Научная статья на тему 'AVTOMOBIL YO‘LLARI ARXITEKTURASIDAN OBYEKTLARNI MANZILINI BELGILASHDA FOYDALANISH'

AVTOMOBIL YO‘LLARI ARXITEKTURASIDAN OBYEKTLARNI MANZILINI BELGILASHDA FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
arxitektura / dekoratsiya / landshaft / dizayn / ob’yekt / turizm / manzil / gulchilik / chiroqlar / estetika. / architecture / decoration / landscape / design / object / tourism / destination / floriculture / lights / aesthetics.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Mahmudov Sanjarbek Toxirjon O‘g‘li, Muxammadjonov Alijon Olimjonovich

ushbu maqolada Respublikamiz turizm salohiyatini va shahar yo‘llari, ko‘chalarini landshaft arxitekturasini, jozibadorligini yanada oshirish maqsadida ijtimoiy obyektlarni manzillarini qidirishda turli xil arxitekturaviy dekaratsiyalardan foydalanish to‘g‘risida yoritilgan. Ushbu maqolada avtomobil yo‘llari arxitekturasi sohasida obyektlar joylashuvini aniqlashda foydalaniladigan asosiy tamoyillar, texnologiyalar va uslublar ko‘rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING ROAD ARCHITECTURE TO LOCATE OBJECTS

this article highlights the potential of Tourism of the Republic and the use of various architectural decarations in the search for addresses of social objects in order to further increase the landscape architecture, attractiveness of urban roads, streets.

Текст научной работы на тему «AVTOMOBIL YO‘LLARI ARXITEKTURASIDAN OBYEKTLARNI MANZILINI BELGILASHDA FOYDALANISH»

UO'T 692

AVTOMOBIL YO'LLARI ARXITEKTURASIDAN OBYEKTLARNI MANZILINI

BELGILASHDA FOYDALANISH

Mahmudov Sanjarbek Toxirjon o'g'li Namangan muhandislik-qurilish instituti Yo'l harakati xavfsizligi va muhandisligi kafedrasi stajyor-o'qituvchisi [email protected]

Muxammadjonov Alijon Olimjonovich Namangan davlat universiteti "Pedagogika" kafedrasi tayanch doktoranti [email protected]

Annotatsiya. ushbu maqolada respublikamiz turizm salohiyatini va shahar yo'llari, ko'chalarini landshaft arxitekturasini, jozibadorligini yanada oshirish maqsadida ijtimoiy obyektlarni manzillarini qidirishda turli xil arxitekturaviy dekaratsiyalardan foydalanish to'g'risida yoritilgan. Ushbu maqolada avtomobil yo'llari arxitekturasi sohasida obyektlar joylashuvini aniqlashda foydalaniladigan asosiy tamoyillar, texnologiyalar va uslublar k o'rib chiqiladi.

Аннотация. В данной статье освещается использование различных архитектурных декорaций при поиске адресов социальных объектов с целью дальнейшего повышения туристического потенциала нашей республики и ландшафтной архитектуры городских дорог, улиц, привлекательносей.

Annotation. this article highlights the potential of Tourism of the Republic and the use of various architectural decarations in the search for addresses of social objects in order to further increase the landscape architecture, attractiveness of urban roads, streets.

Kalit so'zlar: arxitektura, dekoratsiya, landshaft, dizayn, obyekt, turizm, manzil, gulchilik, chiroqlar, estetika.

Ключевые слова: архитектура, декор, ландшафт, дизайн, объект, туризм, место назначения, цветоводство, освещение, эстетика.

Keywords: architecture, decoration, landscape, design, object, tourism, destination, floriculture, lights, aesthetics.

Inson faoliyatining qadimiy va nafis sohalaridan biri bu arxitekturadir. Arxitektura qurilish san'atining oliy darajasi, biroq har qanday qurilishni ham arxitekturaga tenglashtirish yoki o'xshatish mumkin emas. Chunki qurilish juda keng qamrovli so'z bo'lib, arxitekturaga mos bo'lmagan ayrim sohalarni ham o'z ichiga oladi.

