Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY VA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR IJODIDA VATAN TARANNUMI'

ALISHER NAVOIY VA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR IJODIDA VATAN TARANNUMI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Boburnoma” / Alisher Navoiy shaxsi / ezgulik / insonparvarlik / saxovat / vatan sog’inchi / odil siyosat / madaniyat va maʼrifatga eʼtibor / yoshlar tarbiyasi.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — G’ofurova Farangiz, Komilova Muyassar

Ushbu maqolada buyuk shoirlar Аlisher Navoiy vaBobur ruboiylarida vatan sogʼinchining ifodalanishi, ushbu ruboiylarning inson tarbiyasidagi ahamiyati haqida soʼz yuritilgan. Shuningdek, Boburning Navoiy portretiga chizgilari “Boburnoma” asaridan keltirilgan namuna orqali yoritib berilgan. Har iikala shoirning ijodi bugungi kunda yoshlarga ibrat maktabini oʼtayotgani haqida toʼxtalib oʼtilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY VA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR IJODIDA VATAN TARANNUMI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

ALISHER NAVOIY VA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR IJODIDA

VATAN TARANNUMI

G'ofurova Farangiz1 Komilova Muyassar2

1Toshkent amaliy fanlar universiteti Ingliz tili va adabiyoti yo'nalishi 1-bosqich talabasi 2Toshkent amaliy fanlar universiteti Rus tili kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13383589 Annotatsiya: Ushbu maqolada buyuk shoirlar Alisher Navoiy va Bobur ruboiylarida vatan sog'inchining ifodalanishi, ushbu ruboiylarning inson tarbiyasidagi ahamiyati haqida so'z yuritilgan. Shuningdek, Boburning Navoiy portretiga chizgilari "Boburnoma" asaridan keltirilgan namuna orqali yoritib berilgan. Har iikala shoirning ijodi bugungi kunda yoshlarga ibrat maktabini o'tayotgani haqida to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: "Boburnoma", Alisher Navoiy shaxsi, ezgulik, insonparvarlik, saxovat, vatan sog'inchi, odil siyosat, madaniyat va ma'rifatga e'tibor, yoshlar tarbiyasi.

1 KIRISH

Besh asr ortiq vaqt o'tibdiki, ulug' mutafakkir bobolarimiz, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma'naviy me'rosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini tarqatib kelmoqda.

Ma'lumki, Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur 42 yil farq bilan bir biriga zamondosh hisoblanishadi. Bobur Navoiydek buyuk zotni ustoz deb bilgan, ammo ustoz bilan diydorlashish bir umrlik armon bo'lgan.

Har ikki shoir ham o'z ijodlari bilan dunyoni lol qoldirishgan. Alisher Navoiyning betakror ruboiylari, tuyuqlari, jamiki nasriy asarlari, xususan ,,Xamsa''sini faqar mumtoz adabiyot ishtiyoqmandlari, balki adabiyotshunosu tilshunos olimlar, diniy ulamolarning ham fikru hayolini egallashganligi, Hazrat shoir ijodini takror va takror o'rganishga, tahlil etishga undab kelmoqda.

Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida "Boburnoma" shoh asar sanaladiki, bu kitob orqali nafaqat oddiy kitobxon, balki shoirlar, yozuvchilar, shuningdek manbashunos, tilshunos, etnograf, jug'rofiya va boshqa yo'nalishdagi olimlar ko'plab tarixiy ma'lumotlarga ega bo'lmoqdalar.

Ma'lumki, "Boburnoma" asarida 1551 kishini ismi tilga olingan. Ular ichida juda ko'p tarixiy shaxslar, Temuriy hukmdorlar, harbiy amaldorlar, ilm-fan va san'at namoyondalarining tarjimayi hollari qisqa satrlarda zikr etilgan. Ma'lumki, Bobur Navoiy bilan uchrashish orzusiga yetolmagan bo'lsada, lekin yoshligidan uning shaxsi va ijodiga katta mehr bilan tarbiya topgan. Shunisi ahamiyatliki, "Boburnoma"da 1505-1506-yil voqealari bayon qilinar ekan, Husayin Boyqaro haqida ma'lumot berilayotgan o'rinlarda Alisher Navoiy shaxsiga ham to'xtalinadi. Jumladan, asarda Alisher Navoiy nomi 16 marta tilga olingan. Quyidagi satrlarni fikrimiz isboti sifatija keltiramiz: "Alisherbek naziri yoq kishi erdi, turkey tilda bila to she'r aytib turilar, hech kim ancha ko'p va ho'p aytg'on ermas" .

