Amudaryo hududning yer suv resurslaridan oqilona foydalanishda tabiiy-meliorativ rayonlarning ro'li
Barchinoy Pulat qizi Boltaboyeva Urganch davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada Amudaryo hududning yer suv resurslaridan oqilona foydalanishda tabiiy-meliorativ rayonlarning ro'li borish haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: tabiiy-meliortiv, grunt suvlar, landshaft, relyef plastikasi, tuproqlarning sho'rlanish
The role of natural-ameliorative regions in the rational use of land and water resources of the Amudarya area
Barchinoy Pulat kizi Boltaboyeva Urganch State University
Abstract: This article presents information about the role of natural-ameliorative regions in the rational use of land and water resources of the Amudarya region.
Keywords: natural-ameliorative, groundwater, landscape, relief plastic, soil salinity
Geografiya fanida tizimli yondashuvning keng qo'llanilishi natijasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda havzaviy usul qo'llanilib kelinmoqda. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda havzaviy usulning nazariy tomonlari L.M.Koritniyning ilmiy ishlarida o'z aksini topgan. U o'zining ilmiy ishlarida Yenisey va Amurdaryolarining havzalarini geotizim deb qaraydi. Olimning yozishicha, "Har bir daryo havzasida joylashgan tabiiy resurslar o'zlarining ichki strukturasi bo'yicha boshqa daryolarning havzalarida joylashgan t abiiy resurslardan tubdan farq qiladi. Shuning uchun ham, daryo havzalarini hisobga olgan holda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hozirgi zamon geografiyasining asosiy maqsadi bo'lishi zamon talabidir". Tabiiy geografiya fanida havzaviy usulning qo'llanishi juda ko'p muvaffaqiyatlarga olib kelgan. Misol uchun, K.S.Yarashev Surxondaryo havzasini yagona geotizim deb, uning tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda havzaning ichki strukturasiga e'tibor bergan, ya'ni daryo havzasini paragenetik landshaft majmualari deb qaragan. Bunday misollarni biz Respublikamizdagi
www.openscience.uz/ISSN2181-0842 118 LMJ^^^H
Zarafshon, Qashqadaryo, Chirchiq va boshqa daryolarning havzalari misolida keltirishimiz mumkin. Sh.K.Sharipov tabiatni muhofaza qilishda geoekologik yondashuvning asosi sifatida Toshkent viloyatidagi Chirchiq va Ohangaron daryo havzalari olingan. Olimning yozishicha, Chirchiq va Ohangaron daryo havzalari o'zlarining tabiiy resurslari bo'yicha bir-biridan tubdan farq qiladi va resurslarning miqdori havza egallagan maydonda tartib bilan o'zgaradi.
Sug'oriladigan hududlarda kollektor havzalarini alohida geotizim deb qarash A.K.Urazbayey ilmiy ishida yaxshi yoritgan. Ammo olim o'zining ilmiy ishida faqat Amudaryo hozirgi deltasi o'ng qirg'og'ida joylashgan KC-1 havzasini alohida geotizim sifatida tadqiq qiladi. Boshqacha aytganda, A.K.Urazbayevning ilmiy ishida Amudaryo hozirgi deltasi chap qirg'og'ida joylashgan kollektor havzalari maxsus tadqiq qilinmagan. Shu bilan bir qatorda, A.K.Urazbyevning ilmiy ishida sug'oriladigan hududlardagi kollektor havzalarining Yer-suv resurslaridan havzaviy foydalanish muammosi yoritilmagan. Amudaryo hozirgi deltasi chap qirg'og'idagi sug'oriladigan hududlarning Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanishda havzaviy relyef plastikasi usuli asosida ajratilgan tabiiy-meliorativ rayonlar misolida ilk marotaba ko'rilmoqda.
