Научная статья на тему 'BADIIY ADABIYOTLAR TARG‘IBOTI VA ULARNING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI'

BADIIY ADABIYOTLAR TARG‘IBOTI VA ULARNING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5373
253
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy adabiyot / targ’ibot / jamiyat / tarix / fiction / propaganda / society / history

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilshoda Temirova, Yuldasheva Sohibaxon

Adabiyot xalq, jamiyat hayotining o'ziga xos ifodasi hamdir. U jamiyat tarixidagi jiddiy o'zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettiradi. Shunga ko'ra, eramizning VIII asrlarigacha yaratilgan asarlarda qadimgi ajdodlarimizning urf-odat, e'tiqodlari ifodalangan boisa, keyingi davrlarda islom ta'limoti bilan hamohanglik kuchayganligini kuzatish mumkin. Xususan, tasavvufning adabiyotdagi ko'rinishi jamiyat hayotidagi keskin o'zgarishlar bilan aloqador holda rivojlandi. Ajdodlarimizning chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashlari tarixiy manbalardan yaxshi ma'lum. Bu «To'maris» va «Shiroq» afsonalarida juda yorqin aks etgan. Turkiy xalqlarning tabg'achlarga qarshi kurashi esa O'rxun-Enasoy obidalarida juda ta'sirli ifodasini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FIGURE PROMOTION AND ITS PLACE IN HUMAN LIFE

Literature is also a unique expression of the life of the people, society. It reflects significant changes in the history of society in a variety of artistic forms through a variety of images. Accordingly, the works created before the VIII century AD reflect the traditions and beliefs of our ancient ancestors, and in recent times, it can be observed that the harmony with the teachings of Islam has increased. In particular, the appearance of mysticism in the literature developed in connection with the dramatic changes in the life of society. The courageous struggles of our ancestors against foreign invaders are well known from historical sources. This is very vividly reflected in the legends of "Tomaris" and "Shirak". The struggle of the Turkic peoples against the Tabgachs is very impressive in the monuments of OrkhonEnasay.

Текст научной работы на тему «BADIIY ADABIYOTLAR TARG‘IBOTI VA ULARNING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI»

BADIIY ADABIYOTLAR TARG'IBOTI VA ULARNING INSON

HAYOTIDAGI O'RNI

Dilshoda Temirova Yuldasheva Sohibaxon

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Adabiyot xalq, jamiyat hayotining o'ziga xos ifodasi hamdir. U jamiyat tarixidagi jiddiy o'zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettiradi. Shunga ko'ra, eramizning VIII asrlarigacha yaratilgan asarlarda qadimgi ajdodlarimizning urf-odat, e'tiqodlari ifodalangan boisa, keyingi davrlarda islom ta'limoti bilan hamohanglik kuchayganligini kuzatish mumkin. Xususan, tasavvufning adabiyotdagi ko'rinishi jamiyat hayotidagi keskin o'zgarishlar bilan aloqador holda rivojlandi. Ajdodlarimizning chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashlari tarixiy manbalardan yaxshi ma'lum. Bu «To'maris» va «Shiroq» afsonalarida juda yorqin aks etgan. Turkiy xalqlarning tabg'achlarga qarshi kurashi esa O'rxun-Enasoy obidalarida juda ta'sirli ifodasini topgan.

Kalit so'zlar: badiiy adabiyot, targ'ibot, jamiyat, tarix

FIGURE PROMOTION AND ITS PLACE IN HUMAN LIFE

Dilshoda Temirova Yuldasheva Sohibaxon

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: Literature is also a unique expression of the life of the people, society. It reflects significant changes in the history of society in a variety of artistic forms through a variety of images. Accordingly, the works created before the VIII century AD reflect the traditions and beliefs of our ancient ancestors, and in recent times, it can be observed that the harmony with the teachings of Islam has increased. In particular, the appearance of mysticism in the literature developed in connection with the dramatic changes in the life of society. The courageous struggles of our ancestors against foreign invaders are well known from historical sources. This is very vividly reflected in the legends of "Tomaris" and "Shirak". The struggle of the Turkic peoples against the Tabgachs is very impressive in the monuments of Orkhon-Enasay.

Keywords: fiction, propaganda, society, history

Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug'otit-turk» asarida qadimgi ajdodlarning turli-tuman mashg'ulotlari, urf-odatlari, yashash tarzlari, e'tiqod va qiziqishlarining ham ifodasini ko'rish qiyin emas.

