga borgan savdogarlar ham yurtimiz orqali o'tgan.

Ma'naviy jihatdan G'arbdan qolishmaydigan Sharq nima uchun ko'proq ta'sir o'tkaziladigan mintaqaga aylanib qoldi. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, iqtisodiy ta'sir o'tkazish uchun iqtisodiy jihatdan boy bo'lish kerak. Biroq, ma'naviy ta'sir o'tkazish uchun ma'naviy boylikning o'zi kifoya qilmas ekan. Ma'naviy globallashuv jarayonlarini o'rganar ekanmiz, ma'naviy ta'sir o'tkazishning muhim sharti ma'naviy faollik degan xulosaga keldik.

Ta'sufki, bugun yoshlarimizning aksariyati globallashuv tufayli Evropa va xorijiy ma'naviy-madaniy oqimlar ta'siriga ko'proq ishtiyoqmand bo'lib, milliy ma'naviyatimizning hayotbaxsh yuksak ahloqiylikka asoslangan tamoyillariga ihlosmandligi sust kechmoqda. Inson qadri, ma'suliyati, ahloqiga bepisandlik ba'zi yoshlarning kiyinishi, fe'l-atvori, yurish-turishida yaqqol ko'zga tashlanib qolmoqda.

Barkamol avlodni turli tahdidlardan himoya qilishda eng avvalo yoshlarda axborot madaniyatini va odob-axloqni shakllantirish kerak. Inson yaralibdiki, tarqaqqiyot, rivojlanish davom etib kelmoqda. Ibtidoiy davrdan to fan-tehnika taraqqiy etgan bugungi kunga qadar bo'lgan jarayonlar fikrimiz isboti.

Mustaqillik degan oliy ne'mat fuqarolarimizga tinch va osuda hayot kechirishga, ezgu maqsadlar, go'zal tilaklar ro'yobini ko'rishga imkoniyat yaratmoqda. Afsuski, bu imkoniyatlardan

oqilona foydalanish o'riniga, bugun turli yot oqimlar ta'siriga tushib qolayotgan va umrini hazon qilayotgan, nafaqat o'zini, balki boshqalarning haytiga ham xavf solayotgan insonlar ham oramizda uchrab turibdi. Shak-shubhasiz axloq insoniyat rivojining asosini tashkil etadi. Axborotlashgan jamiyatda yangicha axloqni qayd etib borish usuli hisoblash texnikasini qo'llashga asoslanagan. Zamonaviy fanning uslublari juda katta hajmidagi ma'lumotlarni yig'ish imkonini beradi, bunda yangicha, yondashuv qo'llanadi (kuzatuv, eksperement, nazariyalashtirish, modellashtirishga asoslanmagan yondashuvlar).

Axborot jamiyati insoniyat tarixidagi hozircha eng so'nggi tamaddun bo'lib, uning asosiy mahsuloti axborot va tafakkurdir. Ahamiyat beradigan bo'lsak, dunyoning juda ko'p boylar aynan intellekt evaziga mablag' yig'ishmoqda. Axborotni to'plash, qayta ishlash va tarqatish orqali har kecha-kunduzda milliardlab mablag' aylanishini tasavvur qilish qiyin emas. Birgina «Microsoft» kompaniyasi orqasidan minglab aqliy salohiyat sohiblari «suv ichadi». Masalan, internet tizimidagi brauzer (qidiruv xizmati) xo'jayinlari saytga kiruvchilarni cheksiz ma'lumotlar bilan ohanrabodek chorlab, xaridorlar e'tiboriga yirik korxona va firmalarning mahsulotlari reklamasini ham havola etish natijasida millionerga aylanishdi.

Amerikalik siyosatchilar axborotlashgan jamiyatning bir qator muhim ko'rsatkichlarini sanab o'tishgan. Axborot mahsulotlari (ommaviy axborot vositalari mahsulotlari, madaniyatning turli ko'rinishlari va hokazo) bora-bora yalpi ichki mahsulotlar (ishlab chiqarish sanoati, agrosanoat, neftb va metallurgiya) keltirayotgan umumiy daromaddan ortib ketadi.

"Axborot", "axloq" tushunchalari ko'pincha bir-biriga o'xshatiladi. Bu qisman shu bilan izohlanadiki, bir darajada axborot sifatida amal qiluvchi dalillar boshqa darajada ma'lumot sifatida amal qilishi mumkin. Masalan, radio yoki televideniye muxbiri intervyu olish jarayonida axborot, ya'ni yangilik oladi. Bu axborot jamoatchilik fikrini o'rganish uchun ma'lumot bo'lib xizmat qiladi. Bu axborotdan, o'z navbatida, tashkilotlar, muassasalar ma'lumot sifatida foydalanishi mumkin.

