Научная статья на тему 'ASALARI OILASINI QO‘SHIMCHA OZIQLANTIRISH'

ASALARI OILASINI QO‘SHIMCHA OZIQLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
646
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Asalari / ozuqa / yacheyka / titrasiklin / qiyom / zahira / harorat / oila kuchi / uya. / Bees / feed / cell / titracycline / death / reserve / temperature / family strength / hive.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Haydarov, Maqsudbek Abduvohidovich, Aminova, Shoira Furqat Qizi, Po‘latov, Sarvar Mustafoyevich, To‘raqulova, Shaxnoza Sarvar Qizi, Muxiddinova, Nozima Faxriddin Qizi

Asalarichilik sohasida asalarichidan bir qancha zarur va maxsus bo`lgan chora va tadbirlar talab etiladi. Bazi hollarda arilarda biron xil xastalik uchrasa ularning ozuqasi bo`lgan-qiyomga kerakli dorilar ham qo`shilishi mumkin. Umuman olganda 4 litr qiyomga 1 gramm titrasiklin qo`shiladi. Uyadagi asal hajmiga qarab qo`shiladigan dorilar ortib boradi yoki kamayadi. Shuningdek qo`shimcha oziqlantirish o`z ichiga 6 ta oyni qamrab oladi va ularning har birida ma`lum bir ajralib turuvchi xususiyatlar va o`zgarishlar hisobga olinadi. Oktyabr oyida asalarilar ko`chining og`irligi va nam havoda ularning oziqlanishi tekshirilsa, noyabr oyida esa oilaning kuchi baholanadi va uyalar qishga tayyorlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SUPPLEMENTARY FEEDING OF THE BEE FAMILY

In the field of beekeeping, a number of necessary and special measures and measures are required from the beekeeper. In some cases, if the bees have any kind of disease, the necessary medicines can be added to their food. In general, 1 gram of titracycline is added to 4 liters of broth. Depending on the volume of honey in the hive, the drugs added increase or decrease. Also, supplementary feeding covers 6 months, and each of them takes into account certain distinguishing features and changes. In October, the weight of the bee migration and their nutrition in wet weather are checked, and in November, the strength of the family is evaluated and the hives are prepared for the winter.

Текст научной работы на тему «ASALARI OILASINI QO‘SHIMCHA OZIQLANTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ASALARI OILASINI QO'SHIMCHA OZIQLANTIRISH

Haydarov Maqsudbek Abduvohidovich, Aminova Shoira Furqat qizi, Po'latov Sarvar Mustafoyevich, To'raqulova Shaxnoza Sarvar qizi, Muxiddinova Nozima Faxriddin qizi,

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

Asalarichilik sohasida asalarichidan bir qancha zarur va maxsus bolgan chora va tadbirlar talab etiladi. Bazi hollarda arilarda biron xil xastalik uchrasa ularning ozuqasi bolgan-qiyomga kerakli dorilar ham qo^shilishi mumkin. Umuman olganda 4 litr qiyomga 1 gramm titrasiklin qo^shiladi. Uyadagi asal hajmiga qarab qo^shiladigan dorilar ortib boradi yoki kamayadi. Shuningdek qo^shimcha oziqlantirish o^z ichiga 6 ta oyni qamrab oladi va ularning har birida malum bir ajralib turuvchi xususiyatlar va o^zgarishlar hisobga olinadi. Oktyabr oyida asalarilar ko^chining og^irligi va nam havoda ularning oziqlanishi tekshirilsa, noyabr oyida esa oilaning kuchi baholanadi va uyalar qishga tayyorlanadi.

Kalit so'zlar: Asalari, ozuqa, yacheyka, titrasiklin, qiyom, zahira, harorat, oila kuchi, uya.

