AQLIY BILISH DARAJASINI ANIQLASHDA DIDAKTIK O'YIN METODLARIDAN FOYDALANISH USULLARI
Doniyor Baxtiyor o'g'li Jonibekov Doniyor Toshtemirov
Guliston davlat universiteti doniyorj onibekov1995@gmail .com toshtemirov73 @mail. ru
ANNOTATSIYA
Masofaviy ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib, didaktik topshiriqlarni yaratish metodlari, usullari va undan samarali foydalanish. "Mening fikrim" test metodi va mozaika topshiriqlaridan foydalanib, mobil ilova yaratish, undan aqliy bilish darajasini aniqlashda didaktik o'yin texnologiyalaridan foydalanish.
Kalit so'zlar: "Mening fikrim..." test metodi, xalqaro PISA test metodi , didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv. Ta'lim to'g'risida"gi qonun, Didaktik o'yin, mozaika, "Raqamli mozaikalar" metodi, "Hamkorlikda o'qitish", "Guruhlar bilan ishlash", IQ, IQ o'yini.
METHODS OF USING DIDACTIC GAME METHODS IN DETERMINING
THE LEVEL OF INTELLIGENCE
Doniyor Bakhtiyor ugli Jonibekov Doniyor Toshtemirov
Gulistan State University doniyorj onibekov1995@gmail .com toshtemirov73 @mail. ru
ABSTRACT
Methods, techniques and effective use of didactic tasks in the system of distance education using modern information technologies. Creating a mobile application using the "My Thoughts" test method and mosaic tasks, using didactic game technologies to determine the level of mental knowledge from it.
Keywords: "My opinion ..." test method, international PISA test method, didactic, educational, activity development and socialization. Law on Education, Didactic game, mosaic, Digital mosaic method, Collaborative learning, Group work, IQ, IQ game.
KIRISH
Yurtimizda olib borilayotgan keng islohatlar natijasida, raqamli iqtisodiyotimiz ham jadal sur'atlarda rivojlanib, "Qog'ozli axborotlar" o'niga "Raqamli axborotlar" yani, elektron hukumat tizimiga o'tayotganligi, hozirgi XXI asr axrobot, raqamli texnologiyalar asrida axborot texnologiyalarini hayotga joriy etishda eng dolzarb
masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Shuningdek, uzoq yillardan beri sifatli ta'lim tizimini yaratish, bugungi raqamli texnologiyalar zamonida "Milliy o'zbek ta'lim tizimi" modelini yaratish ham eng ustuvor vazifalardan biridir. Shu bois, Prezidentimiz tashabbusi bilan, 2020-yil 19-mayda qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, se'nat tomonidan 2020-yil 7-avgustda maqullangan O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni qabul qilindi. "Ushbu qonunning maqsadi ta'lim sohasidagi munosobatlarni tartibga solishdan iborat" (1-modda) bolib, unda davlat akkreditatsiyasi, davlat ta'lim muassasasi, davlat ta'lim standartlari, davlat ta'lim talablari, malaka, mutaxassislik, nodavlat ta'lim tashkiloti, tarbiya, ta'lim, ta'lim kampusi, ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, ta'lim tashkilotlari attestatsiyasi kabi tushunchalar bilan birgalikda, asosiy prinsiplar va ta'lim turlari haqida batafsil bayon etilgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchi-talaba yoshlarning egallagan bilimlari va soda, aniq, ko'p vaqt talab etmasdan, o'quvchi-talabalarning o'z fikr-mulohazalarini erkin bayon etishlari, olgan bilimlarining qay darajada tushunganligi, erkin ijodiy fikr yuritishlari uchun test metodlarini takomillashtirish, beriladigan savollarning javob variantlari ichida o'quvchi-talabalarning tanlagan variantiga to'ldiruvchi izohlar qoldirishi va agar berilgan javob variantlari ichida kamchilik yoki xatoliklar bor degan fikrda bo'lsa, albatta bu haqida ham o'zlarining javob variantlarini taklif qilishlari va berilgan javob variant asosli bo'lsa albatta qo'shimcha rag'batlantiruvchi ballar berib boriladi.
