Научная статья на тему 'AHOLI ORASIDA GEPATIT BILAN KASALLANISHINI KAMAYTIRISH BOYICHA PROFILATIK CHORALARINI TASHKIL ETISH'

AHOLI ORASIDA GEPATIT BILAN KASALLANISHINI KAMAYTIRISH BOYICHA PROFILATIK CHORALARINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gepatit / virus / kasallanish ko`rsatkichi / epidemiologik tekshiruv / yuqumli kasallik / tarqalish / muloqot / ichimlik suvi. / Hepatitis / virus / incidence rate / epidemiological study / infectious disease / spread / contact / drinking water.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — G.A.Ermatova, A.Yakubov

Gepatit A virusi Markaziy Osiyoda, ayniqsa, bolalar orasida keng tarqalgan bo`lib, ushbu virus jigarning yallig`lanishiga olib kelishi mumkin va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko'ra, Markaziy Osiyoda bolalar orasida gepatit A ning tarqalishi boshqa turdagi gepatit bilan kasallangan barcha holatlarning taxminan 90 foizini tashkil qiladi. O‘zbekiston gepatit A ning endemik jihatidan o‘rta hududlarga kiradi, biroq ayrim hududlarda kasallanish darajasi sezilarli darajada farq qiladi va mamlakatning turli hududlarida 100 ming aholiga 9 tadan 210 tagacha to‘g‘ri keladi. Maqolada gepatit A qo‘zg‘atuvchisi –virusning va gepatit A epidemiologiyasining xususiyatlari atroflicha yoritilgan, Farg‘ona viloyatining ayrim hududlarida gepatit A ning tarqalishi o‘rganilgan.Shuningdek, kasallikni kamaytirish uchun gepatit A ga qarshi emlashni milliy profilaktik emlashlar taqvimiga kiritish zarurligini asoslaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATION OF PREVENTIVE MEASURES TO REDUCE THE INCIDENCE OF HEPATITIS A AMONG CHILDREN

According to the World Health Organization (WHO), the prevalence of hepatitis A among children in Central Asia is about 90 percent of all cases of other types of hepatitis. The spread of hepatitis A in Central Asia is especially pronounced among children. This virus causes inflammation of the liver, and if not treated promptly, can lead to serious consequences. Uzbekistan ranks among the average regions in terms of endemicity of hepatitis A, however, the incidence rate in individual regions varies significantly and in different regions of the country ranges from 9 to 210 cases per 100,000 inhabitants. The article describes in detail the characteristics of the virus that causes hepatitis A, the epidemiology of hepatitis A, and the spread of hepatitis A in some regions of the Fergana region. Therefore, the inclusion of vaccination against hepatitis A in the national schedule of preventive vaccinations is a major necessity to reduce the incidence.

Текст научной работы на тему «AHOLI ORASIDA GEPATIT BILAN KASALLANISHINI KAMAYTIRISH BOYICHA PROFILATIK CHORALARINI TASHKIL ETISH»

IF = 7.921

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 921 www.in-academy.uz

ORGANIZATION OF PREVENTIVE MEASURES TO REDUCE THE INCIDENCE OF HEPATITIS A AMONG CHILDREN

G.A.Ermatova A.Yakubov

International Medical University Central Asian Medical University https://doi.org/10.5281/zenodo.14136010

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th November 2024 Accepted: 12th November 2024 Online: 13th November 2024

KEYWORDS Hepatitis, virus, incidence rate, epidemiological study, infectious disease, spread, contact, drinking water.

