Научная статья на тему 'AKADEMIK LITSEY O`QUVCHILARINING KOGNITIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA FAN O`QITUVCHISINING O`RNI'

AKADEMIK LITSEY O`QUVCHILARINING KOGNITIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA FAN O`QITUVCHISINING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
133
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta`lim metodi / izоhli-illyustrаtiv ta`lim / muаmmоli tа’lim mеtоdi / muаmmоli vаziyat / prоduktiv ijоdiy fikrlаsh / rеprоduktiv fikrlаsh

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saidova Zulfizar Askarovna

Ushbu maqolada akademik litsey o`quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishda fan o`qituvchisining o`rni qay darajada ekanligi bayon qilingan. O`quv jarayonida o`quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlashlarini tashkil etishda o`qituvchi va o`quvchi munosabatlariga oid misollar keltirilgan. O`quvchilarning dunyoviy tafakkurini rivojlantirishda o`qituvchi mahorati, qobiliyati va ijodkorligi muhim omillardan ekanligi ta`kidlab o`tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AKADEMIK LITSEY O`QUVCHILARINING KOGNITIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA FAN O`QITUVCHISINING O`RNI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

AKADEMIK LITSEY OQUVCHILARINING KOGNITIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA FAN OQITUVCHISINING ORNI Saidova Zulfizar Askarovna

"Tabiiy va aniq fanlar"ga iqtisoslashtirilgan S.H.Sirojiddinov nomli Respublika akademik litseyi

matematika fani o'qituvchisi [email protected] 97 737-06-36 https://doi.org/10.5281/zenodo.7993377

Annotatsiya. Ushbu maqolada akademik litsey o'quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishda fan o'qituvchisining orni qay darajada ekanligi bayon qilingan. Oquv jarayonida o'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlashlarini tashkil etishda o'qituvchi va o'quvchi munosabatlariga oid misollar keltirilgan. Oquvchilarning dunyoviy tafakkurini rivojlantirishda o qituvchi mahorati, qobiliyati va ijodkorligi muhim omillardan ekanligi takidlab o'tilgan.

Kalit so^zlar: ta lim metodi, izohli-illyustrativ ta lim, muammoli ta'lim metodi, muammoli vaziyat, produktiv ijodiy fikrlash, reproduktiv fikrlash.

Ta'lim sohasi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi muhim o'zgarishlarga hamisha o'z munosabatini bildirib keladi. Jamiyat taraqqiyotining har bir davri uchun ta'lim nazariyasi rivojining ma'lum bir mazmuni mos keladi. Boshqacha qilib aytganda, jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichiga mos ravishda o'qitish dasturlarining mazmuni, tarbiya prinsiplari, o'quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning forma va metodlari hamda ta'lim muddatlari mos keladi. Pedagogika kursidan ma'lumki, ta'lim metodini aniqlashtirish jarayoni oquvchi bilan oqituvchining ozaro munosabatlari prinsipidan kelib chiqadi, bunda oqituvchi o'quvchilarga bilimlarni bayon qilishi, ana shu bilimlarga erishishdagi o'quvchilarning shaxsiy faoliyatlarini uyushtirishi hamda tushuntiriladigan mavzu materialini o'qituvchining ozi qanday bayon qilish nuqtai-nazaridan yondashiladi.

Ogzaki korgazmali ta'lim jarayonida o'quvchilar o'qituvchining tushuntirishi orqali bilimlarni ongli ravishda ozlashtiradilar hamda ularni amalda qollash malakalari hosil boladi.