Agar biz o'ng qirg'oqda eng katta tabiiy-meliorativ rayon bo'lgan Qo'ng'irot kollektor havzasini oladigan bo'lsak, uning Yer-suv resurslari o'ziga xos xususiyatga ega. Rayonning eng janubi-sharqiy qismlarida Uldaryo kichik deltasining elluvial elementlar landshafti joylashgan. Elluvial elementlar landshaftdagi tuproqlarning meliorativ holati ijobiy bo'lib, ular sho'rlanmagan va kuchsiz sho'rlanganlardir. Ana shuning uchun ham, bu hududlarda sug'orma dehqonchilikni rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud bo'lib, deyarli ko'pchilik qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish mumkin. Rayonning Amudaryo o'zan bo'yi balandliklarida kamdan-kam to'qaylar saqlanib qolganligi sababli bu to'qaylarning maydoni yanada ko'paytirish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtda, Uldaryo kichik deltasidagi ekotizimlarni shu holicha saqalab qolishga katta e'tibor qaratilmoqda.
Qo'ng'irot kollektor havzasining o'rta qismlarida, asosan, Uldaryo kichik deltasining trans-elluvial va qisman superakval elementlar landshaftlari tarqalgan. Bu hududlardagi tuproqlarning sho'rlanish darajasi asosan, kuchsiz va o'rtacha sho'rlangan bo'lib, sug'orma dehqonchilikning rivojlanishi uchun barcha tabiiy-meliorativ sharoitlar mavjud. Grunt suvlarining chuqurligi, asosan, 2-3 metr bo'lib, kollektorlarga yaqin hududlarda esa 1-2 metr. Umuman olganda, yer usti suv oqimlari janubi-sharqdan boshlanib, bu hududlar orqali Sudochye ko'li tomon harakat qiladi.
Sug'orilmaydigan hududlarda asosan, Qipchoqdaryo va qisman Oqboshli kichik deltasining quyi hamda sharq qismlari joylashgan. Bu kichik deltalar garchi sug'oriladigan hududlardagi kollektor havzalarini hosil qilmasa ham, tabiiy
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
119
sharoitning murakkablik darajalari kichik deltalarning strukturaviy yaxlitligi bilan chambarchas bog'langan.
Amudaryo hozirgi deltasi hozirgi deltasi chap qirg'og'ining Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanishda tabiiy-meliorativ rayonlarning roli katta. Sabab, tabiiy-meliorativ rayon egallagan maydonda tabiiy-melioprativ sharoitning murakkablik darajasi tartib bilan o'zgaradi. Tabiiy-meliorativ sharoitning rayon egallagan hududda ana shundaybtartib bilan o'zgarish qonuniyatinin hisobga olish quyidagi natijalarga olib keladi: 1. Har qanday sharoitning tartibi o'zgarishini hisobga olish faqat ijobiy natijalarga sabab bo'ladi. 2. Tabiiy-meliorativ rayon hisoblangan kollektor havzalarida bo'ladigan barcha tabiiy-geografik jarayonlar tartiblik qonuniyatiga bo'ysunadi. Bu esa o'z navbatida, Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanishda tabiiy-meliorativ rayonlarning rolini yanada oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ибрагимова P.A. Орол табиий географик округи. Геогр. фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган дисс. автореферати. — Т.: 2012. -25 б.
2. Когай H.A. Туранская физико-географическая провинция //Тр. ТашГУ. — Ташкент: Изд-во ТашГУ, 1969. —Вып. 353. — 138 с.
3. Корытный Л.М. Бассейновая концепция в природопользовании. 2001. Иркутск: Из-дво Ин-та географии СО PAH. 163 с.
4. Рафиков A.A. Природно-мелиоративная оценка земель Голодной степи. —Ташкент: Фан УзССР, 1976. -160 с.
5. Рузикулова О.Ш. Зарафшон дарё хдвзаси вохд геотизимларининг мелиоратив холатини бахолаш. География фанлари номзоди учун ёзилган диссерт. автореферати. —Тошкент, 2008. -25 б.
6. Тажиев КК Кичик худудлар тупрок коплами структурасини урганишда рельеф пластикаси карталаридан фойдаланиш //Узбекистон география жамияти ахбороти. — Тошкент. 2011, -37-жилд. —Б. 29-31.
7. Уразбаев A.K. Природно-мелиоративная оценка земель низовьев Aмyдaрьи: Aвтореферaт диссерт. на соиск. уч. степени канд. геогр. наук, -Ташкент: 1988. -25 с.
WWW.OPENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842
120