BADIIY NUTQDA "ISHLAMAYDIGAN" SO'ZLARNING LINGVOPOETIK
XUSUSIYATLARI
Nursulton Shayxislamov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti n.shayxislamov@cspi.uz
ANNOTATSIYA
Nutqning ta'sirchan bo'lishi, adabiy me'yor qoidalariga qat'iy amal qilinishi nutq madaniyligining asosiy belgilarini ko'rsatadi. Har bir nutq tuzuvchi nutqining sofligi, jamiyatning ma'naviy-axloqiy qoidalariga muvofiq tuzilishiga, muomala madaniyatiga mos bo'lishiga alohida e'tibor berishi kerak.
Kalit so'zlar: nutq, lingvopoetik xususiyat, so'z, gap, uslub, baddiylik, mohiyat, ijodiy laboratoriya.
LINGUPOETICAL PROPERTIES OF WORDS "NOT WORKING" IN
ARTISTIC SPEECH
Nursulton Shaykhislamov
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region n.shayxislamov@cspi.uz
ABSTRACT
Effectiveness of speech, strict adherence to the rules of literary norms are the main features of speech culture. Every speaker should pay special attention to the purity of speech, the structure of society in accordance with the moral and ethical rules, the culture of behavior.
Keywords: speech, linguopoetic feature, word, speech, style, art, essence, creative laboratory.
KIRISH
Nutqning tozaligiga ota-bobolarimiz kundalik turmushlarida, maqol, matallarida, yaratgan asarlarida e'tirof etib, o'zlarining ibratli hayot yo'llari bilan bizga o'rnak bo'lishgan. Kaykovusning "Qobusnoma"sida suxandonlik haqida fikr yuritilgan bo'lib, unda: "So'zning yuzin va orqasin bilg'il va ularga rioya qilg'il, har na so'z desang, yuzi bila degil, to suxango'y bo'lg'aysan"1, - deb yozilgan. Ya'ni so'zning nutq jarayonida mos o'rnini, axloq va jamiyat qoidalariga amal qilgan holda "yuzi bila"
1 Kaykovus. Qobusnoma. - Toshkent: O'qituvchi, 2018. 51-b.
so'zlash nazarda tutilgan. Nutqning sofligiga putur yetkazadigan holatlaridan biri o'z ma'nosidan begona qilingan, ya'ni "ishlamaydigan" so'z va iboralarni qo'llash va uni nutqiy odat so'zlarga aylantirish.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Nutqiy muloqotlarda, ko'pincha, so'zlovchilar "haligi", "xo'sh", "undan keyin", "mubolag'a bo'lmaydi", "o'z-o'zidan", "oyim", "qarang", "narsa","masalan", "alohida olib qaraganda" kabi so'z va gaplarni o'rinsiz qo'llab, o'zining madaniy saviyasi, nutq boyligi, so'z qo'llash mahorati kamligini ko'rsatib qo'yadi. Bunday "ishlamaydigan" so'z va iboralar, gaplar nutqning soflik mezonlarini buzadi. Badiiy nutqda esa bunday so'zlar asar qahramonlarining hududiy, milliy mansublik, madaniy saviyasi, muomala madaniyatini ko'rsatish uchun badiiy maqsadda qo'llanadi. Bunday hollarda nutqning soflik darajasiga putur yetkaziluvchi holat sodir bo'lgan hisoblanmaydi. Televideniyada ko'rsatilgan "Uchrashuv" hajviy filmlar turkumida "Sarimsoqpiyoz" laqabini olgan qahramon rolni ijro etgan Ergash Karimov majlisga chaqirilganlar ichida "Shu-shu domla" deb ro'yxatga kiritgan xodimning ismini emas, balki laqabini aytib chaqirilganligini kuzatganmiz. Aktyor uni har gapida "shu-shu" deb qo'shaverganligi uchun shunday nomlanganligini izohlaydi. Shundan bilsa ham bo'ladiki, bora-bora doimiy qo'llab kelinadigan so'zlar o'sha shaxsning laqabiga aylanishini bildiradi. Badiiy nutqda "ishlamaydigan" so'zlar qahramon nutqida ma'lum ma'no tashuvchi, uning xarakteri, ma'lum bir hududiy xoslanishini ko'rsatadi. Badiiy asarlarimizda bunday hollarni ko'rish mumkin. G'afur G'ulom "Shum bola" qissasidagi Sariboy bo'lis "innaykeyin", Odil Yoqubov "Ulug'bek xazinasi" romanida Ali Qushchining onasi Tillabibi "bo'ta", "bo'talog'im", Abdulla Qodiriy "Mehrobdan chayon" romanida Solih maxdum "habba", O'tkir Hoshimov "Dunyoning ishlari" qissasidagi "Gilam paypoq" hikoyasida Hoji buvi "poshsha", Abdulla Avloniy "Advokatlik osonmi?" dramasida Xudoyberdi " bolam", "jon bolam", Xushvaqt "akunki xo'jayin", Rapoil "garamjon", Mehriniso "opaginang aylansin", Egamberdi "Mulla aka", Tog'ay Murod "Ot kishnagan oqshom" qissasida kapitan Ro'ziyev "xo'sh-xo'sh", baliqpaz Shukurov "shu-shu", O'lmas Umarbekovning "Sovg'a" hikoyasidagi A'lobush "tasadduq", Sharof Boshbekovning "Temir xotin" komediyasida Qo'chqor "rakatopsin" kabi "ishlamaydigan" so'zlar ularning o'ziga xos nutq qoidalarida asosiy o'rinni egallaganini ko'rish mumkin.
