AXBOROT ERKINLIGINI VA AXBOROT HUQUQI SOHASIDAGI QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISHNING KONSTITUTSIYAVIY
O'RNI
Marhabo Beymamat qizi Ozodova
Toshkent davlat transport universiteti iqtisodiyot fakulteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti, "Xalqaro ommaviy huquq" kafedrasi o'qituvchisi Shaxriddin Erkin o'g'li Abdukarimov [email protected]
ANNOTATSIYA:
Axborot erkinligi va axborot huquqi sohasidagi qonunchilik takomillashuvi. Umuman olganda har bir shaxs o'zi hohlagan holda ma'lumot qidirishi ,undan foydalanishi mumkun. Ushbu maqolada insonlar qanday qilib bu munosabatga kirishi ochiqroq aytganda bulardan qanday foydalanishi va insonlar uchun qanday manfatlari mavjudligi tahlili. O'zbekiston Respublikasining axborot erkinligi sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishning konstitutsiyaviy o'rni va shu bilan birga telekommunikatsiya statistika boshqa davlatlarda axborot huquqning tutgan maqomi yoritib berilgan .
Kalit so'zlar: Axborot erkinligi , konstitutsiya normalari , qonunchilik , axborot huquqlari va boshqa qonunchiliklar .
Har inson borki, umri davomida davlat tomonidan qatiy belgilangan huquq normalari asosida yashaydi. Ulardan oz huquqi va manfati yo'lda foydalanadi. Zamon rivojlangani sari insoniyat ehtiyojlari va yangi jarayonlar shakilanmoqda shu bilan birgalikda axborot huquqi ham shakilandi. Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi bosh qonuni 33-moddasida "Har kim fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Davlat Internet jahon axborot tarmog'idan foydalanishni ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi. Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo'lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog'lig'ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta'minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo'lgan doirada yo'l qo'yiladi" deya takitlab o'tilgan bosh qomusimizda . Nafaqat ushbu norma balki "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari " to'g'risidagi qonun normasi ham ishlab chiqilgan . Unga muvofiq har kimning axborotni erkin va
73
2024-yil, 7-dekabr
moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari ro'yobga chiqarilishini, shuningdek axborotning muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta'minlashdan iborat. Hamda ommaviy axborot vositalari ham kundan-kunga shakilanmoqda . Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, televideniye va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo'lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir. Hamda har kim ommaviy axborot vositalarida chiqish, o'z fikri va e'tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir. Hozirgi vaqtda statistikaga qardaydigan bo'lsak teleradiokampaniyasi telekanallari 14-dan ortiq, hududlardagi davlat telekanallari 12 tani tashkil qiladi , shu bilan birga xususyi telekanallar ham mavjud bular 40 tadan ortiq . Hamda " Toshkent radiostansiyalar "dan olingan ma'lumotga ko'ra hozirgi kunda 20 dan ortiq radiolar mavjud . Zamon rivojlangani sari blogerlik sohasi ham bundan cheta qolmadi. Statistikaga nazar solsak 2024 yilning yarimiga qadar blogerlik faoliyati bilan shug'ulanayotganlar soni 100 mingdan ortiqligi aytilmoqda .
Axborotlashtirish sohasi davlat tomonidan tartibga solingan . Bundan maqsad shuki axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat hisoblanadi. Bu munosabatni tartibga soluvchi qonun hujjati ham ishlab chiqilgan . "Axborotlashtirish to'g'risida"gi qonun ushbu qonunga muvofiq har kim o'zi hohlagan ma'lumotni izlashi undan foydalanishi , uni tarqatish yoxud saqlashi mumkun hisoblanadi (lekin taqiqlangan diniy mavzudagi axborotlar bundan mustasno) . Ba'zi resurslardan foydalanish chog'ida belgilangan tartibda haq olinishi mumkun . Yuridik va jismoniy shaxslar qonuniy asoslarda axborot resurslaridan o'zlari olgan axborotdan axborot manbaini albatta havola etgan holda hosila axborot yaratish uchun foydalanishlari mumkin. Etiborimizni tortadigan ya'na bir jihati mavjud O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot tizimi . Ushbu tizimga davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari hisoblanadi . Tizimni tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi.
