BADIIY ASARDA FRAZEMALARNING ISHLATILISHI VA LINGVISTIK TAHLIL (OYBEKNING "QUYOSH QORAYMAS" ROMANI MISOLIDA)
Qo'ziboyeva Go'zal Saidrasul qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O'zbek tili va Adabiyoti Universiteti Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili yo'nalishining III kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6639433 Annotatsiya. Ushbu maqolada badiiy asarlarni lingvistik, grammatik, morfologik, sintaktik tahlil qilish turlari bayon etilgan. Badiiy asarning linvistik tahliliga misollar va barqaror birikmalar asosida tahlil qilingan va ma'nolari izohlangan. Asarlarni bunday tahlil qilishdan maqsad va uning vazifalari to'liq yoritilgan.
Kalit so'zlar: lingvistika, lingvopoetik, kommunikativ, ekspressiv, konstruktiv, morfologik, akkumulyativ, semantik xususiyat.
USE AND LINGUISTICAL ANALYSIS OF FRASEMAS IN A WORK OF ART (ON THE EXAMPLE OF OYBEK'S NON-SUNLIGHT) Abstract. This article describes the types of linguistic, grammatical, morphological, syntactic analysis of works of art. The linguistic analysis of a work of art is analyzed on the basis of examples and stable combinations and its meanings are explained. The purpose and tasks of such an analysis of the works are described in detail.
Keywords: linguistics, lingvopoetics, communicative, expressive, constructive, morphological, accumulative, semantic features.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ И ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ФРАЗЕМАС В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ПРОИЗВЕДЕНИИ (НА ПРИМЕРЕ РОМАНА ОЙБЕКА
«СОЛНЦЕ НЕ ВИДИТ») Аннотация. В данной статье описаны виды лингвистического, грамматического, морфологического, синтаксического анализа художественных произведений. На основе примеров и устойчивых сочетаний анализируется лингвистический анализ художественного произведения и разъясняются его значения. Подробно описаны цель и задачи такого анализа произведений.
Ключевые слова: языкознание, лингвопоэтические, коммуникативные, экспрессивные, конструктивные, морфологические, аккумулятивные, семантические признаки.
KIRISH
Badiiy asarni lingvistik tahlil qilishda umumiylik va xususiylikning uyg'unligiga amal qilinishi kerak. Mavzu, janr, uslub va tilga xos umumiy belgilar hamda muallif shaxzga xos xususiy belgilarning badiiy asarda namoyon bo'lganligini izohlashdan iborat. Hozirgi o'zbek tilida so'zlashuvchilarning barchasi uchun umumiy, tushunarli bo'lgan xarakterda leksik, fonetik, morfologik, sintaktik, va stilistik tahlillardan tashqari, badiiy asardagi shaxslarning gaplarini ochib berishda frazemalarning ahamiyati katta.
"Yozuvchi hayotiy voqea-hodisalarni tasvirlab, obraz yaratar ekan, u tilidan foydalanadi. Badiiy asarda hayotiy voqealarni obrazlarni iddividuallashtirgan, umumlashtirgan holda tasvirlovchi vositalardan biri tildir. Til adabiyotning birinchi qismidir, asosiy qurolidir, ayni vaqtda "til turmush voqealari va hodisalari bilan birga adabiyotning materialidir.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
O'zbek tilshunosligida badiiy asar tilini o'rganishga qaratilgan bir qancha kuzatishlar natijasida asosan lingvistik va lingvopoetik yo'nalishlar ajralib turadi. Lingvistik yo'nalish. Tilning muayyan tarixiy davridagi holati, ayni holatga mos bo'lgan badiiy xususiyatlar, leksik, fonetik va Grammatik o'zgarishlar, tilning hozirgi holati bilan umumiy va farqli holatlari ilmiy talqin etish maqadida o'sha davrga oid adabiy-badiy asarlarning tili o'rganiladi. Bunda badiiy asarlar, yozma yodgorliklar tili ayni maqsaddagi tadqiqot uchun faqat asasiy dalil bo'lib xizmat qiladi. Til tarixini tasvirlash va tadqiq etishda bu qadim tarixga ega va qadimiy linvistik an'ana sifatida rivojlanib kelmoqda.
