Научная статья на тему 'BANKLARNI MOLIYAVIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA INNOVATSION BOSHQARUV YO‘LLARI'

BANKLARNI MOLIYAVIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA INNOVATSION BOSHQARUV YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
19
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bank / moliyaviy salohiyat / kapital / ishbilarmonlik muhiti / biznes muhiti / minoritar aksiyador / investor / investitsiya / korporativ boshqaruv / korporativ tuzilma / ta’minot zanjiri / kiberxavfsizlik. / bank / financial potential / capital / business environment / business environment / minority shareholder / investor / investment / corporate governance / corporate structure / supply chain / cyber security.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Vaxobov Shohjahon Valiyevich

Banklarning moliyaviy salohiyatini oshirish iqtisodiyotning dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu jarayonda innovatsion boshqaruv usullarini joriy etish katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur ishda bank faoliyatini raqamlashtirish, moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish va zamonaviy boshqaruv uslublarini qo‘llash orqali moliyaviy salohiyatni oshirish to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INNOVATIVE MANAGEMENT APPROACHES TO INCREASING THE FINANCIAL CAPACITY OF BANKS

Increasing the financial potential of banks is one of the pressing problems of the economy. In this process, the introduction of innovative management methods is of great importance. This paper discusses the digitalization of banking activities, the development of financial technologies, and increasing financial potential through the use of modern management methods.

Текст научной работы на тему «BANKLARNI MOLIYAVIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA INNOVATSION BOSHQARUV YO‘LLARI»

BANKLARNI MOLIYAVIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA INNOVATSION

BOSHQARUV YO'LLARI

Vaxobov Shohjahon Valiyevich

"INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY ANDSCIENCE" Instituti "Menejment" kafedrasi o'qituvchisi

[email protected]

Annotatsiya: Banklarning moliyaviy salohiyatini oshirish iqtisodiyotning dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu jarayonda innovatsion boshqaruv usullarini joriy etish katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur ishda bank faoliyatini raqamlashtirish, moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish va zamonaviy boshqaruv uslublarini qo'llash orqali moliyaviy salohiyatni oshirish to'g'risida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: bank, moliyaviy salohiyat, kapital, ishbilarmonlik muhiti, biznes muhiti, minoritar aksiyador, investor, investitsiya, korporativ boshqaruv, korporativ tuzilma, ta'minotzanjiri, kiberxavfsizlik.

ИННОВАЦИОННЫЕ ПУТИ УПРАВЛЕНИЯ В ПОВЫШЕНИИ ФИНАНСОВОГО ПОТЕНЦИАЛА БАНКОВ

Вахобов Шахжахан Валиевич

Преподаватель кафедры «Менеджмент» института «INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE»

[email protected]

Аннотация: Повышение финансового потенциала банков является одной из актуальных проблем экономики. В этом процессе большое значение имеет внедрение инновационных методов управления. В данной работе говорится о цифровизации банковской деятельности, развитии финансовых технологий, повышении финансового потенциала за счет использования современных методов управления.

Ключевые слова: банк, финансовый потенциал, капитал, бизнес-среда, бизнес-среда, миноритарный акционер, инвестор, инвестиции, корпоративное управление, корпоративная структура, цепочка поставок, кибербезопасностъ.

INNOVATIVE MANAGEMENT APPROACHES TO INCREASING THE

FINANCIAL CAPACITY OF BANKS

Vakhobov Shohjahon Valiyevich

Teacher at the "Management"" department of the "INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE " Institute

[email protected]

Abstract: Increasing the financial potential of banks is one of the pressing problems of the economy. In this process, the introduction of innovative management methods is of great importance. This paper discusses the digitalization of banking activities, the development of financial technologies, and increasing financial potential through the use of modern management methods.

Key words: bank, financial potential, capital, business environment, business environment, minority shareholder, investor, investment, corporate governance, corporate structure, supply chain, cyber security.

KIRISH

Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida bank sektori moliyaviy salohiyatini oshirish masalasi ahamiyatlidir. Ayniqsa, O'zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar uchun bank sektori salohiyatini mustahkamlash muhim o'rin tutadi. Mazkur maqolada banklarning moliyaviy salohiyatini oshirish yo'llari, ularning istiqbollari va muammolariga nazar tashlanadi.