В области пчеловодства от пчеловода требуется ряд необходимых и специальных мер и мероприятий. В некоторых случаях, при наличии у пчел каких-либо заболеваний, в их пищу можно добавлять необходимые лекарства. Обычно на 4 литра бульона добавляют 1 грамм титрациклина. В зависимости от объема меда в улье количество добавляемых препаратов увеличивается или уменьшается. Также прикорм охватывает 6 месяцев, и в каждом из них учитываются определенные особенности и изменения. В октябре проверяют массу миграции пчел и их питание в сырую погоду, а в ноябре оценивают силу семьи и готовят ульи к зиме.

Ключевые слова: Пчелы, корм, соты, титрациклин, гибель, резерв, температура, сила семьи, улей.

In the field of beekeeping, a number of necessary and special measures and measures are required from the beekeeper. In some cases, if the bees have any kind of

universiteti Toshkent filiali

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

disease, the necessary medicines can be added to their food. In general, 1 gram of titracycline is added to 4 liters of broth. Depending on the volume of honey in the hive, the drugs added increase or decrease. Also, supplementary feeding covers 6 months, and each of them takes into account certain distinguishing features and changes. In October, the weight of the bee migration and their nutrition in wet weather are checked, and in November, the strength of the family is evaluated and the hives are prepared for the winter.

Keywords: Bees, feed, cell, titracycline, death, reserve, temperature, family strength, hive.

Endi teng nisbatda shakar va toza qaynatilgan suvni aralashtirib, qiyom tayyorlash kerak. Turli kasalliklarning oldini olish uchun qiyomga tetratsiklin qo'shish tavsiya qilinadi, bunda 4 litr qiyomga 1 gramm tetratsiklin qo'shiladi. Uyada asal umuman bo'lmasa, bitta oilaga o'rtacha 12 litr shakar sharbati berish kerak bo'ladi. Zaruratga ko'ra, asalarilar biron xastalikka chalinsa, shakar sharbatiga boshqa dorilar ham qo'shilishi mumkin. Dorilarni asalarichilar jamiyatidan yoki vetdorixonalardan va yana internet orqali tajribali asalarichi ko'magida sotib olish mumkin. Shuni yodda tutish zarurki, qiyomga dorilar alohida solinadi, ularni aralashtirib berish mumkin emas.

Bu tarzda tayyorlangan shakar sharbatini kuniga 100-200 grammdan yoki kunora yarim litrdan berib turish zarur. Uglevodli ozuqa — shakar sharbatidan tashqari asalarilarga oqsilli ozuqa — o'simliklar gulchangi ham kerak. O'sib borayotgan nasllarni boqishda ular o'z oqsillarini ishlatadi. Gulchangi zaxirasini yaratish uchun asalarilar ularni yacheykalarga joylab, ustidan asal surtadi. Har bir asalarilar oilasida bir-ikkita pergali ramka bo'lishi zarur. Perga yetishmagan hollarda asalarichi sovuq va asalarilar ucha olmaydigan havoda asalarilar oilasiga perga o'rnini bosuvchi ozuqa berishi lozim. Bunday ozuqani tayyorlash uchun soya o'simligi unini kapron elakdan o'tkazing va biroz qovuring. So'ngra ikki qism shakar bir qism suv nisbatida qiyom tayyorlang, unda Xamirturush eriting. Xamirturush qiyom tayyorlash uchun olingan suv hajmidan ikki baravar kam bo'lishi kerak. Masalan, bir litr suvga ikki kg shakar va 0,5 Xamirturush lozim. Xamirturushli qiyomni qaynashga yaqin haroratgacha isiting, ammo qaynatmang, so'ngra sovuting. Sovugan qiyomga tayyorlab qo'yilgan soyali unni soling, bunda hosil bo'lgan xamir oqmasligi kerak. Tayyorlangan oqsilli ozuqani uyaga, ramkalarning ustiga qo'ying. Bunday ozuqaning 200-400 grammi bir haftaga yetadi.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Qo'shimcha oziqlantirishning birinchi oyi (oktyabr oyi). Asalarilar ko'chining og'irligi 7-8 kg bo'lishi mumkin, unda 50-60 mingta asalari bor, ularning ichida 2-3 kg asal bo'ladi. Yomg'irli havoda asalarilar asal zahirasi bilan 8 kun davomida oziqlanishi mumkin.