Bu test metodini "Mening fikrim..." testi, ya'ni o'z nomidan anglab olish mumkinki, bunda o'quvchi-talabalarning olgan bilimlarini mustahkamlash va o'rgangan amaliy-ko'nikma va malakalari haqida o'qituvchi pedagoglarga ancha samarali foyda beradi.
Tesning baholash usuli. Test tuzilishi xalqaro PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) standartlariga javob beruvchi test metodidir.
Ma'lumot o'rnida PISA testi haqida qisqacha ma'lumot bersak. PISA testlari Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi ma'lumotlarni hosil qila olishdir. Xuddi shu o'zgarishlarni ta'lim tizimida aks ettirish, maktab o'quvchilarining haqiqiy hayotda kerak bo'ladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish ko'nikmalarini qay darajada egallayotganini, ta'lim tizimining bu o'zgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida o'tkaziladi.
PISA testlari 5 ta yo'nalish bo'yicha o'tkaziladi: O'qish; matematik savodxonlik; tabiiy-ilmiy fanlar; hamkorlikda muammolarni hal qilish; moliyaviy savodxonlik yo'nalishlari.
O'zbekiston 2021 yilda uch yo'nalish: Oqish, matematik savodxonlik va tabiiy-ilmiy fanlar yo'nalishlari bo'yicha testlarda qatnashishni rejalashtirgan. Testlarda asosiy e'tibor o'quvchilarning mazkur yo'nalishlar bo'yicha: Eng asosiy tushunchalarni bilishi; Bazaviy bilim va ko'nikmalarni egallagani; Ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi!
PISA sinovlarida to'rt xil sinov usulidan foydalaniladi: Bir javobli testlar; Bir nechta javobli testlar; Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar; Biror muammoning yechimi bo'yicha o'quvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar bo'ladi, o'quvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, o'quvchi ijodkorligi qo'llab quvvatlanadi).
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yuqorida ko'rinib turibdiki, biz taklif qilayoygan test metodi xalqaro PISA standartiga to'la javob beruvchi texnologiyadir. Bu test metodi ko'proq maktab o'quvchilari uchun olinadigan PISA testlari sifatida foydalanish mumkin bo'lsada, kollej va akademik litsey hamda Oliy ta'lim muasassasi o'quvchi-talabalarining o'tilgan seminar yoki amaliy mashg'ulot darslarida joriy baholash bosqishlarida, ma'ruza mashg'ulotlarida esa didaktik o'yin texnologiyasi sifatida foydalanib, tinglovchilar bilan qulay muloqot, darsni boshlashda qiziqtiruvchi, diqqatni fanga va uning atrofida bo'layotgan jarayonlarga jalb etish mumkin.
O'yinli texnologiyalar va maqsadi. O'yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini o'quvchi-talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyatini tashkil etadi. O'yin olimlar tadqiqotlariga ko'ra mehnat va o'qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta'kidlashlaricha, o'yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, hayotda o'z o'rnini barqaro r qilish, o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. O'yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O'yinlar turli maqsadlarga yo'naltirilgan bo'ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo'llanadi. O'yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko'nikmalarni qo'llash, malaka va ko'nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko'nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo'ladi. O'yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma'naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirisha olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo'ladi.
"Mening fikrim..." test metodi qoidalari va tuzilishiga ko'ra tasnifi.
