Amudaryo hozirgi deltasini chap qirg'og'idagi yerlarni tabiiy meliorativ sharoitini baxolash va kartaga olish
Ruxsora Ixtiyor qizi Baxtiyorova
Annotsasiya: Ushbu maqolada Xorazm viloyati tuproqlarini unumdorligini oshirish maqsadida qanday chora-tadbirlar olib borish haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: tabiiy-meliortiv, grunt suvlar, landshaft, relyef plastikasi, tuproqlarning sho'rlanish
Assessment and mapping of the natural melioration conditions of the lands on the left bank of the current Amudarya delta
Rukhsora Ikhtiyar kizi Bakhtiyarova
Abstract: This article provides information on how to take measures to improve soil fertility in the Khorezm region.
Keywords: natural reclamation, groundwater, landscape, relief plastic, soil salinity
Amudaryo hozirgi deltasi chap qirg'g'ogidagi yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash uchun eng avvalom bor tabiiy meliortiv sharoitining yamonlashish sabablarini ilmiy asoslab berish lozim. Bu savollarga javob berish uchun eng avval o'tkaziladigan meliorativchoralar bilan relyef strukturasi, tuproq qoplamining strukturasi va grunt suvlari o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish lozim.
Yerlarning tabiiy-meliorativ sharoitini sug'orma dexqonchilik uchun baxolashda kichik deltalarining strukturaviy yaxlitligini xisobga olish lozim. Sabab, landshaftlarning tabiiy - meliorativ sharoiti kichik deltalarining yuqori qismidan quyi qismi tamon tartibli xolda o'zgaradi. Boshqacha so'z bilan aytganda tabiiy meliorativ sharoiti kichik deltalari yuqori qismidan quyi qismi tamon tartibli xolda o'zgaradi. Boshqacha so'z bilan aytganda, tabiiy meliorativ sharoitning murakkablik darajalari B.B.Polinov ajratgan 80 ta elementar landshaftlarning guruhlari bilan chambarchas aloqadorlikda bo'ladi. Bu alaoqadorlik quydagi rasmda ko'rsatilgan ideallashtirilgan kollektor xavzasida yaqqol ko'rinib turubdi.
Bu yerda shuni alohida takidlab o'tish kerakki, D.B.Xursanov o'zining ilmiy ishidabir tamondan relyef plastikasi kartasi asosida elementar landshaft guruhlarini ajratgan bo'lsa ikkinchi tamondan esa ana shu ajratilgan elementar landshaft guruhlari bilan landshaft tiplarining o'zaro aloqadorligini o'rganadi. biz esa o'z
oldimizga Amudaryo hozirgi deltasi chap qirg'og'ining tabiiy meliorativ sharoitini baxolashni asosiy maqsad qilib qo'yganimiz uchun xududning yirik mashtabli relyef plastikasi kartasi negizida elementar landshaft guruhlari bilan tabiiy -meliorativ sharoitning murakkablik darajalari o'rtasidagi aloqadorlikni o'rgandik.
A.A.Rafiqov Amudaryo xozirgi deltasidagi sug'orishga yaroqli yerlarni tabiiy meiorativ sharoitining murakkablik darajalariga ko'ra.to'rt guruhga ajratadi: 1. Murakkablashgan, 2. O'rta murrakkab, 3. Murakkab, 4. O'ta kuchli murakkab. Biz ham olimning ana shu tasnifini asos qilib oldik.
Murakkablashgan hududlar Amudaryo xozirgi deltasi chap qirg'og'idagi quyidagi massivlarda joylashgan, yani bu xududga Qipchoqdaryo, Okboshli va Ravshan kichik deltalarining va Amudaryo o'zan bo'yi balandliklari Uldaryo kichik deltasining yuqori qismi kiradi. Bu hududlarda o'tloq taqirli - to'qay, o'tloq cho'l o'tloq taqirli sug'oriladigan o'tloq, sug'oriladigan botqoq tuproqlari tqarqalgan bo'lib, kuchsiz minerallashuv darajasiga ega bo'lgan grunt suvlari chuqurda joylashgandir.
Boshqacha aytganda,murakkablashgan xududlar alluvial elementar landshaftiga to'g'ri keladi Amudaryo o'zan bo'yi balandliklari sug'orma dexqonchilik uchun ko'p foydalanilmaydi.
Tabiiy melorativ sharoitning murrakkab darajadagi xududlarga quyidagi massivlar kiradi: Uldaryo kichik deltasi o'rta qismidagi o'zanlaro pastliklari va quyi qismining balandliklari: Oqboshli Raushan va Qipchoqdaryo kichik deltalari quyi qismining o'zanlaro pastliklari. Bu hududlar supperakval elementar landshatning yuqori qismlariga to'g'ri keladi.
