INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© M.B.Ahmedov1^, S.M.Xo'jayeva2B_
12Toshkent amaliy fanlar universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: amaliy san'at darslarida o'quvchilarni naqsh chizishga o'rgatish badiiy ta'limning asosiy yo'nalishi bo'lib, ijodkorlikni rivojlantiradi, nozik vosita mahoratini oshiradi va vizyal estetika tuchunchasini rivojlantiradi.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi amaliy san'at darslarida talabalarga naqsh chizishni o'rgatishning samarali usullarini o'rganishdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda san'at darslari, o'quvchilarning badiiy asarlari va o'qituvchilarning fikr-mulohazalari ma'lumotlarini tahlil qiluvchi sifatli tadqiqot usuli qo'llaniladi. Materiallarga chizmachilik asboblari, naqshlarni loyihalash shablonlari, o'quv qo'llanmalari va ko'rgazmali qo'llanmalar kiradi. Usullar sinfda kuzatishlar, san'at o'qituvchilari bilan suhbatlar, talabalar taraqqiyoti va san'at asarlarini tahlil qilishni o'z ichiga oladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar namunaviy dizaynni o'rgatishda tuzilgan, ammo moslashuvchan yondashuv eng samarali ekanligini ko'rsatadi. Muhokama birgalikda namuna loyihalari, individyal eskiz daftarlari topshiriqlari va naqsh yaratish uchun raqamli vositalardan foydalanish kabi maxsus sinf faoliyatiga urg'u beradi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, muntazam amaliyot bilan shug'ullanadigan va shaxsiy fikr-mulohazalarni olgan talabalar naqsh chizish qobiliyatlari va ijodkorliklarida sezilarli yaxshilanishni namoyish etadilar.
XULOSA: tadqiqotning xulosasiga ko'ra, amaliy san'at darslarida o'quvchilarga naqsh chizmalarini chizishga o'rgatish tuzilgan o'qitishni ijodiy izlanish imkoniyatlari bilan uyg'unlashtirgan muvozanatli yondashuvni talab qiladi. Strategiyalarni amalga oshirish orqali san'at o'qituvchilari o'quvchilarning badiiy qobiliyatlarini va naqsh dizaynini qadrlashlarini samarali oshirishlari mumkin.
Kalit so'zlar: gul, naqsh, o'simliksimon, islimi, kompozitsiya, marg'ula, bofta, kurtak, band, sirtmoq, tirnoq.
Iqtibos uchun: Axmedov M.B. Xo'jayeva S.M.Amaliy san'at mashg'ulotlarida o'quvchilarga girih naqsh namunasini chizishni o'rgatish. // Inter education & global study. 2024. №4(2). B. 49-57.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ОБУЧЕНИЕ СТУДЕНТОВ РИСУНИЮ УЗОРА НА ПРАКТИЧЕСКИХ
ИЗОБРАЗИТЕЛЬНЫХ ЗАНЯТИЯХ_
© М.Б.Ахмедов1 н, CMХужаева2н
^Ташкентский университет прикладных наук, Ташкент, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: обучение учащихся рисованию узоров на практических занятиях по рисованию является фундаментальным аспектом художественного образования, который способствует творчеству, улучшает мелкую моторику и развивает понимание визуальной эстетики.
ЦЕЛЬ: целью данного исследования является изучение эффективных методов обучения студентов рисованию узоров на практических занятиях по искусству.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании используется качественный исследовательский подход, анализирующий данные уроков рисования, работы учащихся и отзывы учителей. Материалы включают инструменты для рисования, шаблоны рисунков, учебные пособия и наглядные пособия. Методы включают наблюдения в классе, интервью с учителями рисования, а также анализ успеваемости учащихся и произведений искусства.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показывают, что структурированный, но гибкий подход к обучению проектированию выкроек является наиболее эффективным. в обсуждении освещаются конкретные занятия в классе, такие как совместные проекты по выкройкам, индивидуальные задания в альбомах для рисования и использование цифровых инструментов для создания выкроек. результаты показывают, что учащиеся, которые регулярно практикуются и получают персонализированную обратную связь, демонстрируют значительное улучшение своих навыков рисования узоров и творческих способностей.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в исследовании делается вывод, что обучение студентов рисованию узоров на практических уроках рисования требует сбалансированного подхода, сочетающего структурированное обучение с возможностями творческого исследования. Реализуя выявленные стратегии, преподаватели искусств могут эффективно улучшить художественные способности учащихся и их понимание дизайна узоров.