Oktyabr oyida asta-sekin asalarilarning hayotiy faolligi susayadi. Nasl miqdori asta-sekin kamayib boradi, ona asalari tez-tez tuxum qo'yishdan to'xtaydi. Ulardagi modda almashinuvi sekinlashadi, sovuq ob-havoga tayyorlana boshlaydi. Sovuq ob-havoni kutar ekan, ular butun quti teshiklarini propolis bilan to'ldira boshlaydi. Bu paytda davomli kuzgi yomg'ir boshlanmasdan, uyaga kapa qo'zg'atuvchi nasl va katta asalarilar kasalligi — varroatozga qarshi ishlov berish kerak. Buning uchun asalarichilar uyushmasidan maxsus vositalar sotib olish va ularni yo'riqnomaga muvofiq qo'llash kerak. Agar asalarilar boshqa biron kasallikdan aziyat cheksa, buni albatta hisobga olish va uyaga ishlov berish uchun vositalar tanlash kerak. Umuman, kuzda uch marta, zaruratga ko'ra ishlov beriladi. Shuningdek, asalarilarni sentyabr oyida bo'lgani kabi shifoli qiyom bilan boqish kerak.

Asalari qo'yadigan maydonchalar yaxshi joydan tanlanishi lozim, bog', mevazorlar bo'lsa, yanada yaxshi. Maydoncha toza va quruq katta suv havzalaridan hamda chorva mollari saqlanadigan molxonalardan uzoqroq bo'lishi kerak.

Qo'shimcha oziqlantirishning ikkinchi oyi (noyabr oyi). Ona asalari odamni hech qachon hatto unga zarar yetkazgan taqdirda ham chaqmaydi. Ammo raqibasini uchratar ekan, ayovsiz nish uradi.

Noyabr - asosiy kuzgi ko'rik vaqti, bunda oilaning kuchi baholanadi va uyalar qishga tayyorlanadi. Sentyabr va oktyabr oylarida asalarilar shakar sharbatini shifobaxsh asalga aylantirib bo'lishdi va bu ularga qishki ozuqa bo'lib xizmat qiladi. Har bir oilaga bunday asaldan 11 kilogrammdan kam qolmasligi, har bir ramkaning og'irligi esa 3-4 kilogrammdan kam bo'lmasligi kerak.

Shuningdek, har bir uyada asalli ramkalarning tashqi chetidan kamida ikkita gulchangli ramka qolishi kerak. Oila qishni yaxshi o'tkazishi uchun unda kamida to'rtta asalarili ramka bo'lishi lozim Asalarilar soni kamroq bo'lsa, oila kuchsiz hisoblanadi. Bunday oilaga yordam berish uchun unga boshqa ona asalarilardan bittasi o'ldiriladi. Endi ona asalarisiz qolgan oiladan barcha ortiqcha bo'sh ramkalar olib qo'yiladi va bitta asalli ramka qo'shiladi. 10-20 sm masofada oldindan ikkita to'siq qo'yilgan holda ikkinchi uyadan olingan ramkalar qo'yiladi. Ona asalarisi yo'q oila asta-sekin boshqa tomonga o'tib oladi va ikki kundan so'ng to'siqlarni olib tashlab, ramkalarni birlashtirish mumkin. Barcha uyalarni isitish, bo'sh ramkalarni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

olib qo'yish, to'siqlami ramkalar ortiga qo'yish kerak, bu asalarilarga sovqotmaslikka yordam beradi. Ozuqa qutilarini olib qo'yish kerak, ramkalar ustiga gazeta, so'ng mato va yostiq qo'yiladi. Barcha materiallar quruq bo'lishi lozim. Uya ko'zini 1-3 santimetrgacha qisqartirish kerak. Uyalarni yerdan 40 sm balandlikda o'rnatib, qopqoq ustidan plyonka yoki qoraqog'oz yopish kerak, toki ichiga suv tushmasin. Shuni yodda tutish zarurki, zaxlik asalarilar uchun hatto sovuq haroratlardan ham xavflidir.