Lingvistik tahlil uchun misol tanlashda quyidagi tartibga amal qilish talab etiladi:
1. alohida til birligi tanlanadi: tovush, so'z, so'z birikmasi, gap va ibora (frazeologik
birlik);
2. ma'lum bir qism tanlanib, shu qism ichidan til birligi yoki til birliklari olinadi; so'z uning fonetik yoki morfologik strukturasi o'rganiladi, so'z birikmasi yoki gap bo'lagi tanlanib sintaktik sintaktik xususiyatlari o'rganiladi;
3. ma'lum bir qism tanlanib, u yaxlitligicha o'rganiladi.
Badiiy asarda inson uchun muhim bo'lgan g'oyaning mavjudligi mazmun salmoqdorligiga tengdir. Har qanday yozuvchi asarga muhim g'oyani yuklashga harakat qiladi. Yozuvchining hayotni idrok etishi uning g'oyani ifodalash mahorati bilan belgilanadi. Badiiy asarlarda so'z hayot voqeligini aks ettirish uchun material, vosita vazifasini bajaradi. Adib, shoir voqelikning muayyan ko'rinishi, kishilarning holat, harakat, kechinmalarini aniq va ta'sirchan ifodalaydigan so'zlardan foydalanadi. Ushbu so'zlar kishilarning ongiga ta'sir etib, ularda hayotning muayyan voqeligi, insoniy kechinma, tuyg'ulari badiiy til orqali tasavvur uyg'otadi. Badiiylik san'atning barcha turlari uchun xosdir. So'z san'ati - adabiyot asosida ham badiiylik yotadi. Adabiy asarlarda hayot hodisalari o'z ko'rinishida emas, ijodkorning badiiy tili va badiiy mahorati orqali ifodalanadi. She'r, hikoya, qissa, roman, drama va shu kabi asarlarni lingvistik tahlil qilish, undagi so'zlarni tahlil qilish orqali yozuvchi mahorati va badiiy til darajasidan qanchalik foydalanganligini bilish mumkin.
TADQIQOT NATIJALARI
Ikki yoki undan ortiq so'zlarning o'zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga shu ko'rinishda kiritgan til egalari xotirasida imkoniyat sifati mavjud bo'lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi. Voqeylikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko'zo'ngida aniq va ravshan tasvirlashda frazeologik iboralarning ahamiyati katta. Shu o'rinda adibimiz, Oybek ham "Quyosh qoraymas" romanida iboralardan samarali foydalangan. Barcha birliklar juda topib qo'yilgan o'sha vaziyat va bo'lib o'tayotgan voqeaga. Bu kabi iboralar so'z tejash va so'z ma'nosini aniq lo'nda keltirishga, yozuvchi bilan kitobxon o'rtasidagi muloqot jarayonini osonlashtirishga va asar mazmunini yanada teranlashtirishga yordam beradi.
Yozuvchilar odatda, tasvir maqsadiga muvofiq iboralarni tanlab qo'llash bilangina kifoyalanib qolmaydilar. Balki qahramonlar tabiati, ruhiy holati, hayot tarziga moslab o'zgartiradi, qayta ishlaydi. Shu tarzda xalq iboralari sayqallanadi, yangi ma'no ko'nliklari bilan to'yinib boradi. O'quvchi lug'at boyligining muhim qismini iboralar tashkil qiladi. Ma'nosi va qo'llanilishi jihatidan bir so'zga teng keladigan, ko'chma ma'no ifodalaydigan so'zlar
2G22 № 2
qo'shilmasi iboralardir. U nutqimizni boyitadigan, go'zallashtiradigan va ta'sirchanligini oshiradigan vositadir.
Badiiy asarni lisoniy tahlil qilish jarayonida yozuvchining tildan foydalanish mahorati mahoratini namoyon etadigan, emotsional-ekspressiv ifoda semalari qavariq holda reallashgan leksik birliklarni aniqlash va ular adibning badiy -estetik maqsadiga qay darajada xizmat qilgani haqida mulohaza yuritish kerak. Buning uchun badiiy asar tilidagi ma'nodosh, shakldosh, zid ma'noli, ko'p ma'noli, tarixiy va arxaik so'zlar, yangi yasalmalar, shevaga oid so'zlar, chet va vulgarizmga oid so'zlar ajratilib tahlil qilinadi.
