Научная статья на тему 'ART MENEJMENTNI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLARNING AHAMIYATI'

ART MENEJMENTNI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1769
148
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
art menejment / madaniyat / bozor iqtisodiyoti / ehtiyoj / menejer / muassasa / ishlab chiqarish / tijorat

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Azizbek Sirojiddinovich Xushvaqtov, Mо‘minmirzo Zokir О‘gʻli Xolmо‘minov

Maqolada art menejmentning san’at va madaniyat sohasidagi ahamiyati haqida soʻz yuritilgan. О‘zbekiston art menejmentining bozor iqtisodiyoti rivojidagi oʻrni va vazifasi haqida fikr-mulohaza yuritilib, Oʻzbekistonda art menejmentini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar boʻyicha taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ART MENEJMENTNI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLARNING AHAMIYATI»

ART MENEJMENTNI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLARNING AHAMIYATI

Azizbek Sirojiddinovich Xushvaqtov Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Maqolada art menejmentning san'at va madaniyat sohasidagi ahamiyati haqida so'z yuritilgan. O'zbekiston art menejmentining bozor iqtisodiyoti rivojidagi o'rni va vazifasi haqida fikr-mulohaza yuritilib, O'zbekistonda art menejmentini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar bo'yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: art menejment, madaniyat, bozor iqtisodiyoti, ehtiyoj, menejer, muassasa, ishlab chiqarish, tijorat.

THE IMPORTANCE OF MODERN APPROACHES IN THE DEVELOPMENT OF ART MANAGEMENT

Azizbek Sirojiddinovich Khushvaqtov Muminmirzo Zokirovich Kholmuminov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article discusses the importance of art management in the field of art and culture. The role and role of art management in the development of a market economy in Uzbekistan were discussed, as well as suggestions and recommendations on modern approaches to the development of art management in Uzbekistan.

Keywords: art management, culture, market economy, need, manager, institution, production, trade.

San'atda menejmentni "madaniy ehtiyoj" atamasi bilan bog'lashadi. Insonning har qanday ijodiy faoliyatining ijobiy motivatsiyasi, ya'ni biror narsaning yetishmovchiligini bartaraf etishga qaratilgan zaruriyat his tuyg'usining shakllanishi natijasidir. Madaniy ehtiyojlar insonni boshqa tirik mavjudotlardan ajratuvchi omillardan biri hisoblanadi. Ular yordamida inson shaxs sifatida jamiyatda ajralib turadi va kamol topadi. G'oya ham o'qish, izlanish va ko'nikmaning rivojlanishi orqali kreativlik tusini oladi.

San'at estetik ehtiyojni qondiruvchi vositadir. Estetik ehtiyoj tomoshabinning madaniy hordiq olishiga, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishiga intilishidir. Kundalik hayotda go'zallikka bo'lgan ehtiyoj insonning yashash muhiti (xonadoni, ish joyi) va

o'zini bezatishi kabi harakatlar odamzodning azaldan san'at oshiftasi bo'lib kelganidan darak beradi.

Ijodiy jarayon va madaniy boyliklarni yaratish, hamda jamiyat madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ijodiy g'oyalarni amalga oshirish, tomoshabinga kreativ g'oya asosida tashkil etilgan asarlarni taqdim etishda san'at menejmentining o'rni juda katta.

San 'at menejmenti - bu zamonaviy menejment va san'atshunoslikning tarkibiy qismi hisoblanib, madaniy va ijodiy jarayon uchun sharoit yaratuvchi tizim sifatida san'atni idrok etishdan kelib chiqadi va jamiyatning madaniy hayot darajasini oshirish maqsadida insonlarning madaniyat va san'at sohasidagi mehnat natijalari bilan muvofiqlashtirishga qaratilgan faoliyat sifatida nazarda tutiladi [1: 11].

San'at menejmentining negizini zamonaviy menejment tashkil qiladi. Boshqa sohalardagi kabi san'at sohasining boshqaruvida ham menejmentning rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish (liderlik) va nazorat qilish funksiyalari qo'llaniladi, ushbu soha menejerlari ko'plab monand vazifalarni bajarishda barcha boshqaruv ko'nikmalardan foydalanadilar. San'at menejmentining mohiyatini anglashda avvalo menejmentning nazariy asoslarini o'zlashtirish talab qilinadi.

