Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784
educational, natural and social sciences 4(01), Jan., 2024
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz
AVTOTRANSPORT VOSITALARINING ATROF-MUHITGA SALBIY
TA'SIRLARI VA UNING TAHLILI
N.M.Qo'ziyev
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti o'qituvchisi J.R.Mengliqulov Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi,
ANNOTATSIYA
Maqolada avtomobil transportining butun dunyoda, xususan mamlakatimiz miqyosida rivojlanishi va buning natijasida yuzaga kelgan bir qator muammolar hamda uning sabablari o'rganildi. Qolaversa, statistika ma'lumotlariga tayangan holda avtomobillar sonining yillar kesimida ortib borishi, uning atrof-muhit va ekalogiyaga salbiy ta'sirlari aniq raqamlar asosida tahlil qilinib takliflar berildi.
Kalit so'zlar: Avtotransport vositalari, chiqindi gazlar, ichki yonuv divigateli(IYoD), is gazi, azon qatlamining yemirilishi, ekalogiyaning ifloslanishi, avtomobillarning shovqin ta'siri, glabol muammolar, texnosfera, ekologizatsiyalashtirish.
ABSTRACT
In the article, the development of automobile transport in the whole world, especially in our country, and a number of problems that have arisen as a result of it and its causes have been studied. In addition, based on statistical data, the increase in the number of cars over the years, its negative effects on the environment and ecology were analyzed and suggestions were made.
Keywords: Vehicles, exhaust gases, internal combustion engine (IYoD), carbon dioxide, erosion of the ozone layer, environmental pollution, noise impact of cars, global problems, technosphere, environmentalization.
KIRISH
Dunyo bo'yicha kishi boshiga necha avtomobil tog'ri kelishini bilasizmi? Ammo bu ko'rsatkich o'rtacha 1000 kishiga qancha avtomobil to'g'ri kelishi bo'yicha qaraladi. Ushbu stastistikaga ko'ra Monoko davlati 908 ta bilan peshqadamlikda turibdi, AQSH 802 ta avtomobil bilan 2- o'rinni egallagan. Lixtenshteyn(796), Islandiya(746), Malta(743), Lyuksemburg(739), Avstraliya(730), Qatar(724), Yangi Zelandiya(718), Bruney(696) kabi davlatlar esa top 10 talikdan joy olishgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
MUAMMO VA UNING TAHLILI
Haqiqatdan ham bugungi rivojlangan davrda avtotransport sohasi kundan-kunga ravnaq topmoqda. Ularning soni shiddat bilan oshib bormoqda. Statistikaga yana bir e'tibor qaratadigan bo'lsak, bugungi kunda dunyo bo'yicha 1,2 milliarddan ortiq avtomobil mavjud bo'lib, ularning 947 million donasi yengil avtomobil, qolgan 335 million donasi esa boshqa turdagi avtomobillar hisoblanadi[1].
Bu holatni mamlakatimiz misolida olaylik: 2001-yilda O'zbekiston Respublikasida 1 million 200 ming ta transport vositasi bo'lgan, 2021-yilning 1-dekabr holatiga ko'ra, bu ko'rsatkich Respublikamizda 3 million 775 ming taga yetgan[2]. Bu esa O'zbekistonda avtomobillar soni 20 yilda 2,6 millionga ko'payganini ko'rsatadi. Qolaversa, ularning soni har yili o'rtacha 300 ming taga ortib borayotganidan dalolat beradi.
Binobarin, avtomobil sanoati butun dunyo bo'yicha tez rivojlanishi bilan bir qatorda ba'zi salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Bulardan birinchisi va allaqachon global muammo tarziga aylanib ulgurgan — atrof-muhit va ekologiyaga ta'siridir. Buning natijasida millionlab tonna chiqindi gazlar to'g'ridan-to'g'ri atmosferaga chiqib ketmoqda. Bulardan eng xavflisi benzin va dizelda ishlovchi ichki yonuv divigatel(IYoD)li avtomobillardir. Ular bir sutkada 3.5-4 kg is gazini atmosferaga chiqarib tashlaydi[3]. Uning tarkibida esa inson salomatligi uchun jiddiy ta'sir qiluvchi, atmosferadagi azon qatlamini yemirilishini tezlashtiruvchi uglevodorodlar, is gazi, azot oksidi va qurum kabi ko'plab zararli moddalar mavjud.