MUHOKAMA
Bunday doimiy qo'llanuvchi so'zlar ularning ichki dunyosi, xususiyatlarini ham ko'rsatgan. Sariboy bo'lisning "innaykeyin" deb o'rinsiz hollarda ham qo'llayveradigan "odati"ni yozuvchi shunday ta riflaydi: "...ana shu "innaykeyin"ga javob topib bera
olmasangiz, onangizni Uchqo'rg'onda ko'rasiz. Qamchi bilan yelkaga tushirib qolguvchi edi"2. Yozuvchi o'sha davr boylarining xasisligi va o'ta injiqligini shu birgina so'zi orqali ham shum bola tili bilan aytganda "haligacha xo'jayinlari ichida eng xudo urgan badbaxt, ziqnasi" ekanligini ochib bergan. "Ulug'bek xazinasi" romanida "Sahroyi mang'it urug'idan bo'lgan Tillabibining eng suyukli so'zi "bo'ta", "bo'talog'im"edi."3, - deb ko'rsatilgan. Bu qahramonning odat tusiga kirgan so'zi Sariboy bo'lisning "innaykeyin"idan farq qilib, personajning kuyunchakligi, mehribonligini ko'rsatadi. Yana shunday holatlardan biri "Gilam paypoq"da Hoji buvining "poshsha" deb murojaat qilishida ham kuyunchaklik, erkalab chaqirish manosini bildirgan. "Poshsha" so'zi ko'pincha erkalash, ba'zan kesatiq ma'nosida ham qo'llanadi. Hikoyada Hoji buvining nutqida ko'proq erkalab murojaat qilishi kuzatiladi. Abdulla Avloniyning "Advokatlik osonmi?" dramasida ham Mehriniso doimiy qo'llovchi "opaging aylansun" so'zida ham mana shunday mano ifoda etgan. "Sovg'a" hikoyasida A'lobushning "tasadduq" so'zi dialoglarda ko'p o'rinlarda qo'llanib, "o'rgilay, sadaqa bo'lay" ma'nosida kelganligini, personajning boshqalarga nisbatan his-hayajonini, ehtirosini bildirganligini aks ettirgan. "Mehrobdan chayon" romanida Solih maxdumning "habba" so'zini aytishida ham ma'lum ma'no tashish vazifasi bajarilgan. "Habba" so'zi "ha, shunday, ha aytganday, aytmoqchi" ma'nosini bildirgan bo'lib, eski o'zbek tilida qo'llangan.
NATIJA
Abdulla Qodiriy eski o'zbek tilidagi so'zlarning ma'nosini yaxshi bilganligi uchun qahramoning xarakteridan, davr nuqtayi nazaridan kelib chiqib, hududiy va tarixiy koloritni ko'rsatish uchun eski o'zbek tilidagi so'zdan badiiy maqsadda qo'llagan. "Ot kishnagan oqshom" qissasida kapitan Ro'ziyevning dialoglarda "xo'sh-xo'sh" so'zini qo'llash orqali amalidan kelib chiqib, uning bilim saviyasini pastligi, ya'ni shunday yuqori mansab egasi bo'lib turib, so'zga chechanmasligi, so'z qo'llashda ortiqchalikka yo'l qo'yganligini bilish mumkin. Tog'ay Murod asarlarida har bir detalga, so'zga o'ziga xos vazifa yuklaydi. Uzundan uzun tariflab o'tirmaydi-da, birgina so'z orqali qahramonini qanchalik nutqiy madaniyatga, lug'at fondining qanchalik boyligiga ega ekanligi yaqqol tasvirlaydi. "Temir xotin" komediyasida Qo'shqorning "rakatopsin" so'zini voqealar mobaynida bir necha marta qo'llab o'zining voqea va hodisalarga subyektini bildiradi. Aslida, "baraka topsin" so'zini bu tarzda aytilishi qahramonning so'zga chechan bo'lsa-da, talaffuz qoidalariga amal qilmaydigan obraz so'zlash usulini yozuvchi tildan foydalanish mahoratini ko'rsatish orqali namoyon qilgan.
