INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ALISHER NAVOIYNING TURKIY TIL TARAQQIYOTIDAGI AHAMIYATI
Qo'ldosheva Fotima Eshboy qizi
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7014124
Annotatsiya. Maqolada buyuk adabiyotshunos, turkiy til va o'zbek adabiy tilining asoschisi,go'zallik kuychisi hisoblanmish Alisher Navoiyning turk tiliga,adabiyotiga qo'shgan hissasi, turk tilining rivojidagi mislsiz ahamiyati tasvirlangan. Shuningdek, uning turk tiliga bo'lgan e'tibori,shu tilda yaratgan asarlarining betakrorligi hamda o'zbek adabiy tilining taraqqiyotidagi xizmatlari haqida ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar: turk tili,o'zbek adabiy tili, bayt, fors tili.
ЗНАЧЕНИЕ АЛИШЕРА НАВОИ В РАЗВИТИИ ТЮРКСКОГО ЯЗЫКА
Аннотация. В статье рассказывается о вкладе Алишера Навои в турецкий язык и литературу, великого литературоведа, основоположника турецкого языка и узбекского литературного языка, певца красоты, а также о беспримерном значении развития турецкого языка. Также дается информация о его внимании к турецкому языку, уникальности его произведений на этом языке, его вкладе в развитие узбекского литературного языка.
Ключевые слова: тюркский язык, узбекский литературный язык, стих, персидский
язык.
THE SIGNIFICANCE OF ALISHER NAVOI IN THE DEVELOPMENT OF THE
TURKIC LANGUAGE
Abstract. The article describes Alisher Navoi's contribution to the Turkish language and literature, the great literary critic, the founder of the Turkish language and the Uzbek literary language, the singer of beauty, and the unparalleled importance of the development of the Turkish language. Also, information is given about his attention to the Turkish language, the uniqueness of his works in this language, and his contributions to the development of the Uzbek literary language.
Keywords: Turkic language, Uzbek literary language, couplet, Persian language.
KIRISH
Alisher Navoiy turkiy tillar tarixidagi beqiyos va tengsiz adabiyotshunosdir.Uning turkiy tillar rivojidagi mehnatlari mislsizdir.Barchaning diqqat-e'tibori fors tili va uning qanchalar jarangdorligiga qaratilgan bir vaqtda, Navoiy turk tilining nechog'lik go'zalligi, boyligini to'la ochib bera oldi va ushbu tilda takrorlanmas dostonlar, g'azallar yaratdi. Turk tiliga bo'lgan e'tiborning kuchayishiga, bu tilning gullab yashnashiga o'z hissasini qo'shdi. Navoiyning bu xizmatlari hanuzgacha avlodlar e'tibori va e'zozidadir.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Alisher Navoiyning beqiyos xizmatlari tufayli turk tili umumjahon xazinasidan mustahkam o'rin oldi. Shu o'rinda shuni aytib o'tish joizki, tarixchi olim Xondamir Navoiy haqida shunday deydi: "Hech kim turkiy tilni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan."
Navoiy o'zining asarlarida turkiy tilning boshqa tillardan ustunligini , so'z boyligi ko'proq ekanligini yozadi. Xususan, ,,Muhokamat ul-lug'atayn" asarida turk va fors tillarini solishtiradi, turkiy tilda mavjud 100ta so'zning fors tilida yo'qligini aytadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
O'sha davrda turkiy tildan ko'ra fors tiliga e'tibor kuchli bo'lgan. Barcha asarlar fors tilida bitilgan. Sanoqli ijodkorlarda mavjud bo'lgan ,,Xamsa" dostonlari ham fors tilida bo'lgan. Buyuk adabiyotshunos Navoiy esa turkiy tilda ilk bor ,,Xamsa" dostonini yozishga kirishdi va bu mas'uliyatli ishni qisqa muddatda yakunlab, ijod ahliga tortiq qildi.
TADQIQOT NATIJALARI
Alisher Navoiy adabiyotshunos sifatida o'zbek adabiyoti rivojiga xizmat ko'rsatadigan ko'plab asarlar yaratdi. Xususan, uning o'zbek adabiyoti tarixida buyuk manba hisoblanadigan "Majolis un-nafois" asarida 459 ta shoir, yozuvchi va ijodkorlar haqida ma'lumotlar to'plangan. Navoiyning asarlari mazmun va yuksak badiiyati jihatdan ham tengsizdir. Uning zamondoshi bo'lmish Zahiriddin Muhammad Bobur buni shunday tarzda ifodalab beradi: ,,Alisherbek naziri yo'q kishi erdi. Turkiy til birla she'r aytibdurlar, hech kim oncha ko'p va xo'p aytqon emas. Olti masnaviy kitob nazm qilibtur, beshi ,,Xamsa" javobida, yana biri ,,Mantiq ut-tayr" vaznida ,,Lison ut-tayr" otliq.
