Научная статья на тему 'ANVAR OBIDJON SHEʼRLARIDA MUBOLAGʻA SANʼATINING QOʻLLANILISHI'

ANVAR OBIDJON SHEʼRLARIDA MUBOLAGʻA SANʼATINING QOʻLLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
480
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mubolag„a / janr / ig„roq / g„uluv / tasavvur / tablig„ / exaggeration / genre / imagination / imagination / propaganda

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Diyorbek Roʻzmamat Oʻgʻli Turgʻunpoʻlatov, Ozoda Odiljon Qizi Abdullayeva

Mazkur maqolada oʻzbek adabiyoti va jurnalistikasida oʻzining serqirra ijodi bilan chuqur joy olgan Anvar Obidjonning lirikasida mubolag„a janrining qo‟llanilishi va uning ahamiyati haqida so‟z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE USE OF THE ART OF EXAGGERATION IN ANVAR OBIDJON'S POEMS

This article talks about the use of exaggeration and its importance in the lyrics of Anvar Obidjon, who has a deep place in Uzbek literature and journalism with his brilliant work.

Текст научной работы на тему «ANVAR OBIDJON SHEʼRLARIDA MUBOLAGʻA SANʼATINING QOʻLLANILISHI»

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

ANVAR OBIDJON SHE'RLARIDA MUBOLAG'A SAN'ATINING QO'LLANILISHI

Diyorbek Ro'zmaniat o'g'li Turg'unpo'latov Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.6799752 Annotatsiya. Mazkur maqolada o'zbek adabiyoti va jurnalistikasida o'zining serqirra ijodi bilan chuqur joy olgan Anvar Obidjonning lirikasida mubolag'a janrining qo'llanilishi va uning ahamiyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: mubolag'a, janr, ig'roq, g'uluv, tasavvur, tablig' ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРЕУВЕЛИЧЕНИЯ В СТИХАХ АНВАРА ОБИДЖОНА Аннотация. В данной статье говорится об использовании преувеличения и его значении в лирике Анвара Обиджона, который своим блестящим творчеством занимает глубокое место в узбекской литературе и публицистике.

Ключевые слова: преувеличение, жанр, воображение, воображение, пропаганда. THE USE OF THE ART OF EXAGGERATION IN ANVAR OBIDJON'S POEMS Abstract. This article talks about the use of exaggeration and its importance in the lyrics of Anvar Obidjon, who has a deep place in Uzbek literature and journalism with his brilliant work.

Key words: exaggeration, genre, imagination, imagination, propaganda

KIRISH

Badiiy adabiyot, ayniqsa she'riyat azal-azaldan insoniyat ko'ngliga malham bo'luvchi, uni nurga, yorug'likka chorlovchi sirli xilqat bo'lib kelgan. Inson yoshidan, ruhiy holatidan qat'iy nazar, qandaydir yupanchga, ilinjga intilib yashaydi. Ildizlari teran va zalvorli nazm bulog'idan suv ichgan Sharq adabiyoti, jumladan o'zbek she'riyati mohiyat va hajm e'tibori bilan hayratlanarli darajadadir. Shu ma'noda bu xazinaning hali ochilmagan qirralari bisyorligi ijodkorlar misolidan yangidan yangi misralar, oharli baytlar, betakror obrazlar vositasida namoyon bo'laveradi.

Nazm deb ataluvchi mumtoz adabiyotning she'riyat sohasida badiiyat salmoqli o'rin tutadi. Badiiylik she'r tuzulishining zaruriy o'lchami bo'lib, ijod namunasining o'ziga xos asosiy mezonidir. Chunki har qanday she'r o'quvchi diqqat markazidan joy olar ekan, unda muallifning nimalarni tasvirlagani emas, qanday qilib tasvirlagani e'tiborga molik narsa bo'ladi. Ya'ni, shoirning badiiylik qobiliyati, ko'rkam ranglarni kashf etuvchi mo'yqalami o'quvchini jalb qiladigan omildir.

Aruz ilmidan bexabar o'qituvchi yoki o'quvchi ming yillik adabiyotimiz tarixida yaratilgan nodir asarlarni ifodali o'qiy olmaganidek, she'riy san'atlar ilmidan uzoq kishilar buyuk bobokalon shoirlarimizga xos yuksak salohiyat mohiyatini anglab yetishlari qiyin [4, 186].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Anvar Obidjon (1947-2020) o'zbek adabiyoti va jurnalistikasida o'zining serqirra ijodi bilan chuqur joy olganligi hammamizga ma'lum. Uning nazm va nasr yo'nalishlaridagi ijod namunalarining aksariyati bolalar adabiyotini boyitgan. Shoirning she'rlari, hikoyalari va

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ertaklarida mavzusidan tortib, to oxirgi nuqtasigacha bolalardek oddiy va sodda stilda yozilishida ham soddagina badiiylik motivi katta rol o'naydi. O'zimdan ko'p seni o 'ylayveraman, Bo'yingni jahonga bo'ylayveraman... Qabrimda ham husning kuylayveraman, Vatanjon! [3, 106]