Qo'shimcha oziqlantirishning uchinchi oyi (dekabr oyi). Asalarilar yacheykasi - tabiatdagi idishning eng oqilona geometrik shakli, uni qurishga eng kam miqdorda material talab qilinadi (100 ta asalari yacheykasiga — 1,3 g mum), konstruktiv mustahkamligi va sig'imiga ko'ra, yacheykaga teng keladigani yo'q.

Sovuq tushishi bilan asalarilar o'zlariga maqbul haroratni saqlash tashvishiga tushadi. Bu paytda siz asbob-uskunalaringizni tartibga solishingiz, eski sushni eritishingiz, kelgusi bahorga ehtiyot uyalarni hozirlab qo'yishingiz mumkin. Tez-tez ko'rik o'tkazish orqali asalarilarni tashvishlantirmaslik kerak, buning o'rniga uyaning ko'ziga shlang tiqish orqali ularni tinglab ko'rish mumkin. Uyaning devoriga chertib, tinglab ko'ring. Baland g'ovur-g'uvur eshitilib, darhol tinsa, demak hammasi joyida. Agarda quruq, chirsillaydigan ovoz eshitilsa, demak uyada ozuqa yetishmaydi. Ozuqa yetishmaganda asalarilarga iliq asal yoki qiyom berish kerak. Shuni yodda tutingki, tekshirish yo qiyom berishni zaruratsiz yo juda sovuq havoda qilmang.

Agarda dekabr oyining o'rtalarida havo harorati 15°S dan oshsa, ko'rik o'tkazish mumkin. Shu bilan birga oilaga varroatozga qarshi dorilar, masalan, bipin bilan ishlov berish mumkin. Ko'rik paytida mumkatakdagi asalga alohida e'tibor qaratish kerak. Uning kristallanishiga yo'l qo'ymaslik kerak, chunki bunda asalarilar ovqatlanishga qiynaladi. Agarda asal kristallangan bo'lsa, asalarilarga qo'shimcha ozuqa berish shart.

Qo'shimcha oziqlantirishning to'rtinchi oyi (yanvar oyi). Asalarilarning dushmani va tekinxo'rlari ko'p bo'ladi, shu sababli uyaga kirish joyi soqchilar tomonidan ishonchli qo'riqlanadi. Ular har qanday paytda chaqirilmagan mehmonga tashlanishga shay turadi. O'zga uyaga birorta begona ari kira olmaydi. Har bir uyaning o'z hidi bo'ladi va u odamga bilinmaydi. Asalari bu hidni tanasining alohida chuqurchasida saqlaydi. Uyaga yaqin uchib kelar ekan, asalari "siri" ni ochadi va soqchilarga uni ruxsatnoma sifatida ko'rsatadi.

Odatda, yanvar yilning eng sovuq oyi hisoblanadi. Bu paytda asalarilar mudroq holatda bo'ladi. Shuni bilish zarurki, bu holatda asalari uyaning tubiga tushib qolsa, yuqoriga chiqa olmaydi va sovuqdan nobud bo'ladi. Zaruratga ko'ra, uyaning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tomidagi qorni sidirib turing, yostiq va xolst uyadan chiqib qolmasligini nazoratga oling, aks holda ular nam tortishi mumkin va namdan asalarilar o'ladi. Qorni tozalashda uyani qimirlatmaslikka harakat qiling, toki asalarilar pastga tushib ketmasin. Uyaning ko'zi oldida o'lik asalarilarni ko'rsangiz, ularni yig'ib oling va albatta yoqib yuboring, chunki ular infektsiyadan o'lgan bo'lishi mumkin va uya oldida qoldirilsa, uning tarqalishiga sababchi bo'ladi.

