Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYGA JAVOBIYA – G’AZAL'

ALISHER NAVOIYGA JAVOBIYA – G’AZAL Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
356
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Husayniy / Alisher Navoiy / g’azal / oshiqona g’azal / badiiy mahorat / talmeh / tazod.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Zufnunabegim Rizvonovna Axrorova

Husayniy taxallusi bilan ijod qilgan iste’dodli shoir o’zbek adabiyoti tarixida alohida o’rin egallaydi. Ayniqsa, uning lirik merosi va “Risola” asari o‘zining keng qamrovligi bilan ajralib turadi. Shoir devonidagi g‘azallar sodda va ravon uslubda bitilgan bo’lib, turkiy til jozibasini aks ettiradi. Husayniy oshiqona mavzudagi g‘azallarida oshiq va ma’shuqa munosabatini ifodalashda talmeh, tazod, tanosub va so‘z takroriga asoslangan san’atlardan faol foydalangan. Maqolada Husayniyning Alisher Navoiy g’azaliga tatabbu’ sifatida yaratgan she’rlari tahlilga tortilgan. Mazkur g‘azallar g‘oyaviy-badiiy tahlil qilinib, lug‘atlar asosida sharhlashga harakat qilingan. Ushbu masalani yoritishda Husayniyning g‘azal janri taraqqiyotiga qo‘shgan hissasiga, boshqa shoirlarga o‘xshamagan o‘ziga xos uslubiga,badiiy mahoratiga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYGA JAVOBIYA – G’AZAL»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ALISHER NAVOIYGA JAVOBIYA - G'AZAL

Zufnunabegim Rizvonovna Axrorova

Buxoro davlat universiteti 3-bosqich talabasi

Husayniy taxallusi bilan ijod qilgan iste'dodli shoir o'zbek adabiyoti tarixida alohida o'rin egallaydi. Ayniqsa, uning lirik merosi va "Risola" asari o'zining keng qamrovligi bilan ajralib turadi. Shoir devonidagi g'azallar sodda va ravon uslubda bitilgan bo'lib, turkiy til jozibasini aks ettiradi. Husayniy oshiqona mavzudagi g'azallarida oshiq va ma'shuqa munosabatini ifodalashda talmeh, tazod, tanosub va so'z takroriga asoslangan san'atlardan faol foydalangan. Maqolada Husayniyning Alisher Navoiy g'azaliga tatabbu' sifatida yaratgan she'rlari tahlilga tortilgan. Mazkur g'azallar g'oyaviy-badiiy tahlil qilinib, lug'atlar asosida sharhlashga harakat qilingan. Ushbu masalani yoritishda Husayniyning g'azal janri taraqqiyotiga qo'shgan hissasiga, boshqa shoirlarga o'xshamagan o'ziga xos uslubiga,badiiy mahoratiga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: Husayniy, Alisher Navoiy, g'azal, oshiqona g'azal, badiiy mahorat, talmeh, tazod.

Husayn Boyqaro Alisher Navoiy bilan maktabdosh do'st, davlat ishlarida hammaslak arbob bo'lishi bilan birga ijodda ham bir-biriga yaqin qalamkashlar edi. Hazrat Navoiy ijodidan shu narsa ma'lumki, ulug' shoir deyarli har bir asarida Boyqaro yoki temuriylar haqida to'xtalib o'tdi. Husayniy ham bu munosabatni javobsiz qoldirmadi. O'zining "risola" asarida Alisher Navoiyga yuksak baho berdi. Qolaversa, devonidagi g'azallarda navoiy g'azallariga javobiyalar, tatabbu'lar yozdi. Bir necha g'azallarini Alisher Navoiydan ilhomlanib yaratdi. Ana shunday she'rlaridan biri "Koshki" radifli g'azalidir:

Baytning lug'ati: tamanno- tilak, orzu, istak;

Nasriy bayon: Yuzingni ko'rmakni orzu qilib, ko'ngul mulkiga g'avg'o soldim.