Hozirda bank tizimini rivojlantirishda banklarning texnik va texnologik rivojlanganligi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda zamonaviy innovatsion xizmatlar ko'rsatishni qat'iy yo'lga qo'yish, bank majburiyatmi kafolatlash orqali unga aholi omonatlarini keng jalb etish tizim oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.

Banklarning moliyaviy salohiyati deganda, ularning qarz olish va berish qobiliyati, aktivlarni boshqarish, kapitalga ega bo'lish darajasi, likvidlik, va risklarni boshqarish qobiliyati tushuniladi. Bankning moliyaviy barqarorligi, uning kapital tuzilishi va biznes modellari moliyaviy salohiyatni aniqlovchi asosiy omillardir. O'zbekiston bank sektori uchun moliyaviy salohiyatni oshirish mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar va global moliya bozori bilan integratsiya jarayonlarining ajralmas qismi hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Banklarning moliyaviy barqarorligini ta'minlashda bank boshqaruvida innovatsion yondashishning nazariy va amaliy masalalari xorijlik iqtisodchi-olimlar -A.Simanovskiy, A.Vikulin, V.Usoskin, D.Polfreman, G.Tosunyan, F.Ford, G.Beloglazova, J.Sinki, O.Lavrushin, J.Matuk, D.Maknoton, K.Barltrop, G.Panova, E.Dolanlar ning ilmiy ishlarida o'rganilgan. Mamlakatimizning iqtisodchi olimlari -

A.Vaxabov, Sh.Abdullayeva, O.Iminov, N.Jumayev, T.Doraliyev, S.Norkobilov, U.Ortitov, D.Saidovlarning ilmiy izlanishlarida tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish masalasining nazariy va amaliy jihatlari tadqiq qilganlar.

Shuningdek, banklarning moliyaviy xizmatlari bo'yicha yurtimiz iqtsodchi olimlarining nazariy yondashuvlariga e'tibor qaratsak, O.F. Aliqoriyev: "Bank xizmati-mijozlarga taqdim etiladigan bank operatsiyalarining optimal bajarilishiga ko'maklashuvchi bank faoliyatining ko'rinishi", deb ta'kidlaydi [1]. Xorijiy iqtisodchi olimlardan A.N.Azriliyan "Moliyaviy xizmatlarni jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag'larini jalb qilish va foydalanish bilan bog'liq faoliyat" deb ta'riflaydi [3]. Yana bir iqtisodchi olima Ye.B.Shirinskaya "banklarning maslahat xizmatlarini balansdan tashqari amaliyotlarga qo'shadi, chunki ularni taqdim etish aktiv va passivlarning o'sishiga olib kelmaydi, to'lov esa komission mukofot pulidan iborat bo'ladi", deb ta'riflaydi [3]. Amerikalik olim P.S.Rouz bank xizmatlariga pul zaxiralarini boshqarish, iste'mol krediti, naqd pul oqimlarini boshqarish, lizing, pensiya rejalarini sotish kabi bank faoliyati turlarini kiritgan [2].

