ANVAR OBIDJON IJODINI O'RGANISHDA SAMARALI USULLAR Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6660941
Annotatsiya. Mazkur maqolada shoir, nosir, dramaturg, noshir hamda o'zbekning asl milliy shoiri Anvar Obidjon hayoti va ijodi haqidagi bilim va ko 'nikmalarni yanada kengaytirish hamda o 'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni mustaqil fikrlashga, hamkorlikda ishlay olish qobiliyatlarini to'g'ri shakllantirishga oid qarashlar va metodik tavsiyalar, turli zamonaviy usullardan samarali foydalanish haqida so'z boradi. Maqolada "Tezyurar poyezd", "Mozaika" hamda "4+ " usullaridanfoydalanilgan.
Kalit so'zlar: adabiy ta'lim, zamonaviy usullar, "Tezyurar poyezd", "Mozaika", "4+"
usuli
ЭФФЕКТИВНЫЕ МЕТОДЫ ИЗУЧЕНИЯ ПРОИЗВЕДЕНИЙ АНВАРА
АБИДЖАНА
Аннотация. Данная статья посвящена расширению знаний и умений поэта, прозаика, драматурга, издателя и самобытного узбекского народного поэта Анвара Абиджана о жизни и творчестве, а также воспитанию учащихся в духе патриотизма, их умения самостоятельно мыслить и сотрудничать взгляды на формирование и методические рекомендации, эффективное использование различных современных методов. В статье использованы методы «Скоростной поезд», «Мозаика» и «4+».
Ключевые слова: литературное образование, современные методики, «Скоростной поезд», «Мозаика», методика «4+».
EFFECTIVE METHODS FOR STUDYING THE WORKS OF ANWAR ABIDJAN
Abstract. This article focuses on expanding the knowledge and skills of the poet, prose writer, playwright, publisher and the original Uzbek national poet Anvar Abidjan about life and work, as well as educating students in the spirit of patriotism, their ability to think independently and collaborate. views on the formation and methodological recommendations, the effective use of various modern methods. The article uses "High-speed train", "Mosaic" and "4+ " methods.
Keywords: literary education, modern methods, "High-speed train", "Mosaic", "4+" method
KIRISH
Bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarning adabiy, ma'naviy-ma'rifiy ta'lim bo'yicha bilim, malaka va ko'nikmalarini o'zlashtirishda bevosita ta'lim beruvchilarning ya'ni o'qituvchilarning o'rni beqiyosdir. Shunday ekan, malakali pedagogdan darsni sifatli va mazmunli tashkil etish, o'quvchilarni fanga qiziqtirish va shu bilan birgalikda dars jarayonidan olgan bilimlarini hayot yo'lida qo'llay oladigan, o'z qobiliyatlarini o'z mehnati bilan kashf eta oladigan kadrlarni yetkazib berish talab etiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Buyuk olim A.Disterveg aytganidek : "O'quvchini mehnat qilishga o'rgat, uni nafaqat mehnatni sevishga, u bilan shunday uyg'unlashishga ko'niktirginki, toki mehnat uning vujudiga singib ketsin, uni shunga o'rgatki, uning uchun o'z kuchi bilan biron-bir narsani bilib ololmaslik aqlga sig'maydigan holat hisoblansin; u mustaqil o'ylamog'i, izlanmog'i, o'zini ko'rsatmog'i, o'zining uyg'onmagan qobiliyatlarini rivojlantirmog'i, o'zini sobitli inson qilib yetishtirmog'i lozim".
Umumiy o'rta ta'lim maktabi adabiyot darslari taqvim rejasida O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning hayoti va ijodini o'rganish uchun 2 soat ajaratilgan.Quyida ushbu 2 soatni samarali va mazmumli tashkil etish uchun bir qancha zamonaviy usullar tavsiya etiladi.
Adabiyot darslarida har bir ijodkor yoxud shoirning asarini, uning ijod namunalarini o'rganishdan oldin o'zining faoliyati ham atroflicha o'rganish o'qilishi kutilayotgan asar namunasining mohiyatini anglashda anchagina qo'l keladi. Shuning uchun ham ijodk or shaxsiga doir o'quv topshiriqlarni ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Quyida Anvar Obidjonning hayoti va faoliyatiga oid bir qancha usullar misol tariqasida keltirilgan.