Avtomobillarning yana bir dolzarb bo'lgan salbiy ta'sirlaridan biri — bu "shovqin ta'siri"dir. Uning oqibatida ham minglab insonlar hali hanuz aziyat chekmoqda, ya'ni baland shovqin dastlab inson miyasiga ta'sir qiladi va turli xil asab kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Shuni ta'kidlash kerakki, bir qator xorijiy mamlakatlarda shovqinga qarshi kurash maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solingan. Misol uchun, Yaponiyada 1968-yilgi "Shovqinni tartibga solish to'g'risida", Amerika Qo'shma Shtatlarida 1972-yilgi "Shovqinni nazorat qilish to'g'risida", Buyuk Britaniyada 1996-yilgi "Shovqin to'g'risida" qabul qilingan qonunlar mavjud[4].
Bundan tashqari, transport vositalarining atrof-muhitga yetkazayotgan salbiy ta'sirlari ularni harakatga keltirish uchun ishlatiladigan yoqilg'isiga nihoyatda bog'liq. Buni 1-jadval orqali ko'rishimiz mumkin[5]:
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
1-jadval
Yoqilg'i turlari bo'yicha chiqindi gazlari miqdori
Yoqilg'i turi CO2 grammCH (uglevodorodlar)NOx (azot oksidi)Qurum grammJAMI gramm / / km gramm / km gramm / km / km km
Benzin 10,6 2,2 2,25 0,35 15,4
Dizel 0,5 0,38 2,5 2,4 5,8
Metan 4,7 1,2 2,15 0,06 8,1
Statistika ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yil 1-oktabr holatida Respublikada jami avtomobillar 3,4 million tani tashkil etgan(2-jadval).
2-jadval
Yoqilg'i turi bo'yicha avtombillar soni:
T/r Yoqilg'i turi Avtomobillar soni Foiz uliishi
(ta) (%)
1 Metan 2,4 mln 69,1
2 Benzin 959 ming 28,1
3 Dizel 97,5 ming 2,7
4 Elektr Energiyasi 3,5ming 0,1
Ja 4 xil 3 mln 460 ming 100
mi
XULOSA VA TAKLIFLAR
Yuqoridagi muammolarning oldini olish maqsadida muhtaram Prezidentimizning bir qator farmon va qarorlari e'lon qilindi. Misol tariqasida 2023-yilning 31-maydagi "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-81-sonli farmoni imzolandi[6]. Ushbu farmon natijasi o'laroq, oldin mavjud bo'lgan "Tabiat resurslari vazirligi" endilikda "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi" deb nomlandi va vazirlik oldiga bir qancha bugungi kunda dolzarb bo'lgan muammolarni qo'ydi.
Masalaga boshqa tomondan yondashadigan bo'lsak, uning yechimi sifatida hozirda avtomobil sanoati bo'yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Aytaylik, Germaniyada transport harakati shovqiniga qarshi kurashda yo'llar chetidagi shovqin darajasini aniqlash uskunalaridan faol foydalaniladi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Yana bir ilg'or mamlakatlardan biri Fransiyada avtomatik foto-videokameralar shovqin darajasi kuchli bo'lgan avtomashinani tanib olish, avtomatik ravishda suratga olish va uning raqamini o'qish qobiliyatiga ega shovqin radarlari bilan jihozlangan, ushbu tizim avtotransport egasiga jarima to'lash zarurligi haqida xatni avtomatik ravishda yuboradi[7].
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Qobil, H. O. O. T. Y., & Salimovich, A. D. M. (2023). AVTOMOBIL VA UNING ATROF MUHITGA TA'SIRI. Confrencea, 12(12), 518-522.
2. Shermatov, S. X., Utkirov, S. S. O., & Abdusamatov, E. X. O. G. L. (2023). TRANSPOR SOHASIDA YUZAGA KELGAN MUAMOLARNING EKOLOGIYAGA TASIRI (avtomobil transporti). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(2), 702-709.
3. O'zbekiston yo'llarida shovqin balandligini o'lchovchi radarlar paydo bo'lishi mumkin — Daryo Yangiliklari
4. https://lex.uz/docs/-6479180
5. https://yuz.uz/uz/news/shovqinning-salbiy-tasiri-va-xavfi-tadqiq-qilindi