Ushbu testda, har bitta savolning to'g'ri tanlangan javob variant uchun 1 ball va nima uchun bu variantni tanlaganiga ta'limiy, ijodiy, mantiqiy yoki o'zining fikrlash
qobiliyati bilan izoh bera olsa va/yoki berilgan savolda va variantlar qatorida kamchilik yoki o'zining boshqa javob variantini taklif qilsa va bu asosli tarzda isbotlansa, u holda yana 1 ball beriladi, Demak, har bitta savol uchun beriladigan javob variantiga maksimum 2 ball olishi mumkin. Bunday baholash tizimi esa, o'z navbatida o'quvchi -talabalarning tavakkalchilik bilan yuqori baho bilan baholanmasligini oldini oladi va mustaqil fikrlashga o'rgatib, o'quvchi-talabalarning o'z usitida mustaqil ishlashlariga undaydi.
Testdan namuna:
"Mening fikrim..." testi
_- sinf/guruh (tagiga chizing) Fan nomi: Informatifa va AT._
F.I.SH
1. Ikkilik sanoq sistemasida nechta raqam qatnashadi?
A) 1 ta
B) 1 va 2 raqamlari qatnashadi
C) 2 ta
D) O'zingizning javob variantingiz yoki tanlagan variantingizga to'ldiruvchi izoh bo'lsa yozing:
2. Diadaga mos keluvchi sanoq sistema(Xn)larini ko'rsating?
A) X2, X3, X4
B) X2, X3
C) X3, X4
D) O'zingizning javob variantingiz yoki tanlagan variantingizga to'ldiruvchi izoh bo'lsa yozing:
3. Triada usuli orqali 2718 ikkilikdagi qiymatini toping
A)10011011
B)10111001
C)11001110
D) O'zingizning javob variantingiz yoki tanlagan variantingizga to'ldiruvchi izoh bo'lsa yozing:
4. 4710 sonini 12 lik sanoq sistemasidagi qiymatini hisoblang.
A) 1F
B) 2B
C) 3,11
D) O'zingizning javob variantingiz yoki tanlagan variantingizga to'ldiruvchi izoh bo'lsa yozing:
5. Shifrlangan axborotni 4 ta belgi o'ngga surib yeching: rchpchj=?
A) vatan
B) maktab
C) varoq
D) O'zingizning javob variantingiz yoki tanlagan variantingizga to'ldiruvchi izoh bo'lsa yozing:
6. 1+0=1; 1-0=1; 1+1=10; 10+10=100; 100-11=1. Ushbu amallar qaysi sanoq sistemasida bajarilgan?
A) ikkilik sanoq sistemasi
B) o'nlik sanoq sistemasi
C) A va B javoblar to'g'ri
D) O'zingizning javob variantingiz yoki tanlagan variantingizga to'ldiruvchi izoh bo'lsa yozing:
7. Axborot miqdorini aniqlang.
A) 1 kilobayt (KB)=210 bayt
B) 2048 KB=1 terabayt (TB)
C) 220 MB=1PB;
D) O'zingizning javob variantingiz yoki tanlagan variantingizga to'ldiruvchi izoh bo'lsa yozing:
8. Elektron pochta manzili to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping
D) O'zingizning javob variantingiz yoki tanlagan variantingizga to'ldiruvchi izoh bo'lsa yozing:
9. ZiyoNET tarmogiga qandey kirish mumkin?
A) Brauzer orqali ziyonet.uz web manzilini qidiruvga berish orqali
B) Googlega "ziyonet" deb yozish orqali
C) Yandexga "ziyonet" deb yozish orqali
D) O'zingizning javob variantingiz yoki tanlagan variantingizga to'ldiruvchi izoh bo'lsa yozing:
10. URL nma ekanligini tushuntiring.
A) Internetning ba'zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvchi va foydalanuvchilarga turli xizmatlarni ko'rsatuvchi firmalardir.
B) Web-sahifalar majmui
C) Internetga murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo'lib, u takrorlanmas manzilni ifodalaydi.