Mazkur iqtisodchi olimlarning nazariy qarashlarini tahlil qilishda moliyaviy xizmatlar mijozlarning foydasini, ehtiyojlarini qondirish maqsadida va shu bilan birga, bank foydasini oshirishga yo'naltirilgan xizmat sifatida ta'riflanadi. Ushbu ta'riflarni umumlashtirgan holda moliyaviy xizmatlar - mijozlarning manfatlarini va bankning daromadini innovatsion tarzda amalga oshirish mexanizmidir deyishimiz mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib, birgina moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish davlatimiz iqtisodiyotining rivojlanishiga amaliy yordam ekanligi yaqqol namoyon bo'ldi. Yuqorida keltirib o'tganimizdek bir omilning ikkinchi omilga uzviy bog'liqligi, ya'ni gepotizasi shakllantirildi. Tijorat banklarining moliyaviy xizmatlarning ko'lamini kengaytirish asosida aktiv va passiv operatsiyalarini boshqarish imkoniga ega bo'lamiz, bu banklar daromadining oshishiga, likvidlilik darajasiga va barqarorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Moliyaviy xizmat turlari ommabopligini ta'minlash asosida ushbu natijalarga erishish imkoniga ega bo'lamiz.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida banklarning moliyaviy salohiyatini oshirishda va raqobatbardoshligini boshqarish tahlili o'rganish va ilmiy tadqiq qilish, nazariy jihatlari ochib berilgan. Banklar boshqaruvida innovatsiyalarni joriy qilish afzalliklari va kamchiliklari ko'rib chiqilgan. Mavzuni ilmiy o'rganish, statik tahlillar, mantiqiylik, tahlil va tadqiq etish jarayonida turli xil adabiyotlar va maqolalar tahlilidan foydalanilgan. Bank tizimining moliyaviy faoliyatini raqobatbardoshligini ta'minlovchi rivojlangan mamlakatlar tajribasi va uning amaliy ahamiyati bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'rganildi. Maqolani shakllantirish jarayonida ilmiy-nazariy usullardan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Banklar iqtisodiyotda asosiy moliyaviy institutlar sifatida xizmat qilib, moliyaviy salohiyatlari orqali iqtisodiy barqarorlikni ta'minlaydi. Banklarning moliyaviy salohiyatini oshirish — bu bank resurslarini samarali boshqarish, kapital bazasini mustahkamlash, likvidlikni ta'minlash va tavakkalchiliklarni boshqarishni o'z ichiga oluvchi jarayondir. Mazkur maqolada banklarning moliyaviy salohiyatini oshirishning asosiy omillari va yo'nalishlari muhokama qilinadi.

Banklarning moliyaviy salohiyatini oshirishdagi asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

Kapitalni ko'paytirish va bozorga kirish imkoniyatlarini kengaytirish. Banklarning moliyaviy salohiyatini oshirishning birinchi muhim yo'nalishi bu kapitalni ko'paytirishdir. Xususiy va davlat banklari kapital bazasini mustahkamlash orqali o'z moliyaviy resurslarini ko'paytira oladilar. Kapitalni oshirish yo'llaridan biri - xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilish, ulardan kredit olish yoki investitsiyalar jalb qilishdir. Buning natij asida banklar xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytiradi va raqobatbardoshlik darajasini oshiradi. Kapital yetarliligi bankning uzoq muddatli barqarorligini ta'minlash uchun muhimdir. Kapital bazasini oshirishning yo'llari: bank aktivlarini samarali boshqarish, qayta kapitallashtirish, ichki zaxiralarni to'ldirishlar hisoblanadi [4].

Likvidlikni boshqarish. Banklarda likvidlik aktivlarni tezkor pulga aylantirish imkoniyatidir. Likvidlik yetmaganda banklarning majburiyatlarini bajara olmasligi likvidlik inqirozini keltirib chiqarishi mumkin. Likvidlikni oshirishning asosiy yo'nalishlari: aktiv va passivlarni muvofiqlashtirish, talab qilingan aktivlarni ko'paytirish, tashqi moliyalashtirish manbalaridan samarali foydalanish. Markaziy bank rolini yoritib berish: banklar uchun likvidlik zaxiralarini ta'minlashdir.

Texnologik innovatsiyalarni joriy etish. Texnologik taraqqiyot bank sektori uchun katta imkoniyatlarni yaratib beradi. Masalan, fintex platformalarining rivojlanishi bank xizmatlarini tez va osonlashtirishga imkon beradi. O'zbekistonda internet banking, mobil banking, blokcheyn texnologiyalari kabi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali banklar xizmatlar sifatini yaxshilab, mijozlarga ko'proq qulaylik yaratishlari mumkin. Bank xizmatlarining raqamlilashtirilishi banklarning samaradorligini oshiradi, operatsiyalar tezligini oshiradi va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytiradi.

Kredit portfelini diversifikatsiya qilish. Banklar uchun kredit portfelini diversifikatsiya qilish orqali tavakkalchiliklarni kamaytirish muhim ahamiyatga ega. Sanoatlar, hududlar va mijozlar guruhlari bo'yicha kreditlarning taqsimlanishi banklarning moliyaviy barqarorligiga qanday ta'sir qiladi. Mikroqarzlar va kichik biznesni moliyalashtirish orqali banklarning moliyaviy bazasini kengaytirish mumkin.