Axborot erkinligi nafaqat bizning davlatimizda balki boshqa respublikalarda ham rivojlanish choqisiga chiqib ulgurdi . Misol uchun Fransiya Respublikasi Konstitutsiyasining axborot erkinligi bilan bog'liq tamoyillari asosida yoritilgan . "Fransiya Respublikasi demokratiya asosida qurilgan bo'lib , uning tashkiloti va faoliyati inson huquqlarini , erkinliklarini va tenglikni himoya qilishga qaratilgan.Bu erkinliklarning orasida fizik erkinligi , matbuot erkinligi va axborot olish huquqi
74
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti
mavjud" Fransiya Respublikasi Konstitutsiyasining 1- moddasi . Axborot huquqi diyarli umumjahon qonunchilikda ham etibordan chetda qolmaganva "Inson Huquqlari Deklaratsiyasid' da ham o'z aksini topgan . Har bir insonning fikr, so'z va axborot erkinligini ifoda etish huquqi mavjud. Bundan tashqari Fransiya Konstitutsiyasida axborot erkinligi va matbuoat erkinligi mustahkamlangan , bu esa uning barcha fuqarolari uchun asosiy huquqlardan biri hisoblanadi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Axborot erkinligi va axborot huquqi sohasining takomilashuvi zamonaviy jamiyatlar uchun juda muhim ahamiyatga ega hamda asosiy qomusimizning yettinchi bobda shaxsiy huquq va erkinliklar belgilangan bo'lib, ushbu normalar axborot qonunchilikning shakllanishi va shu sohadagi milliy axborot tizimi tashkil etilishida muhim huquqiy negiz bo'lib xizmat qiladi. Yuqoridagilardan tashqari Konstitutsiyamizda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining vakolatlari ham belgilangan bo'lib, ushbu normalar mazkur organlarning axborot sohasidagi vakolatlarining huquqiy maqomini belgilovchi milliy qonun hujjatlarining rivojlanishi uchun asos bo'ladi. Bu soha rivojlanishi, fuqarolarning axborot olish va tarqatish huquqlarini ta'minlash orqali davlatning ochiqligini, demokratik jarayonlarni va fuqarolik jamiyatini mustahkamlashga yordam beradi.
Axborot erkinligi va huquqining ta'minlanishi nafaqat individning asosiy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, balki davlatning qonuniy va adolatli boshqaruvini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, axborot huquqini amalda qo'llashda yuzaga keladigan qiyinchiliklar, masalan, axborot xavfsizligini ta'minlash, soxta axborot tarqatilishining oldini olish va axborotning tegishli tartibda nazorat qilinishi kabi masalalar, jamiyatning axborot madaniyatini yanada yuqori darajaga ko'tarishni talab qiladi. Shunday qilib, axborot erkinligi va huquqi sohasini takomillashtirish nafaqat qonuniy, balki ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning ajralmas qismiga aylanadi.Shu bilan birgalikda kundan-kunga axborot erkinligi rivojlanib , shakilanib bormoqda . Inson hayotini har bir jabxasini chetda qoldirmasdan qamrab olmoqda . Bundan asosiy maqsad esa inson turmush tarzini , uni farovonlashtirish va yanada yaxshilash ko'zlangan .
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi .
2. Axborot Erkinligi Prinsiplari va Kafolatlari " to'g'risidagi qonun .
3. "Ommaviy Axborot Vositalari " to'g'risidagi qonun.
4. "Axborotlashtirish" to'g'risidagi qonun .
5. Fransiya Respublikasi Konstitutsiyasi .
75
2024-yil, 7-dekabr
6. Inson huquqlari deklaratsiyasi .
7. Stat.uz O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Statistika Agentligi .
76
2024-yil, 7-dekabr