Ko'pgina ilmiy adabiyotlarda axborot va axloq aynanlashtiriladi. Vaholanki, axloq-axborotlar yig'indisi, tushunchalar, tasavvurlar, g'oyalar majmuasidir. Aloqa kanalida, muloqot jarayonida axloq axborotning mazmuniga aylanadi. Axloqning ma'nosi axborot signallarini ketma-ketligida, tartiblashida kodlashtiriladi.

XX asrning ikkinchi yarmida aloqa va telekommunika^ya vositalarining rivojlanishi, elektron hisoblash texnikasining vujudga kelishi va hayotning turli sohalariga kirib borishi axborotning kengroq tushunchasini ishlab chiqishni talab etdi. Axborot ehtimolli-statistik yondashuv asosida amalga oshiriladi va biron-bir ob'ekt, tizim, jarayon va hodisa haqidagi axloqliy noaniqlik darajasining pasayishi yoki ob'ekt, tizim, hodisa va jarayon holatlari aniqligining o'zgarishidir. Axborotning idrok qiluvchi tizim haqidagi axloq hajmi va tuzilishining o'zgarishi sifatidagi falsafiy, aniqrog'i umumilmiy talqini ham ishlatib kelinmoqda.

Axborot va axloqni, shakl va uslubidan qat'iy nazar, tizim (inson, tashkillashgan tuzilma, avtomatlashgan tizim) tomonidan qabul qilinadigan ayrim predmetli soha (shaxslar, predmetlar, faktlar, voqea hodisalar, voqeliklar, jarayonlar) haqidagi axloq hajmi va tuzilishining o'zgarishi deb tushunamiz.

Axloq mavjud bo'lishining shakllari: bevosita shaxsiy va bevosita jamoaviydir. Ilmiy axloqnig mavjudlik shakli individual ko'nikmalar, uquvlar, xotiralar va h.k, mavjudlik shakllaridan farq qiladi. Bularning ikkinchisi shaxsdan, uning o'ziga xosligidan ajralmasdir, birinchisi esa individual ongda emas, balki jamoat ongida, birinchi navbatda muayyan ilmiy hamjamiyat ongida mavjud bo'ladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Axloq faqat aniq odamlar, shaxslar tomonidan shakllantirilishi mumkin va bu shaxs qanchalik mukammal bo'lsa, shunchalik fanga va madaniyatga o'zining katta hissasini qo'shishi mumkin. SHu sababli ijod jarayonini hech qachon shakllantirib bo'lmaydi, hech qanday mashina tirik odam, tadqiqotchining o'rnini bosa olmaydi.

Zamonaviy fanning kibernetlashtirish, kompbyuterlashtirish, axborot-lashtirish tushunchalari algoritmlashtirishning asosini tashkil qiladi. "Algoritm" bu lotin transkipцiyasida Al-Xorazmiy deganidir. Fan tarixida algoritm algebraik masalalarni echish birinchi bor Muhammad Al Xorazmiy tomonidan qo'llangan. Algebraning elementlari qadimgi Misr, Bobil va YUnonistonda ma'lum bo'lgan bo'lsa-da, aynan al-Xorazmiy tufayli algebra alohida fanga aylangan. Ketma-ketlik qoidalari yig'indisi Xorazmiy nomi bilan bog'liq bo'lib, unga ko'ra o'nli sanoq tizimi bo'yicha to'rt arifmetik amallardan biri bajarilishi nazarda tutiladi.

To'rt arifmetik amal natijalarining tahlili (qo'shuv va ko'paytiruv, ayrish, bo'lish va cheksiz davriy kasrlar) fanning ilmiy apparatiga manfiy sonlarni, "chegara" va "chegaraviy o'tish" kabi yangi fundamental tushunchalarni kiritishni asosladi. Bu tushunchalar matematik tahlilning fundamental g'oyalari bo'ldi va aynan ulardan Leybn^ va Nyuton differen^al va integral hisobni boshlagan.