Xalqimiz qadimdan farzandlarining sog'lom, aqlli, dono, mehnatsevar, xalqparvar bo'lishini orzu qilgan, shunga intilgan. Qadimgi qo'shiqlar, maqol, afsona, dostonlarda, qasida hatto marsiyalarda hamda Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Rabg'uziy, Sayfi Saroyi, Xorazmiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiy va boshqa adiblarning asarlarida ana shu holatlar o'z ifodasini topgan.

O'zbek adabiyoti o'zbek xalqining o'zi singari juda boy, qadimiy tarixga ega. Uning o'ziga xos shakllanish va taraqqiyot yo'li, rivojlanish qonuniyatlari bor. Bularni his etish, anglash va umumlashtirish, targ'ibotini to'g'ri yo'lga qo'yish uchun uning tarixini puxta o'rganish zarur. Adabiyot tarixi so'z san'atining rivojlanish jarayonlari, mumtoz namoyandalari haqida ma'lumot beradi. Bu fan tufayli qadimda yashab ijod etgan buyuk adiblar yaratgan nodir asarlar, badiiy tafakkurdagi rivojlanish va yangiliklar haqida tasavvur hosil bo'ladi.

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdan bosh maqsad madaniyatli kishini tarbiyalashdir. Madaniyatli kishini tarbiyalashda san'at va adabiyotning ahamiyati kattadir. Bu ikki kuch kitoblarda mujassamlashgan. Ayniqsa badiiy adabiyot asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda bilamizki, kitob o'qishga bo'lgan talablar kamayib bormoqda. Bunga sabab XXI asr komyuter texnologiyalari asri bo'lgani uchun barcha yoshlarimiz internet va boshqa ijtimoiy tarmoqlar bilan ovvora bo'lib qolishmoqda.Yoshlarimizni mana shunday o'rgimchak to'ridan qutqarishning birdan bir yo'li bu - badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishni kuchaytirishdir. Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida muhtaram yurtboshimiz Sh.M.Mirzizyoyev ilgari surgan besh tashabusslarini ta'kidlamasdan iloj yo'qdek. Ushbu besh tashabbusning to'rtinchisi yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgandir. Kitobxonlik madaniyatini va badiiy adbiyot targ'ibotini yuksaltirishda axborot kutubxona muassasalari muhim rol o'ynaydi. Kitob o'qish ajoyib mashg'ulotligini ko'plar tan oladi, lekin hamma ham mutolaa qilishni uncha xush ko'rmaydi.

O'qish miyamiz uchun mashq xalos. Sport bilan shug'ullanmagan inson uchun jismoniy tarbiyadan qiyini yo'q, albatta. Biroq haqiqiy sport odami uchun eng yaxshi dam olish va vaqtni o'tkazish ham mashq hisoblanadi. Xuddu shunday kitob o'qish ham miyammizni chiniqtiradi, fikrlash qobilyatimizni oshiradi, bizni yuksak cho'qqilarga yuksaltiradi. Eng ko'p o'qiladigan, eng ko'p va tez ta'sir qiladigan adabiyotlar bu-badiiy adabiyotlardir. Badiiy adabiyotning kitobxonlari yoshiga, jinsiga, millatiga, kasbi va mutaxassisligiga ko'ra xilma - xil. Maktabgacha tarbiya

yoshidagi bolalardan to nafaqada o'tirgan keksalargacha, uy bekalaridan tortib to turli darajadagi rahbarlarning o'zlariga kerakli va zarur bo'lgan adabiyotlar mavjuddir. Kitobxonlarning bunday xilma-xilligi ularning qiziqishi, talab va ehtiyojlarini, badiiy didini, saviyasi darajasini aniq va to'g'ri o'rganish zaruratini tugMiradi. Badiiy adabiyotni o'qish maqsadi ham turlicha, qiziqishning sabablari ham turlicha boladi. Kutubxona xodimi har bir kitobxonnning o'qish maqsadini, avval nima o'qiganini, uni qanday qabul qilganini, qay darajada xotirada saqlab qolganini, qaysi muallifni nima uchun va qaysi jihatlari uchun yoqtirishini suhbat, kuzatish, mulahazaga kirishish, formularini tahlil qilish usullari yordamida bilib olishlari shart boladi. Badiiy sarlarda axloq, kishilarning o'zaro munosabati, Vatan, ona yerga bolgan muhabbat, oila, nikoh, muhabbat, do'stlik, mardlik, mehr va oqibat, vijdoniylik va vijdonsizlik hamda boshqa ko'pgina hislatlar haqidagi masalalar ochiq oydin yoritilib ko'rsatiladi. Badiiy adabiyot kishilarning va biz kelajak avlod yoshlarining hayotda tolaqonli yashashimizga, baxtli va saodatli bolishimizda, yaxshi inson va komil shaxs bolib yetishishimiz uchun turtki boladi va komil inson tarbiyasida muhim vositalardan biri hisoblanadi. Badiiy asarni to'g'ri tanlay bilishda badiiy asarning g'oyaviy - badiiy qimmati, adib ijodida asarning o'ziga xos o'rni, asarning yaratilgan va o'rganilayotgan davr uchun ahamiyati, badiiy asarning talim tarbiyaviy, rivojlantiruvchi xususuyati, badiiy asarning kitobxonning yoshiga mosligi, munosibligi, o'quvchida qiziqish uyg'otishi, o'quvchining manaviy qiziqishi, talabi, ehtiyojlariga javob bera olish darajasidan iboratdir.