Ключевые слова: цветок, узор, растительный, ислими, композиция, маргула, бофта, бутон, лента, нить, гвоздь.
Для цитирования: Ахмедов М.Б. Хужаева С.М. Oбучение студентов рисунию узора на практических изобразительных занятиях. // Inter education & global study. 2024. №4(2). С. 49-57.
TEACHING STUDENTS TO DRAW A PATTERN PATTERN IN PRACTICAL ART CLASSES
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
© Muhammad-Umar B. Akhmedov1H, Sayramxon M. Xujayeva2H
^Tashkent University of Applied Sciences, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: teaching students to draw pattern designs in practical art classes is a fundamental aspect of art education that fosters creativity, enhances fine motor skills, and develops an understanding of visyal aesthetics.
AIM: the aim of this study is to examine effective methods for teaching students to draw pattern designs in practical art classes.
MATERIALS AND METHODS: the study employs a qyalitative research approach, analyzing data from art classes, student artworks, and teacher feedback. Materials include drawing tools, pattern design templates, instructional gyides, and visyal aids. Methods involve classroom observations, interviews with art teachers, and analysis of student progress and artworks.
DISCUSSION AND RESULTS: the findings indicate that a structured yet flexible approach to teaching pattern design is most effective. The discussion highlights specific classroom activities, such as collaborative pattern projects, individyal sketchbook assignments, and the use of digital tools for pattern creation. The results show that students who engage in regular practice and receive personalized feedback demonstrate significant improvement in their pattern drawing skills and creativity.
CONCLUSION: the study concludes that teaching students to draw pattern designs in practical art classes reqyires a balanced approach that combines structured instruction with opportunities for creative exploration. By implementing the identified strategies, art educators can effectively enhance students' artistic abilities and appreciation for pattern design.
Key words: flower, pattern, plant-like, islimi, composition, margula, bofta, bud, band, thread, nail.
For citation: Muxomod-Umar B. Ahmedov.Sayramxon M. Xujayeva (2024) 'Teaching students to draw a pattern pattern in practical art classes', Inter education & global study, (4(2)), pp. 49-57. (In Uzbek).
O'zbek xalq amaliy bezak san'ati hunarini puxta o'rganish uchun albatta mustaqil ravishda kompozitsiya tuzishni bilish lozim. Naqsh kompozitsiyasi tuzish uchun esa dastlab yog'och o'ymakorligiga oid naqsh elementlarini chizib o'rganishdan boshlanadi.
Girih naqshlarini o'rganish, ma'lum qonun-qoidalar asosida amalga oshiriladi. Buning uchun katak daftar, chizg'ich (to'g'ri va uchburchakli), o'rtacha yumshoqlikdagi qora qalamlar, oq o'chirg'ich va boshqa yordamchi asboblar kerak bo'ladi. Odatda o'simliksimon naqsh elementlarini chizish, ularni guruhlarga bo'lib olingan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq[2].
Chizishdan avval katak daftarlarni chizg'ich va qora qalam yordamida qalamni yengil yurgizgan holda sxematik kataklar chizib, shu kataklar ichiga naqsh elementlarini chizishdan
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (2)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
boshlaymiz. Daftarning har bir betiga bitta naqsh elementini qayta-qayta chizib mashq qilinadi. Chizish davomida, simmetriya va asimmetriya qonun-qoidalariga e'tibor qaratish lozim.