MUHOKAMA

Mamlakatni maderniza^yalash jarayonida islohatlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan aholining, xususan yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog'liqdir. YOshlarda Vatan ravnaqiga bo'lgan ishonch tuyg'ularini shakllantirish kerakli demokratik islohatlarni amalga oshirishdagi ishtiroki kundalik ehtiyojga aylansin. SHunday ekan, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolliklarini shakllantira berishda quyidagi omillarga aloxida e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir:

-Yoshlar ongida vatanga muhabbat his tuyg'ularini shakillantira borish;

-Yoshlar ongida huquqiy bilim va undan oqilona foydalanish ko'nikmalarini shakillantirish;

-Yoshlar tarbiyasida keng jamoatchilik faoliyatidan unumli foydalanish imkoniyatlarini yaratish;

-Qonun xujjatlaridan unimli va asosli foydalana bilish ko'nikmalarini shakllantirish;

-Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida yuksak, intellektual saviyani o'stirishga xizmat qiluvchi kitob mutolasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish;

-Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, eng avvalo ular ongida manfaatdorlik tuyg'usini singdira borish;

XULOSA

Xulosa qilib aytganda yurtimizda yoshlar qalbini ezgulik g'oyalari bilan singdira borishda eng maqbul yo'llardan biri ularning jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshira borishdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sh.Xolmatov. Ma'naviyat asoslari. Ma'ruzalar matni. Farg'ona, 2014 yil.

2. N.Usmonov. Ma'naviyat asoslari. Uslubiy ko'rsatma. FarPI, 2018 yil.

3. Ibragimjanovna, A. M. (2022). About the Development Competence of Students Intercultural Communicative. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 3(11), 350-356.

4. Алимжонова, М. (2022). ГЛОБАЛЛАШУВНИНГ МАДАНИЯТЛАРАРО МУЛО^ОТГА ТАЪСИРИ ВА УНИ ТАД^Щ ЭТИШНИНГ ИЛМИЙ ПЕДАГОГИК АСОСЛАРИ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(3), 323-328.

5. Bakhrom, B. (2022). Information technologies in physical culture and sports. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(10), 288-292.

6. Rasulova, A., & Karimov, U. (2022). Socio-Pedagogical aspects of the formation of reading culture and skills. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(4), 114-118.

7. Egamberdieva, T., & Alimjonova, M. (2020). PEDAGOGICAL NECESSITY OF DEVELOPMENT OF INTERCULTURAL COMMUNICATION IN STUDENTS IN THE CONDITIONS OF GLOBALISATION OF EDUCATION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(6), 277-283.

8. Rahberdi, R., & Yusupovich, I. V. (2022). PROBLEMS IN LEARNING ENGLISH IN DIFFERENT CLASSES IN SECONDARY SCHOOLS. Thematics Journal of English Language Teaching, 6(1).

9. Pirmatovich, R. R. (2022). IX-XII ASRLARDA DUNYOVIY ILM-FAN SOHASIDA IJOD QILGAN OLIMLAR VA ULARNING ILMIY MEROSI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILIONLAYNILMIY JURNALI, 2(10), 450-452.

10. Yusupovich, I. V., Pirnazarovich, R. R., & Mamatojiyevich, M. A. (2022). Using Social Forms in German Language Lessons its Benefits. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 4, 724-726.

11. Nuritdinova, S. X., & Ibragimov, V. Y. (2022). Problems of Grammatical Interference in Teaching German Language to Uzbek Students. International Journal of Formal Education, 1(10), 163-168.

12. Khamidovna, N. S. (2021). On The Use of Infinitive Groups in German and Uzbek Languages. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 1(1), 202-204.

13. Kurbanova, M., Ibragimova, Z., & Nuriddinova, S. (2022). Lexico-Semantical Properties of Omonym and Alliance Words Used in Epics of Independence Periods. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 3, 93-96.

14. Nuritdinova, S., & Kochkarova, Y. (2022). Difficulties In Teaching Foreign Languages. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 4, 127-128.

15. Mamasoliev, R. (2020). BENEFITS OF INTRODUCING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN EDUCATION. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 314-316).

16. Kurbanova, M., Nuriddinova, S., & Abdulhaeva, F. (2022). Characteristics Of Neologisms Created in The Epics of Independence. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 3, 89-92.

17. Xamidovna, N. S. (2021). On The Influence of The Phonetic Laws of The Uzbek Language in The Teaching of German. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 3,46-48.

18. Mamasoliev, R. A. (2022). ANALYSIS OF SYNONYMS FOR THE CONCEPT OF TEACHER IN GERMAN AND UZBEK. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2022(1), 194-203.

19. Kosimova, G. (2020, June). THE POWER OF THE TRUE WORD. In Archive of Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 27-29).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.