Menejment - bu bozor iqtisodiyoti sharoitida aniq korxona va tashkilotlarni boshqarishdir. Boshqarish ko'proq keng ma'noda qo'llaniladi.

Menejment - bu tashkiliy resurslarni rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish va nazorat qilish orqali tashkilot (ya'ni korxona, muassasa, firma, jamiyat va h.k.) maqsadlariga samarali va unumli erishishdir [2: 139].

Menejment fani - bu boshqaruvchiga tanlovni to'g'ri amalga oshirishni va ishchan qarorni qabul qilishni o'rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo'g'inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda bu fan quyidagilarni o'rganadi:

■ boshqarish nazariyasi va amaliyoti;

■ boshqarish obyekti va subyekti;

■ boshqarish tamoyillari va usullari;

■ boshqarish madaniyati;

■ menejer va uning fazilatlari;

■ menejer reytingi;

■ boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;

■ boshqarish funksiyalari;

■ xodimlarni boshqarish;

■ ishlab chiqarishni boshqarish;

■ samaradorlikni boshqarish;

■ o'z-o'zini boshqarish;

■ hududiy boshqarish va hokazolar.

Ko'rib turibmizki, bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti orasidagi o'zaro munosabat bo'lib, uning asosiy vazifasi o'quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san'ati sirlarini o'rgatishdan iborat.

Fanni o'qitish talabalarda boshqarish muammolariga nisbatan qiziqishni uyg'otish, amaliy va ijodiy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug'dirishdan iborat. Chunki, hozir boshqarish asoslarini o'rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik va o'rta, katta jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar iqtisodiy, sotsial, tashkiliy - texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo'yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da'vat etilgan mutaxassislar bo'lib etishadilar [3: 267].

Ijodiy jarayon va madaniy boyliklarni ishlab chiqarish hamda ularni jamiyatda idrok etishni targ'ib etish uchun sharoit yaratish san'at menejeri faoliyatining asosi hisoblanadi.

Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko'rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer - bu yollanma boshqaruvchi bo'lib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub bo'ladi.

Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga ega bo'lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma'muriy boshqaruvchilar menejerlar deb yuritiladi [4: 99].

San'at menejerining faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

- ijodiy jarayonni (g'oyalar beruvchi, ssenariy yozuvchi va h.k.) tashkil etuvchi tadbirkor menejeri;

- badiiy asarlarni yaratishni tashkil etuvchi menejer tashkilotchi;

- madaniy mahsulotlar tarqatishni tashkil etuvchi va vositachilik xizmatlarini ko'rsatuvchi savdo bo'yicha menejer (ko'rgazmalar, gastrollar, kitob, disk, ijod mahsulotining savdosi)

- madaniyat va san'atni ommalashtirishni tashkil etuvchi, madaniy jarayonni jamiyat tomonidan qabul qilishga yordam beruvchi marketing sohasi bo'yicha menejer (axborot, reklama);

- madaniy boyliklarni tiklash, ularni asrash va ommaga taqdim etish dasturi bo'yicha menejer.

Bugungi kun menejeri axborot va kommunikatsiya harakatini an'anaviy vertikal aloqada emas, balki gorizontal yo'nalishda ta'minlamoqda. Bu esa o'z navbatida tashqi muhit o'zgarishlariga tashkilotning javoban harakatini tezlashtiradi. Iyerarxiyaning gorizontal yo'nalishida faoliyat yurituvchi loyiha menejerlari, funksional va bosh menejerlar zamonaviy biznesning talabiga aylanmoqda.

San'at menejmentida ham erkak va ayol menejerlar faoliyat ko'rsatadi. Ularning qobiliyatlari va bajaradigan vazifalarini o'rganish jarayonlari bir qator olim va

olimalar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ulardan biri tadqiqotchi olima F.Denmark katta hajmdagi tadqiqotlari asosida shunday xulosaga keldiki, boshqaruv sohalarida muvaffaqiyatga erishishda sezilarli jinsiy tafovutlar kuzatilmas ekan. Ayol va erkak menejerlarning boshqaruv faoliyatidagi farq shundan iborat ekanki, ayollar jamoadagi insoniy munosabatlarga ko'proq e'tibor beradilar. Erkak va ayol menejerlarga xos jinsiy psixologik farqning bo'lishi tabiiy, lekin jamoa oldida turgan vazifani bajarish, ko'zlangan maqsadga erishish borasida jinsiy tafovut kuzatilmaydi [5: 16-17-b.].