Bobur Navoiyning musiqadan xabardor ekanini, o'zi kuylar yaratganini qayd etadi. "Yana musiqiyda

yaxshi nima hor bog'labdur, yaxshi naqshlari va yaxshi peshvarlari border" . Bobur bergan ma'lumotga ko'ra, Navoiy shoh xazinasidan to'lanadigan maoshdan voz kechish bilan birga o'zi xazinaga ehsonlar qilib turgan. "Mirzodin nima olmas, balki yilda mirzog'a kulli mablag'lar peshkosh qilur erdi" - dedi Zahiriddin Muhammad Bobur o'z asarida.

Mumtoz adabiyotda bu ikki ulug' shaxsning adabiy merosi nihoyatda yuksak. Ular hayot go'zalliklari, shavqi, nafosati kuychilari sifatida bugungi kun yoshlari qalbidan ham chuqur joy olishgan.

Boburning ruboiy va g'azallari asosan sevgi-muhabbat, mehr va yurtga sog'inch mavzusida. U kitobxon ko'z o'ngida juda samimiy va nozik didli inson, adolatli va xalqparvar fidokor sigatida gavdalanadi. Bobur Hindistonda shoh bo'lgan bo'lsada, muqaddas Vatan sog'inchi bilan yashagan. Va bu sog'inch hissi uning qator ruboiylarida aks etgan. Jumladan:

Tole yo'qi jonimg'a balolig' bo'ldi Har ishniki ayladim, xatolig' bo'ldi, O'z yerni qo'yib, Hind sori yuzlandim, Yo rab, netayin, ne yuz qarolig' bo'ldi. Albatta, biz Vatanni sevishni, uning qadriga yetishni va unga sadoqat bilan xizmat qilishni shoirning mungli nolalaridan o'rganamiz.

Ko'pdin berikim yoru diyorim yo'qtur Bir lahzay-u bir nafas qarorim yo'qtur. Keldim bu sori o'z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo'qtur. Ma'lumki, Bobur o'z odil siyosati, madaniyat va ma'rifatga e'tibori bilan hukmronlik qilgan davlatlarida yuqori izzat-hurmatga ega bo'lgan. U borgan yerini obod qilgan, o'sha yurt madaniyatini yuksaltirishga, xalqining dardiga darmon bo'lishga intilgan. Ammo Bobur hamisha o'z vatani sog'inchi bilan yashagan. Bu shoirning o'tli ruboiy va g'azallarida yaqqol aks etgan. El bilmasa holatim, bilur yor, Holimdin erur Xudoy ogoh. Kobul sori gar azimat etsang, Qurbon qilay o'zni sanga, ey shoh. Hazrat Navoiy ijodida ham Vatan mavzusi alohida o'rin tutadi. U o'z ruboiylarida vatandan yiroqda yashovchi insonni qafasdagi bulbulga o'xshatadiki,

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, e-e may 2004 www.in~academy.uz

ushbu satrlar bugungi kunda ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan:

G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish, El anga shafiq-u mehribon bo'lmas emish. Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa, Bulbulg'a tikandek oshiyon bo'lmas emish. Ikkala shoir ham inson faqat o'z vatanida baxtiyor yashay olishi, vatansizlik uni xoru-zorlikka yetaklishi, hech qanday boylik, taxt bir parcha kindik qoni to'kilgan tuproq sog'inchini bosa olmasligini bitib ketishgan. Darhaqiqat, yuqorida keltirilgan ruboiylar kitobxonda vatanni sevish, ardoqlash, asrash kabi insoniy hislarni uyg'otadi.

Necha asrlar o'tibdiki, Navoiy va Boburdek buyuk shaxslar ijodi hali hanuz xalq e'tiborida. Bugungi kun yoshlari ham shoirlar ijodini chuqur o'rganishmoqda. Har ikkala buyuk shoir ham adolatparvar va vatanparvar inson, yuksak didli ijodkor sifatida o'zlariga qo'l yetmas haykal o'rnatib ketishdi. Ular ijodi va hayot yo'li yoshlar uchun hamisha yo'lchi yulduz bo'lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

[1] http://hozir.org/alisherbek-naziri-yoq-kishi-erdi-turkiy-til-bila-to-sher-aytib.html

[2] Murodxoja Muxtorov Musiqiy istilohlar va badiiy obrazlar ifodasi // Academic research in educational sciences. 2021. №5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/musiqiy-istilohlar-va-badiiy-obrazlar-ifodasi (дата обращения: 26.01.2024).

[3] https://darakchi.uz/oz/180912

[4] https ://tafakkur. net/tole-yoqi-j onimga-balolig-boldi/zahiriddin-muhammad-bobur.uz

[5] https://tafakkur.net/kopdin-berikim-yoru-diyorim-yoqtur/zahiriddin-muhammad-bobur.uz

[6] https://qumqurgon.uz/archives/7901

[7] https://www.hikmatlar.uz/quote/59

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.