Badiiy adabiyotda ko'zga tashlangan xalq og'zaki ijodidagi asosiy talim tarbiya ko'rinishlari buyruq, o'git, nasihat, namuna, ornak o'qish madaniyati shakllanishining muhim vositasi sifatida inson hayotida muhim o'rin tutadi. Kutubxonalarda boshqa xalqlar, mamlakatlar. Davlatlarning badiiy asarlarini ham targ'ib qilish mobaynida kitobxonlarning manaviy dunyosini kengaytirish, boshqa xalqlar turmush tarzi, hayoti bilan tanishtirish, ularning hayotini bilish yordamida Vatan qadr- qimmatini bilish hissi tarbiyalanadi. Boshqa mamalkatlarda ham o'zbek adabiyotiga qiziqish katta. Misol uchun, tabobat ilmining sultoni Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari", Al -Farg'oniy bobomizning "Samoviy harakatlar va umumiy ilmu nujum", ilk o'zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar", "Temur tuzuklari", Z.M Boburning "Boburnoma" va shu singari boshqa asarlar chet el tillariga bir necha marotaba tarjima qilingan. Badiiy asar vositasida har tomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalash, xalq manavaviy madaniyatini shakllantirish, yoshlarni mustaqil fikrlashga o'rgatish jamiyat istiqboliga ishonch bilan ishtirok etadigan mukammal bilimga ega komil insonni tarbiyalash, insonga badiiy -estetik zavq berish tuyg'ularini tarbiyalaydi. Badiiy adbiyotni idrok etish kitobxonning tasavvur qilish qobiliyati bilan bogliq.Bu xususiyat o'quvchida quvonch hissini shakllantiradi. Bundan rohatlanish qanchalik

yuqorí bolsa, badiiy asarda tasvirlangan voqelik, ruhuy va ijtimoiy muammlar o'quvchilarning aqliy va hissiy dunyosin rivojlantradi, nutq faoliyatini boyitadi, ijodiy fikrlash qobiliyatini o'stiradi.Badiiy adabiyotning tarbiyaviy ahamiyati kitobxonning ma naviyatini, estetik didini, badiiy adabiyotga to'g'ri munosabatini tarbiyalash, asar haqida mustaqil fikr yuritishni shakllantirish, kitobxonda og'zaki va yozma nutq madaniyatini tarbiyalashda ko'rinadi. Badiiy asar voqelikni haqqoniy aks ettirishni, yorqin obrazlar misolida xarakterlarni ochib berishi bilan kitobxonda eng yaxshi insoniy, haqqoniy va axloqiy fazilatlatlarni tarbiyalaydi, hayot go'zalligini idrok etishga o'rgatadi. So'z sanati badiiy asar tufayli kamol topadi.

Ko'pchilik, afsuski, kitob o'qishni bilmaydi va ko'p kishilar nima uchun o'qiyotganini tuzukroq tushunib ham yetmaydilar. Ba'zilar buni savodli bo'lishning qiyin, biroq yagona yo'li, deb biladi. Ularning fikricha, har qanday kitob kishini "o'qimishli" qila oladi. Boshqa birovlar uchun esa o'qish, bu - dam olish, shunchaki vaqtni o'tkazish va ularga nimani (maqola, roman, she'r, xabar va hokazo) o'qish baribir, zerikarli bo'lmasa bas. Shunchaki dam olish, vaqt o'tkazishni istagan va "o'qimishli" bo'lish haqidagina qayg'uradigan o'quvchi kitobdagi dilni poklovchi, kishini ruhlantiruvchi qandaydir noma'lum bir kuchni sezadi. Biroq bu kuchni u aniq tasavvur etolmaydi va baholay ham olmaydi. Bunday kitobxon tibbiyotdan mutlaqo bexabar bemorga o'xshaydi, ya'ni aynan qaysi dori kerakligini anglamasdan, har bir qutichadagidan tatib ko'ra boshlaydi. Aslida, mutolaa borasida ham har bir kishi o'zi uchun zarur, yangi kuch hamda ruhiy ta'sir baxsh eta oladigan kitoblarnigina topa bilishi maqbul emasmikin?

