Ikramova Z.A.
Toshkent pediatriya tibbiyot institute
AZOT MONOOKSIDINING FIZIOLOGIK VAZIFALARI
Annotatsiya. Tabiatda NO momaqaldiroq hisobiga chaqmoq paydo bo'Iganda hosil bo 'ladi. Yoqilg'ilarning yonishi azot oksidining 90% miqdori NO ga, 10% miqdori NO2 ga aylanadi. Kimyoviy jarayonlar natijasida ning oz miqdori N2O ga aylanadi. Shirin ta 'mga ega bo 'lgan ushbu gaz og 'riqni sezish xislari kamayishiga va xushni yoqotishga olib keladi. Shu xususiyatlaridan foydalanib, uning kislorod bilan aralashmasi 80% N20+20% 02 tibbiyotda narkoz sifatida foydalaniladi. Izlanishlanishlar natijasiga ko 'ra azot oksidi organizmning turli organ va to'qimalarida hosil bo'lib, quyidagi moddalar tarkibiga kiradi: endoteliotsitlar, epiteliotsitlar, mezangiotsitlar va boshqalar.
Kalt so 'zlar. Azot oksidlari, azot qo 'sh oksid, fiziologik faol moddalar, endoteliotsitlar, epiteliotsitlar, mezangiotsitlar.
Ikramova Z.A.
Tashkent Pediatric Medical Institute
PHYSIOLOGICAL FUNCTIONS OF NITROGEN MONOXIDE
Annotation. In nature, nitrogen monoxide is formed by electrical discharges during thunderstorms. When burning fuels, 90% NO is formed, 10% is converted to NO2. In chemical processes, part of the NO is converted into N2O. This is laughing gas with a sweet taste; when used, a person loses consciousness and the feeling of pain is reduced. Taking advantage of these properties, a mixture containing 80% N2O + 20% O2 is used in medicine as anesthesia. According to research results, the resulting nitric oxide in the body is contained in such compounds as: endothelial cells, epitheliocytes, mesangioscites and others.
Key words. Nitric oxides, nitric oxide, physiologically active substances, endothelial cells, epithelial cells, mesangiocytes.
Hozirgi kunda azot (II) oksidi xossa va xususiyatlarini o'rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. U odam organizmida neyromediator vazifasini bajaradi, silliq mushaklarni bo'shashtiradi. Shu kabi ma'lumotlarni chuqur o'rganish natijasida tibbiyotda qo'llanilishi mumkin bo'lgan holatlari ustida izlanishlar olib borilmoqda.
Azot oksidlari — azotning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari bo'lib, bu reaksiya issiqlik yutilishi bilan boradi. Ba'zi azot oksidlari termodinamik jihatdan beqaror. Azot kislorod bilan quyidagicha oksidlarni hosil qiladi: N2O-azot (I) oksidi NO - azot (II) oksidi, N2O3 azot (III)-oksid, azot, NO2 - azot (IV)-oksidi, azot qo'sh oksid - N2O4 va azot (V)-oksid - N2O5. Azot (1) oksidi N2O —
мЭкономнка h соцнумм №11(126)-1 2024
www.iupr.ru
195
rangsiz, u kulduruvchi gaz bo'lib tibbiyotda narkoz vazifasida ishlatiladi, xushbo'y shirinroq gaz, suvda oz miqdorda eriydi; kislota, ishqor va suv bilan birikmalar hosil qilmaydi; yuqori (900°) haroratda azot bilan kislorodga ajraladi, havo bilan aralashmasi tibbiyotda narkoz sifatida ishlatiladi. Azot (N)-oksid NO — rangsiz gaz, suvda kam eriy-di, havodagi kislorod bilan oksidlanib, azot (IV)-oksidga aylanadi; birikish reaksiyalariga kirishadi; nitrat kis-lota ishlab chiqarishda asosiy oraliq mahsulot hisoblanadi. Azot oksidi ammiakni katalitik oksidlash yoki azot bilan kislorod aralashmasini Volt yoyidan o'tkazish orqali olinadi. Azot (IlI)-oksid N2O3 — qo'ng'ir tusli gaz, kondensatlanganida ko'k tusli suyuqlikka aylanadi; suv bilan birikib, nitrit kis-lota (HNO2) hosil qiladi. Azot (II)- va (lV)-oksidlar aralashmasini sovitish natijasida hosil bo'ladi; beqaror modda. Azot (IV)-oksid NO2 — qo'ng'ir rangli gaz, suv bilan birikib, nitrat kislota (HNO3) va nitrit kislota hosil qiladi. U kuchli oksidlovchi, raketaning suyuq yonilg'isini oksidlash, organik moddalarni nitrolash uchun ishlatiladi. Azot qo'sh oksid N2O4 va azot (U)-oksid N2O5 — rangsiz kristall modda. Amalda deyarli ishlatilmaydi. Azot oksidlari fiziologik faol moddalardir.
