I. Qalandarov, J.A. Xamrayev, P.K. Yuldashev
AKTIVLASHTIRILGAN IES KULI ARALASHTIRIB TAYYORLANGAN YUQORI MUSTAHKAM MAYDA ZARRACHALI BETON XOSSALARINI TADQIQ QILISH
Mazkur maqolada aktivlashtirilgan IES kuli aralashtirilgan holda tayyorlangan mustahkam mayda zarrachali beton xossalari bo'yicha izlanishlar olib boriladi. Maqoladan ko'zlangan maqsad shuki, yuqori darajadagi mustahkam beton xossalarini o'quvchi uni anglashi uchun ta'sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tahlil qilishdan hisoblanadi. Maqola uchun manba sifatida soha vakillarining tadqiqot xulosalari va turli xil qo llanmalar olingan.
Kalitso^zlar: IssiqlikElektr Stansiyalari kuli, beton, beton turlari, kul-shlakli aralashmalar.
KIRISH
Bugungi kunda fizik kimyo kimyoviy hodisalarni tushuntirish va ularning qonunlarini fizikaning umumiy prinsiplari asosida aniqlab berish bilan shug'ullanadigan fan sohasi sifatida yuqori darajada rivojlanib bormoqda. Kimyoviy termodinamika, kimyoviy kinetika, kataliz, sirt hodisalari, eritmalar, kvant kimyosi haqidagi ta'limotlar, molekulalar, ionlar, radikallarning tuzilishi va xossalari to'g'risidagi ta'limotlar fizik kimyoning asosiy bo'limlari hisoblanadi. Fizik kimyo deyarli mustaqil bo'lim sifatida elektrokimyo, fotokimyo, kristallokimyo, radiatsion kimyo, fizik kimyoviy analiz kabi bo'limlarni ham o'z ichiga oladi. Fizik kimyo turli fizikaviy eksperimental tadqiqot usullaridan foydalanib, kimyoviy reaksiyalarning molekulyar mexanizmini mufassal tushuntirib berdi. Fizik kimyo anorganik, organik va analitik kimyo sohasidagi tadqiqotlar uchun xam, kimyoviy texnologiyaij ishlab chiqarish uchun ham nazariy asos bo'ldi. 20-asrning 50-70-yillarida fizik kimyoning ko'pgina sohalari tez rivojlan-gan va molekulalar, ionlar, radikallarning turli fizikkimyoviy jarayonlardagi tabiatini muftassal o'rganadigan yangi yo'nalishlar vujudga keldi. Dissotsiatsiya, ionizatsiya va fotoionizatsiya energiyasi tadqiq qilindi. Elektr razryadlaridagi reaksiyalar, quyi trali plazmadagi jarayonlar (plazmalar kimyosi), sirt hodisalarining qattiq jismlar xossalariga ta'siri (fizik kimyoviy mexanika) muvaffaqiyatli o'rganildi, polimerlar fizik kimyosi gazlar elektro-kimyosi va boshqa rivojlandi.
IZLANISHLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Issiqlik elektr stansiyalarining kul va shlaklari (IES) - qattiq yoqilg'ining yonishi natijasida mineral qol-diq. Har yili o'rtacha quvvatga ega bitta issiqlik elektr stansiyasi 1 million tonnagacha kul va shlak tashlab yubo-radi, kul asosidagi yoqilg'ini yoqadigan issiqlik elektr stansiyasi esa 5 million tonnagacha. Kimyoviy tarkibiga ko'ra yoqilg'i kul va shlakdan iborat. SiO2, A12O3, Fe2O3, CaO, MgO va boshqalardan iborat va yonmagan yoqilg'ini ham o'z ichiga oladi. Yonilg'i kuli va shlaki yillik ishlab chiqarishning atigi 3-4% uchun ishlatiladi. Beton (frans. beton va lot. Bitumon- tog' smolasi) boglovchi modda (mas, sement), suv, to'ldirgichlar (mas, shagal, qum), ayrim hollarda qo'shilmalar qo'shib tayyorlanadigan qorishmaning zichlashib qotishi natijasida hosil bo'la-digan qurilish material Qadimda betondan gumbaz, qubbalar, ravoqlar, katta inshootlar qurishda ishlatishgan. Bunda boglovchi material sifatida loy, gips, ohak, asfaltdan foydalanishgan. Beton texnologiyasining takomil-lashuvi sement ishlab chiqarilishi bilan bog'liq. 19-asrda temirbetonning ixtiro qilinishi betonning keng tarqalishiga olib keldi. Hajmiy massasiga (kgG'm3 larda hisoblanadi) ko'ra, betonning juda ogir (2500 dan yuqori), og'ir (1800 dan 2500 gacha,) yengil (500 dan 800 gacha) va alohida yengil (500 dan past); boglovchi moddaning turiga ko'ra, sementli, silikatli, gipeli, asfaltbetonlar, polimerbetonlar va boshqa xillarga; vazifasiga kura, oddiy (sanoat, fuqaro qurilishi uchun ishlatiladigan), gidrotexnika, yo'l qurilishi, issiqlik izolyatsiyasi, manz-arali ishlarga, maxsus ishlarga (kimyoviy turgun, olovbardosh, yadro nurlanishlaridan himoya qilish va boshqa uchun) mo'ljallangan xillari bor.