Oqituvchi mavzu bo'yicha barcha masalalarni yechib ko'rsatish emas, balki berilgan o'quvchi uchun qiyin va murakkab tuyulgan, nostandart usullarda yechiladigan, mantiqiy fikr-mulohazalarni yuritishni talab qiladigan va koproq uchraydigan ayrim masalalarning yechilish usullaridan namunalar berish bilan o'quvchiga shu tipdagi masalani yechishda to'g'ri yo'lni tanlay bilishda ko'maklashishdir.Asta-sekin akademik litseylarning mazmuni tubdan o'zgartirilib kelmoqda, ya'ni ta'limni litseyning maqsad va vazifalariga mos keladigan yangi, ancha takomillashgan izohli-illyustrativ metodi vujudga keltirildi. Izohli-illyustrativ ta'limda o'rganilayotgan obyekt mohiyati izohlanadi, hayotiy faktlar bilan boglanadi hamda o'qituvchining ana shu o'rganilayotgan obyektga nisbatan ko'rsatadigan misol va xilma-xil korgazmali qurollari orqali tasdiqlovchi xulosasi bilan yakunlanadi.

Izohli-illyustrativ ta'limda oqituvchi faktlarni ozi bayon qilib beradi, ozi ularni tahlil qiladi va yangi tushunchalarning mohiyatini tushuntiradi, ya'ni teorema, qoida va qonunlarni ozi ta'riflaydi.

Izohli-illyustrativ ta'lim metodi akademik litseylarda qollanish darajasiga nisbatan an'anaga aylandi va hozirda ham qollanilmoqda. Hozirgi zamon ilmiy-texnika revolyutsiyasi davrida izohli-illyustrativ ta'lim metodi o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini yetarli darajada

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

rivojlantira olmaydi, ularni o'rganilayotgan mavzu materialini puxta bilishlariga bo'lgan ehtiyojlarini qanoatlantira olmaydi, hamda fanga bo lgan qiziqishlarini yuqori darajada shakllantira olmaydi. Shuning uchun ham 1960 yilning boshlaridan boshlab, talim sohasida ta'lim jarayonini jadallashtirish g'oyasi keng tarqalib, ta'limning yangi metodi - muammoli ta 'lim metodi vujudga kela boshladi.

Ta'lim metodlarining turini aniqlash o'quv jarayonini tashkil qilish prinsiplarini o'zigagina emas, balki aqliy faoliyat xarakteriga ham bog'liqdir, bu esa oz navbatida fikrlashning reproduktiv va produktiv turlarini ozaro qo'shib olib borish bilan belgilanadi. Izohli-illyustrativ ta'lim jarayonida barcha bilimlar, konikmalar va malakalar o'zlashtirishning reproduktiv metodi asosida amalga oshiriladi, ya'ni o'quvchilar fanning tayyor natijalarini, tayyor faoliyat usullarini ozlashtiradilar, bu esa ularda xotira va reproduktiv fikrlash malakalarini shakllantiradi. Faqatgina produktiv ijodiy fikrlash malakalari o'rganilgan nazariy mavzu materialiga bog'liq bo'lgan masala yoki misollarni yechish davomida egallanadi, xolos. Biroq reproduktiv fikrlash natijasida to plangan ma'lum hajmdagi bilim va malakalar o'quvchilarning mustaqil bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yetarli bo'lmaydi. Shuning uchun ham ta'limni jadallashtirish g'oyasini turli yo'nalishlari turli olimlar (M.A.Bankov, M.A.Danilov, M.Maxmudov, Yu.K.Babanskiy va boshqalar) tomonidan eksperiment qilinib korildi va nazariy jihatidan isbotlandi.

Otkazilgan eksperiment va kuzatishlar natijasida ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilish faoliyatlarini jadallashtirish hamda ularning intellektual imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish umumiy qonuniyatlari ishlab chiqildi. Bu qonuniyatlar quyidagilardan iborat:

1. O'rganilayotgan mavzu materiallari yuzasidan muammoli savollar sistemasini tuzish.

2. Tuzilgan muammoli savollar sistemasi asosida suhbat metodi orqali tushuntiriladigan mavzu materialini o'rgatish va uning tub mohiyatini ochib berish.