Arxitekturani inson amaliy faoliyatining boshqa turlaridan, shu jumladan, qurilishdan farqi shundaki, u foydalilik masalalaridan tashqari, muayyan tarixiy va ijtimoiy-ma'naviy muhit hamda davr ehtiyojlarini qondiruvchi mafkuraviy va badiiy estetik vazifalarni ham bajaradi. Insonlarning yashashi, ishlashi va dam olishiga mo'ljallanib tashkillashtirilgan makonni yoki muhitni shakllantirish arxitekturaning bosh vazifasidir.

Arxitekturaning vazifasiga ana shu muhitda insonlar uchun o'ziga xos qulaylik va shinamlik yaratishgina emas, balki insonning go'zallikka bo'lgan ehtiyojini qondirish, u yashayotgan jamiyat madaniy hayoti, xalqchil milliy an'analari va ilg'or estetik tuyg'ularini o'zida aks ettirish kabi vazifalar ham kiradi.

Arxitektorlarning ijodiy doirasi nihoyatda kengdir. Me'morchilikda avtobus bekati, do'kon, favvora kabi "kichik me'moriy shakllar" deb atalm ish jajji qurilmalardan tortib to yirik bino va maydonlar, butun shahar-qishloqlar va hatto undan katta yer joylar rejalashtiriladi.

Avtomobil yo'llari arxitekturasi hozirda rivojlanayotgan elementlardan biri. Ayniqsa avtomobil yo'llaridagi sun'iy inshootlarni loyihalashda va qurishda ko'plab rivojlangan davlatlarning bajayotgan ishlarida yaqqol ko'rishimiz mumkin. Sun'iy inshootlarni loyihalash va qurish yuqori san'at darajasiga olib chiqilmoqdaki, shahar yo'llari va ko'chalarining jozibadorligi ortib bormoqda. Bu esa o'z-o'zidan turizimning yana bir sohasini jadallik bilan rivojlanishi ta'minlamoqda. Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh), yevropa davlatlari, Arab davlarida loyihalanayotgan va qurilayotgan aholi turar joylari, zamonaviy ko'priklarda arxitekturaviy turizmni rivojlanishida o'z aksini topmoqda.

Avtomobil yo'llari arxitekturasida obyektlarning manzilini belgilash muhim jihatlardan biri bo'lib, bu jarayon transport oqimlarini tartibga solish, yo'lovchilar va haydovchilarning qulayligini ta'minlash hamda xavfsizlikni oshirishga qaratilgan.

Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahri hozirda turistlarni o'zining qurilish sohasidagi yutuqlari bilan boshqa davlat fuqorolarini jalb qilib kelmoqda.

1-rasm. O'zgacha shakldagi shaharcha. 2-rasm. Shaharning ramziy binolaridan biri.

Bu shaharcha va binolarning arxitekturasi insonlarni o'ziga estetik jihatdan jalb qiladi. Shu orada ularning joylashgan hududlari aniq bir manzilni bildiradi.

Landshaft arxitektura dekaratsiyalaridan kerakli manzillarni belgilashda foydalanish, manzilni topilishiga ko'makchi va u dekoratsiyalardan estetik zavq olish imkonini beradi.

1. Avtomobil yo'llari arxitekturasida obyektlarni joylashtirish tamoyillari.

Avtomobil yo'llari arxitekturasi asosan quyidagi omillarni hisobga olgan holda obyektlar manzilini belgilashni o'z ichiga oladi:

• Transport oqimi: asosiy yo'nalishlarda joylashgan obyektlar transport oqimini to'g'ri taqsimlashga yordam beradi. Bu orqali tirbandliklarning oldi olinadi va harakat xavfsizligi oshadi;

• Haydovchi va yo'lovchilar qulayligi: yo'l belgilarining aniq va oson tushunarli bo'lishi, shuningdek, dam olish joylari, yoqilg'i quyish shoxobchalari kabi xizmat obyektlarining joylashuvi haydovchilar qulayligi uchun muhim ahamiyatga ega;

• Atrof-muhit va ekologiya: obyektlarni joylashtirishda tabiiy landshaft va ekologik omillarni inobatga olish zarur. Bu tabiiy resurslarga zarar yetkazmaslik va ekologik muvozanatni saqlashga imkon beradi.