San'at menejmentning iqtisodiy vazifalariga esa quyidagilar kiradi:

• bozor iqtisodiyotining madaniy siyosatidan kelib chiquvchi madaniy hayot tizimi (modeli)ni vujudga keltirish;

• madaniyat taraqqiyotini rejalashtirish;

• san'at sohasidagi tarmoq tizimlarini yaratish;

• san'at sohasidagi tashkilotlar faoliyatining samaradorligini doimiy nazorat etish;

• xodimlar faoliyatini rag'batlantirish;

• yangi san'at bozorlarini izlash va egallash;

• san'at sohasida xalqaro hamkorlik shakl va modellarini yaratish.

Zamonaviy menejment tarkibiy qismi sifatida san'at menejmenti o'z oldiga

quyidagi vazifalarni qo'yadi:

■ san'at tashkilotining rivojlantirish maqsadlarini aniqlash;

■ uning strategiyasini ishlab chiqish;

■ muammolarni yechish uchun tadbirlar tizimini ishlab chiqish;

■ vazifalarning bajarilishini nazorat qilish.

Bugungi kunda san'at menejmenti madaniy qadriyatlarni tanlash, saqlash, ishlab chiqarish va tarqatish jarayonlari bilan bog'liq bo'lgan funksional faoliyat turlaridan biri sifatida qaraladi. San'at menejmenti, shuningdek, madaniy xizmatlar bozori mahsulotini ishlab chiqarishni boshqarish jarayoni bo'lib, u ushbu ishlab chiqarishda ishtirok etadigan odamlarni tashkil etish orqali boshqaruvning barcha tarkibiy elementlarini (rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya, nazorat) o'z ichiga oladi. Aytishimiz mumkinki, san'at menejmenti klassik menejmentga xos bo'lgan boshqaruv uslublari yig'indisi va umuman badiiy mahsulotlarni yaratish va tarqatish jarayonini o'z ichiga olgan san'at sohasidagi boshqaruv faoliyatining alohida turidir [6: 93].

Yurtimizda madaniyat va san'at sohasi muhtaram Prezidentimiz ilgari surayotgan Taraqqiyot strategiyasida boshqaruv mexanizmlarini nazariy umumlashtirish va ilmiy tahlil qilishni taqozo etayotganligini inobatga oladigan bo'lsak, san'at menejmentning o'rni va ahamiyatini o'rganish dolzarb bo'lib qoladi. Bu shuni anglatadiki, ijtimoiy-madaniy faoliyatda professional, to'g'ri boshqaruv va

tartibga solinmasdan hech qanday tarzda muvaffaqiyatli rivojlana olmaydi, bu esa madaniyat va san'at oliygohlarida talabalar tayyorlashning yangi usullarini va eng samarali o'qitish texnologiyalarini ishlab chiqishni talab qiladi.

Rossiyalik tadqiqotchi G.N.Novikova ta'kidlaganidek: bugungi kunda san'at menejmenti madaniyat va san'at sohasidagi tijorat faoliyatining eng dolzarb yo'nalishlaridan biridir [7: 13].

Ishlab chiqarishda uning samarasini texnika va texnologiya, unumdorlik va rentabellik aniqlasada, san'atda tashkilot faoliyati mohiyatinining har bir xodimining ijodiy qobiliyati, iste'dodi va g'oyalari tashkil qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, notijorat tashkilotlarda personalni boshqarish ishlab chiqarish jarayoni boshqaruvidan ahamiyatlidir. San'at muassasida personalni boshqarish san'at mahsulotining sifati va tarqatish masshtabini aniqlaydi.

Muassasa rahbari resurslardan oqilona foydalanish masalasi yechimining eng optimal variantini qabul qilishi lozim. Mehnat resurslari muassasaning eng muhim resursi bo'lib, uni ijodkor xodimlar tashkil qiladi. Ularni boshqarishda motivatsiya alohida ahamiyatga ega.

Xodimlarni tanlash va ishga qabul qilish jarayoni san'at muassasasida boshqa tashkilotlarga qaraganda murakkabroq kechadi, chunki buning uchun ma'lum obyektiv o'lchovlar mavjud emas. San'at muassasasida ishga qabul qilish tanlov asosida yoki mehnat bozorida monitoring bilan shug'ullanuvchi maxsus bo'limlar orqali amalga oshirilishi mumkin.