MUHOKAMA
Ushbu maqolada badiiy asar tilini tahlil qilishda Oybekning "Quyosh qoraymas" zomaniga to'xtaldim. Badiiy asarni, badiiy nutqda qo'llaniladigan so'z va so'z vositalarining ma'no xususiyatlarini ifodadorlik ko'lamini hisobga olgan holda tahlil qilish, asarni tahlil qilish bilan bir qatorda, kitobxonlarning badiiy asardan estetik zavq olishini kuchaytiradi, ularning badiiy asarga bo'lgan qarashlarini rivojlantiradi. Bunda iboralarni badiiy matndan ajratib olgan holda bu frazeologik birliklarning sinonimlik qatori va ma'noviy jihatlari tahlilga olinmoqda. Asarda berilgan frazemalarni "O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati" Sh Rahmatullayevning lug'atidagi ma'nolarini ham keltirib o'tmoqdaman.
Abadiy uyqu-o'lim. O'lmoq, so'nggi marta nafas chiqarmoq. Sinonimlari- joni chiqdi, joni uzuldi, ko'z yummoq, yer tishlamoq, jonini olmoq.
Badaniga darmon yugurmoq- kuchga kirmoq, kuch-quvvatga to'lmoq.
Jon asari yo'q- hech kim yo'q kimsasiz.
Ko'zi tushmoq- qaramoq, to'satdan, beixtiyor ko 'rmoq. Ko'z qarashlari bir daqiqa duch kelmoq.
Tuproq tortmoq- ko'mmoq, dafn etmoq.
Yurakdan dilgirlik ko'tarilmoq- noxushlikni unutmoq, mamnun bo'lmoq, g'amni unutmoq.
Yuragi xun bo'lmoq- siqilmoq, ezilmoq, hunob bo'lmoq, qayg'uga botmoq, qayg'urmoq.
Yuragi shuvillamoq- ko'rmoq, seskanmoq, cho'chib tushmoq. Bir lahza ich-ichidan qo'rqish aralash hayajonlanmoq. Variantlari: yuragi shig' etib ketdi, yuragi orqasiga tortib ketdi.
O't ochmoq- quroldanfoydalanmoq, quroldan o'q otmoq.
Qovoq solmoq- xafa bo'lmoq.
Qorasi o'chguncha- ko'zga ko'rinmaguncha, ko'zdan uzoqlashguncha, ko'rinmaguncha.
Qorni tatalamoq- ochiqmoq, och qolmoq, ovqat yegisi kelmoq.
Qo'lga tushmoq- tutilmoq, qamoqqa tushmoq, hibsga olinmoq.
Yozuvchi hamda shoirlarning asarlarini o'rganish, til va adabiy til namunalari bilan tanishish imkonini beradi. Badiiy adabiyot tili haqidagi soha tilshunoslikka ham, adabiyotshunoslikka ham oid bo'lib, ikki sohaning kesishganidan hosil bo'lgan, lekin ularning har ikkalasidan ham farqlidir. Badiiy asar tilining amaliy xususiyati uni lingvistik qahlil qilishda namoyon bo'ladi. Asarni lingvodidaktik tahlil qilish usullarida, uning badiiy tasvir vositalarini tahlil qilishda ko'rinadi. Barcha asarlarni tilning turli xil lingvistik sathida tahlilga olish mumkin. Bunda asarning badiiy estetik darajasi aniqlanadi.
Adibimiz, tasvirga muvofiq iboralarni qo'llash bilangina kifoyalanmagan. Balki asar qahramonlarining tabiati, hayot tarsi, fe'l -atvori, ruhiy holati barchasini hisobga olgan holda qo'llagan.
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, badiiy asar tilini tahlil qilish, til vositalarining nutqda ma'lum bir uslubiy ma'nolarda qo'llanilishini o'rganish, ularning sintaktik vazifalarini aniqlash, har bir morfologik birlikning semantik, grammatik va sintaktik imkoniyatlarini aniqlash, hozirgi kunda o'zbek tilshunosligi rivojida, xususan, badiiy asar tili yoki boshqa bir matnni tahlil qilishda katta amaliy ahamiyatga ega deb hisoblayman. Shuningdek, badiiy asarning lisoniy xususiyatlarini o'rganish ta'lim jarayonida muhim uslubiy vosita ham sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. 1. Лингвистик тах,лил. Т. ^удратов. Т. Нафасовб. Укув кулланма. "Укитувчи " Т. 1981.
2. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati" Sh Rahmatullayev. "O'qituvchi. T. 1978
3. Nurmanov A., Sobirov A., Yusupova Sh. "Hozirgi o'zbek adabiy tili". T.: "Sharq". 2002
4. Горкий M Адабиёт хдкидаю Тошкент .1962
5. Oybek " Quyosh qoraymas" "O'qituvchi nashriyoti" Toshkent. 1977