2. Obyektlarning joylashuvini belgilashda texnologiyalar.

Hozirgi kunda obyektlar manzilini belgilashda turli raqamli texnologiyalar va zamonaviy uslublardan keng foydalaniladi. Bu texnologiyalar nafaqat obyektlarni aniq joylashtirishni ta'minlaydi, balki jarayonni tez va samarali amalga oshirishga yordam beradi.

• Geografik axborot tizimlari (GIS): GIS texnologiyalari yo'l infratuzilmasida obyektlar joylashuvini aniqlashda va xaritalarni yaratishda muhim rol o'ynaydi. Ushbu tizimlar orqali har bir obyektning aniq manzili va geografik koordinatalari aniqlanadi;

• GPS (Global Positioning System): GPS yordamida har bir obyektning aniq geografik joylashuvi belgilab olinadi. Bu texnologiya orqali yo'lovchilar va haydovchilar obyektlarni oson topish imkoniyatiga ega bo'ladilar;

• Dronlar va masofaviy kuzatuv: dronlar orqali yuqori sifatli tasvirlarni olish va obyektlarning holatini masofadan kuzatish mumkin. Bu orqali obyektlarni joylashtirish bo'yicha tez va samarali qarorlar qabul qilinadi.

3. Obyektlar manzilini belgilashda zamonaviy yondashuvlar.

Avtomobil yo'llari arxitekturasida obyektlarni joylashtirishda zamonaviy yondashuvlar katta ahamiyatga ega. Bu yondashuvlar obyektlarning ergonomik joylashuvini ta'minlash va yo'l infratuzilmasining samaradorligini oshirishga qaratilgan.

• Ko'p funksiyali obyektlar yaratish: hozirgi kunda transport va xizmat obyektlari bir joyda birlashtirilgan ko'p funksiyali obyektlar yaratish tendensiyasi keng tarqalgan. Bunga savdo markazlari, dam olish zonalari, yoqilg'i quyish stansiyalari kiradi;

• Intellektual transport tizimlari (ITS): bu tizimlar transport vositalari harakatini kuzatish, tirbandliklarni oldini olish va transport oqimini optimallashtirishda yordam beradi. ITS yordamida obyektlar joylashuvini boshqarish ham yanada samarali bo'ladi;

• Smart yo'l belgilar va navigatsiya tizimlari: zamonaviy avtomobil yo'llarida o'rnatilgan aqlli yo'l belgilar va navigatsiya tizimlari obyektlarning aniq manzillarini ko'rsatib, haydovchilarga oson yo'l topishda yordam beradi.

Yurtimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar hududlarini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish doimiy bajariladigan vazifalardan hisoblanadi. Shaharga keluvchi ichki va tashqi turistlarning shahrimizdagi obyektlarni qiynalmay yoki osonroq qidirib topishi uchun arxitekturaviy dekaratsiyalardan samarali foydlansak turist ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarni topishda qiyinchiliklarga uchramaydi. Nafaqat ichki va tashqi turistlar, qolaversa o'zimizning anashu hududda yashovchi aholida ham ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarni manzilini topishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ayniqsa hojatxona, taxoratxona inson ehtiyojlarining eng asosiylari hisoblanadi. Shuning uchun ham umumiy holatdagi avtomobil yo'llarining landshaft arxitekturasidan ko'proq va samarali foydalanish, insonda tug'ilishi mumkin bo'lgan ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda muxim dasturi amal bo'lib hizmat qiladi.