Ishga qabul qilingan xodimni muassasa foaliyati konsepsiyasiga va mehnat usuliga ko'niktirish bu rahbarning keyingi vazifasidir. Opera teatri yoki muzey kabi yirik kompleksli muassasa haqida gap borsa, bu vazifa ancha murakkab bo'lishi mumkin, chunki misol uchun shuhratparaslik kabi nozik masalalar e'tiborga olinishi kerak. Har bir xodimning maksimal darajada o'z qobliyatini namoyon eta olish uchun sharoitlar yaratib berish va shu bilan birga mehnatga motivlashtirishning eng yuqori pog'onasiga erishish ham personal boshqaruvning muhim vazifalaridan biridir.

Art menejment motivatsion muammolarga ancha sezgir bo'lib kadrlarning bazaviy joylashtirish motivatsiyaga to'g'ridan to'g'ri ta'sir etadi. Bu esa natijada ijodiy jarayon samarodorligini aniqlaydi, shuning uchun motivatsion jarayoninini dasturlash murakkab va strategik jihatdan muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Yaponiyalik tadqiqotchi T. Kono ma'lumotiga ko'ra, oddiy yapon menejeri, albatta, muhandislik mutaxassisligi yoki ijtimoiy fanlar bo'yicha universitet diplomiga ega bo'lishi shart. Ko'p hollarda menejerlar ikki mutaxassislik diplomiga ega bo'lsa, bir qator yetakchi biznesmenlar va yirik rahbarlarning biografik tahlili ularning yuqori ma'lumotga ega ekanliklaridan dalolat beradi [8: 17].

San'at sohasidagi menejment mutaxassislaridan biri Djilian Xenberi Pul menejerlarga quyidagi yo'l-yo'riqlarni bergan: "Tashkilotda kerakli ma'naviy muhit

yaratish uchun bir qator yo'lar mavjud. Mening fikrimcha, xodimlarni xonasiga chaqirib olish eng no'maqul yo'llardan biri. Men esa menejerga boshqarayotgan muassasasi bo'ylab aylanib chiqishini tavsiya etaman. Kabinetingizdan chiqing va sizning xodimlaringiz "nima bilan nafas olayotganini" his qilishga harakat qiling. Agarda siz kirib kelishingiz bilan xodimlaringiz gaplashishini to'xtatsa, bunda nima uchun bunday bo'lishini aniqlashingiz kerakdir. Kimdir tushkin kayfiyatda bo'lsachi, bir daqiqaga uning yoniga o'tiring. Agarda yerda qog'oz yotgan bo'lsa boshqalarga o'rnak bo'lib uni ko'taring [9: 34-35-b.].

San'at menejerlari zamonaviy san'at asarlari narxlarini shakllantirishda boror sharoitlarini o'rganish kuchli darajada talab etiladi.

Zamonaviy san'at asarlarining narxini nafaqat iqtisodiy nuqtai nazardan ko'rib chiqish kerak, chunki biz estetik qiymatga ega bo'lgan ob'ektlarning narxlari haqida gaplashamiz. Taxminan aytganda, narx ma'lum ma'noga ega. Barcha bozorlar (shu jumladan zamonaviy san'at bozori) bir xil ishlaydi: ularni madaniy voqelikdan alohida mavjud bo'lmagan narxlar boshqaradi. Narxlar ishlarni sotadigan tashkilot turiga bog'liq.

Galereyalar va auktsion uylari narxlarni belgilashda boshqacha yondashuvni qo'llaydilar. Agar ilgari san'at sohasida savdo-sotiq qilingan bo'lsa, ikkinchisi tovarlarni sotadi. Galereya egalari zamonaviy san'atni targ'ib qilishda o'z vazifalarini bajaradilar va auktsion uylaridagi hamkasblarni "parazitlar" deb bilishadi. San'at asarlari savdosining 56% galereyalarga to'g'ri keladi.

Narxlarni o'z-o'zidan o'rnatish mumkin emas. Katta formatdagi ish kichik ishdan ko'ra ko'proq xarajat qiladi, rasm chizish esa rasm va shunga o'xshashlardan ko'proq xarajatlarni talab qiladi. Biroq, ishning narxi nafaqat uning texnik xususiyatlariga bog'liq. Bunday texnik bo'lmagan jihatlarni tushunish uchun narxni tahlil qilish kerak, bu o'z-o'zidan san'atdir. San'at asarlari sotuvchilari turli xil narxlar sxemalariga tayanadilar, ular "biron bir qarorga kelishga yordam beradigan kognitiv ko'rsatmalar kabi ishlaydi". Badiiy asar narxini belgilashda turli savdogarlarning narxlarni belgilash yondashuvlari ishning texnik va birinchi navbatda texnik bo'lmagan xususiyatlariga qarab doimiy ravishda ko'rib chiqiladi.