Amaliy san'at ustasi naqsh kompozitsiyasini yaratishda qalam asosiy ish quroliga aylanadi. O'ymakor-naqqosh har bir chiziq tortganida, chizayotgan chizig'i sifatli, ravon va tiniq chiqsa usta shunchalik zavqlanadi, ruhi tetiklashadi. O'zi amalga oshirayotgan ishdan ko'ngli to'lib, ilhomlanadi, yangidan-yangi naqsh elementlarini, kompozitsiyalarini yaratadi, kashf etadi. Naqsh kompozitsiyasining sifatli, chiroyli va jozibador chiqishi uchun qalam bilan bir qatorda o'chirg'ich va chizg'ichlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qalamda chizilgan chiziqlarni o'chirish uchun yumshoq oq o'chirg'ichdan foydalanish qulay. Chunki, qalam izlari mayin va yumshoq oq o'chirg'ichlarda o'chirilgandan so'ng qog'ozda dog' qoldirmaydi. Tarkibiga qum qo'shilgan ko'k dag'al o'chirg'ichdan foydalanish to'g'ri bo'lmaydi. Dag'al o'chirg'ichda o'chirilganda qog'oz sathida dog' qoldirish bilan birga uning sifatini buzadi, qayta chizish jarayonida ish sifatiga putur yetadi.
Chizg'ichlardan foydalanishda esa albatta, yog'och chizg'ichlarni ishlatish zarur. Chunki, yog'och chizg'ichlar qog'oz sathida surilganda yog'ni, namlikni o'ziga singdirib oladi va bir teksda ishning sifatli chiqishini ta'minlaydi. Metall, shisha, plastmassa va boshqa shu kabi materiallardan yasalgan chizg'ichlar qog'oz sathiga ishqalanishi natijasida qiziydi va tarkibidan yog' va namlik chiqarib qog'ozga surkalaydi, har xil dog'lar hosil qiladi. Oqibatda naqsh kompozitsiyasining sifati buziladi, kishi ruhiyatiga ta'sir etib, bajarayotgan ishidan ko'ngli qoladi, mehnati samarasiz bo'ladi.
Ko'rinib turibdiki, kishi o'z faoliyatida e'tiborliroq, tashkilotchi va tadbirkor bo'lmasa, u yerda loqaydlik yuzaga keladi. Natijada kishi ongida befarqlik shakllanadi va bora-bora u kishi ruhiyatini sindiradi, xarakterida dangasalikni vujudga keltiradi. Amaliy sanatning u yoki bu turi bilan shug'ullanish, chizish, naqsh kompozitsiyasi tuzish asablarni tinchlantiradi, inson ruhiyatini tarbiyalaydi. Shu bois inson o'z ustida ishlashi, tinimsiz izlanishda bo'lishi
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Shunday mashaqqatli mehnat natijasida ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo'qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar har bir tomoshabinni hauratga solib kelmoqda. Xattoki, shet yellardan tashrif buuurgan sayohatchilar ham mamlakatimizdagi qadimiy yodgorliklarni, badiiy did bilan ishlangan naqshlarini ko'rib lol qolmoqdalar. Buxorodagi Ulug'bek madrasasi (1-rasm), YuNESKO muhofasidagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Kalon minorasi, Samarqanddagi Shohi-Zinda maqbarasi, Go'ri Amir maqbarasi (2-rasm), Ulug'bek, Sherdor, Tillakori madrasalari va boshqalar Sharqning nodir go'zalligi, soddaligi hamda naqsh motivlarining ulug'vorligi bilan kishilarni sehrlab kelmoqda.
2-rasm. Go'ri Amir maqbarasi.
Yuzlab, minglab xalq me'morlarining qovargan qo'llari bilan yaratilgan yodgorliklardagi jonli naqshlar xuddi tabiatning go'zallik olamini kuylayotganday tuyuladi va kishilar ruhiyatiga ko'tarinki ruh bag'ishlaydi. Chunonchi, Samarqanddagi asrlar davomida musulmon sharqida dong taratgan oliy bilim maskani Ulug'bek madrasasini tomosha qilar ekanmiz, uning ta'lim-tarbiya maqsadida ko'zlab bunyod qilganligini naqqoshlar bezagi orqali sezish oson. Madrasaning bezagidagi bir birini kesib o'tgan behisob shiziqlardan ko'p burchakli va ko'p qirrali yulduzlardan tashkil topgan naqshlar xuddi koinotdagi charaqlab turgan yulduzlarni tarannum aylagandek, asrlar osha hikoya qilib turganday tuyuladi. Ana shu bir birini kesib o'tgan behisob shiziqlar, har xil burshakli va qirrali yulduzlardan tashkil topgan geometrik naqshlarni girih deb yuritiladi. Xo'sh, girih nima o'zi? U qanday ma'noni anglatadi?