Qo'shimcha oziqlantirishning beshinchi oyi (fevral oyi). Asalarilar qizil rangni farqlay olmaydi. Uni to'q kulrang yoki qora rang sifatida ko'radi. Ammo inson ko'ra olmaydigan ultrabinafsha nurlarni ko'radi. Asalarilar sariq rangni nihoyatda yaxshi ko'radi: uni uzoqdan ko'rishi mumkin.

Fevral oyida ob-havo o'zgaruvchan bo'ladi. Agarda ob-havo iliq bo'lsa, bu paytda birinchi bahor ekinlari gullay boshlaydi va asalarilar gul shirasi va changini yig'ishga kirishadi. Iliq havoda asalarilarni ko'rikdan o'tkazishni boshlash mumkin, ammo havo sovuq bo'lsa, faqat eshitish bilan chegaralaning. Zaruratga ko'ra, asalarilar ozuqasi kamaysa yoki asal qotib qolsa, ularga qo'shimcha ozuqa bering.

Qo'shimcha ozuqaning yana bir turi — asalli shakarli xamir. Uni tayyorlash uchun bir qism suyuq asal va to'rt qism shakar kukunini oling. Asalni 40 darajagacha isiting va kukun bilan aralashtiring. Hosil bo'lgan xamirdan kulcha yasang va uyalarga, ramkalarning ustiga qo'ying.

Qo'shimcha oziqlantirishning oltinchi oyi (mart oyi). Agarda asalari yaqin masofada ozuqa manbasini topsa, u «doira» raqsini ijro etadi. «Likillovchi» raqs bilan asalari uzoqroq masofadagi asal yoki gulchang manbasidan xabar beradi.

Hududga bog'liq ravishda fevral-mart oylarida asalarilar qish uyqusidan uyg'ona boshlaydi. Yaxshi ob-havoda ular uyadan uchib chiqib, gul shirasi va changini yig'ishga kirishadi. Ammo, hali ob-havo barqaror emas, tabiatdan olingan ozuqa asalarilarga yetishmasligi mumkin. Shu sababli ularga qo'shimcha ozuqa berish kerak. Havo iliy boshlasa va havo 15 °C dan pasaymasa, asosiy bahorgi taftishni o'tkazing.

Dastlab asalarilar qishdan qanday chiqqanligini, oilalar kuchini va oilada ona asalari borligini tekshiring. 5 va undan ko'p ramkalar to'liq arilar bilan qoplangan bo'lsa, oila kuchli, 4 ramka bo'lsa, o'rtacha hisoblanadi. Agarda bunday ramkalar 4 tadan kam bo'lsa, oila kuchsiz. Yacheykalarni ko'zdan kechiring, lichinkalari bormi? Bor bo'lsa, hammasi joyida va ona asalari ham bor. Agar ona asalari bo'lmasa, unga boshqa oiladan yetilgan ona asalari uyasini qo'yish kerak. Ko'rik paytida asalarili ramkalarni yangi toza uyaga qo'ying va shuncha ramka qoldiringki, toki asalarilar

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ularni to'liq qoplasin. Eski uyalarni tozalang, sovunli suv bilan yuving, quriting va kavsharlash lampasi bilan kuydiring.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, "O'zbekiston" NMIU, 2017. - 56 b.

2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. "O'zbekiston" NMIU, 2017. - 47 b.

3. Qahramonov B.A., Isamuhammedov A.I., Ballasov U.Sh., Isamuhammedov S.Sh., To'rayev O.S. «Asalarichilik» O'quv qo'llanma. MChJ nashriyoti. Toshkent -2012 y.

4. Isamuhammedov A.I., Nikadambayev H.K. «Asalarichilikni rivojlantirish asoslari» o'quv qo'llanma. Sharq nashriyoti, Toshkent 2013

5. Aberqulov M.N., Amanturdiyev G'.B. "Hayvonlar genetikasi" o'quv qo'llanma. Toshkent. 2012.

6. http://www.gov.uz - O'zbekiston Respublikasi hukumati portali.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.