Bugungi kunda rassomlar, dilerlar va kollektorlar uchun san'at asarining narxini aniqlash qiyinroq. Zamonaviy san'at bozorining globallashuvi yangi hodisa emas, ammo bu hali ham narxlar atrofida yuzaga kelgan noaniqlikni izohlaydigan asosiy omil. Yarmarka misolida Hindiston san'at yarmarkasi taniqli hind rassomlarining asarlari AQSh va Buyuk Britaniyada Hindistonga qaraganda yaxshiroq sotilganligini ko'rish mumkin.

Rivojlangan davlatlarda bo'lgani kabi O'zbekstonda ham san'at menejerlari faoliyat ko'rsatadigan markaz mavjudir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish

chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 26-avgustdagi PQ-3920-son qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, madaniyat va san'atni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jahon madaniy sahnasida mamlakatning ijobiy imijini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 6-martda "Toshkent shahrida Zamonaviy san'at markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 131-sonli qarori qabul qilingan.

Unga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Zamonaviy san'at markazi tashkil etildi. Zamonaviy san'at markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:

- zamonaviy san'at sohasida ijodkorlar bilan ommaviy muloqotni yo'lga qo'yish;

- tasviriy va amaliy san'atning barcha turlari vakillarini professional ravishda birlashtirishga yo'naltirilgan zamonaviy san'atni innovatsion va texnologik rivojlantirishda uzoq muddatli tashabbuslarning fanlararo o'zaro platformasi yaratilishini ta'minlash;

- O'zbekistonda madaniyat va san'atning rivojini qo'llab-quvvatlaydigan yosh san'at namoyandalari va pedagoglari hamjamiyatini tashkil etish va uning faoliyatiga ko'maklashish;

- O'zbekiston san'ati tarixi va tadqiqot tashabbuslari bo'yicha ixtisoslashtirilgan kutubxonalar hamda bosma, foto, video va audio materiallar arxivini yaratish va boshqarish;

- zamonaviy san'at sohasida ta'lim tashabbuslarini amalga oshirish bo'yicha platformani yaratish va boshqarish;

- zamonaviy madaniyat va san'at sohasida spektakllar, perfomanslar, kino namoyishlari, audio-vizual loyihalarni amalga oshirish laboratoriyasini tashkil etish va boshqarish [10: 414-b.].

Ta'kidlash joizki, hozirgi kunda jahon ta'lim va art bozor makoniga qo'shilish sharoitida madaniyat va san'at sohasidagi bo'lajak mutaxassislarni badiiy boshqarish texnologiyalari asosida tayyorlash muammosi eng dolzarb masalalardan biridir. Ushbu bog'liqlik natijasida badiiy menejmentning asosiy vazifasi ijtimoiy-madaniy profildagi ta'lim muassasalarining faoliyati va rivojlanishi muammolarini hal qiladigan texnologiyalar va usullarni qo'llashning nazariy ahamiyati va amaliyotini oshirish zarur.

Art menejment san'at va madaniyatning maxsus tizimi sifatida markaziy o'rinni egallaydi, chunki u insonning ijodiy va moddiy faoliyati mahsullari bilan bevosita bog'liq bo'lib, ularga nisbatan mustaqil ma'noga ega bo'lgan estetik va ma'naviy mazmunni kiritadi, lekin pirovard natijada funktsional va ma'noga bo'ysunadi. narsaning konstruktiv, amaliy maqsadi.

San'at sohasidagi art menejment sohasida kadrlar tayyorlash tizimini samarali boshqarish va tartibga solish vositasi sifatida qaraladi, chunki u badiiy qadriyatlarni yaratish va targ'ib qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda texnologik vositaga aylanishi kerak.

Kasbiy san'at menejmentining asosini tashkilot (teatr, filarmoniya, ishlab chiqarish markazi va boshqalar) tashkil qiladi, uning samaradorligi to'g'ri topilgan modelga, shuningdek, menejerning shaxsiyati va kasbiy tayyorgarligiga bog'liq. San'at biznesining har bir yo'nalishi o'z boshqaruv modellariga va uning samaradorligi mezonlariga ega. Madaniy tadbirkorlik ham bundan mustasno emas. Ushbu sohada tashkilot faoliyatini boshqarish jarayonlarining samaradorligi ko'rsatkichlari mavjud.