Adib turkiy tildagi 100 ta fe'lni keltiradi va fors tilida ularning ma'nosini anglatuvchi so'zlar mavjud emasligini kórsatadi. Navoiy yig'lamoq fe'lining yig'lamsinmoq, ingramoq, singramak, o'kurmak, siqtamoq kabi ma'nolarini keltiradi. Shu o'rinda adib shunday yozadi: ,,Chun o'kurmak muqobalasida forsiy tilda lafz yo'qtur". Jumladan, qabog' so'zining ma'nosi ko'z va qosh orasini bildirishi bilan izohlab, bu ma'noni ifodalovchi so'z fors tilida yo'qligini bildirib, quyidagi baytni dalillovchi misol qilib keltiradi:
Mengizlari gul-gul, mijalari xor,
Qaboqlari keng-keng, og'izlari tor.
Shuningdek, Navoiy tilshunos sifatida forsiy til amaliyotida turkiy tildan o'tgan so'zlarga ham e'tibor beradi. Misol uchun, tubichoq, arg'umoq, yaka, yobu, totu kabi ot turlarini, dastor, qalpoq, to'ppi, shirdog', yog'lig' singari bosh kiyimlarini, qo'rchi, suvchi, qushchi, kiyikchi, kemachi, qo'ychi kabi kasb-hunar nomlarini forsiylar turkiy so'zlar bilan yuritishini aytadi.
MUHOKAMA
Ulug' mutafakkir Alisher Navoiy umri davomida turk tilini rivojlantirishga, uning o'sha paytda keng quloch yozgan fors-tojik tili bilan bemalol tenglasha olishini va turk tilining gózalligini isbotlashga harakat qildi. Ushbu tilda mashhur, abadiyat bilan tenglasholadigan asarlar yaratdi. Shunday asarlarida biri ,,Muhokamat ul-lug'atayn" asari edi. Bu asar ikki til muhokamasiga qurilgan. Ma'lumki, Navoiy davrida o'zbek adabiy tilining rivojlanishida Xorazmiy, Yaqiniy, Amriy, Gadoiy, Atoiy, ayniqsa, Lutfiy o'z asarlari bilan katta hissa qo'shdi. Shunga qaramay o'zbek adabiyotida hali yuksak asarlar mavjud emas edi. Bu davrda fors tiliga e'tibor ko'proq bo'lib, so'z san'atkorlari tomonidan sayqallangan edi. Fors-tojik adabiyoti, lug'ati haqida bir qancha kitoblar bor edi. Shu sababli bu tilda she'rlar British, asarlar yaratish shoirlar uchun osonroq edi. Ko'pchilik o'zbek shoirlari, yozuvchilari ham o'z ona tilida emas, fors tilida qalam tebratardi. Buni Navoiy ham qayd qiladi: ,, Va hunariz turkning sitam zarif yigitlari osonlikka bo'la forsiy alfoz bila nazm ayturga mashg'ul bo'lubturlar". Navoiy ,, Muhokamat ul-lug'atayn"da o'zbek tilining boyligini, uning katta imkoniyatlarga ega ekanligini isbotlab beradi.
Navoiy ijodi har zamon, har davr uchun saboq bo'luvchi o'lmas g'oyalar va qarashlar ummonidir. Turk nazmida chu men tortib alam, ayladim ul mamlakatni yakqalam — deganida Navoiy haq edi. U o'z asarlari orqali turkiy milat va elatlarni yakqalam qila oldi. Fors tili minglab yillar davomida O'rta Osiyoda hukmron bo'lgan. ,,Yosh shoirlar she'rlari katta ustozlar nazariga tushishi uchun fors tilida ijod qilishar edi", degan edi Navoiy. Mana shunday sharoitda
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
adib turk tilini himoya qilishga chiqadi. Husayn Boyqaroga aytib, ijodkorlar turk tilida ijod qilsinlar,mazmunidagi farmon chiqartirishga erishadi. Navoiy turk tilini shu darajaga chiqishida mislsiz zahmatlar chekkan.
Navoiy shaxsiyati barchamiz uchun qadrli. Navoiy xalqimiz ma'naviy hayotida bemisl ahamiyatga ega. U turkiy xalqlar uchun yagona hisoblangan turkiy adabiy til asoslarini, uning adabiy janrlarini, poetikasi qobiliyatlarini bir sistema holiga keltirib, mukammal adabiy til namunasini yaratib bergan. So'z san'atini yuksaklikka olib chiqib, dunyoga lug'ati ko'lami bilan ham, rang-barangligi bilan ham, turkiy o'zlashma so'zlarning boyligi bilan ham bebaho bo'lmish turkiy adabiyotni taqdim etgan. XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, Navoiy turkiy tilga bo'lgan e'tiborning oshishida muhim ahamiyat kasb etdi. Nafaqat, turkiy tillar mavqeyini, balki turkiy xalqlar madaniyati va qadriyatlarini yuksaltirdi. U turk tilida ko'plab izlanishlar olib bordi,asarlar yaratdi.Navoyning bu xizmatlari ko'plab zamondosh ijodkor va adabiyotshunoslari tomonidan olqishlandi. Alisher Navoiy asrlar davomida dunyo va turkiy xalqlar nigohida.
REFERENCES
1. https://fayllar.org/alisher-navoiy--turkiy-til-asoschisi.html
2. B.To'xliyev va boshq. (2017) "10-sinf adabiyot darsligi".
3. https://uz.denemetr.com/docs/768/index-228960-1.html?page=6
4. https://ndpi.uz/uz/2021/02/05/14123/
5. https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/navoiyni-anglash-ozlikka-qaytish/