Muallif o'z she'rida Vatanini nafaqat ta'riflab, balki uni erkalatib ham unga bo'lgan sodiqlik hissini ko'rsata olgan. Otning vazifaviy shakllaridan erkalash shaklining -jon ko'shimchasini Vatan so'zi bilan ishlatilishi ijodkorning o'zgacha bolajon stilidan dalolat beradi. Shuningdek, 1960-yilda "G'uncha" jurnalida bosilgan shoirning birinchi she'rining "Shkafjjon" deya nom olishi ham so'zimizning dalilidir. Shuningdek, bu she'rda mubolag'a san'ati mohirona foydalanilgan:

Mehringni ko'rpadek yopinib o'tgum, Har daraxt, toshingga topinib o'tgum, Bag'ringdayurib ham sog'inib o'tgum, Vatanjon! [3, 106] NATIJALAR VA MUHOKAMA

Mubolag'a araba tilida "kattalashtirish", "kuchaytirish" ma'nosini bildirib, adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol holati yoki harakatini bo'rttirib, kuchaytirib ifodalash san'ati demakdir. Bu xil tasvirda badiiy timsol xususiyatlari yaqqolroq namoyon bo'ladi, o'quvchi ko'zi oldida yorqinroq gavdalanadi [2, 4]. A.Obidjonning mazkur she'rida muallifning o'z vataniga bo'lgan vafosi, sadoqati g'oyatda kuchaytirib tasvirlangan. Mubolag'a san'atining uch turi mavjud bo'lib, u tablig', ig'roq, g'uluv kabi terminlarni o'z ichiga oladi. Shoir qalamiga tegishli ko'pgina she'rlarda mazkur uch turni ham uchratishimiz mumkin. Tablig' aqlan ishonish mumkin bo'lgan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo'lgan mubolag'adir[2, 5]. Balodan asray deb tumor bo'laman, Nomingulug'lovchi shior bo'laman, Uxlab uyg'ongunchaxumor bo'laman, Vatanjon! [3, 106]

Bunda shoir o'z yurtini balodan saqlash uchun qalqon bo'lib himoya qilishni, o'z she'rlari bilan eli nomini ko'klarga ko'tarishni va uyqusida ham yurtiga bo'lgan muhabbati jo'sh urib turishini tasvirlagan. Ig'roq belgi yoki harakatni aqlan ishonish mumkin bo'lsa ham, hayotda yuz berishi mumkin bo'lmagan tarzda kuchaytirib tasvirlash demakdir [2, 5]. "Yaxshi niyat" she'rida bu turning yorqin namoyondasini ko'rishimiz mumkin: ..."Qaylarga uchdi fikring? Nelarni quchdi zikring? " U der: "Qaniydi bo'lsam, Men quruvchi-kosmonavt. Qurar edim oyga ham Bog'cha, maktab, internat..." [1, 7]

Ya'ni, Oyga inson qadami yetsa hamki, uning maktab, internat kabi binolar barpo etishi haqiqatdan yiroq bo'lgan hodisadir. Mubolag'aning uchinchi darajasi g'uluvv deb ataladi. Aql ham bovar qilmaydigan, hayotda hayotda ham yuz berishi mumkin bo'lmaydigan tarzda

tasvirlash shunday san'at sanaladi [2, 6]. "Kim tuzatadi?" she'rida bu tur quyidagicha o'z ifodasini topgan:

Quyonim bor - «vov-vov» der, Kuchugim bor - beda yer. Xo'rozim suvda suzar, Mushugim arqon uzar. Tongda qichqirib - «quq -qu», Balig 'im bermas uyqu. Eshagim poylar sichqon, Toshbaqam uchqur, jayron. Toychog'im ko'p sustqadam, Tez yurolmas sira ham. Tuxum bosar buzog'im, O'rdakkinam - suzog'im. Kunu tun hangrar echkim... Hoy, gapimdan kulgan kim? So'ylagan bo'lsam chatoq, O'zing to'g'ri ayt, o'rtoq [1, 16].

Mazkur she'r ham askiya, ham topishmoq ko'rinishida yozilgan bo'lib, unda hayvonlarning ovozlari, harakatlari yanglish berilgani bois, mubolag'a san'atining yuqori ko'rinishi sanaladi. O'quvchini ham o'qishga, ham idrok qilishga undovchi logik va hajviy omillar she'rning asosini yaratsa, lirik badiiyat ham uyg'unlashgan holda mukammal asar yaratilgan. Adabiyotimiz tarixi yana shundan dalolat beradiki, she'riy san'atlar shoir badiiy salohiyatini ko'z-ko'z qilish, uning xilma-xil san'atlardan mohirona foydalanish usullarini namoyish etish emas, balki ijodkor badiiy tafakkur dahosining ko'lami, yuksak ijtimoiy-axloqiy g'oyalarni jilolantirish san'atkorligi ifodasi bo'lib kelgan [1, 4]. Anvar Obidjon ijodi ham serqirra xususiyatga ega bo'lib, bolalikning serjilo ranglarini jonlantirgan asarlari o'zbek mumtoz adabiyotining bezagi sifatida katta e'tirofga egadir.