Xalqaro moliyalashtirish manbalaridan foydalanish. Xalqaro moliyalashtirish institutlari (Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg'armasi) va ularning banklarni moliyalashtirish imkoniyatlari. Yevroobligatsiyalar chiqarish va xalqaro bozorlarda kapital jalb qilish yo'llari. Xalqaro moliyaviy integratsiyaning bank moliyaviy salohiyatini oshirishga ta'sir ko'rsatadi.

Risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish. Bank sektoridagi eng katta xavflardan biri moliyaviy risklarni boshqarish masalasidir. Moliyaviy krizislar natijasida banklar faoliyatiga jiddiy zarar yetishi mumkin. Shu bois, banklarning moliyaviy salohiyatini oshirishda xavflarni samarali boshqarish muhim ahamiyatga ega. Xavflarni boshqarishning mukammal tizimini joriy qilish, to'g'ri prognoz va tahlil ishlarini olib borish banklarning moliyaviy barqarorligini ta'minlaydi.

Bank tavakkalchiliklarini boshqarishda zamonaviy modellarning qo'llanilishi (Value at Risk (VaR), Expected Shortfall). Tavakkalchiliklarni baholash va nazorat qilish mexanizmlarining yaxshilanishi bank faoliyatini barqarorlashtiradi va moliyaviy salohiyatni oshiradi. Bankning moliyaviy xavfsizligini ta'minlashda auditorlik va nazorat tizimlarining rolini mustahkamlab boradi.

Raqamli transformatsiya va innovatsiyalarni joriy etish. Raqamli transformatsiya bank salohiyatini oshirishning muhim yo'nalishi. Texnologik innovatsiyalar bankning ish samaradorligini oshiradi va xarajatlarni qisqartiradi. Fintex texnologiyalari: mobil va internet-banking xizmatlari orqali mijozlarni ko'paytirish va xizmat sifatini oshirish. Blokcheyn, sun'iy intellekt va katta ma'lumotlar (Big Data) texnologiyalarini joriy etish orqali banklarning moliyaviy ko'rsatkichlarini yaxshilashdan iboratdir [5].

Bank boshqaruvining samaradorligini oshirish. Banklarda boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruvning yaxshilanishi moliyaviy barqarorlikni ta'minlaydi. Boshqaruv strukturasining shinamligi va direktorlar kengashining samarali ishlashi. Xodimlarning malakasini oshirish va inson resurslarini samarali boshqarish bank moliyaviy salohiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi [6].

Mijozlar bilan ishlash va ularni jalb qilish strategiyalari. Mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni saqlash va yangi mijozlarni jalb qilish orqali bankning moliyaviy salohiyatini mustahkamlash. Xizmatlar spektrini kengaytirish va mijozlarning talablariga mos yangi mahsulotlar yaratish. Raqobatbardosh xizmatlarni taklif qilish va mijozlarning ehtiyojlarini qondirish banklarning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Jamg'arma va sarmoyalarning diversifikatsiyasi. Banklar uchun mablag'larni jalb qilishning yangi yo'nalishlari: investitsiya fondlari, sug'urta kompaniyalari va pensiya fondlari bilan hamkorlik. Xorijiy sarmoyalarni jalb qilish orqali bank resurslarini oshirish. Risk va dividendlar o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash uchun aktivlar diversifikatsiyasi asosiy vositadir.

Qonunchilik bazasini mustahkamlash. Banklar faoliyatini tartibga solish va qonunchilik bazasini takomillashtirish orqali moliyaviy salohiyatni oshirish mumkin. O'zbekistonda bank sektoridagi islohotlarning barqaror bo'lishi uchun moliyaviy qonunlar va me'yoriy hujjatlarni modernizatsiya qilish, ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish zarur. Bunda xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, ularning tavsiyalariga amal qilish muhim hisoblanadi.

Hozirgi kunda banklar moliyaviy salohiyatini oshirishda bir nechta muammolarni mavjuddir. Ularni quyida keltirib o'tamiz.