According to the World Health Organization (WHO), the prevalence of hepatitis A among children in Central Asia is about 90 percent of all cases of other types of hepatitis. The spread of hepatitis A in Central Asia is especially pronounced among children. This virus causes inflammation of the liver, and if not treated promptly, can lead to serious consequences. Uzbekistan ranks among the average regions in terms of endemicity of hepatitis A, however, the incidence rate in individual regions varies significantly and in different regions of the country ranges from 9 to 210 cases per 100,000 inhabitants. The article describes in detail the characteristics of the virus that causes hepatitis A, the epidemiology of hepatitis A, and the spread of hepatitis A in some regions of the Fergana region. Therefore, the inclusion of vaccination against hepatitis A in the national schedule of preventive vaccinations is a major necessity to reduce the incidence.

ОРГАНИЗАЦИЯ ПРОФИЛАКТИЧЕСКИХ МЕР ПО СНИЖЕНИЮ ЗАБОЛЕВАЕМОСТИ ГЕПАТИТОМ А СРЕДИ ДЕТСКОГО КОНТИНГЕНТА

Г.А.Эрматова А.Якубов

Международный медицинский университет Central Asian Medical University https://doi.org/10.5281/zenodo.14136010

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th November 2024 Accepted: 12th November 2024 Online: 13th November 2024 KEYWORDS

Гепатит, вирус, показатель

заболеваемости,

эпидемиологическое

По данным Всемирной организации здравоохранения (ВОЗ), распространенность гепатита А среди детей в Центральной Азии составляет около 90 процентов всех случаев других типов гепатита. Распространение гепатита А в Центральной Азии особенно выражено среди детей.

IF = 7.921

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 921 www.in-academy.uz

исследование, инфекционное заболевание,

контакт,

распространение, питьевая вода.

Этот вирус вызывает воспаление печени, и при несвоевременном лечении может привести к тяжелым последствиям. Узбекистан относится к средним регионам по эндемичности гепатита А, однако уровень заболеваемости в отдельных регионах существенно различается и в разных регионах страны составляет от 9 до 210 случаев на 100 000 жителей. В статье подробно описаны характеристика вируса, вызывающего гепатит А, эпидемиология гепатита А, распространение гепатита А в некоторых регионах Ферганской области. Поэтому включение вакцинации против гепатита А в национальный календарь профилактических прививок является главной необходимостью для снижения заболеваемости.

AHOLI ORASIDA GEPATIT BILAN KASALLANISHINI KAMAYTIRISH BOYICHA PROFILATIK CHORALARINI TASHKIL ETISH

G.A.Ermatova A.Yakubov

Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.14136010

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th November 2024 Accepted: 12th November 2024 Online: 13th November 2024

KEYWORDS Gepatit, virus, kasallanish ko^rsatkichi, epidemiologik tekshiruv, yuqumli kasallik, tarqalish, muloqot, ichimliksuvi.

Gepatit A virusi Markaziy Osiyoda, ayniqsa, bolalar orasida keng tarqalgan bolib, ushbu virus jigarning yalliglanishiga olib kelishi mumkin va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko'ra, Markaziy Osiyoda bolalar orasida gepatit A ning tarqalishi boshqa turdagi gepatit bilan kasallangan barcha holatlarning taxminan 90 foizini tashkil qiladi. O'zbekiston gepatit A ning endemik jihatidan o'rta hududlarga kiradi, biroq ayrim hududlarda kasallanish darajasi sezilarli darajada farq qiladi va mamlakatning turli hududlarida 100 ming aholiga 9 tadan 210 tagacha to'g'ri keladi. Maqolada gepatit A qo'zg'atuvchisi - virusning va gepatit A epidemiologiyasining xususiyatlari atroflicha yoritilgan, Farg'ona viloyatining ayrim hududlarida gepatit A ning tarqalishi o'rganilgan. Shuningdek, kasallikni kamaytirish uchun gepatit A ga qarshi emlashni milliy profilaktik emlashlar taqvimiga kiritish zarurligini asoslaydi.

