Научная статья на тему 'ALIFBO XUSUSIDA BA’ZI MULOHAZALAR'

ALIFBO XUSUSIDA BA’ZI MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
111
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yozuv / madaniyat / alifbo / fan / harf / writing / culture / alphabet / science / letter

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Muqaddas Tursunaliyevna Abdurahmonova, Nigina Sherzod Qizi Muxtorova

Yozuv madaniyatning quroli, o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prikdir. Yozuv inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, alifbo miloddan avvalgi 2ming yil oxirlarida qadimgi finikiy yozuvi tizimidan kelib chiqqan. Alifbo arab alifbosining boshlangʻich ikki harfi –“alif” va “bo” nomidan olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME CONSIDERATIONS ABOUT THE ALPHABET

Writing is a tool of culture, a bridge between the past and the future. Writing is important in human life. It is known that the alphabet originated in the late Phoenician writing system in the late 2,000 BC. Alphabet derived from the first two letters of the Arabic alphabet "alif" and "bo".

Текст научной работы на тему «ALIFBO XUSUSIDA BA’ZI MULOHAZALAR»

ALIFBO XUSUSIDA BA'ZI MULOHAZALAR

Muqaddas Tursunaliyevna Abdurahmonova

O'zbekiston Milliy universiteti dotsenti

O'zbekiston Milliy universiteti talabasi

Nigina Sherzod qizi Muxtorova

ANNOTATSIYA

Yozuv - madaniyatning quroli, o'tmish va kelajak o'rtasidagi ko'prikdir. Yozuv inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Ma'lumki, alifbo miloddan avvalgi 2ming yil oxirlarida qadimgi finikiy yozuvi tizimidan kelib chiqqan. Alifbo - arab alifbosining boshlang'ich ikki harfi -"alif " va "bo" nomidan olingan.

Kalit so'zlar: yozuv, madaniyat, alifbo, fan, harf

Writing is a tool of culture, a bridge between the past and the future. Writing is important in human life. It is known that the alphabet originated in the late Phoenician writing system in the late 2,000 BC. Alphabet - derived from the first two letters of the Arabic alphabet - "alif" and "bo".

Keywords: writing, culture, alphabet, science, letter

Yozuv - madaniyatning quroli, o'tmish va kelajak o'rtasidagi ko'prikdir. Yozuv inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Ma'lumki, alifbo miloddan avvalgi 2 ming yil oxirlarida qadimgi finikiy yozuvi tizimidan kelib chiqqan. Alifbo - arab alifbosining boshlang'ich ikki harfi -"alif" va "bo" nomidan olingan. Olimlarning taxminicha, alifbo yaratilishidan oldin insonlar Misr iyerogliflaridan foydalangan.

ASOSIY QISM

Bundan tashqari Elam, Hindiston va Krit oroli aholisi shumer, akkad va mixxat yozuvli belgilaridan foydalangan. Braxma yozuviga asoslangan hind yozuvi miloddan avvalgi 3-2ming yillikda 700 ga yaqin belgidan iborat yozuv bo'lgan. Bu yozuv taxminan 400 yoki 250-300 belgili rasmdan iborat bo'lgan. Hind yozuvi shumer va xeti yozuviga o'xshatiladi. Miloddan avvalgi V asrdan boshlab hindlar braxma, kxaroshti, oromiy, gupta yozuvidan foydalangan. Vaqtlar o'tgan sayin turkiy xalqlar ham bir qancha yozuv turlariga murojaat qilgan. Qadimgi turklar moniy, braxma, suroniy kabi yozuvlarni qo'shni xalqlar bilan bo'lgan diniy munosabatlar tufayli qabul qilgan.