Albatta, biz mualliflarga odamlar ko'p mutolaa qilishlari yoqadi. Muallifning kitobxonlar haddan tashqari ko'p kitob o'qishlariga e'tibor qaratishi u qadar to'g'ri emas. Chunki mingta loqayd o'quvchidan o'nta yaxshi kitobxon afzal. Shu bois, bemalol ta'kidlayman, hamma joyda haddan tashqari ko'p mutolaa qilishadi va bu -adabiyot uchun obro' emas, balki ziyon keltiradi, xolos. Kitob mustaqil bo'lmagan kishilarni yana ham ma'naviy zaiflashtirish uchun yozilmaydi, bundan tashqari, undan ba'zan noqobil odamlarga arzon-garov manzara hamda osongina o'zgartirilgan hayotni ko'rsatish uchun ham foydalanishadi. Kitoblar insonni hayotga yo'llagandagina, unga xizmat qilgandagina foydali. Agar kitob o'quvchiga oz bo'lsa-da, kuch-g'ayrat, shijoat, ma'naviy poklik baxsh etmasa, mutolaa uchun sarf etilgan har bir soat behuda va besamar qolaveradi.

Shunchaki o'qish, bu - diqqatni to'plashga majbur etuvchi mashg'ulot va ovunish uchungina o'qish, o'z-o'zini aldash. Loqayd kishilar uchun, umuman, biror narsadan ovunishning hojati yo'q. Aksincha, ular hamma joyda diqqat-e'tiborli bo'lishlari, qayerda nima ish bilan shug'ullanishmasin, nima haqda fikr yuritishlaridan qat'iy nazar, o'zlarini butun vujudlari bilan voqealar girdobida his etmoqlari zarur.

Hayot qisqa, uning poyonida hech kimdan o'qilgan kitoblar soni so'ralmaydi. Foydasi yo'q ekan, o'qishga vaqt sarflash aqllilik belgisi emas, aksincha, koni ziyon emasmikin? Men bu o'rinda faqat yomon kitoblarni emas, avvalambor "sifatli mutolaa"ni nazarda tutayapman. Hayotda bosgan har bir qadaming kabi o'qishdan ham biron natija kutiladi. Mutolaadan yangi kuch-g'ayrat olmoq uchun avval kuch sarf etmoq, yanada yaxshi tushunmoq uchun oldin o'zingni "yo'qotmoq" kerak.

Ruhiyatimizning tabiiy, tug'ma ehtiyoji - tur, xil, namunalarni aniqlab olish va ular asosida butun insoniyatni tur-turga ajratib chiqishni taqozo etadi. Teofrast[1] "Xarakterlar"idan tortib, to ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning to'rt mizoj to'g'risidagi tushunchalari (inson tabiatiga xos xususiyatlar) va eng zamonaviy psixologiyaga qadar, mana shu ehtiyoj turlangan tartibda muntazam namoyon bo'lib, sezilib turadi.

Badiiy adabiyotning tuppa-tuzuk bilimga ega ashaddiy o'quvchilari ham borki, ular syujetning o'zi bilangina kifoyalanib qolmasalar-da, romanda qancha aza yoki qancha to'y tasvir etilganiga qarab baho bermaydilar, shu bilan birga, muallifning o'zini tushunib, kitobning estetik mohiyatini xolisona qabul qiladilar. Ular asar muallifíning barcha zavq-shavq, quvonchiga va ilhomiga sherikdirlar, uning dunyoqarashiga butkul qo'shilib, muallifning tasavvur mahsulini, turlicha ma'no berish holatlarini hech bir e'tirozsiz qabul qiladilar. Oddiy odamlarni asar syujeti, undagi vaziyat, voqea va harakatlar qiziqtirsa, o'tkir aql sohiblari uchun esa muallif mahorati, tili, bilimi, ma'naviy saviyasi muhim. Ular buning barchasini qandaydir xolisona voqelik sifatida - adabiyotning so'nggi va eng yuksak boyligi sifatida - Karl May[2] muxlisi bo'lmish navqiron o'quvchi "Eski paypoq" asaridagi voqealarni mavjud voqelik deb qanday idrok etsa, xuddi shunday tushunadilar.