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 21 www.in-academy.uz

IF = 7.921

Dolbzarligi. Virusli gepatit A ning dolzarbligi bir necha omillarga bog'liq: bu infeksiyaning dunyoda, jumladan, O'zbekistonda ham keng tarqalishi, muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega, nafaqat bolalarda, balki kattalarda ham yuqori kasallanishi, epidemik harakteriga ega, uzoq va og'ir kechishi ehtimoli; turli klinik shakllarning mavjudligi, boshqa etiologiyali virusli gepatit va surunkali jigar kasalliklari bilan tez-tez qo'shilishi, shuningdek, O'zbekistonda aholini muntazam ravishda keng emlashning rejasida yo'qligi [2] 2030 yilgacha gepatit kasalligini bartaraf qilish uchun, Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan 2023-yilgi Butunjahon gepatitga qarshi kurash kuni "Bir hayot - bir jigar" mavzusida jigarning sog'lom hayot uchun ahamiyati va jigar kasalliklarining oldini olish uchun virusli gepatitning oldini olish, tashxislash va davolashni kengaytirish zarurligini ta'kidlash maqsadida nishonlanadi [5].

Virusli gepatit A - bu o'tkir yuqumli jigar kasalligi bo'lib, qo'zg'atuvchisi gepatit A virusi hisoblanadi. Gepatit A ning ham boshlang'ich belgilari xuddi boshqa turlari kabi isitma, holsizlik, ich ketish, qayd qilish alomatlari bilan kechadi. Shunda ko'pincha fuqarolarimiz uni grippga o'xshash kasalliklar bilan adashtirib, uy sharoitida davolashga harakat qilishadi. Chunki kasallikning boshlanish davrida Gepatit A ning tana va ko'z oq pardasidagi sarg'ayish kabi klinik belgilari qayd etilmaydi. Bu belgilar ikki haftadan keyingina namoyon bo'ladi [1].

Dunyo bo'ylab har yili o'n millionga yaqin odam ushbu kasallikka chalinadi. Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar boshqalarga nisbatan ko'proq kasallanadi. Virusli gepatit A mavsumga xos kasallik bo'lib, asosan kuz-qish mavsumida kuzatiladi. Ushbu xastalik shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida vujudga keladi. Bundan tashqari, kasallikning mavsumiy xususiyati, tabiatdagi o'zgarishlar, havoning o'zgaruvchanligi ham xastalikning paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun qulay muhit yaratadi. Nisbatan yuqori kasallanish aholi sifatli ichimlik suv bilan yaxshi ta'minlanmagan, sanitariya - gigiyena sharoiti nochor bo'lgan hududlarda kuzatiladi. Shu bilan birgalikda, bolalar maktabgacha ta'lim muassasalarida va maktablarda o'zaro muloqot jarayonida gepatit A kasalligini yuqtirib olish ehtimoli yuqori bo'ladi [3].

Ushbu kasallik «kir qo'llar kasalligi» deb ham ataladi. Virusni, asosan, kirlangan suv, taom, yaxshi yuvilmagan idish hamda kasallangan odam bilan kontaktda bo'lish orqali yuqtirish mumkin. Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, bemorlarning 90 foizini 10 yoshgacha bolalar tashkil etadi [4]. Olingan ma'lumotlarga ko'ra O'zbekistonda gepatit A bilan kasallanish holati bugungi kunda ham baland: joriy yilning 6 oyida, 2023 yilning shu davriga nisbatan, 1,7 barobarga o'sishi kuzatilgan. Bu kasallik 4-6 yoshli va 7-14 yoshli bolalar o'rtasida keng tarqalib bormoqda.

Ilmiy tadqiqotning maqsadi. Farg'ona viloyati aholisi o'rtasida gepatit A kasalligini tarqalishini o'rganish va gepatit bilan kasallanish darajasini kamaytirish bo'yicha qator profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Tadqiqot usullari. Kasallik ko'rsatkichlarini o'rganish uchun biz Farg'ona viloyati SEO va JSB (Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat sog'liqni saqlash boshqarmasi) dan olingan statistik ma'lumotlardan foydalandik. Statistik ma'lumotlarga asoslanib, Farg'ona viloyati tumanlar bo'yicha nisbiy qiymatlarni hisoblab chiqdik va olingan ko'rsatkichlarni solishtirdik.