Erkin holda azot monooksidi rangsiz, hidsiz gaz bo'lib reaksion qobiliyati sust. Uning molekulyar massasi 30,01g/mol, suvda eruvchanligi -74 CM3/gM3, nur sindirish ko'rsatkichi - 1,0002697, suyuqlanish harorati -163,6 °C, qaynash harorati -151,7 °C. Fiziologik roli va ta'sir mexanizmiga ko'ra NO keng ko'lamdagi vazifalarni bajaradi, ularni jamlab uch turga bo'lish mumkin: boshqaruvchanlikka ta'siri, himoya ta'siri, zararli ta'siri.
Tabiatda NO momaqaldiroq hisobiga chaqmoq paydo bo'lganda hosil bo'ladi. Yoqilg'ilarning yonishi azot oksidining 90% miqdori NO ga, 10% miqdori NO2 ga aylanadi. Kimyoviy jarayonlar natijasida NO ning oz miqdori N2O ga aylanadi. Shirin ta'mga ega bo'lgan ushbu gaz og'riqni sezish xislari kamayishiga va xushni yoqotishga olib keladi. Shu xususiyatlaridan foydalanib, uning kislorod bilan aralashmasi 80% N20+20% O2 tibbiyotda narkoz sifatida foydalaniladi. Izlanishlanishlar natijasiga ko'ra azot oksidi organizmning turli organ va to'qimalarida hosil bo'ladi: endoteliotsitlar, epiteliotsitlar, mezangiotsitlar va boshqalar. Professor A.F. Vanin 1965 yilda biologik ob'yektlarda elektron paramagnet rezonans jihozi yordamida izlanishlar olib borib noma'lum tabiatli radikallarni aniqladi. Bu gepoteza 1985 yilda o'z natijasini berdi va bu radikallar azot oksidiga tegishli ekani aniqlandi. F.Myuard azot oksidi ajralish jarayonini o'rganib, nitroglitserin va boshqa shu kabi dorivor preparatlar ta'sirida ajralib chiqishini aniqladi. Organizmda azot monooksidi quyidagi jarayonda hosil bo'ladi:
2L-apraHHH + 3HA^OH + 4O2 + 3H+^ 2L^HTpyjMHH + 2NO + 3HA^O+ + 4H2O
Tuzilishiga ko'ra va joylashuviga ko'ra NO- sintetazalarning (NOS) quyidagi turlari mavjud: cNOS, eNOS, nNOS, mNOS. nNOS molekulasi 1434 ta aminokislota qoldiqlaridan iborat. cNOS faolligi Ca2+ ionlarining konsentratsiyasiga bog'liq.
'^KOHOMHKa h соцнумм №11(126)-1 2024
www.iupr.ru
196
Ferchgottu, L. Ignarro va F. Myuard fiziologiya va tibbiyot yo'nalishlari bo'yicha Nobel mukofotiga savzovor bo'ldilar, bu mukofot yurak qon tomir sistemasida azot oksidining signal molekula vazifasida ishtirokini aniqlaganlari uchun berilgan.
Использованные источники:
1. Соколов А.В. Значимость определения нитритов в ротовой жидкости у здоровых людей. Фундаментальная медицина. 215-217 стр.
2. Гоженко А.И. и др. Почечные механизмы регуляции цикла оксида азота у белых крыс при нагрузке нитритом натрия. Нефрология 2005, т-9,97-100 стр.
"Экономика и социум" №11(126)-1 2024
www.iupr.ru
197