Issiqlik elektrostansiyasi pechlarida tuyilgan ko'mirlar yoqiladi. Bunda kul bilan birgalikda bo'lakli shlak(chiqindilarning umumiy hajmining 5-20% dan iborat) hosil bo'ladi. Changsimon ko'mirni yoqishda chiqa-digan shlak bo'lakli ko'mirni yoqishda chiqadigan shlakdan keskin farq qiladi. Ular kuygan va erigan kulning o'ta engil eruvchan qismini tashkil etadi. Ko'p holatlarda kichik g'ovakli shishasimon strukturali, zichligi 1,6 g/sm 3 dan katta donalardan iborat bo'ladi. Toshko'mir va past navli ko'mirni aralashtirib yoqganda yacheykali strukturaga ega, dona zichligi 0,5 -1,5 g/sm 3 bo'lgan g'ovak shlaklar hosil bo'ladi. Issiqlik elektrostansiyasi pechlaridan
© I. Qalandarov, J.A. Xamrayev, P.K. Yuldashev, 2022.
chiqadigan shlaklardan mustahkamligi 5-50 MPa bo'lgan betonlar olish mumkin. O'zRST 690-96 "Betonbop is-siqlik elektrostansiya kul-toshqol aralashmasi" ga ko'ra beton va yoqilg'i turidan kelib chiqib shlaklar tarkibida to'la yonmagan qo'shimchalar miqdori (qizdirishda massa yo 'qotilishi asosida aniqlanganda) 3 -7% dan oshmasligi kerak. Bundan tashqari sovuqqa chidamliligi, silikat nurashga bardoshliligi ham tajribada sinaladi. Shlak tarkibida oltingugurt va oltinugurtbog'lamalari, erkin kalsiy oksidi ham chegaralanadi. Har yili ko'mir, slanets yoki torfda ishlaydigan issiqlik elektrostansiyasi pechlaridan katta miqdorda kul chiqadi. Biroq undan kam foydalaniladi. Il-miy tadqiqotlar va ishlab chiqarish tajribasidan ma'lumki issiqlik elektrostansiyasi kullari betonlar uchun mayda to'ldiruvchi sifatida yoki to'ldiruvchilar ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida ishlatish mumkin. Kul dispersli material bo'lib, asosan 0,16 mm dan kichik bo'laklardan tashkil topadi. 0,16mm ko'zli elakda qolgan qoldiq 2040% ni tashkil etadi. Kul bo'laklari g'ovak strukturaga ega. Quruq kulning uyilma zichligi yoqilg'i turi va uni yoqishsharoitidan kelib chiqib 600-1300 kg/m 3 ni tashkil etadi. O'zRST 694-96 "Betonbop issiqlik elektrostansiya kul-changi. Texnik shartlar" ga ko'ra kuldan mayda to'ldiruvchi sifatida tabiiy yoki maydalangan qum, hamda granullangan shlak bilan aralashtirib betonda foydalanish yaxshi samara beradi. Bu sement sarfini kamaytirishga va beton xususiyatlarini yaxshilashga olib keladi.
Hozirgi vaqtda kuldan zich va yacheykali kulbetonlarda, hamda mayda to'ldiruvchi sifatida og'ir va yen-gil betonlarda foydalaniladi. Kuldan foydalanishdagi qiyinchiliklar asosan issiqlik elektrostansiyasi pechlarida kullar suv ta'sirida tozalanadi. Kulning esa quruq holatida sifati va samaradorligi yuqori bo'ladi. Konstruksion-issiqlikdan himoyalovchi engil betonlarda issiqlik elektrostansiyasi kullaridan mayda to'ldiruvchi sifatida ishlat-ishdagi texnik shartlarda uning donadorlik tarkibi va undagi xavfli qo'shimchalar keltirilgan. Sifati past ko'mirni yoqishda hosil bo'lgan kulning tarkibida yonmagan yoqilg'i miqdori 5% gacha, tosh ko'mir va antratsitni yoqishda hosil bo'lgan kul tarkibida esa 12 % gacha (massa bo'yicha) standartda ruxsat etiladi. Ko'p hollarda kul tarkibida yonmagan yoqilg'i miqdori 20% gacha, ba'zan esa 40% gacha tashkil etadi.
XULOSA
Olib borilgan izlanishlar natijasida shuni xulosa qilish mumkinki, ushbu maqolada IESlarning kullari va shlaklari deyarli barcha qurilish materiallarini ishlab chiqarishda ishlatilishi haqida ma'lumotlar berildi va bet-onning asosiy sifat ko'rsatkichi siqilishga mustahkamligi va shu xususiyati bilan uning markalari belgilanishi yo-ritib berildi. Mazkur maqolada shuningdek, sement va suv beton ishlab chiqarishda asosiy qism hisoblanadi va shu bilan birga beton ishlab chiqarishda eng keng yo l qo'yiladigan xato suvni ko'p qo'shish haqida tahlil xulosalari asoslab berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Axmerov K, "O'zbekiston kimyogarlarining muvaffaqiyatlari", T., 1987;
2. Rustamov H.R., "Fizk kimyo", T., 2000-yil.
3. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi (2000-2005)
4. A.Xamidov, "Beton to'ldiruvchilari texnologiyasi", Toshkent , 2020-yil.
I. QALANDAROV - t.f.n., dots., UrDU Texnika fakulteti, Qurilish kafedrasi o'qituvchisi, O'zbekiston, Urganch shahar.
J. A. XAMRAYEV, P. K. YULDASHEV- UrDU Magistratura bo'limi, M 211-Qurilish materiallari magis-tranti, O'zbekiston, Urganch shahar.