<

о £

3

tu ^

сл сл 3 tu

Z

О <

tu

3 w

tu

КЗ О

КЗ ^

1—1 1—1 03 1—1 1—1 & 1—1 оп 1—1 1—1 00 i—1 КЗ 1—1 1—1 1—1 о 03 оп 00 КЗ 1—1 Z 10

Jami: ч 3 ►a su ri-2" 3 ч su ста, о 3 SU 3 G о =г о/ •о' 3 о N' W tu к сл' п-о 3 г 3 H о сл =г о" г 3 00 о/ х' 3 сл' иг п-о 3 3 О ^ Su' ►S' г 3 <о о/ сл иг п- tu "Ö su 3 <о 3 < su 3 о N о < о 3 3 о su 3 ста, SU SU 3 ся 3 < su ^ а SU 3 ся о oqy а о а г 3 га tu сл иг su ►S' г 3 su oqy о 3 su сл з- su сга/ о" 3 сл 3- <о о/ о 3 сл 3- <о 3 < su сл о ^ сл иг С ûj а -- с 3 а с ST 2. -i v;

0П КЗ 0П 0П 00 о оп КЗ 1—1 1—1 оп оп КЗ о оп оп 1—1 1—1 03 03 1—1 о 1—1 03 оп 03 00 1—1 00 03 оп КЗ КЗ on 1—1 1—1 оп КЗ 1—1 оп 03 Jami qayd etilgan VG bemorlar soni

КЗ о о о о о КЗ о о о о о о о о о о о о о lyoshgacha со re я

& 0П 1—1 КЗ 00 а^ 1—1 00 1—1 03 i—1 i—1 03 1—1 00 03 КЗ 00 03 КЗ 1—1 1—1 КЗ КЗ о 1—1 о 1 - 3 yosh 3 o НГ 4 VI

2458 КЗ О 1—1 00 чО КЗ КЗ & а^ КЗ оп КЗ 03 оп 1—1 о о КЗ 00 о КЗ 1—1 КЗ оп КЗ о 00 03 4 - 6 yosh

1644 1—1 1—1 1—1 КЗ о а^ 03 оп 03 U1 оп КЗ 1—1 03 о 1—1 00 00 чО 1—1 00 03 1—1 1—1 1—1 1—1 о 00 1—1 00 03 1—1 7 -14yosh O С/Э В НГ O" o

i—1 & 1—1 КЗ 1—1 1—1 1—1 о оп КЗ 00 i—1 о 1—1 1—1 о 00 03 1—1 15-19yosh

КЗ 0Э 00 1—1 00 1—1 1—1 о 03 1—1 КЗ оп о КЗ 1—1 о 1—1 1—1 00 КЗ 1—1 00 1—1 1—1 03 20 yosh va un dan yuq катталар << ñ" cr &J

о о о о о о о о о о о о о о о о о о о о suv O" «< с

1—1 1—1 о о о о о о о о о о о о о о о о о о oziq-ovqat maxsulot o^ ero" &J 3 o 3 сл" er re X

4927 00 00 00 00 00 чО 1—1 00 а^ 1—1 оп 1—1 1—1 00 1—1 оп КЗ 1—1 03 оп 1—1 КЗ 03 оп 1—1 КЗ 1—1 чО КЗ 03 1—1 03 maishiy-muloqot 3

00 КЗ & оп 03 1—1 03 1—1 03 03 03 1—1 КЗ i—1 КЗ 00 КЗ 1—1 о 1—1 о КЗ КЗ КЗ КЗ 03 КЗ КЗ 1—1 03 jami olingan намуналар lire W C/3 cr ÜJ 3 l-l- era" C/3 с < 3" ñ" в; с n _ В W О S3 л 1/5 — S3 S3 К S3

о о о о о о о о о о о о о о о о о о о о musbat natija сл" в; re era" 0) < o > 5 5?