2 G'afur G'ulom. Shum bola qissasi. - Toshkent, 2015. 69-b.
3 Odil Yoqubov. Ulug'bek xazinasi. - Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2018. 33-b.
XULOSA
Badiiy nutqda "ishlamaydigan" yoxud "parazit so'zlar" deb yuritiluvchi so'zlar o'ziga xos tarzda qo'llanadi. Badiiy asarda yozuvchi o'zining malum bir voqealar oqimida ishtirok etadigan personajlarining qaysidir yashirin xususiyatlarini ifodalash uchun shunday so'zlardan foydalanadi. Bu uning ijodiy laboratoriyasining yashirin qirrasini namoyon qiladi. Lekin biz, so'zlashuvchilar, jonli nutqiy faoliyatimizda "ishlamaydigan" so'z va iboralardan foydalanishdan cheklanishimiz, uning o'rniga ma'nodosh so'zlar, olmoshlar orqali fikrimizni ifodalasak, tasirchan va mazmunli, jo'yali bo'ladi. Shunda biz nutqning soflik mezonlarini buzmagan bo'lamiz.
REFERENCES
1. Шайхисламов, Н. (2021). ЗАМОНАВИЙ ТИЛШУНОСЛИК ЙУНАЛИШИ: КОНТАКТ ЛИНГВИСТИКАСИ. Scientific progress, 7(4).
2. Shayxislamov, N. (2021). Tilshunoslik nazariyasi va tushunchasi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (3), 174-176.
3. Шайхисламов, Н. З. У. (2021). КОГНИТИВ ТИЛШУНОСЛИК ТУЕРИСИДА ТУШУНЧА ВА УНИНГ УНИВЕРСАЛ ТАБИАТИ. Scientific progress, 1(5).
4. Shayxislamov, N. (2021). Lingvomadaniyatshunoslikning shakllanishi va vujudga kelishi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (2), 274-276.
5. Kobilova, N., Shayxislamov, N., & Raimova, M. (2021). O 'ZBEK VA INGLIZ PAREMIOLOGIK BIRLIKLARINING QIYOSIY-SEMANTIK TAHLILI. Scientific progress, 1(4).
6. Shayxislamov, N. (2020). Hozirgi zamon tilshunosligida til va madaniyatning talqini. Scientific progress, 1(1).
3. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI DARSLARINI O 'QITISHDA ZAMONAVIY METOD-KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH. Scientific progress, 1(3).
7. Shayxislamov, N. (2020). LINGVISTI^, UNING ZAMONAVIY Ш^АМ HAMDA ULARNING O 'ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TALQINI. Scientific progress, 1(2).
8. Shayxislamov, N. (2021). LINGVOKULTUROLOGIYANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI. Academic research in educational sciences, 2(1).
9. Shayxislamov, N. (2021). Nutqning sotsiolingvistik - paralingvistik va ekstralingvistik vositalari haqaida mulohazalar. The 21st Century Skills for Professional Activity, (1), 20-24.
10. Шайхисламов, Н. (2020). Лингвомэдениеттанудын, тарихи мен теориялык непздерг O 'zbekistonda ilm-fan va ta'lim masalalari: muammo va yechimlar,(2), 219221.
11. Шайхисламов, Н., & Хафизова, С. (2020). Педагогика-тарбия хдкидаги фан: асосий тушунчалар хдмда унинг бошка фанлар билан богликлиги. Узбекистонда илмий-амалий тадцицотларда талабаларнинг урни, 182-184.
12. Шайхисламов, Н. (2020). ТРУДНОСТИ СИНТАКСИЧЕСКОГО АНАЛИЗА: ЗАГАДКИ ИНФИНИТИВА. Academic research in educational sciences, (3).
13. Шайхисламов, Н. (2020). Фразеология. Фразеология как неотемлимая часть языкознание. Образование и наука в XXI веке, 1(6), 394-396.
14. Shaykhislamov, N. (2020). The Role of Lingvoculturology in Speech Culture. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqodlar va metodlar, 136-140.
15. Shaykhislamov, N. (2020). COMMENTS ON UZBEK LINGUISTICS AND MODERN LINGUISTICS. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1(3), 128-132.