Binobarin, badiiy menejmentning maqsadlari quyidagilardan iborat: san'at sohasidagi sub'ektlarning individual madaniy faoliyatini va ijtimoiy-madaniy faoliyatini tartibga solish, san'at sohasidagi jarayonlarni boshqarish, badiiy va badiiy va ijodiy jarayonlarni modellashtirish, ularning madaniy ekspertizasi, ijtimoiy-madaniy dizayn va ijtimoiy amaliyotning turli sohalarida tegishli texnologiyani tanlash.

Bugungi kunda har kuni amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning aksariyati Nyu-York, London, Chikago va Gonkong kabi jahon san'atining yirik poytaxtlarida amalga oshiriladi. Mahalliy darajada emas, balki "global shaharlar" o'rtasida yaqinroq aloqa mavjud. Xuddi shu narsa zamonaviy san'at bozorida sodir bo'ladi, unda xalqaro darajadagi galereyalar etakchi o'rinni egallaydi: Gagosian galereyasi (Dunyo bo'ylab 16 galereya) Pace galereyasi (10), Hauser va Wirth galereyasi (6), Perrotin galereyasi (6), Zvirner galereyasi (4) plyus xalqaro ko'rgazmalar), Marian Goodman galereyasi (3), Blum & Poe galereyasi (3) va Fergus Makkaffri galereyasi (2) shuningdek, xalqaro ko'rgazmalar v.b.

Eng yirik zamonaviy rassomlar o'z asarlarini sotishga ishonishadi: ular orasida Takashi Murakami, Richard Serra, Yayoi Kusama, Metyu Barni, Urs Fisher, Sofi Kull, Damian Xirst, Gregori Krudson, Sindi Sherman, Andreas Gurskiy, Gerhard Richter, Jeff Kouns, Pol MakKarti. va Olafur Eliassonlar art menejment olamida yirik tajribaga egadir.

Bugungi kunda xalqaro miqyosdagi ushbu galereyalar savdogar va kollektor o'rtasidagi munosabatlar tizimini rivojlantirmoqda. Rivojlanayotgan manbalar va ma'muriy moslashuvchanlik ularga yangi tendentsiyalarga tezda javob qaytarish va muzeylar va shaxsiy kolleksiyalardan ishlarni jalb qilishga imkon beradi. Muzey ob'ektlari ekspozitsiyasi ushbu san'at galereyalari va rassomlarning o'zlarini yaratadi, ular galereyalarni ommalashtirish uchun yanada obro'li va ahamiyatlidir. Shu sababli, galereyalar taniqli san'atshunoslar va muzey xodimlarining tajribalarida o'z hududlarida ko'rgazmalar tashkil qilish uchun murojaat qilishadi. Galereya

resurslari ko'payishi bilan ular endi faqat birlamchi bozorda sotuvdan qoniqmaydilar - shuning uchun galereyalar, odatda, kim oshdi savdosi uylarining huquqi bo'lgan ikkilamchi bozorda juda faol harakat qila boshlaydilar.

Bugungi kunda zamonaviy san'at bozorida eng katta savdogarlar o'rtasidagi raqobat mahalliy emas, balki xalqaro miqyosda. Ushbu bozorda muhim o'rinni egallash uchun, yosh galereya egalari doimiy bo'sh joylardan foydalanishni rad etishga qaror qilishadi. Ko'p yillar davomida ko'chmanchi ko'rgazmalar tashkil etgan Vito Shnabel, Sankt-Morits shahrida (Shveytsariya) galereya ishi uchun g'ayrioddiy joy ochdi. Andy Valmorbid va Vladimir Restaun Reutfeld an'anaviy galereya maydonisiz ham shug'ullanadilar. Ular sotuvga qo'yishga qaror qilgan asarlarni ko'rgazma uchun dunyo bo'ylab binolarni ijaraga olishadi. Bundan tashqari, ba'zi mehmonxonalar o'zlarini ko'rgazma maydonchalari - galereyalarga alternativa sifatida ko'rsatishadi. Galereyalar yoki muzeylar uslubida o'z foyesini yoki xonalarini ko'rgazma maydonchalariga aylantiradigan xizmatlarni taklif qiladi.