Ч

V

4 QTQ

о'

5

<

о-

ъ

д

сг о^

К"

о ч

V

а

»

QTQ О

тз

ÏÏ

£L

го в 5"

QTQ

sr

ч XI

£L

и СГ

a

sa. <

a

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

su &

ra

su

ET

SU

su

СЛ

ста

О)

тз

su

ста su

hQ

su

СЛ

ET

su

SU СЛ

3"

ri-

su £

SU СЛ

a"

a>

сгсГ БГ

N Ci-su

ri-

SU

3 su

SU СЛ СЛ SU СЛ

EL

sr

3 ста

о"

3d

EL о

hQ SU

о

hQ SU

su

hQ

ста su 3

о ET

СЛ

SU <

О

hQ SU

su

hQ

ста su

ста a> T3 su

su 3 ста su з_

ста

чО CT\ CT\

чР

SU СЛ

ET

su

►S] 5Г

3

su ста su 3

ti

SU

ста о" з

SU

о ста

сл a>

3^ T3

su

сл"

1 3" ста

"аз" N SU

< SU HQ

EL 3 SU

Н-J ^

S сл

SU 3 щ" ET

3 с

SU

3 сл сл 3"

a1 SU ri- 3

su 5"

ГТ 3 & ста

ri-

Í? О

ста"

s

ri-

о SU

5' £

ста

SU SU

3 сл

3 <

su SU

г——* 3

3 сл

3 3d

HJ о a" 3

sr

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ста SU

SU сл

SU

??

3

S3

n

ста 3"

a> 3

T3 HO

su 3

o_

>

SU ста

SU

сл о 3_

сл сл

SU 3"

3 3

3 SU

Eí. 3

сл" EL

ЕГ

ста

SU

43 N3

su о SU

a

tu

N

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 21 www.in-academy.uz

IF = 7.921

Farg'ona viloyatimizda virusli gepatit kasalligi 2023 yil 12 oy davomida 5261 ta qayd etilgan bo'lib, intensiv ko'rsatkichda, yabni har 100 ming axoliga nisbatan olganda 131,10 ni tashkil etgan bo'lsa, 2022 yilning 4 - choragida 1118 tani tashkil etib, intensiv ko'rsatkichi 28,21 ni tashkil etgan. Viloyatimizda 2023 yil 12 oy davomida jami qayd etilgan virusli gepatitlardan: virusli gepatit A turi 5255 ta (130,9) ni tashkil etadi. Viloyat ko'rsatkichidan (intensiv ko'rsatkichi - 130,9): So'x tumani 561 ta (intensiv ko'rsatkichi - 676,9), Beshariq tuman 747 ta (intensiv ko'rsatkichi - 317,36), Bag'dod tumani 462 ta (intensiv ko'rsatkichi -189,2), Quva tumani 583 ta (intensiv ko'rsatkichi - 216,9), Farg'ona tumani 340 (intensiv ko'rsatkichi - 141,1), Uchko'prik tumani 521 ta (intensiv ko'rsatkichi - 214,2) kasallanish ko'rsatkichi yuqori bo'lib qolmoqda.

Joriy yilning 12 oyi davomida viloyatimizda qayd etilgan jami 5255 nafar VGA bemorlarni 4717 tasi yoki 410,04 foizini 14 yoshgacha bo'lgan bolalar tashkil etib, shundan 15 nafarini (intensiv ko'rsatkichi - 0,4) uyushgan bog'cha - 3 yoshgacha bo'lgan bolalar, 644 nafarini (intensiv ko'rsatkichi - 15,95) uyushmagan bog'cha - 3 yoshgacha bo'lgan bolalar, 727 tasini (intensiv ko'rsatkichi - 18,0) uyushgan bog'cha yoshidagi bolalar, 1732 tasini (intensiv ko'rsatkichi - 42,89) uyushmagan bog'cha yoshidagi bolalar, 1760 nafarini (intensiv ko'rsatkichi - 43,58) maktab bolalari tashkil etdi.