Kichik banklar uchun kapital yetishmovchiligi. Kichik va o'rta banklar uchun kapital yetishmovchiligi moliyaviy salohiyatni oshirishdagi asosiy muammolardan biridir. Ularning kapital bazasi kam, likvidlik past bo'lib, bu banklarning imkoniyatlarini cheklaydi. Bunday vaziyatda banklar qo'shilish va sotib olish jarayonlari orqali yoki davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash orqali kapitalni oshirishlari kerak [7].

Bank xizmatlarining past darajada raqamlilashuvi. Bugungi kunda bank xizmatlarining raqamli platformalar orqali taqdim etilishi barqaror va tezkor faoliyatning asosiy talabi bo'lib qolmoqda. Biroq, ayrim banklar ushbu jarayonda ortda qolmoqda, bu esa ularning moliyaviy salohiyatini pasaytiradi. Shu bois, raqamli bankingni rivojlantirish va joriy etishga katta e'tibor qaratish zarur.

Qarz portfelidagi muammoli aktivlar. O'zbekiston banklarining qarz portfelidagi muammoli aktivlar moliyaviy salohiyatni oshirishda jiddiy to'siq bo'lib qolmoqda. Har qanday bank uchun muammoli aktivlar likvidlikning kamayishiga olib keladi va kreditlash faoliyatini sekinlashtiradi. Shu bois, muammoli aktivlarni tizimli tahlil qilish, ularni kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rish lozim.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Banklarning moliyaviy salohiyatini oshirishning istiqbollari. Bank sektori rivojlanishi O'zbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi islohotlar va strategiyalar banklarning moliyaviy salohiyatini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bunda, xususan, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali banklar raqobatbardoshlik darajasini oshiradi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, banklarning moliyaviy salohiyatini oshirish iqtisodiy barqarorlik va mijozlar ishonchini oshirish uchun muhim omildir. Bu maqsadga erishish uchun kapital bazasini mustahkamlash, likvidlikni samarali boshqarish, tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini joriy qilish va raqamli transformatsiyadan foydalanish zarur. Shuningdek, mijozlar bilan munosabatlarni yaxshilash, xalqaro moliyalashtirish manbalarini qo'llash va yangi moliyaviy mahsulotlar yaratish ham banklarning moliyaviy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Banklarning moliyaviy salohiyatini oshirish masalasi mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta'minlashda asosiy o'rin tutadi. Kapitalni oshirish, innovatsiyalarni joriy qilish, xavflarni boshqarish va qonunchilik bazasini mustahkamlash kabi yo'nalishlar orqali banklar o'z salohiyatini oshira oladilar. Shu bilan birga, muammolarni hal qilish va bank xizmatlarini raqamlilashtirish jarayonlarini tezlashtirish orqali O'zbekiston bank sektori yanada rivojlanib, global moliya bozorida o'z o'rnini mustahkamlashi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Aliqoriyev O. Tijorat banklarida xizmat turlarini rivojlantirish yo'llari. T. 2012. - 192 b.

2. Rouz P.S. Bankovskiy menejment. - M.: Delo, 1997. - S. 5-6.

3. Azrilyan A.N. Bolshoy ekonomicheskiy slovar. M.: Institut novoy ekonomiki, 2002.- S.588. Shirinskaya YE.B. Operatsii kommercheskix bankov. - M.: Finansi i statistika, 1995, S. 16-17.

4. G.Dremina. Instrumenti povisheniya effektivnosti bankovskix uslug v usloviyax finansovoy nestabilnosti. Vest. 2010. №3. S. 160-164.

5. Karimov, A., "O'zbekiston bank tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari", Moliya jurnali, 2019, №3, 45-58 betlar.

6. Zaynutdinov Sh.N., Raximova D.N. Korporativ boshqaruv asoslari. - T.: Akademiya, 2007. - 48 b.

7. Sabirov, X., "O'zbekiston bank tizimida investitsiyalarni jalb qilishning istiqbollari", Iqtisodiy tadqiqotlar markazi nashriyoti, 2021.

8. Alekseev, V., "Bank sohasidagi raqamli texnologiyalarning ahamiyati va kelajagi", Ekonomika i finansi, 2020, №7, 15-27 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.