Girih — forscha shigal, tugun degan ma'noni anglatib, handasiy naqshlar turiga kiruvchi murakkab naqsh demakdir (3-rasm). Geometrik naqsh myayyan taqsimlarga ega bo'ladi. Har bir taqsim o'z tuzilishiga ega.
Girih O'rta Osiyoda va Yaqin Sharqda keng tarqalgan naqsh bo'lib, XII-XVI-asrlarda ayniqsa O'rta Osiyoda juda keng taraqqiy qilgan. Pokiston, Turkiya, Ispaniya, Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlarda keng tarqalgan. Dunyoda girihni yeng ko'p tarqalgan joyi O'rta
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (2)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Osiyodir. O'rta Osiyoda girihlarning juda ko'p turi mavjud. Bu girihlarni arxitektura minoralaridan tortib kitob varag'igacha bezatilganining guvohi bo'lamiz. Albatta biz tarixga nazar tashlar ekanmiz o'sha zamon uchun girihni chizmachilik asboblari, matematik formulalar asosida ishlanishi bu katta ilmiy kashfiyot yedi. Bu girihni ishlagan ustalar matematika fanini yegallagan kishilar bo'lganlar.
3-rasm. Girih naqsh namunasi.
Me'moriy yodgorliklardagi geometrik naqshlar shunday aniqlikda ishlanganki, kishini lol qoldiradi. Olimlarimiz ana shu girih ishlash sirlarini topish maqsadida ko'p izlanishlar qildilar. Lekin, bu jumboqlardan to'la ma'lumotlar ololmadilar. Chunki, o'sha davrdagi ustalar geometrik naqsh qurishni sir deb bilib, qog'ozda yoki tushuntirib qoldirmaganlar. Shuning uchun ham otadan-bolaga o'tib unutib yuborilgan. Ana shu sabablarga ko'ra hozirgi zamonamizda ham ko'pgina ustalarimiz girihni yechimini topishga qiynaladilar.
Sharqning mashhur olimlaridan Abdulvafo al-Buzjoniy (940-998) o'zining kitoblarida 20 ga yaqin geometrik naqshlar yechimi to'g'risida yozib qoldirgan. Bularda girihni ba'zi oson yo'llarini tushuntirib o'tgan. Masalan, uning kitoblaridan birida qurilish va geometrik naqsh yechimi to'g'risida yozilgan. Bu kitob hozir Parijdagi muzeylardan birida saqlanmoqda. Abdulvafo al-Buzjoniy o'zining asarlarida girihni tayyorlash usullarini ko'rsatib o'tsada, bizga girih yechimi to'g'risidagi ma'lumotlar berilmagan.(2)
U o'zining kitobida kvadratni uchga, beshga bo'lishning eng sodda va oson yo'llarini keltiradiki, bu o'sha davr uchun katta ilmiy va amaliy ahamiyatga molik edi. Murakkabligidanmi yoki yasash qonun-qoidalarining asta-sekin unutib ketganligidanmi, xullas biz uchun noma'lum. XVII-asrga kelib, girih san'ati juda kam ishlatiladigan bo'ldi.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (2)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №4 (2)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Girih chizadigan ustalar nihoyatda kam qolgan. Girih chizish murakkab bo'lgani uchun hamma ustalar chiza olmaganlar. O'sha davrlarda girih naqshini yaxshi bilgan ustalar yetuk ustalar bo'lib hisoblanganlar. Shunday ustalardan biri Usta Shirin Murodov bo'lgan. U yangi girihlarni osonlik bilan chiza olgan hamda o'z o'rnida ustalik bilan qo'llay olgan. U o'z davrida girihni piri hisoblangan, uni girihkor usta deb hisoblaganlar. Shuning uchun girih shiza olmagan ustalarni yetuk usta deyilmagan.