Bog'chaga qatnovchi bolalar o'rtasida kasallanish viloyat bo'yicha 727 ta xolatni (intensiv ko'rsatkichi - 18,0) tashkil etgan bo'lsa, Beshariq tumanida 67 ta (intensiv ko'rsatkichi - 28,46), Bog'dod tumanida 112 ta holatda (intensiv ko'rsatkichi - 48,06), So'x tumanida 96 ta holatda (intensiv ko'rsatkichi - 115,84), Quva tumanida 111 ta holatda (intensiv ko'rsatkichi - 41,30), Uchko'prik tumanida 109 ta (intensiv ko'rsatkichi - 44,81) qayd etilgan.

Maktab o'quvchilari o'rtasida VGA bilan kasallanish viloyat bo'yicha 1760 ta xolatni (intensiv ko'rsatkichi - 43,58) tashkil etgan bo'lsa, Qo'qon shahar - 165 ta xolatda (intensiv ko'rsatkichi - 62,31), Farg'ona shahar 136 ta xolatda (intensiv ko'rsatkichi - 40,38), Beshariq tumani 111 ta (intensiv ko'rsatkichi - 47,16), Bog'dod tumanida 138 ta holatda (intensiv ko'rsatkichi - 59,21), Quva tumanida 204 ta holatda (intensiv ko'rsatkichi - 75,9), Farg'ona tumani 150 ta holatda (intensiv ko'rsatkichi - 62,28), Uchko'prik tumanida 209 ta (intensiv ko'rsatkichi - 85,93)tashkil etdi.

Infektsiyani yetakchi yuqish omillaridan biri maishiy-muloqot xisoblanadi, uning ulushi Farg'ona viloyatida 4927 tani yani 93,7% ni tashkil etadi. Oziq-ovqat, suv yo'li orqali yuqishi kuzatilmadi.

Farg'ona viloyati aholisi foydalanadigan ichimlik suvi va ochiq suv xavzalaridan viloyat SEO va JSB virusologiya laboratoriyasida 326 ta suv namunalari olinib tekshirildi, tahlil natijalariga ko'ra kasallik keltirib chiqaruvchi virus aniqlanmadi.

Viloyat SEO va JSB, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi va xalq ta'limi boshqarmasi "Farg'ona viloyati bolalar o'rtasida yuqumli va parazitar kasalliklar, shu jumladan virusli gepatit "A" kasalligi bilan kasallanishni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish bo'yicha 2022-2023 yillarga mo'ljallangan qo'shma chora-tadbirlar dasturi" tasdiqlangan bo'lib, ushbu dastur asosida tizimli ravishda ishlar olib borildi.

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 921 www.in-academy.uz

IF = 7.921

2023 yil davomida virusli gepatit A kasalligi 410 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlarida (727 holat), 772 ta umumta'lim maktablarida (1648 holat) ro'yxatga olingan bo'lib, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 708 ta, umumta'lim maktablarda 1549 ta Farg'ona viloyati SEO va JSB xodimlari tomonidan epidemiologik tekshiruvlar o'tkazilgan. Ta'lim muassasalarida oshxona, hojatxona, yuvinish xonalarida o'tkazilgan 1481 ta o'rganishlar natijasida 416 tasida kamchiliklar aniqlangan. Ta'lim muassasalarida chiqindi maydonchalarini tashkil etilganligi va chiqindi yig'ish konteynerlarining sanitariya-texnik xolati bo'yicha 1382 ta tekshiruv o'tkazilgan bo'lib, 178 tasida kamchiliklar aniqlandi. Farg'ona viloyatimizda mavjud 901 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni qo'l yuvishi uchun sharoitlar o'rganilganda 5 tasida nosoz qo'l yuvgichlar aniqlandi.