D) O'zingizning javob variantingiz yoki tanlagan variantingizga to'ldiruvchi izoh bo'lsa yozing:
"Raqamli mozaika" didaktik oyin elementlaridan namunalar: Raqamli mozaika - (mazaika - frans. masaique — muzalarga bag'ishlangan) mozaika - bir xil yoki turli xom ashyo (koshin, tosh, yogoch, marmar, metall va boshqalar) bulaklaridan ishlangan tasvir, naqsh. Bunda raqamlar va mozaikalar o'rtasida mantiqiy, intelektual bo'g'lanishlar aniqlanadi.
Ta'rifi. Quyida jadvalda 7 sinf o'quvchilari uchun "Bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash" va sanoq sistemasi mavzularini mustahkamlash uchun "Raqamli mozaika " metodidan foydalanilgan. Bunda o'quvchilar uch guruhga bo'linib, "Hamkorlikda o'qitish", "Guruhlar bilan ishlash" texnologiyalaridan foydalanilgan. 2 lik guruhi, 8 lik guruhi, 16 lik guruhi har biriga bittadan tarqatma (yoki elektron doska, videopoyektor orqali namoyish qilinishi ham mumkin) mozaikalar guruh nomlariga mos sanoq sistemasida son berilgan bo'lib, bu sonlarni 10 lik sanoq sistemasidagi qiymatini topishlari talab etiladi. So'ngra, har bir guruh berilgan topshiriqlarining orqa qismida (yoki elektron doska, videopoyektor orqali namoyish qilinishi ham mumkin) tasvirlangan "Mozaikalar"ni diqqat bilan
kuzatishlari va tasvirga qarab nima tasvirlanganligini topishlari kerak bo'ladi. O'quvchilar berilgan topshiriqlarni bajarib bo'lishgach, guruhlar hamkorlikda erishilgan javoblarni umumlashtirib, "Raqamli mozaikalar"ni bir-biriga bog'lashadi va yakuniy javobni birgalikga topishadi. Qoidalar:
o Har bir guruhda kamida 3 tadan ishtirokchi qatnashishi va guruhlar soni masalaning qo'yilishiga qarab, o'qituvchi kamida ikkita guruh tashkil etishi kerak; o guruhlarga masalaning qiyinlik darajasiga qarab bir, ikki, uch daqiqagacha vaqt beriladi;
o har bir guruh javoblarni yozma shaklda javob ko'rsatiladigan qismga yechilish yoli bilan taqdim etishadi;
o o'qituvchi javoblarni tekshirib bo'lguniga qadar 3 daqiqa ichida guruhlar mozaikalarda nima tasvirlanganini topishlari kerak;
o barcha guruh azolari mozaikalarni o'zaro tartibli ketma-ketlikda doskaga yopishtirib chiqishgach umumiy xulosa va mozaikalarning yakuniy javobini birgalikda topishlari kerak bo'ladi.
Savollar (Old qismi):
2 LIK GURUHI
111111001002
Xio=?
Javob:
Mozaikalar(Orqa qismi):
Yechim va erishilgan natijalar:
Yuqoridagi topshiriqni tahlil qiladigan bo'lsak barcha guruhlarga berilgan savollarning javobi bir xil 2020 chiqadi. 2 lik guruhiga berilgan mozaikada shuni tushunish mumkinki: H2O - bu suv + perekis vodorod + glitserin + 70% - bu spirt = Antiseptik vositasi. Ya'ni bu 2020 yili pandemiya davri boshlangan vaqtdan dizenfeksion vositalar tayyorlash va uni doim undan foydalanishimiz zarur ekanligini tushunishimiz mumkin. 8 lik lik guruhiga berilgan mozaikada shuni tushunish mumkinki: KN95 yozuvi va uning orqa fonida qandaydir biror matodan nimadir ishlab chiqarish jaroyoni tasvirlangan. Bunda tasvirga diqqat bilan qaralsa va KN95 yozuvidan darhol bu - KN95 niqoblari va uni ishlab chiqarish jarayonini tushunish mumkin bo'ladi. 16 lik guruhiga berilgan mozaikada shuni tushunish mumkinki: zinc - bu kimyo fani va Mendeleyev davriy sistemasi jadvalidagi "RUX" moddasi va bu modda ozida C vitaminli mahsulotlarda mavjud ekanligini ifodalaydi. Olingan natijalardan umumiy xulosalarni olishda o'qiyuvchi va barcha o'quvchilar birgalikda Antiseptik vositasi + niqob + zinc (dori tabletkasi) = 2020 yil pandemiya vaqtida qat'iy amal qilinadigan 3 ta muhim qoidalar asosida o'z sog'ligimizni asrashimiz uchun zaruriy vositalarni o'rganib olishlari mumkin bo'ladi. Bundan ko'zlangan maqsad fanlararo integratsiya (kimyo fani), kundalik hayotimizda sodir bolayotgan eng dolzarb vaziyatlardan habardor etish, olingan bilimlarimizning ne chog'lim ahamiyatli ekanligini o'quvchilar ongida bilim-ko'nikma-malakalarni shakllantirishga qaratilgan.