SOME CONSIDERATIONS ABOUT THE ALPHABET

ABSTRACT

KIRISH

12

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Masalan: Moniy yozuvi Markaziy Osiyoga moniy dini orqali kirib kelgan. VIII asrga kelib moniy tili uyg'ur xoqonligining rasmiy tili sifatida qabul qilingan. Ko'kturk yozuvi turkiy xaqlarning eng qadimgi yozuvi. Fanda noma'lum bo'lganligi uchun "run yozuvi", "qadimgi turk yozuvi" deb nomlangan. IX-X asrlardan to XX asrning boshlariga qadar arab harflaridan foydalanildi. Bu qadimgi yozuvlardan so'ng Sobiq ittifoq davrida xalqimiz majburiy ravishda rus kirill yozuviga o'tkazildi. Ushbu alifboni joriy etishda turkiy tillarning o'ziga xos tovush xususiyatlari, ming asrlik tarixi hisobga olinmasdan milliy tillarni yo'qotish asosida, kelajakda yagona til yaratish tamoyili asos qilib olinadi. O'zbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga o'tkazish haqidagi dastlabki qaror 1929-yil 15-23-may kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tgan respublika adiblari, til imlochilari ishtirokidagi anjumanda qabul qilingan va bu qaror 1929-yil 10-avgustdan O'Z SSR Xalq maorifi tomonidan tasdiqlangan. Samarqand anjumanida qabul qilingan "lotinlashtirilgan o'zbek alifbosi 33 harf va bir belgidan iborat bo'lgan. Alifboga 9 ta unli uchun alohida harflar kiritilgan. Natijada, 1934-yilning yanvar oyida til va imlo masalalari bo'yicha o'tkazi lgan respublika qurultoyida o'zbek alifbosidan "y","b" harflarini olib tashlashga, hamda "3" harfidan foydalanishni cheklashga va uning o''rniga aksar hollarda "a" tovushidan foydalanishga qaror qilingan. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng respublikada o'zbek yozuvini rus grafikasidan yana lotin grafikasi asosidagi yozuvga o'tkazish to'g'risidagi loyiha o'rtaga tashlandi. 1993-yil 2-sentabrda O'zbekiston Respublikasining "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida"gi qonuni e'lon qilindi. Yangidan qabul qilingan o'zbek alifbosi 31 harf va bir tutiq belgisidan iborat deb belgilandi. Bu qarorga bir qancha tanqidiy fikrlar bildirildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6-may kuni alifboga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida qonun qabul qildi. Bu hujjatga binoan: 1) yangi o'zbek alifbosi 26 ta harf, 3ta harflar birikmasidan iborat ekanligi belgilandi; 2) c, $ harflari alifbodan olib tashlandi; 3) c,g',n,s harflarning shakliga esa isloh kiritildi. Yangi alifboda ish yuritish 1996-yildan boshlandi. Masalan, kirill yozuviga asoslangan rus tili o'zining tarixiy taraqqiyotida 2 marta isloh qilingan (Pyotr I davrida va 1917-yil). So'nggi yillarda davlat tili hisoblanmish o'zbek tiliga ham bir muncha e'tibor qaratilmoqda.Biz bunga qanchalik muhtojmiz? Bu qanchalik to'g'ri fikr? O'rganishlarimiz natijasida, aholining 92%i bu islohatni yoqlashmayapti. Qolgan qismi esa bu fikrni to'g'ri deb oqlashmoqda. Bizningcha, agar hozir taklif etilgan loyiha amalga oshsa, ulkan yo'qotishlarga uchrashimiz aniq. Misol tariqasida quyidagilarni sanab o'tish joiz:

1.Arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning aksariyati joriy alifboda saqlanmoqda. Ularni qaytadan yozib chiqgunga qadar yillab vaqt sarflanadi yoki bu hujjatlar batamom keraksiz qog'ozdan boshqasiga yaramay qoladi;

UZBEKISTAN

www.caajsr.uz

2.Yozilgan va yozilayotgan asarlar, darsliklar, qo'llanma-yu qo'lyozmalar chiqidga chiqadi. Kelajak avlod hali o'qib ulgurmagan nodir va noyob asarlar bir uyum qog'ozga aylanib qoladi;

3."h" va "x" undoshlarining yakka holga keltirilishi esa imloviy xatoliklarni yuzaga chiqishi yoinki ommaviy savodxonlik darajasining keskin pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari o'zbek tilida mavjud paronimlar tilshunosligimizda o'z o'rnini yo'qotishi mumkin. Masalan: xiyla va hiyla; hol va xol so'zlari misolida;

4."ng" harf birikmasining alifbo tarkibidan chiqarilishi esa o'zbek tilidagi ba'zi so'zlarning talaffuz me'yorlari buzilishiga sabab bo'ladi. Chunki bu harf birikmasi "n" va "g" alohida tovushlariga ajralsa bodring, tong, ong, singil kabi so'zlar so'zlashuv doirasida bir qancha g'alizliklarni keltirib chiqaradi va iste'moldan chiqib ketadi.

Loyihaga tashlangan alifbodagi harflar ham turk alifbosidan nusxa ko'chirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda" bu yaxshi fikr, axir tilimiz jahon tillari qatoriga qo'shiladi" degan fikrlar ham yo'q emas. Lekin qachongacha boshqa davlatlardan nusxa ko'chirib yashaymiz. Egamanlik davrigacha ham undan keyin ham hali hanuz o'zbek xalqining haqiqiy alifbosi yaratilgani yo'q. Alifboga o'zgartirish kiritish butun x alqni savodsizlik darajasiga olib keladi. Chunki tilimiz mustaqil bo'lganiga 32 yil bo'lishiga qaramasdan yurtimizda hali ham ish hujjatlari yarim kirill, yarim lotin yozuvida amalga oshirilmoqda. Vazirlikdagi mutasaddilar alifboga o'zgartirish kiritishni emas, balki mavjud kamchiliklarni qanday qilib bartaraf etishni, tilimiz rivojiga qanday qilib hissa qo'shish haqida o'ylasalar foydadan holi bo'lmaydi. Chet davlatlarda ( garchi alifbolarida murakkablik bo'lsa-da) allaqachon ma'lum bir tizimga solinib bo'lindi.

O'zbek tilshunosligida hali qo'l urilmagan mavzular talaygina. Alifboni o'zgartirishni emas, balki mana shunday muhim masalalarni o'ylasak, maqsadga muvofiq bo'lar edi. Balki loyihadagi alifboning afzalliklari bordir, lekin biz endi xato qilishga haqqimiz yo'q. Dono xalqimiz aytganidek, "ming o'lchab bir kesmoq kerak"

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Aliyev A., Sodiqov Q. O'zbek adabiy tili tarixidan. T . 1994

2. https://uz.kun.uz

3. https://'Wikipedia.uz

XULOSA

UZBEKISTAN

www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.