Ma'lumki, oshiq vasl umida o'rtanadi. Ma'shuqa jamolini ko'rmak tilagida harakatlanadi. Mana shu ulug' orzu oshiq ko'nliga g'avg'o soladi. Shu maqsad sari yetishish ishtiyoqida yonadi. Ayni shu mulohazalarga yaqin misralarni Hazrat navoiy ijodida ko'ramiz:

ANNOTATSIYA

Qilmag^ay erdim yuzni ko"rmak tamanno koshki, Solmag^ay erdim ko^ngul mulkiga g^avg^o koshki.

Ochmag 'ay erding jamol olam aro koshki,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Solmag 'ay erding bori olamda g 'avg 'o koshki1.

Husayniy keyingi baytda vasl va hajr tushunchalarining oshiq uchun nechog'lik ahamiyatga ega ekanligini qalamga oladi:

Baytning lug'ati: yag'mo- 1) talon-taroj, buzg'unlik; 2) shahar, mamlakat, qabila nomi. Nasriy bayon: Ayriliq o'ti ko'nglimni talon-taroj qildi, ko'nglim mulkida esa vasl umididan g'avg'o tushdi.

Shoir oshiq ko'ngligini hajr (ayriliq) yag'mo (talon-taroj, buzg'unlik) qilsa, vasl (etishish) umidi ham uning ko'ngil mulkiga g'avg'o solishini ta'kidlaydi. Husayniy tazod (vasl-hajr) orqali o'z mulohazalarini ta'sirli bayon etishga erishgan. Shoir o'z dardini tinglashga yaqin hamroh izlaydi va ayni qalb iztiroblarini o'z rafiqiga (do's tiga) bayon etadi. Shu bois nido san'ati (ey rafiq)ham o'rinli ishlatilgan.

O'z dardini rafiqi bilan o'rtoqlashgan shoir navbatdagi baytda falakka murojaat

qiladi:

Baytning lug'ati: iturgil - yo'qotgil; sipehr- osmon, osmon gumbazi, falak; illo -magar, ammo, biroq.

Nasriy bayon: Ey falak, tangri uchun telba ko'nglimni yo'qotgin, magarki bu behosildan hosil bo'lmas.

Shoir vasl umidini behosil murod deb biladi. Zero, vaslga erishmoq oshiq uchun behosil tilak, ya'ni amalga oshishi mushkul bo'lgan maqsaddir. Shuning uchun oshiq falakka murojaat qilib, tengri uchun bu telba ko'nglimni yitirgin, yo'qotgin, deya iltijo qiladi.

Husayniy ishq oshiqni qay kuylarga solishini zo'r afsuslar bilan keyingi baytda zikr etadi:

Baytning lug'ati: taassuf- achinish, afsuslanish; sud - foyda; darig' - attang, e voh; zimn - ora, o'rta, ich, orasida.

Nasriy bayon: E voh, har ishning ichida, ayniqsa, ishq aro rasvo bo'libmenki, endi afsuslanishdan nima foyda?!

Ma'lumki, ko'ngliga ishq tushgan oshiq hamma narsani unutib, faqat ma'shuqa yodi bilan yashaydi. Bu yo'lda u jununlik kasb etadi. Natijada barcha xaloyiqning tiliga

1 A^Hmep HaBOHH. MyKaMMa^ acaprap Tyn^aMH. 20 tom^HK. 2-TOM. T:, "®aH", 1987. E.846.

Vasl aro tushti ko^ngul mulkida g^avg^o, ey rafiq, Qilg^ay erdi hajr o^ti ko^nglumniyag^mo koshki.

Tengri uchun, telba ko^nglumni iturgil, ey sipehr Kim, emas hosil bu behosildin illo koshki.

Ishq aro rasvo bolubmen, bu taassufdin ne sud? Yo darig^edur har ishning zimnidayo koshki.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

tushadiki, bu holatni ijodkor "ishq aro rasvo bo'liubmen", deb ataydi. Shoir tajohulu orifdan o'rinli foydalanib, ishq aro rasvo bo'ldim, endi bundan afsuslanishdan ne sud (foyda) deydi. Ammo keyingi baytda ma'shuqa vasli rohat ekanligiga urg'u beradi: Ul quyoshning naqdi vasli garchi rohatdur, vale, Qilmag^ay erdi ko^ngul oni tamanno koshki.