XULOSA
Yuqoridagi ikki usulda berilgan test va mozaika metodlarini o'zaro mobil ilova bog'lagan holda, didaktik metodlarni o'yin elementlariga bog'lab o'quvchi va talabalarning intellektual koeffitsiyenti IQ (ing . intellectual quotent, qisqartma nomi IQ) ni aniqlab olish mumkin. IQ - Odamning turli test uslublari asosida aniqlanadigan aqliy rivojlanish ko'rsatkichi, bilim saviyasi. Bunda har iro dam yoshi uchun u erishgan bilim va mahorat darajasi 100 ga teng deb olingan. Mazkur ko'rsatkichdan ortiq yoki kam miqdor aqlning biron-bir daraja rivojlanishi kamoloti yoxud orqada qolishi haqida hukm chiqarish imkonini beradi. Sizning aql-idrok va muammolarni hal qilish qobiliyatining o'lchovidir. Bu sizning yoshingizdagi boshqa kishilarga nisbatan muayyan testda qanchalik yaxshi qilganingizni aks ettiradi.
> IQ - Insonning o'rganishga, tushunishga, ma'lumotlar bilan ishlash qobilyati va samarali yo'llarni qo'llashni anglatadi;
> IQ natijasi yuqori bo'lgan odam - ma'lumot va yangi soxalarni tezlik bilan o'rganishi hamda g'oyalar va boshqa narsalarni bir-biriga bog'lay oladigan shaxs;
> Yuqori IQ natijali insonlar muvaffaqiyatga juda tez erishadi, xatto to'g'ri yo'nalishni topish uchun keraklicha kurashishdan ham qaytmaydi;
> IQ imtihoni ko'pincha standartlashtirilgan tizim yordamida o'tkaziladi. Chunki bu imtihon barcha millatlar uchun bir xil shakilda bo'ladi.
Mamlakatimizda Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan har 3 yilda bir marta o'tkaziladigan maktab o'quvchilarining o'qish savodxonligi va kompetensiyasini baholashda PISA va TIMSS dasturlarida ishtiroki 2021 yilda o'tkazilishi va keying ishtiroki uchun yanada sifatli tayyorgarlik ko'rish maqsadida ko'plab islohatlar o'tkazilib kelinmoqda. Shulardan misol tariqasida https://iq.edu.uz/# platformasi 2020 yil 5-avgustdan boshlab test rejimida ishga tushurildi. Demak, IQ ni aniqlashning usul va metodlari ham turlicha boyitilib, zamonaviy texnologiyalarga tadbiq etilishi maqsadida, android platformasidagi mobil qurilmalar uchun "IQ o'yini" mobil ilovasi o'quvchi-talabalar uchun ancha qiziqarli va pedagog xodimlar ham bemalol bu dasturdan foydalanib dars jarayonlarida baholashda qo'llashlari mumkin.
"IQ o'yini" mobil ilovasidan foydalanish.