Farg'ona viloyatimizda 12 oy mobaynida 53312 nafar bolalar VGA ga qarshi vaktsina bilan emlandi.

Farg'ona viloyatimizda 2023 yil 12 oyi davomida o'tkir virusli gepatit V bilan 3 ta holat ya'ni Farg'ona shaxar 1ta (intensiv ko'rsatkichi - 0.40), Bog'dod tumani 1 ta (intensiv ko'rsatkichi - 0.43), Buvayda tumani 1ta (intensiv ko'rsatkichi - 0.40) qayd etilgan. O'tkir virusli gepatit S bilan 3 ta xolat Marg'ilon shaxar 1 (intensiv ko'rsatkichi - 0.40), Quva 1 (intensiv ko'rsatkichi - 0.37), O'zbekiston 1 (intensiv ko'rsatkichi - 0.39) tumanlarida qayd etilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 maydagi "Ayrim dolzarb virusli infektsiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to'g'risida" PQ-243-sonli qarori va O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirining 2022 yil 30 maydagi 154-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, viloyatimizda qon bilan ishlaydigan davolash profilaktika muassasalar xodimlari 3788 nafar tibbiyot xodimlari 3 tur doirasida to'liq emlandi. Joriy yilning 12 oyi davomida esa 5690 nafar tibbiyot xodimlari 3 tur doirasida emlandi.

Sog'liqni saqlash vazirining 2023 yil 1 maydagi "Axoli orasida virusli gepatitning "V" va "S" turlarini erta aniqlash va davolash tadbirlarini amalga oshirish to'g'risida"gi 95-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida viloyatimiz aholisi o'rtasida virusli gepatit V va S turlarini barvaqt aniqlash uchun yil yakuniga qadar 90000 nafar shaxsda ushbu infektsiyalariga skriningdan o'tkazilishi belgilangan. 2024 yilning 5 yanvar holatiga aholining 70000 nafari (77,7%) virusli gepatit "V" va "S" turiga skriningdan o'tkazildi.

Farg'ona viloyati SEO va JSB xodimlari tomonidan Farg'ona viloyatida virusli gepatit kasalliklarini oldini olish borasida muntazam ravishda sanitariya-targ'ibot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 2023 yilning 12 oyi mobaynida 22 ta teleko'rsatuv, 382 ta radioeshittirish, 608 marotaba ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar, 43 ta maqola, 2021 ta mahallada davra suhbatlari o'tkazildi.

Xulosa va tavsiyalar. Shifokorlarga tayanib aytadigan bo'lsak, o'tkir virusli gepatit A bilan og'rigan bemor holatiga qarab, kamida 10 kundan 50 kungacha shifoxonada yotib davolanadi. Jigar to'qimasi to'liq yangilanishi uchun esa 150-180 kun vaqt talab etiladi. Shu davr mobaynida bemor qat'iy parhezda bo'lishi va jismoniy zo'riqishdan saqlanishi zarur.

Gepatit A ning oldini olish uchun quyidagi printsiplarga amal qilish kerak: > Sog'lom turmush tarziga rioya qilish.

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 21 www.in-academy.uz

IF = 7.921

> Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, ovqat tayyorlash va ovqatlanishdan oldin, jamoat joylari va hojatxonaga borgandan so'ng qo'lni yaxshilab sovunli suvda yuvish.

> Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va saqlash jarayonlarida sanitar-epidemiologik qoidalarga rioya qilish.

> Meva va sabzavotlarni iste'mol qilishdan oldin oqar suvda yaxshilab yuvish, so'ngra qaynagan suvda yuvish.

> Yashash joy gigiyenasiga rioya qilish: xonalarni shamollatish va namli tozalov ishlarini olib borish.