Baytning lug'ati: naqd- 1) saylangan, tanlangan, 2) qimmatbaho narsalar; sud -foyda; darig' - attang, e voh; zimn - ora, o'rta, ich, orasida.

Nasriy bayon: Ul saylangan, tanlangan quyoshning vasli rohatdur, ammo erishish mushkul. Shuning uchun koshki ko'nglim uning vasliga yetishishni orzu qilmasa edi.

Mumtoz adabiyotimizda ma'shuqaga nisbatan quyosh so'zi ishlatiladi. Husayniy ham shu an'ana doirasida ul quyoshning vasli rohatdur, deganda ma'shuqa vaslini nazarda tutgan. Oshiq hammavaqt ham o'z orzusiga yeta olmaydi. Shu anglagan shoirning lirik qahramoni koshki ko'nlim ma'shuqa vaslini orzu qilmasa edi, deya o'rtanadi. Mazkur baytda oshiq o'z mahbubasini quyosh deb atagan bo'lsa, keyingi baytda "oy" deb ataydi:

Meki ul oy ishqini qildim tamanno, ey ko"ngul, Qilg^ay erdim zuhd ichinda diyda bino koshki.

Baytning lug'ati: zuhd-dunyodan voz kechib toat-ibodat bilan shug'ullanish; diyda -ko'z; bino -1) bino, imorat. 2) asos, tayanchiq

Nasriy bayon: Ey ko'ngul, men ul oyning ishqini orzu qildim, undan ko'ra toat-ibodatni ko'zim asos deb bilsaydi, koshki.

Shoirning baytdan -baytga o'tgan sari so'z qo'llashdagi mahorati ham namoyon bo'la boradi. Ma'shuqani quyosh, keyin oy deb atadi. Oldingi baytlarda rafiqqa, falakka murojaat qildi.Mazkur baytda esa, insonga eng yaqin bo'lgan ko'ngilga murojaat qiladi. Bilamizki, ma'shuqa ishqiga yetmoqlik dushvor. Shunday ekan shoir zuhdni, toat-ibodatni asos deb bilsaydi, koshki deb orzu qiladi. G'azalda ifodalangan fikrlar maqta'da xulosalanadi:

Chun Husayniy davlat-u tavfiq sandin istadi, Ushbu ishda solma ko^ngliga, xudoyo, koshki.

Baytning lug'ati: tavfiq-muvofiqlik, yordam, madad.

Nasriy bayon: Xudoyo, Husayniy sandan davlatu madad istadi, ammo bu ishni ko'ngliga solmagin koshki.

Mazkur g'azalda shoir bir necha baytlarda nido san'atidan foydalanib, o'z mulohazalarini asosli, ta'sirchan bayon etishga erishgan. Jumladan, xotima baytda ham nido (xudoyo) orqali fikrlari qaratilgan undalmani aniq ko'rsatib bergan. Xulosa shuki, shoir Haq taolodan davlatu madad tilaydi, ammo ushbu tilakni ko'ngliga solmasligini xudodan o'tinib so'raydi. Chunki oshiqlar uchun davlat - yor vasli va unga

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

erishmoqlikdir. Ushbu g'azal Husayniyning oshiqona mavzuda yozilgan sara g'azallaridan biridir.

1. Navoiy Alisher. Mukammal asarlar to'plami. XX jildlik. I jild. Badoye' ul-bidoya. -Toshkent: Fan, 1987. - 689 b.

2. Vohidov R., Eshonqulov H. Ozbek mumtoz adabiyoti tarixi. - Toshkent: Ozbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2006. - 528 b.

3. Husayn Boyqaro. Shoh va shoir. T:, "Sharq", 1995 y.

4. Axrorova Z.R. Uvays Qaraniy Attor va Navoiy talqinida. BuxDU Ilmiy axborotnomasi 2020yil 2-son, B. 219-223

5. Amonova Z.K. Voprosti vliyaniya xurufitskogo ordena na uzbekskuyu klassicheskuyu literaturu XV - XVII vekov. Vestnik Chelyabinskogo gosudarstvennogo universiteta. Filologiya; Iskusstvovedeniye. Vtipusk 53. -Chelyabinsk: Izdatelstvo Chelyabinskogo gosudarstvennogo universiteta, 2011 g. - № 11 (226), - S.8 - 12.