Bundau olimlardan Z. Bositxonovni keltirishimiz mumkin. Z. Bositxonov 300 ga yaqin ishlagan yangi girih naqshlari bilan mamlakatimizda mushhurdir. Hozirda har bir binoni bezashda geometrik naqshlar qo'llab kelmoqdalar. Girih naqshining o'z qonun-qoidalari bor. Shuning uchun ham biz ularga girih naqsh yasash geometriyasini qonun-qoidalarini shuqur o'rgatmog'imiz lozim.
Naqqoshlik, ganchkorlik, yoqosh o'ymakorligi va boshqa xalq amaliy bezak san'ati turlarida dastlab buyum yoki ma'lum bir yuzalarga ishlanadigan naqsh kompozitsiyasini dastlabki xomaki namunasi ishlanadi va u "naqsh chizgilari" deb ataladi. Bu chizgilar xarakter jihatidan rang va pardozlash bosqichlarisiz ishlangan shunchaki qoralama yeskizlarga qiyoslanadi. Naqsh namunalarida yuza va shakl oralig'iga berilayotgan ranglar soni qanchalik ortsa, kompozitsiya yanada chiroy oshib, go'zallashib boradi. Naqshning shakl yasovchi yo'l elementlari va rang tuslari kompozitsiyaning nomlanishida katta ahamiyatga yegadir. Mustaqil ijod orqali biz yangi naqsh namunalarini yaratar yekanmiz, ranglar jozibasi va yorqinligini ham alohida his yeta boshlaymiz. Chunki, kompozitsiyaning mazmuni va ma'nolariga mos ranglarning o'zaro birikuvi, naqshning nafisligini oshiradi.
Tuzilgan kompozitsiyaning mazmunan boy, chiroyli tuzilishi, naqshning asosiy shakl chegarasi va ramkasiga ham bog'liq. Kompozitsiya tuzishda dastlab o'lcham aniqlangach, naqshning asosiy shakli ramkaga olinadi. Naqsh ramkalarini tuzishda elementlar ko'rinishini yo'l aylana, chorsi va hokazo shakllarning ishiga joylashtiriladi.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №4 (2)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
4-rasm. Girih naqsh namunasini chizish bosqichi.
Masalan, mehrob, lola, patnis, ishkom, aylana mehrob elementlarini olsak, bu oddiy naqsh elementlarini bosqichma-bosqich, yo'l, to'rtburchak va aylana kabi shakllar ishiga joylashtirib, kompozitsiyalarni quyidagicha nomlashimiz mumkin:
1. Mehrob ko'rinishigagi shakllar — "Mehrob hoshiya", "Mehrob patnis", "Mehrob aylana".
2. Lola ko'rinishigagi shakllar — "Lola hoshiya", "Lola patnis", "Lola aylana".
3. Patnis ko'rinishigagi shakllar — "Patnis hoshiya", "Oddiy patnis", "Aylana mehrob patnis", "Patnis aylana".
4. Ishkom ko'rinishidagi shakllar — "Ishkom hoshiya", "Ishkom patnis", "Aylana ishkom".
5. Aylana mehrob ko'rinishidagi shakllar — "Aylana mehrob hoshiya", "Aylana mehrob doira" naqsh kompozitsiyalari va boshqalar.
Yuqorida autib o'tganimizdek, naqshlarni — shakl yasovchi elementlarning nomlari bilan atash mumkin. Masalan, "mehrob lola" — ko'rinishi ifodalangan yo'l ishidagi naqsh shakli odatda "Hoshiya naqshlar", deb atalganligi sababli "Mehrob hoshiya" deb nomlanadi. To'rtburchak shakldagi naqshlar patnisga o'xshash bo'lganligi sababli "Mehrob patnis" shaklidagi naqsh kompozitsiyasini tashkil yetadi va shunday nomlanadi. Aylana — gardish shaklidagi naqsh kompozitsiyasi yesa "Aylana mehrob" naqshi deya ataladi.
