YANGI OZBEKISTON PEDAGOGLARI AXBOROTNOMASI IF: 5.141
www.in-academy.uz
IISHOWATIVS ISSN 2I81-4SI
ACA3tVY Impakl fakton 5.1
BADIIY MATNDA INTERTEKSTUALLIK VA UNING
TURLARI
Do'smuradova Yulduz
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch toktoranti E-mail: [email protected] ORCID: 0009-0009-0403-5618 https://doi.org/10.5281/zenodo.14509518
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10- Dekabr 2024 yil Ma'qullandi: 14- Dekabr 2024 yil Nashr qilindi: 17- Dekabr 2024 yil
KEY WORDS
intertekstuallik,
arxitekstuallik,
alluziya.
metatekstuallik, badiiy matn,
Mazkur maqolada badiiy matnda uchraydigan, tilshunoslik va adabiyotshunoslikda dolzarb tushunchalardan biri bo'lgan intertekstuallik hodisasi hamda ularning vositalari haqida so'z boradi. Jumladan, intertekstuallikni o'rgangan dunyo olimlarining izlanishlari asosida fikrlar keltiriladi, ta'rif beriladi.
Barchamizga ma'lumki, dunyo tilshunosligida matnni inson tafakkuri mahsuli sifatida uning yaratuvchisi, qabul qiluvchisi bilan kompleks tarzda o'rganish psixolingvistik, sotsiolinvistik hamda pragmalingvistik tadqiqotlarning amalga oshirilishiga imkon yaratdi. Matnning yaratilishi, uning idrok qilinishi, tushunilishi kabi masalalar dolzarb muammo sifatida talqin qilinmoqda. Qayd etish joizki, bu yo'nalishda dunyo tilshunosligi qator yutuqlarga ham erishdi.
O'zbek tilshunosligida ham dunyo tilshunosligining yangi ilmiy paradigmalari asosida badiiy matn tadqiqi doirasi kengaydi, uning mazmuniy idrok qilinishi, kitobxon tafakkurini boyitishi va nutq madaniyatini oshirish kabi jarayonlarga ta'sirini o'rganishga jiddiy kirishildi. Asosiy qism
Intertekstuallik muammosini o'rgangan ko'plab olimlar uning aksariyat hollarda badiiy adabiyot doirasida amal qilishini ta'kidlaydilar. Ammo tilshunoslikda ham bu termin juda faol. Intertekstuallik til belgisi sifatida badiiy matnda turli shakllarda namoyon bo'ladi. Masalan, havolalar, allyuziya, aforizmlar kabi. Uzoq vaqt davomida o'rganilgan bu murakkab fenomen filologiya, adabiyotshunoslik va madaniyatshunoslikning obyekti sifatida maydonga chiqdi. Olimlar tomonidan matndagi intertekstual aloqalarning ham bir necha turi farqlanadi. Xususan, matnlararo munosabatlarni chuqur o'rgangan fransuz filologi J. Jenett matnlararo harakatni 5 ta guruhga ajratib, tasniflaydi:
1. Intertekstuallik. Bir matn ichida ikki yoki undan ortiq o'zga matn parchasining kelishi.
2. Paratekstuallik. Badiiy matnning sarlavhasi, epigraf va so'nggi so'zi bilan o'zaro aloqasi natijasida yuzaga keluvchi hodisa.
3. Metatekstuallik. Matnning o'zidan oldin yaratilgan boshqa matn bilan dialogik aloqaga kirishuvi.
4. Gipertekstuallik. Ma'lum bir matnning parodiya qilinib, o'zgartirilishi.
5.Arxitekstuallik.
YANGI OZBEKISTON PEDAGOGLARI AXBOROTNOMASI IF: 5.141
www.in-academy.uz
Matnlar orasidagi janriy bog'lanishlarning mavjud bo'lishi. J. Jennet taklif qilgan bu tasnif keyingi ishlarda deyarli ko'zga tashlanmaydi. Matnlararo munosabatlarni o'rgangan boshqa tadqiqotchilar yuqoridagi barcha matnlararo aloqalarni intertekstuallik termini ostida birlashtiradilar.
Rus tilshunosligidagi predsedent birliklar tadqiqi etilgan ishlarda Injil matnlari, miflar, xalq qo'shiqlari, ertaklar, latifalar, maqol, turg'un o'xshatishlar, frazeologizm hamda mashhur shaxslar nomi predsedent birlik sifatida qayd etiladi. Shunga ko'ra ularning turlari ham ajratiladi .
N.Pyego-Gro intertekstuallikka bag'ishlangan tadqiqotida uning turlarini to'rtga bo'ladi: l.Iqtibos (sitata).
2.Referensiya.
3.Qo'shtirnoqsiz ko'chirma.
4.Alluziya
Intertekstuallik nazariyasiga bag'ishlangan tadqiqotlarda intertekstuallik va intertekstni alohida-alohida atama sifatida izohlagan olimlar uning quyidagi xususiyatlari mavjudligini ta'kidlaydilar:
- har qanday matn hamma vaqt eski sitatalardan to'qilgan yangi gazlama sifatida namoyon bo'ladi. (R. Bart, V. Leych, Sh. Grivel va bosh.);
- bir qancha matnlar (intertekstlar) yagona matnni hosil qiladi va ular umumiy holda matnning implisit ifodasini oshkor qiladi (A. Jolkovskiy, I. Smirnov, N. Fateeva) [ Фатеева Н., 2000, 280];
Xulosa
Badiiy matnning intertekstualligi xilma-xil shakllarda namoyon bo'ladi. Asosiy matnga olib kiriladigan o'zga matn yozuvchi niyatiga ko'ra asosiy matnning turli qismlaridan joy olishi mumkin. Badiiy asarga intermatn sarlavha yoki epigraf tarzida kiritilishi, shuningdek, asar o'rtasida yoki oxirida kelishi ham mumkin. Kiritilayotgan o'zga matn mikromatn: maqol, mashhur adiblarning gaplaridan (aforizm), she'rlaridan parcha yoki faqatgina bir misrasi, ashulalar, yor-yor-u allalar, makromatn: hikoya, rivoyat, afsona, hadislar ham bo'lishi mumkin.
Adabiyotlar:
1. Anikina E.M. Media-diskursdagi intertekstuallik (ingliz-amerika matbuoti materiallari asosida): filologiya fanlari nomzodi: 10.02.04. Ufa, 2007. - 235-bet.
2. 2 Arnold I.V. Intertekstuallik muammolari // Sankt-Peterburg davlat universiteti Axborotnomasi. - 1992.
3. Xomidova M. Badiiy matn persepsiyasiyada intertekstuallik . Diss. Toshkent .2021. B-29.
4. Красных В.В. Система прецедентных феноменов в контексте современных исследований / Язык, сознание, коммуникация: Сб. статей. - М.: "Филология", 1997. Вып. 2. - С. 5-12
5. Пьего-Гро Н. Введение в теорию интертекстуальности. - М.: ЛКИ, 2008. - 240 с.