Dunyoda insonlar bir-birlariga o'xshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. O'zbek adabiyoti tarixi insonnnig ruhiy holatlarini mahorat bilan aks ettirgan durdonalarga boy. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg'ota oladi, ularning ma'naviy boyishlariga tcgishli hissa qo'sha oladi. Muhimi, ular faqat ma'rifly bilimimizni oshirish bilan cheklanmay, badiiy didimiz takomiliga, ma'naviy kamolotga xizmat qiladi.

Adabiyot - so'z. san'ati. Ammo san'at turlari nihoyatda ko'p va xilma-xildir. Tasviriy san'at, haykaltaroshlik, me'morchilik, teatr, kino, musiqa, raqs va badiiy adabiyot san'atning turlarini tashkil qiladi. Ularning barchasida yuksak badiiy ta'sirchan obrazlar yaratish ko'z.da tutilgan. Ammo ular ana shu yagona maqsadga turli-tuman yo'llar bilan erishadi. Masalan, raqs harakatlar, tana a'zolarining ifoda imkoniyatlariga tayanadi. Musiqa tovushlar uyg'unligiga, tovushlarning hissiy ifodasiga bog'liq. Tasviriy san'at uchun ranglarning o'zaro mutanosibligi alohida ahamiyat kasb etadi. Rassomga bo'yoq va mo'yqalam yordam beradi. Haykaltarosh esa xom material (tosh, ganch, yog'och, metall) ga ishlov berish orqali go'zallik

yaratadi. Adabiyot esa bu san'atlardan so'z va ruhning beqiyos imkoniyatlari bilan farqlanadi.

So'zlar badiiy matnning yuzaga kelishiga omil bo'ladi, ammo qanday matn va so'zlar badiiy adabiyotga daxldor bo'lavermaydi. Buning uchun so'z muayyan badiiy estetik vazifani bajarishi lozim. Shunga ko'ra ham badiiy adabiyot voqea-hodisalarni yoki insoniy kechinmalar, his-tuyg'ularni bayon qilmaydi, balki ularni tasvirlavdi. Tasvir so'zga tayanadi. So'z sehr, mo'jiza bilan o'ziga mahliyo qiladi, rom etadi. Shuning uchun go'dak allaga, kichik yoshdagi bola ertakka, kattalar badiiy ijodning turli ko'rinishlariga nihoyatda qiziqib qaraydilar, ularning olamiga kirib qolgach, o'zlarini ham shu olamga mansub hisoblaydilar.

Adabiyotning ta'sir kuchi nimada? U nimalarga bog'liq? Buning uchun yirik so'z san'atkorlari yaratgan ko'plab durdona asarlarning xalq orasida alohida hurmat va e'tibor qozonganligini eslash joiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. - 2019. -№. 3.

2. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 559-567.

3. EomaôoeBa Y. HyTK caHtaruHHHr y3ura xoc xycycutfraapu: MyaMMO Ba enuMnap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

4. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

5. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - C. 125.

6. Ycmohob m. CAXHA^A TAffl^H ^HËOATA AKTËPHHHT MYHOCAEATH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

7. Ycmohob m. Hhm gaproxura 6up Ha3ap //Oriental Art and Culture. - 2019. -№. IV (1).

8. YMapoBa X,., Ycmohob m. CaHtarra SarurnnaHraH yMp //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

9. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 3. - C. 91-95.

10. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - T. 5. -№. Conference. - C. 4-4.

11. A6gyHa3apoB 3. MHTTHH YHHH.TAPHMH3 HfflTHPOKH^A Em AKTEPTAPHH TACABBYPH BA ^H^KATHHH ^APXTAm //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

12. A6gyHa3apoB 3. THMCOTTAP CHHMOCHHH ^PATHm //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

13. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 148152.

14. rongameBa C. KHTo6-KyHrnn Hnporn //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).

15. rongarneBa C. KHTO6 MyTonaacHHH maKHnnaHTHpnmga KyTy6xoHaHHHHK ^aonHtfra //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

16. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 121-124.

17. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

18. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

19. AxMegoB P. Mh.mhh MycHKun h^pohhhhk caHtarara 6np Ha3ap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

20. ro^garneB K., 3raM6epgneB X. Pe^nccypa: Kena Ba 6yryH //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

21. Tana6oeB A. MaspM caHtaraga cy3HHHr ypHH //Oriental Art and Culture. -2019. - №. IV (1).

22. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

23. AK6apoB T. OOTBKTOP BA AHLAHABHH MYCH^A MACATATAPH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV

24. OMOHOBHa C. TAPHXHH KV-E3MA MAHEATAPHH KOHCЕPBATЦH£-PЕCTABPAЦH£ ^HTHm ^APAEHTAPH XYCYCH^A //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

25. Угли X. И. Т. ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАД^ЩИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

26. Угли X. И. Т. УЗБЕК СОЛЩ ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

27. Мирзаева Н., Аскарова М. ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙЕОНИШ ХАРАКАТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

28. Турсунов Б. ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

29. Shermatova X. MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

30. Еофурова Б. АКТЁРНИНГ НУТ^ИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

31. Пулатов Р. «МИРЗО УЛУЕБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

32. Qurbonova M. СНЕТ EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

33. Маматкулов Б. ТЕАТРДА САДНАЛАШТИРУВЧИ РАССОМНИНГ КАСБ СИРЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

34. Ismoilova M. CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

35. O'Taganov R. J. TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

36. Mamatov J. BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

37. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

38. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

39. Аскарова М. УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРА^^ИЁТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

40. Turgunbaev R., Takada H. Co-WEB: A Peer-to-Peer Based, Partially Decentralized Framework for Collaborative Web-Content Publishing //2009 First International Conference on Advances in Future Internet. - IEEE, 2009. - С. 67-72

References

1. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. - 2019. -№. 3.

2. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 559-567.

3. EonTa6oeBa Y. HyTK caHtaTHHUHr y3ura xoc xycycutfraapu: MyaMMO Ba enuMnap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

4. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

5. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - C. 125.

6. YCMOHOB m. CA^HA^A TAm^H KHEOATA AKTEPHHHT MYHOCAEATH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

7. Ycmohob m. Hhm gaproxura Sup Ha3ap //Oriental Art and Culture. - 2019. -№. IV (1).

8. YMapoBa X,., Ycmohob m. CaHtaTra SarurnnaHraH yMp //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

9. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 3. - C. 91-95.

10. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - T. 5. -№. Conference. - C. 4-4.

11. A6gyHa3apoB 3. MHTTHH YHHHTAPHMH3 HfflTHPOKH^A Em AKTEPTAPHH TACABBYPH BA ^HKKATHHH ^APXTAm //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

12. A6gyHa3apoB 3. THMCOTTAP CHHMOCHHH ^PATHm //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

13. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 148152.

14. ro^garneBa C. KuTo6-KyHrun nuporu //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).

15. ro^garneBa C. KHTO6 MyTonaacuHH maKunnaHTupumga KyTy6xoHaHunuK ^aonutfra //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

16. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 121-124.

17. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

18. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

19. Ахмедов Р. Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

20. Юлдашев К., Эгамбердиев Х. Режиссура: кеча ва бугун //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

21. Талабоев А. Маком санъатида сузнинг урни //Oriental Art and Culture. -2019. - №. IV (1).

22. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

23. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV

24. Омоновна Д. С. ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КДЯИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

25. Угли X. И. Т. ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛИК-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДКИКИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

26. Угли X. И. Т. УЗБЕК СОЛИК ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

27. Мирзаева Н., Аскарова М. ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙГОНИШ ХАРАКАТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

28. Турсунов Б. ЧОЛГУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

29. Shermatova X. MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

30. Гофурова Б. АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

31. Пулатов Р. «МИРЗО УЛУГБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

32. Qurbonova M. CHET EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

33. MaMaT^ynoB E. TEATP^A CAXHAHAmTHPYB^H PACCOMHHHT KACE CHPHAPH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

34. Ismoilova M. CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

35. O'Taganov R. J. TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

36. Mamatov J. BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

37. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

38. AK6apoB T. OOHEKHOP BA AHEAHABHH MYCHKA MACAHAHAPH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

39. Ac^apoBa M. Y3EEK A^AEHH TAHKHAH TAPAKKHETH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

40. Turgunbaev R., Takada H. Co-WEB: A Peer-to-Peer Based, Partially Decentralized Framework for Collaborative Web-Content Publishing //2009 First International Conference on Advances in Future Internet. - IEEE, 2009. - C. 67-72

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.