"4+" usuli. Ushbu usulga ko'ra, ijodkorning hayoti va ijodiga doir muhim 4 qirrani qisqacha yozma shaklda, unga qo'shimcha ma'lumotni og'zaki shaklda bayon qilish talab etiladi.
TADQIQOT NATIJALARJI
O'quvchilarning ushbu topshiriqqa javobi taxminan shu shaklda bo'ladi:
1-ma'lumot - hayotiga doir:
Anvar Obidjon 1947-yil 8-yanvarda Farg'ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog'ida tug'ilgan. U 2020-yil 11-aprelda 73 yoshida vafot etgan. "O'zbekiston xalq shoiri" unvoni bilan, "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni hamda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
2-ma'lumot - o'qishga doir:
Qishloq maktabida so'ng Samarqanddagi moliya texnikumida o'qiydi. 1974-1979-yillar davomida hozirgi O'zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan ta'lim oladi.
3-ma'lumot - ijodiga doir:
Shoir dastlabki she'riy mashqlarini 14-15 yoshlarida boshlagan. Ilk kitobi 1974-yilda "Ona yer" nomi ostida chop etilgan. Uning "Bahromning hikoyalari", "Masxaraboz bola", "Juda qiziq voqea", "Oltin yurakli Avtobola" kabi she'riy va nasriy kitoblari bor. Shoirning "Qo'ng'iroqli yolg'onchim" nomli ilk komediyasi 1983 -yilda "Yosh tomoshabinlar" teatrida sahnalashitilgan. Shuningdek, "Pahlavonning o'g'irlanishi", "Topsang - hay-hay", "Navro'z va Boychechak", "To'tiqul" singari prezalari mavjud.
4-ma'lumot - ish faoliyatiga doir:
Qishloq maktabida o'qib yurgan paytlaridanoq kinomexanik, traktorchi singari kasblarni o'rganib, oilasiga yordam bergan.1971-1976-yillarda Oltiariq tumani gazetasida adabiy xodim,
bo'lim mudiri sifatida ishlagan. 1989-1998-yillarda "Cho'lpon" nashriyotida bosh muharrir, direktor lavozimlarida faoliyat olib bordi.
"Tezyurar peyezd" savol-javobi. O'tilgan darsni mustahkamlash yoki yangi mavzuni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilganini tekshirish uchun "Tezyurar poyezd" interfaol usuli ni qo'llash yaxshi samara beradi. Savol-javob o'ta tezkorligi bilan odatiy savol -javoblardan farq qilgani uchun shu nom bilan ataladi. Ushbu topshiriqning shartlari quyidagicha:
1. O'quvchidan boshqa hech kim gapirmaydi;
2. Savollarga javob faqat bir so'z yoki so'z birikmasi bilan ifodalanadi;
3. Tezkor savolga-tezkor javob uzog'i 3 soniyada yozilishi kerak. Berilayotgan savollar aniq, qisqa tarzda o'qilishi darkor.
4. Har besh savoldan so'ng strelka ishorasi beriladi.Unga ko'ra yozilgan har besh savolga javobni soat harakatiga qarab o'quvchilar bir-birlarining javoblarini ko'zsan kechiradilar hamda javobi yozilmagan savol raqamlariga "x" belgisi qo'yiladi.
Anvar Obidjon qayerda tug'ilgan?_
Ilk kitobi qaysi?_
1. 2.
3.
4.
5.
Nechayoshidan boshlab she 'r yoza boshlagan?_
Adibning qaysi asarlari asosida film suratga olingan?_ Ilk komediyasi qaysi?_
Ushbu usul o'quvchiga tezkorlikning oshishi, qisqa javob bera olishi, olgan bilimlarining oson va tez mustahkamlanishining turtki bo'ladi. MUHOKAMA
Anvar Obidjonning ijodiga nazar tashlaydigan bo'lsak, uning ijodida ona Vatan taqdiri bosh mavzu sifatida gavdalanadi. Vatan mavzusida yozilgan she'r-u dostonlar ko'p. Ularda ona yurt madhiga aytilmagan sifatlar qolmagan go'yo. Biroq o'zbekning asl milliy shoiri Anvar Obidjon o'z yurtini "Vatanjon" deb alqaydi, unga qadar birorta shoir bunday yo'l tutmagan edi. 5-sinf adabiyot darsligida adibning "Hayotning har lahzasi go'zal", "Vatanjon", "Tinch kunlar" va "Yer" kabi she'rlari mavjud. Bu she'rlarning barchasida ona Vatan ta'rifi tasvirlanadi. Ushbu she'rlar o'quvchilarga ifodali tarzda o'qib beriladi yoki audio formatda tinglanadi. She'r tushunali bo'lgach, o'quvchilarga "Ona Vatanim" mavzusida kichik matn yoxud hikoya tuzish topshirig'i beriladi. O'quvchilar she'rdan olgan taassurotlari asosida matn tuzadilar.