Galereyalar duch kelishi mumkin bo'lgan eng yoqimsiz ajablantiradigan narsa bu zamonaviy yirik rassomlarning o'zlarining shaxsiy ko'rgazmalari va shaxsiy to'plamlarini namoyish etadigan shaxsiy ko'rgazma maydonlarini ochish to'g'risidagi qaroridir. Damian Xirst bu jarayonni allaqachon boshlagan: 2015 yilda u galereya ochgan Newport ko'cha galereyasi (bu "Damian Hirst Galereya" deb ham ataladi) Lambertda, Londonning tez o'sib boradigan hududida.

Umuman olganda, fazoni kengaytirish nuqtai nazaridan gallereyalarning rivojlanishi dunyoda eng chuqur o'zgarishlar ro'y berayotganligini ko'rsatmoqda.

Yirik muzeylar nafaqat sayyohlar tashrif buyuradigan mustaqil ziyoratgohga aylandi, balki san'at bozori globallashuvi ta'siriga uchradi. XIX-XX asrlarda muzeylar xalqlarning "xayoliy birlashmasi" tarkibiga kirgan. Ammo XXI asr boshlarida ular milliy va xalqaro loyihalar mavjudligini anglashga yordam berishdi. Eng yirik muzeylar o'z kollektsiyalaridan dunyo bo'ylab filiallari bo'lgan galereyalarga tegishli asarlarni namoyish etishadi, shuningdek xalqaro miqyosdagi muzeylar almashinuvida qatnashadilar.

Art menejmentini rivojlantirishda bu kabi zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati juda katta. Shu nuqtaiy nazardan O'zbekistonda art menejmentini rivojlantirishda quydagi zamonaviy yondashuvlarni ilgari suramiz.

Art menejment faoliyatida litsenziyalash, litsenziatlarning davlat reyestrini yuritish, ularning faoliyati va erishgan natijalari haqidagi axborotlarni kiritib borish va art marketing statistikasi bo'yicha yagona onlayn portali yaratish kerak va barcha art menejment dasturlari orqali amalga oshiriladi.

Madaniyat va san'at muassasalarining asosiy vazifa va funksiyalaridan kelib chiqib, ularning tashabbuslari bilan o'tkaziladigan galleriyalar, media prezentasiyalar, art menejmentda ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini o'tkazish

bo'yicha kalendar rejalari ishlab chiqish va aholiga yogana onlayn portal orqali yetkazib borish.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Art menejment dasturlarini tashkil etish bo'yicha ko'rsatiladigan xizmatlar bo'yicha buyurtmachilar bilan ishlashish va ularni moliyalashtirish manbalari yanada takomillashtirish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Fayziyev T. "San'at menejmenti va marketingi". Fanidan o'quv-uslubiy majmua. Toshkent 2021. 325 Ь

2. Qarang: Xolmo'minov M. "Madaniyat va san'at sohasi faoliyatini tashkil etish hamda boshqarish" O'UM.Toshkent 2021. 328-Ь

3. Bazarova F. Menejment. О'иМ. ^Ъке^ - 2018. TMI. 465-betю

4. Хдйдаров А. Ижодий фаолиятни режалаштириш ва бошкариш -Тошкент - 2019. 197-б.

5. I.Mahmudov. "Boshqaruv psixologiyasi". O'quv qo'llanma. "YUNAKS-РКЮТ" MCHJ bosmaxonasi. Toshkent 2015. 170 Ь

6. Аксютик, Н.И. Арт-менеджмент как вид управленческой деятельности / Н.И. Аксютик, Е.А. Макарова. - Минск, 2008.

7. Новикова, Г. Н. Социокультурные концепции управления в арт-менеджменте/ Г. Н. Новикова // Вестник Московского государственного университета культуры и искусств. - 2005.- № 2

8. I.Mahmudov. "Boshqaruv psixologiyasi" О^ш' qo'llanma. "YUNAKS-РКЮТ" MCHJ bosmaxonasi. Toshkent 2015. 170 Ь.

9. Джиллиан Хэнбери Пул. "Когда менеджмент приносит деньги" СП: «контрфорс» 1999, с 34-35

10. A.Haydarov. "Madaniyat - шАПУ yuksalish poydevori"."Uslubiy qo'llanma". "Oltin meros press" nashryoti. Toshkent 2021. - 500Ь

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.