Ushbu naqsh shakllarini ixtiyoriy ravishda yakka (1), qo'sh (2) va bir necha bandli ramka ko'rinishlarida chizish mumkin. Bunday turdagi ko'rinishlar "Naqshlar rejasi" deb ham yuritiladi. Tuziladigan naqsh kompozitsiyasi naqsh elementlarini ana shu kabi turli qoliplar ishiga joylashtirib hosil qilinadi.Naqsh kompozitsiyalarini tuzishni o'rganishda xalq ustalarining ijodiy ishlarini kuzatib, ulardan nusxalar ko'chiradilar. Shuningdek, turli muzeylar, uylar va ma'muriy binolarni ichki va tashqi tomonlarini bezashda qo'llanilgan naqshlar va ularning turlari bilan tanishtirib boriladi. Girih naqsh namunasini chizish davomida chiziqlarning ingichka, to'g'ri, ravon va toza chizish muhim ahamiyatga ega. Bu nafaqat naqsh chizish sirlarini puxta egallaganingizdan, balki ruhiyatingizni ham ko'taradi, ko'nglingizga taskin beradi, sizni yana va yana yangi orzular sari undaydi, eng muhimi asabingizni tinchlantiradi, dam olasiz. Qachonki oddiy qora qalam bilan chizilgan chiziqlarga go'zallik, joziba va jon baxsh eta olsangizgina o'z kasbingizni ustasiga aylanasiz.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Ahmedov M.B. Yog'och o'ymakorligi. -T.: Adabiyot uchqunlari, 2017, -220 b.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
2. Bulatov S.S. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati. -T.: Mehnat, 1991, -384 b.
3. Xolmatov B.Q. Kompozitsiya. -T.: Iqtisod-Moliya, 2007, -102 b.
4. Akhmedov, M.-U., & Kholmatova, F. (2021). Formation of creative processes in students through teaching composition in fine arts. 36ipbMK наукових праць Л'ОГОХ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.03
5. Ahmedov, M.-U., & Xolmatova, F. (2021). TEACHING STUDENTS TO DRAW ELEMENTS OF PATTERNS IN WOOD CARVING CIRCLES. Збipник наукових праць ЛОГО!. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021 .v2.17
6. Talipov, N., & Talipov, N. (2021). CREATIVE TECHNOLOGIES FOR THE DEVELOPMENT OF STUDENTS' CREATIVE ACTIVITY THROUGH ART EDUCATION. Збipник наукових праць Л'ОПЭ1. https://doi.org/10.36074/logos-19.03.2021 .v3.12
7. Талипов, Н., & Талипов, Н. (2021). Проблема исторического жанра в изобразительном искусстве: взгляд на творческую школу художника Малика Набиева. Общество и инновации, 2(4/S), 607-613. https://doi.org/10.54274/2181-1415-vol2-iss4/S-pp607-613
8. R.R. Jabbarov. Patterns in applied art of the uzbek folk // Eyropean Journal of Arts, 2023, №1. - С.11-14. DOI: https://doi.org/10.29013/EJA-23-1-11-14
9. Дилшоджон Тураевич Хайтметов. (2024). Педагогические и психологические основы развития художественно-творческих способностей учащихся в практике декоративно-прикладного искусства. pedagogs, 51(1), 61-64. Retrieved from http://pedagogs.uz/index.php/ped/article/view/718
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HAhmedov Muxomod-Umar Baxridinovich, dots., pedagogika fanlari bo'yicha f.d. (PhD), Xo'jayeva Sayramxon Maksudovna, o'qituvchi [Ахмедов Мухамод-Умар Бахридинович, доцент.(РЬЮ). Ходжаева Сайрамхан Максудовна, преподаватель] [Ahmedov B. Muxomod-Umar,assoicate professor, Doctor of Philosophy in Pedagogy, (PhD), Xo'jayeva Sayramxon Maksudovna, teacher]; manzil O'zbekiston, Shahar: Toshkent, Tuman: Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1 [адрес: Узбекистан, Город: Ташкент, Район: Чиланзор, улица Гавхара, 1], [address: Uzbekistan, City: Tashkent, District: Chilonzor, Gavkhar street, 1]; E-mail: [email protected] [email protected]