Har bir obyektga mos va ta'lluqli elementlarni anashu obyekt joylashgan hududda tasvirlash, obyekt manzilini topish imkonini oshiradi. Ya'ni misol uchun institut, universitet, shifoxona, kutubxona kabi obyektlarni old hududlarida bekat loyihalarini yuqorida sanab o'tilgan

3-rasm. O'quv muassasalari (Oliy o'quv yurtlari, maktab, kutubxona) old hududida joylashgan bekat. Agarda turizm shaharlarda loyihalanoyotgan yo'llarni, yo'lga xizmat ko'rsatuvchi obyektlarni yuqoridagi takliflarimiz singari loyihalansa, shahar aholisi va shaharga keluvchi mehmonlar(turist) qidirayotgan manzillarini topishda qiyinchiliklarga duch kelmasliklariga

hizmat qiladi. Shaharga ilk marta kelayotgan insonlarda manzillariga yetib borish, qidirishdagi noqulayliklar oz bo'lsada o'z yechimini topadi.

Xulosa

Avtomobil yo'llari arxitekturasida obyektlarning manzilini belgilash transport infratuzilmasining samaradorligi va xavfsizligini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar yordamida obyektlar joylashuvini aniq belgilash va harakatlanish qulayligini ta'minlash mumkin. GIS, GPS va ITS kabi texnologiyalar bu jarayonda asosiy vositalar sifatida xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR

1. Mamajonov Murodjon, Makhmudov Sanjarbek, Axmedov Rahmonjon. Credo kompleks dasturida avtomobil yo'llarini avtomatlashgan loyihalash. uzacademia scientific-methodical journal republican number 3 on the subject Increasing the innovative activity of youth, improving the spirituality and achievements in science! collection of materials august 31, 2020 part 12 pages 39-41 //ISSN (E)-2181-1334.-2020.

2. Mahmudov S. T. REDUCTION OF CROPS ARE INCREASED BY INCREASING THE CONSTRUCTION OF ROADS //Экономика и социум.-2022.-№. 3-1 (94).-С. 68-73.

3. Mahmudov Sanjarbek Toxiijon o'g'li AVTOMOBIL YO'LLARINI QURISHDA ATROF-MUHITNI MUHOFAZALASH //Mehanika va tehnologiya. 2021-yil.

4. Tokhirjon o'g'li M. S. FORMATION AND REPAIR OF ROADS FORMATION OF ELECTRONIC BASE//YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 120-125.

5. Mahmudov S. AVTOMOBIL YO'LLARI CHORRAHALARIDA XAVFSIZ HARAKATNI TASHKIL ETISH: AVTOMOBIL YO 'LLARI CHORRAHALARIDA XAVFSIZ HARAKATNI TASHKIL ETISH. - 2023.

6. Мухаммаджонов А., Махмудов С. ОПРЕДЕЛЕНИЕ ЭЛАСТИЧНОСТИ И ТЕМПЕРАТУРЫ РАЗМЯГЧЕНИЯ МАСТИКИ, ПРИМЕНЯЕМОЙ НА АВТОМОБИЛЬНЫХ ДОРОГАХ //Экономика и социум. - 2022. - №. 11-1 (102). - С. 776780.

7. Mahmudov Sanjarbek Toxirjon, and O'G. A'Zamov Rahmatali Rohatali. "SHAHARLAR KO'CHA VA YO'LLARIDA YUZAGA KELAYOTGAN TIRBANDLIKLARNING SABABLARI VA ULARNI BARTARAF ETISHNING SAMARALI USULLARI." Строительство и образование 4.5-6 (2023): 321-325.

8. Махмудов, Санжарбек Тохирджон угли, Эргашев Мухаммадюсуф Mухаммадолим угли. "ПУТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ СИСТЕМЫ ПОДГОТОВКИ КОНКУРЕНТОСПОСОБНЫХ СПЕЦИАЛИСТОВ-ДОРОЖНИКОВ." Механика и технология 1.6 (2022): 187-194.

Mahmudov S., Tolliboyeva M. QUMLI HUDULARDA AVTOMOBIL YO 'LLARINI LOYIHALASHNING XUSUSIYATLARI: QUMLI HUDULARDA AVTOMOBIL YO 'LLARINI LOYIHALASHNING XUSUSIYATLARI. - 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.