3. Muammoli savollar asosida izlanish xarakteridagi o'quv vazifalarini qo'yish.

Yuqoridagi bosqichlar asosida oquv materiali tushuntirilganda oquvchilar ozlari darrov

tushunib yetmaydigan fakt va tushunchalarga duch keladilar, natijada o'rganilayotgan mavzu materiali bilan oquvchilar orasida muammoli vaziyat hosil boladi.

T a ' r i f. Organilayotgan obyekt (bilishga doir nazariy material yoki masala) bilan organuvchi subyekt (o^quvchi) orasidagi ozaro harakatlarning o^ziga xos bolgan turiga muammoli vaziyat deyiladi.

Muammoli vaziyat - bu o'quvchilarni o'rganilayotgan mavzu materialidagi fakt va tushunchalarning qanday hosil bo'lishini bilmasdan, shu mavzu materialining tub mohiyatini olib beruvchi matematik tushuncha, aksioma va teoremalarni o'rganilayotgan mavzu materialiga tadbiq qila olmaslik paytida vujudga keladigan intellektual murakkablikdir.

Muammoli vaziyatning roli va ahamiyatini aniqlash o'quvchilarning tez fikrlash faoliyatini psixologik, pedagogik qonuniyatlarini hisobga olish asosida o'quv jarayonini qayta qurish muammoli ta'limning asosiy g'oyasini belgilab beradi. Muammoli ta'limda bilimning deyarli katta qismi o'quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o'quvchilar tomonidan muammoli vaziyatlarni mustaqil xal qila bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi.

T a ' r i f. Muammoli vaziyatlarni hal qilish asosida hosil qilingan dars jarayoni muammoli ta 'lim deyiladi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Yuqoridagi mulohazalardan muammoli ta'lim nazariyasi o'quvchi intellektual imkoniyatlarini ochib beruvchi rivojlantiruvchi xarakterdagi ta'lim tashkil qilishning psixologik, pedagogik yo'llari va usullarini tushuntiradigan ta'lim jarayoni ekanligi ko'rinadi.

Muammoli ta'limda o'qituvchi faoliyati shundan iboratki, u zarur hollarda eng murakkab tushunchalar mazmunini tushuntira borib o'rganilayotgan mavzu materiali bilan o'quvchilar orasida muntazam ravishda muammoli vaziyatlar vujudga keltiradi, o'quvchilarni faktlardan xabardor qiladi, natijada o'quvchilar bu faktlarni analiz qilish asosida mustaqil ravishda xulosa chiqaradilar va umumlashtiradilar, tushuncha, qoida va teoremalarni o'qituvchi yordamida aniqlab ifoda qilinishi yoki ma'lum bilimlarni yangi vaziyatlarda qo'llanishini o'rganadilar, natijada o'quvchilarda aqliy operatsiya va bilimlarni amaliyotda qo'llanish malakalari shakllanadi.

Akademik litsey matematika kursida o'rganiladigan nazariy mavzu materiallari masala va misollarni ularning mazmuniga ko'ra muammoli va muammoli bo'lmagan turlarga ajratish mumkin.

Agar o'rganilayotgan mavzu materialidagi masala va misollarni yechish jarayoni o'quvchilar uchun yangi matematik tushuncha, fakt va qoidalarni o'z ichiga olgan bo'lib, avvalgi usul bilan yechish mumkin bo'lmasa-yu, yechishning yangi usullari talab etilsa, u holda bunday masala yoki misol mazmunan muammolidir, aksincha, shunday masala yoki misollar o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga yechish uchun berilishi mumkinki, bunday masala va misollar o'quvchilar uchun muammoli bo'lmay qoladi, chunki ular masala va misol yechilishining yangi usullarini mustaqil izlanmasdan, o'qituvchining tushuntirishiga qarab o'zlashtirib oladilar. Agar o'qituvchi dastlab o'quvchilarga bir xil miqdorlardan tuzilgan misollarni turlicha usullar bilan yechish namunalarini ko'rsatgan bo'lsa edi, ular bu misollarni namunadan foydalanib yecha oladilar, natijada bu misollarni yechish jarayoni hech qanday muammoli vaziyatni hosil qilmaydi.