Amudaryo o'zani balandliklarda,Uldaryo kichik deltasining sug'orilmaydigan hududlarida grunt suvining chuqurligi 7 - 10 m, ba'zi hollarda undan ham chuqur. Uldaryo kichik deltasining sug'oriladigan hududlarida esa grunt suvining chuqurligi asosan 3 - 4 m. Sholi massivlarida yozda grunt suvining chuqurligi 0.2 - 0.5 m bo'lsa, qishda 1 - 2 m va undan chuqur. Ravshan, Oqboshli, Qipchoqdaryo kichik deltalarida esa grunt suvining chuqurligi asosan 7 - 10 m; kamdan-kam hollarda 5 - 7 m bo'ladi.
Bu hududlarda tabiiy nishabning deyarli yo'qligi va nihoyatda tekis bo'lganligi uchun sug'orma dehqonchilikning rivojlanishi natijasida grunt suvlari yer betiga nihoyatda yaqin joylashgan. Ularning chuqurligi asosan, 1 -2 m, kamdan-kam hollarda 2 - 3 m bo'ladi. Paxta dalalarida grunt suvlarining minerallashuv darajasi asosan, 5 - 10 g/l bo'ladi. Kimyoviy tarkibi asosan xloridli-sulfatli, ba'zi hollarda sulfatli-xloridlidir. Bo'z yerlarda esa grunt suvining minerallashuv darajasi o'ta kuchli bo'lib, ular 30 - 50 g/l, ba'zi hollarda 50 g/l dan ham ortadi. Kimyoviy tarkibi esa xloridli-natriyli bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda grunt suvlarining yer betiga yaqin joylashganligi 1 darajasiga ta'sir etadigan birinchi omildir. Tuproq qoplamining strukturasida asosan kuchli va o'ta kuchli darajada sho'rlangan tuproqlar
ustunlik qiladi. Tuproq tarkibidagi tuzlarning kimyoviy tarkibi asosan, sulfatli-xloridli-natriyli, kamdan-kam hollarda esa xloridli-sulfatli-natriylidir.
Shunday qilib, Amudaryo xozirgi deltasi chap qirg'og'idagi yerlari sug'orma dehqonchilik uchun baxolashda eng avvalambor, kichik deltalarining strukturaviy yaxlitligini xisobga olish lozim. Sababi yerlarning murakkablik darajasi (murakkablashgan, o'rta murakkab, murakkab, o'ta kuchli murakkab) kichik deltalarining strukturasi va shakli bilan bog'langan, yani ular kichik deltalarining yuqori qismidan quyi qismi tamon tartibli xolda o'zgaradi. Yer resurslarining meliorativ sharoiti sug'oriladigan hududlarda funksional butunlik qonuniyatiga bo'ysunsa, sug'orilmaydigan hududlarda esa kichik deltalarining strukturaviy yaxlitligi tizimiga bo'ysungan holda ish tutamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ибрагимова Р.А. Орол табиий географик округи. Геогр. фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган дисс. автореферати. — Т.: 2012. -25 б.
2. Когай Н.А. Туранская физико-географическая провинция //Тр. ТашГУ. -Ташкент: Изд-во ТашГУ, 1969. -Вып. 353. - 138 с.
3. Корытный Л.М. Бассейновая концепция в природопользовании. 2001. Иркутск: Из-дво Ин-та географии СО РАН. 163 с.
4. Рафиков А.А. Природно-мелиоративная оценка земель Голодной степи. -Ташкент: Фан УзССР, 1976. -160 с.
5. Рузикулова О.Ш. Зарафшон дарё хавзаси воха геотизимларининг мелиоратив холатини бахолаш. География фанлари номзоди учун ёзилган диссерт. автореферати. -Тошкент, 2008. -25 б.
6. Тажиев КК. Кичик худудлар тупрок коплами структурасини урганишда рельеф пластикаси карталаридан фойдаланиш //Узбекистон география жамияти ахбороти. - Тошкент. 2011, -37-жилд. -Б. 29-31.
7. Уразбаев А.К. Природно-мелиоративная оценка земель низовьев Амударьи: Автореферат диссерт. на соиск. уч. степени канд. геогр. наук, -Ташкент: 1988. -25 с.
8. Хурсанов Д.Б. Амудаё хозирги дельтаси ландшафтларининг структураси ва табакаланиш конуниятлари. //Геог. фан. буй. фал. докт. дисс. автореф. -Самарканд, 2019. -40 б.
9. Шарипов Ш.М. Табиатни мухофаза килишда геоэкологик ёндошув (Тошкент вилояти мисолида). //Геог. фан. ном. илм. дараж. олиш учун тайёр. дисс. автореф. - Т, 2011. -25 б.
10. Ярашев КС. Сурхондарё ботиги парагенетик ландшафт комплекслари ва уларни геоэкологик районлаштириш //Геог. фан. буй. фал. докт. дисс.
WWW.OPENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842
188
ш
aBTope^. -TomKeHT, 2018. -40 6.