Mubolag'a o'quvchining tasavvur olamiga asoslanadi, timsol holati yoki harakati belgisi ana shu tasavvur olami singdirilganchalik bo'rttirilishi mumkin. Umuman olganda, mubolag'a janridan deyarli barcha shoir va yozuvchilar foydalangani uchun "ommaviy janr" guruhiga allaqachon kirib ulgurdi. Ayniqsa bu janrning o'rni beqiyos. Usiz yozuvchi o'zining fikrlarini kitobxonga yetarlicha yetkazib berolmaydi. Shuning uchun ham she'riy san'atlar adabiyotning poydevori sanaladi [4, 188].

Pedagog-o'qituvchilar o'quvchi yoshlarga yosh bo'lishiga qaramay, badiiy ijodning yukini, adabiyotning inson kamolotiga ta'sirini teran anglatishi, badiiy adabiyot deb nom olgan ulkan maydonning, she'riyat ko'chasiga kirgiza olishi kerak. Ustoz ijodkorlarning boy adabiy merosi, nekbin tuyg'ularni tarannum etgan ash'orlariga o'quvchilarga yo'lchi yulduzdek yo'llarini yoritishiga undash lozim.

XULOSA

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Anvar Obidjon, Ona Yer, "Yosh gvardiya", Toshkent - 1974;

2. Anvar Hojiahmedov, She'r san'atlarini bilasizmi?, "Sharq", Toshkent - 2001;

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

3. Ozod vatan saodati, "Adib", Toshkent - 2013.

4. Turg'unpo'latov, D. R. (2021). Mubolag'a - keng ommalashgan adabiy janr. Academic research in educational sciens (ARES), 2(8).

5. Turg'unpo'latov, D. R (2021). Xalq maqollarida uchraydigan qarama-qarshilik xususiyatining o'ziga xos poetik tamoyillari. Scientific progress, 2(1).

6. Turg'unpo'latov, D. R. (2021) "Tamsil" adabiy janrning badiiy xususiyatlari. O6pa3oeaHue и наука в XXI веке 2(19), (pp. 1374-1377).

7. Turg'unpo'latov D.R. (2022). Uslubshunoslik: oddiy so'zlashuv uslubiga xos o'ziga xosliklar. Scientific progress. 2 (1; maxsus son), (pp. 235-238).

8. Turg'unpo'latov D.R. (2022). Alisher Navoiy asarlarida irsoli masal san'atining qo'llanishi. "New research on the works of Alisher Navoi and Zahiriddin Muhammad Babur" (pp.461-465).

9. Turg'unpo'latov D.R., Abdullayeva O.O. (2022) Hajviy asarlarda mubolag'a janrining qo'llanilishi. Scientific progress. 3 (4), (pp. 1100-1102).

10. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva., Bobur Yangiboy o'gli Hakimov.(2022) "Halqa" asarida islom dini uchun kurash (Abdulloh obrazining tafsilotlari misolida). Science and Innovation 1(2)

11. Bobur Yangiboy o'g'li Hakimov., Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva.(2022) O'TKIR HOSHIMOVNING "DUNYONING ISHLARI" ASARINING BADIIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI HAMDA "ILTIJO" HIKOYASI HAQIDA. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 2(5)

12. Ozoda Odiljon kizi Abdullaeva. (2022) PEDAGOGICAL VIEWS ON THE TEACHING OF LITERATURE IN THE EARLY MIDDLE AGES. Science and Innovation 1(2)

13. Bobur Yangiboy o'g'li Hakimov., Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva.(2022) "MARTIN IDEN" asaridagi Martin Idenning hayotga bo'lgan muhabbat tafsilotlari. Yosh tadqiqotchi jurnali 1(3)

14. Abdullayeva Ozoda Odiljon qizi. (2022) ADABIYOT FANINI O'QITISHDA XALQ OG'ZAKI IJODI NAMUNALARINING AHAMIYATI (MAQOLLAR MISOLIDA) Science and Innovation 1(2)

15. Abdullayeva Ozoda Odiljon qizi. (2022) ADABIYOT FANINI O'QITISHDA SHARQ ALLOMALARINING METODIK QARASHLARI Science and Innovation 1(2)

16. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2022) ZULFIYA HAYOTI VA IJODINI O'RGATISHDA ZAMONAVIY USULLAR Scientific progress 3(4)

17. Diyorbek Turg'unpo'latov & Ozoda Abdullayeva. (2022) HAJVIY ASARLARDA MUBOLAG'A JANRINING QO'LLANILISHI Scientific progress 3(4)

18. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva.(2022) ANVAR OBIDJON IJODINI O'RGANISHDA SAMARALI USULLAR Science and Innovation 1(3)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.