Geometriya kursidagi mavzularni oladigan bo'lsak, o'quvchilarning mavzuni o'zlashtirishi, mavzuga doir masalalarni yecha olishi uchun chizma va tasavvur katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, o'qituvchi "Ko'pburchaklar" mavzusi bo'yicha malumot bergandan so'ng muntazam ko'pburchaklarga doir savollarni o'rtaga tashlaydi:

1) Muntazam ko'pburchakning 1 ta ichki burchagi nimaga teng?

2) Muntazam ko'pburchakning 1 ta tashqi burchagi nimaga teng?

3) Muntazam ko'pburchakning 1 ta uchidan chiqqan diagonallari orasidagi burchak nimaga teng?

4) n-juft bo'lganda eng katta va eng kichik diagonallari orasidagi burchakm toping;

5) n-toq bo' lganda eng katta diagonallari orasidagi burchakni toping;

6) n-ixtiyoriy bo'lganda eng kichik diagonallari orasidagi burchakni toping va h.k.z.

O'quvchi:

1) a = 180 (n 2) , a - ichki burchak;

y n

3600

2) ß = ~~ , ß - tashqi burchak

180(n-2)

-n- 180

3) m=—-— = —

n-2 n

4) n-juft (eng katta va eng kichik diagonallari orasidagi burchak)

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

_ 1800(n-2) 1800 _ 180(n-4)

y i-y, ™ 2 n

1800

5) n-toq (eng katta diagonallari orasidagi burchak) x=

6) n-ixtiyoriy(eng kichik diagonallari orasidagi burchak) 180°(n — 2) 1800 1800 1800(n — 4)

y

n n n n

Agar o'quvchi yuqoridagidek javob bera olsa, demak, u chizmani tasavvur qila oladi, mustaqil fikrlab savollarga javob beradi. Boshqacha bolishi ham mumkin, ya'ni o'qituvchi shunday vaziyatni hosil qiladiki, yuqoridagi savollarni o'quvchi o'qituvchiga beradi. O'quvchi beradigan savollar ikki xil toifada bo'ladi. Birinchi toifadagi savollar oddiy ko'rinishda bo'lib, bu o'quvchi tomonidan mavzuni tushunmagan holatlarda beriladi. Bunday o'quvchilar bilan o'qituvchi individual ishlashi kerak bo'ladi. Ikkinchi toifadagi savollar o'quvchi mavzuni tushunganligi asosida kelib chiqadi. Bunday o'quvchilar ijodiy va mustaqil fikrlay oladilar. Akademik litsey fan o'qituvchilarining bosh maqsadi yo'lida o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish birlashtirilgan holda olib borilishi, bir tomondan, o'quvchilarning barkamol shaxs bo'lib yetishishini, boshqa tomondan, o'quvchining o'z-o'zini namoyish qilish uchun sharoit yaratish o'qituvchidan katta mehnat talab etadi. Bu katta mehnatdan qochmagan o'qituvchigina o'quv jarayonida o'z maqsadiga erishadi.

Xulosa

Pedagog tushunishi lozim, uning vazifasi-o'quvchining muayyan matematik formulalarni yod olishini ta'minlash emas, balki olamning bir butun qiyofasini shakllantirish va qabul qilayotgan axborotlardan kasbiy va hayotiy savollarni yechishda foydalanish qobiliyatini tarkib topdirishdir. Ta'lim akdemik litseyda o'quvchining xulqiy, shaxsiy va kognitiv sifatlarini rivojlantirishga, o'quvchining o'z-o'zini namoyish qilishini ta'minlashga yo'naltirilishi lozim. Akademik litsey o'qituvchisi ta'lim berish, tarbiya ishlarini olib borish, o'quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta'minlovchi shaxsiy fazilatlarni namoyish qilish, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini ob'yektiv nazorat qilish va baholay olish mahoratlariga ega bo'lishi maqsadga muvofqdir. Ta'lim berish mahorati quyidagi omillarga asoslanishi lozim:

1) o'quv jarayonini loyihalash va amalga oshirish qobiliyati, qo'llab-quvvatlanishi;

2) o' qituvchining psixologiya va pedagogika fani bo'yicha tayyorgarligi;

3) fanni mukammal bilishi, kasbiy omilkorlik, zakovatlilik;

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

4) yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini loyihalash qonuniyatlarini bilish;

5) xorijiy ta'lim tizimidagi yangi axborotlarni o'rganish manbai sifatida chet tillarni

bilish;

6) ta'lim tizimiga oid me'yoriy hujjatlarni bilish;

7) o'quv-tarbiya jarayoni samarasini ta'minlovchi moddiy-texnika bazasiga oid axborotlarni o'zlashtirish.

Tarbiya ishlarini olib borish mahorati o'qituvchining yuksak axloqiy fazilatiga, ma'naviy saviyasiga, mafkuraviy qarashlariga asoslanadi. O'quvchilarda dunyoviy tafakkurni shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ular ongida milliy istiqlol g'oyalarini tarkib topdirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish jarayonlari kasbiy mahoratiga bevosita bog'liqdir.

O'quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta'minlovchi o'qituvchining shaxsiy fazilatlari: talabchanlik va adolatlilik, fidoyilik va halollik, xayrixohlik, kirishimlilik, hazil-mutoyiba hissi va jiddiylik. Ushbu fazilatlar o'qituvchini "ustoz" darajasiga ko'taradi, o'quvchilar oldida obro-e'tiborini oshiradi, uning ta'lim berish va tarbiyalay olish mahoratiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

O'quvchilar bilim va ko'nikmalarini ob'yektiv nazorat qilish va baholay olish mahorati ta'lim-tarbiya jarayonining samarasini belgilovchi natijaviy sifat k'orsatkichidir. O'qituvchi o'quvchilar bilimini nazorat qilishning ob'yektiv va sub'yektiv metodlarini mukammal bilishi, qo'llay olishi, reyting tizimini joriy etish mahoratiga ega bo'lishi lozim.Yuqoridagi omillar akademik litsey o'quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishda fan o'qituvchisining nafaqat ta'limdagi o'rnini , balki jamiyatdagi ijtimoiy o'rnini ham belgilab beradi.

REFERENCES

1. o.k.^xom^ob. Психология мышления М.МГУ, 1984.

2. Методика преподавания математики. Под редакции В.Мышина. МД 986.

3. R.A.Habib. O'quvchilarning matematik taffakurini shakllantirish. Toshkent 1971 yil.

4. Alixonov S. Matematika o'qitish metodikasi. Т., O'qituvchi, 2001y.

5. S.A.Gasteva, B.I.Krelshteyn va boshqalar. Matematika o'qitish metodikasi. Т., 1960 y.

6. N.S.Sayidahmedov, N.N.Indiaminov. Pedagogik mahurat va pedagogic texnologiya.-T.:"Fan va texnologiya", 2014.

7. Y.Rasulova, O.Nurmatova. Pedagogika fanidan o'quv qo'llanma. "Voris-NASHRIYOT"T.-2009.

8. I.Isroilov, Z. Pashayev. Geometriyadan masalalar to'plami, T. 2003, "O'qituvchi".

9. A.B.Pogorelov Geometriya 7-11, T.I991, "O'qituvchi"

10. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

11. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.

12. Ibragimovich X. I. O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

13. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

14. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.

15. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. - С. 115-117.

16. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.

17. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.

18. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.

19. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).

20. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

21. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.

22. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.

23. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно-творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.

24. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.