"Mozaika" usuli. Berilgan so'zlarni tartib bilan joylashtiring va Anvar Obidjonning
she'ridan olingan parchani yig'ib, uning qaysi she'rdan olinganligini ayting.
1. Qanotsiz bo'zlagan olam bu.
Sarson gizgizlagan olam bu.
Bo'shliqda tirgaksiz g'ildirab,
Goh Oydan, goh Kundan nur tilab,
1_
2_
3_
4_
She'rning nomi:_
2. Vatanjon!
Noming ulug'lovchi shior bo'laman, Balodan asray deb tumor bo'laman, Uxlab uyg'onguncha xumor bo'laman,
1_
2_
3_
4_
She'rning nomi:_
3. Sha'nimizni depsib ezaverdi yov,
Qo'rg'on-u uyimiz, ko'shk-u qasrni. Bizlar quraverdik, buzaverdi yov Ko'rmadik suronsiz biror asrni
1_
2_
3_
4
She'rning nomi:_
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, ushbu zamonaviy usullar o'quvchilarni va o'qituvchilarni birdek faollika chaqiradi. Dars turini an'anaviy shakldan noan'anaviy shaklga o'zgartiradi. Natijada ta'lim beruvchi ham ta'lim oluvchi ham ko'zlagan maqsadiga erishadi. Asosiysi dars jarayoni samarali tashkil etiladi. Bu kabi zamonaviy metod va usullar juda ko'p bo'lishi mumkin, ammo ulardan qay darajada foydalana olish esa har bir o'qituvchining metodik mahoratiga bog'liq.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S. Ahmedov, R. Qo'chqorov, Sh. Rizayev. (2017) Adabiyot. 6-sinf uchun darslik. Toshkent: ''Ma'naviyat",
2. "Umumta'lim fanlari metodikasi" jurnali,2018 1-, 2-, 3-, 4-sonlar
3. Jamoliddin Nur. (2021) Adabiyotdan ochiq darslar. - Toshkent: "Muharrir"
4. Abdullayeva, O. O. (2021). Abay ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(3), 4-9.
5. Abdullayeva, O. O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o'quvchilarnmg vatanparvarlik tuyg'ularini o'stirish. Academic research in educational sciences, 2(3), 176-180.
6. Botirboyev, F. P., Abdullayeva, O. O., & Shermatova, U. S. (2021). O'ljas Sulaymonov ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(4), 2013-2018. https://doi.org/10.24411/2181- 1385-2021-00834
7. Abdullayeva, O. (2021) Badiiy asarlarning inson ruhivatiga ta'siri. Scientific progress, 1(5), (pp. 272-275)
8. Abdullayeva, O. O. Q, (2021). O'zbek tilini o'qitishda zamonaviy texnoloyiyaiaming o'rni. Scientific progress, 1(5)
9. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Студенческий вестник, 16(161)
10. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). OTLARNING BIRLIK VA KO'PLIKDA QO'LLANILISHINI O'RGATISH. Scientific progress, 2(1)
11. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O'RNI. Scientific progress,2(1)
12. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) O'lmas Umarbekov hayoti va ijodini o'rganishda interfaol metodlar bilan ishlash. Science andeducation,2(5)
13. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Saida Zunnunova hayoti va ijodini o'rgatishning samarali usullari. Science and education, 2(5)
14. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Said Ahmad hikoyalarini o'rganishda interaktiv metodlar. Science and education, 2(6)
15. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Umumiy o'rta ta'limda ertak o'qitish metodikasi. Scientific progress, 2(2)
16. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asarini o'qitishda interaktiv usullar. Scientific progress, 2(2)