6. Amonova Z.K. Attitudes towards Nasimi in modern literature. International Journal on Integrated Education. e-ISSN: 26203502. p-ISSN : 26153785 Volume 4, Issue 8, Aug 2021. - 41-46.

7. Amonova Z.K., H.Safarova, M.Rajabova. The influence of the ideas of the hurufism sect on Nasimi's work. Journal of Contemporary Issues in Business and Government Vol. 27, No. 2,2021. https://cibg.org.au/ P-ISSN: 2204-1990; E-ISSN: 1323-6903 DOI: 10.47750/cibg.2021.27.02.561. B 5541-5549.

8. M.Rajabova, Amonova Z.K., H.Safarova, Analytical and synthesized folklorism in Navoi's work. Journal of Contemporary Issues in Business and Government Vol. 27, No. 2,2021. https://cibg.org.au/. P-ISSN: 2204-1990; E-ISSN: 1626-1633. DOI: 10.47750/cibg.2021.27.02.171.

9. Amonova Z.K Nasimi and lutfi. X Mejdunarodnoy tyurkologicheskoy konferensii «Aktualntie problemti tyurkologii: Rossiya i tyurko-musulmanskiy mir». Kazan. 25 dekabrya 2020 g.

10. Amonova Z.Q. "Hayratul abror" hamd bobining o'ziga xos xususiyatlari. «Alisher Navoiy va XXI asr» mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjumani materiallari. -Toshkent, 2020. - B. 106-109.

11. Pirimovich E. H. ALISHER NAVOI'S ARTISTIC SKILLS IN THE USE OF WORDS REPEAT AND RHYTHM - 2021. - T. 48. -№. 12.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

12. Eshonqulov H. The Alisher Navoiy oshiqona g'azallarining badiiy qurilishiga oid o'ziga xosliklar //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. -№. 3.

13. E§ONKULOV H. ALI §iiR NEVAi'NiN MAHBUBU'L-KULUB ESERi VE §AiRIN A§IKANE GAZELLERiNDE A§K KONUSU //Electronic Turkish Studies. -2018. - Т. 13. - №. 20.

14. Urayeva D., Nazarova G. COMPARATIVE ANALYSIS OF MYTHOLOGICAL NAMES AND MYTHOLOGISMS IN THE ENGLISH AND UZBEK LITERATURE //Philology Matters. - 2021. - Т. 2021. - №. 1. - С. 3-21.

15. Ураева Д. С., Назарова Г. П. ИНГЛИЗ ВА УЗБЕК АДАБИЁТИДА КУШЛАР ОБРАЗИ //МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА. - 2020. - Т. 3.

- №. 4.

16. Uraeva D., Kabulova Z. INFLUENCE OF UZBEK LITERATURE ON ARTISTIC DEVELOPMENT OF KARAKALPAK MODERN POETRY //КУЛЬТУРОЛОГИЯ, ИСКУССТВОВЕДЕНИЕ И ФИЛОЛОГИЯ: СОВРЕМЕННЫЕ ВЗГЛЯДЫ И НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. - 2019. - С. 94-98.

17. Ураева Д. С. и др. ВЫРАЖЕНИЕ ВЕРЫ В ОГОНЬ И ЗОЛУ В ВОЛШЕБНОЕ ИСЦЕЛЕНИЕ НА НАРОДНЫХ ПЕСНЯХ //European Scientific Conference. - 2020.

- С. 360-363.

18. Amonova Z. The influence of the ideas of the hurufism sect on Nasimi's work //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 8. - №. 8.

19. Amonova Z. Attitudes towards Nasimi in modern literature //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 8. - №. 8.

20. Qodirovna A. Z., Rizvonovna A. Z. The Role of Romantic Poems in Husseini's Work //International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences. -2022. - Т. 2. - №. 4. - С. 126-131.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.