Dastlab, ilova mobil qurilma xotirasiga o'rnatiladi (ycTaHOBKa)
Otkpmtb tugmasi bosilib dasturni ishga tushiramiz
1- Info, dastur yaratuvchilari haqida ma'lumot;
2- Dastur fonini o'zgartirish;
3- O'yinni boshlash;
4- Savol va topshiriqlarni kiritish;
5- Foydalanuvchi tomonidan kiritilladigan xavfsizlik kodi.
Dastlab yangi parol o'rnatiladi, tasdiqlash tugmasi bosilgach asosiy oynaga o'tiladi
Asosiy oynadan kirish tugmasiga bosib, o'rnatilgan pin kod kiritladi.
Har bir bosqichning savol va topshiriqlari kiritiladi. Masalan 1 bosqichda 1 ta savol va savolga mos 1 ta rasmli topshiriq kiritiladi. 2 bosqichda esa, 2 ta savol va har bitta savol uchun mos 2 tadan rasmli topshiriq va hakozo. 5 bosqichda 5 ta savol va har bir savol uchun mos 5 ta rasmli topshiriqlar yuklanadi.
Har bitta bosqich savol va rasmli topshiriqlari mana shu tartibda joylashtiriladi. Savolning javobi keying beriladigan rasmli topshiriqni javobini topishga yordam beradi, barcha topshiriqlar yuklangach, tasqidlash tugmasi bosilib keying bosqich savol va rasmli topshiriqlarmi yuklashga o'tiladi. Ular ham huddi shu tartibda bajariladi.
2 bosqich 2 savolidan namunani ko'rib chiqadigan bo'lsak, bu yerda to'g'ri javob 2020 ekanligi topilgach, keying rasmli topshiriqqa o'tiladi. Har bitta savol va topshiriqlar uchun 1 daqiqadan beriladi. 1 ta savol va unga mos 1 ta topshiriq bajarilgach foydalanuvchiga 1 ta kalit beriladi, bu kalitdan agar javoblarni tanlashda xato javob ko'rsatilsa, yoki berilgan vaqt yetmay qolsa, kalitdan foydalanib qoshimcha imkoniyatga ega bo'lish yoki 30 soniya vaqtni uzaytirib olishi mumkin bo'ladi. Rasmli topshiriq ekranga chiqqanda yuqori qismida savolning javobi chiqib turadi. Bu savolning javobi rasmli topshiriqni bajarishda yordam beradi, yani savolning javobi rasmli topshiriqqa bog'liq holda
tuziladi.
2-bosqich 1-savol
2020
H20+ §+ 70% +S
ô 33 1 Or
REFERENCES
1. Kayumova N.A. Ispring dasturi yordamida testlarni ishlab chiqish va undan foydalanish. Uslubiy ko'rsatma. - Qarshi, 2011. - 40 b.
2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. 2020 yil 7 avgust.
3. «Masofaviy ta'lim makonini takomillashtirishda axborot resurslari va texnologiyalari integratsiyasi va didaktik ta'minoti» mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya materiallari (19 mart 2020 yil) Jonibekov D.B. Guliston davlat universiteti magistranti, Mallayeva G.A. Sirdaryo viloyati Yuridik kolleji o'qituvchisi "Masofaviy ta'lim tizimida didaktik topshiriqlardan foydalanish" 55-58 betlar - T.: TDPU, 2020.
4. "O'zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar" mavzusidagi respublika 26-ko'p tarmoqli ilmiy masofaviy onlayn konferensiya materiallari to'plami, 31 mart 2021 yil. Jonibekov Doniyor Guliston Davlat Universiteti "Ta'limda axboborot texnologiyalari" Magistraturasi 2- bosqich magistranti "Masofaviy ta'lim tizimida mozaika didaktik o'yinli texnologiyalardan foydalanish" 88-91 betlar - Toshkent: «Tadqiqot», 2021. - 158 b.
5. http://library.ziyonet.uz/uzc/book/53711
6. https://mfa.uz/uz/press/news/2019/03/18265/