> Pashshalarga qarshi - ichak infektsiyalarini tashuvchilariga qarshi kurash.

> Virusli gepatit A kasalligiga eng samarali usul bu kasallikka qarshi emlashdir.

Virusli gepatit A shifokor topshiriqlarini vaqtida bajarib, parhez va hamma tartiblariga amal qilinsa, tuzaladigan, shuningdek, asoratsiz o'tib ketadigan kasallik. Farzandlarimizni bog'chaga borgandan boshlab tozalikka o'rgatishimiz shart. Bog'chadan, maktabdan, ko'chadan kelganida qo'l yuvishga, uyni orasta tutib, shamollatib turishga odatlantirishimiz kerak. Gepatit A ni yuqtirgan bemorlar ham yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqiziladi. Barcha xarajatlar esa davlat tomonidan bepul amalga oshiriladi. Sog'liqni saqlash vazirining tegishli buyrug'iga asoslanib hisoblanganda 2022 yilda Virusli gepatit A kasalligidan davolanishning jami xizmat narxi bir bemor uchun 3 mln 786 ming so'mni tashkil qilgan. Bu xarajatlar muolaja, tahlillar, dorilar va boshqa shu kabi xizmatlar uchun yuqumli kasalliklar shifoxonasida kasallikning o'tkir-sariqlik shaklini davolash uchun davlat tomonidan sarflanadi.

Nisbatan yuqori kasallanish aholi sifatli ichimlik suv bilan yaxshi ta'minlanmagan, sanitariya - gigiyena sharoiti nochor bo'lgan hududlarda kuzatiladi. Shu bilan birgalikda, bolalar maktabgacha ta'lim muassasalarida va maktablarda o'zaro muloqot jarayonida gepatit A kasalligini yuqtirib olish ehtimoli yuqori bo'ladi.

Xalqimizda "kasalni davolagandan ko'ra, oldini olmoq oson" degan naql bor. Kasallikka qarshi emlanishdan tashqari, sog'lom turmush tarziga, shaxsiy gigiyena qoidalariga, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va saqlash jarayonlarida sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya qilish muhimdir. Bu esa ortiqcha xarajatlarning oldini olib, eng muhimi o'zingiz va farzandlaringiz kasallik bilan og'rimasligiga muhim qadam bo'ladi.

References:

1. Дарьина М.Г., Захватова А.С., Сарана A.M., Васильев К.Д., Иванова Т.Г., Молчановская М.А., Колосовская Е.Н., Белова Л.В. Основные направления профилактики профессионального инфицирования вирусными гепатитами с контактным механизмом передачи в стационарах Санкт-Петербурга. ВИЧ-инфекция и иммуносупрессии. 2024;16(1):60-69.

2. Акимкин В.Г. Эпидемиологическая и иммунологическая эффективность вакцинации медицинских работников против гепатита В// В.Г.Анимкин, Т.А.Семененко// Эпидемиология ивакцинопрофилактика. -2017. Т-16. -№ 4. - С.52-57.

3. Абдиева Р.М., Мусабаев Э.И. Влияние образа жизни и питания на пациентов с циррозами печени вирусной этиологии в республике узбекистан и возможности их коррекции// Сборник тезисов Международной научно-практической конференции

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 21 www.in-academy.uz

IF = 7.921

«Актуальные проблемы эпидемиологии инфекционных и неинфекционных болезней»// Ташкент. -2023. - С. 7-8.

4. P. Cacoub, A. C. Desbois, C. Comarmond, D. Saadoun// Impact of sustained virological response on the extrahepatic manifestations of chronic hepatitis C: a meta-analysis// Gut. -2018. - Vol. 67, № 11. - P. 2025-2034. - DOI: 10.1136/gutjnl-2018-316234.

5. "Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to'g'risida", O'zbekiston Respublikasi Prezidentning qarori, 16.05.2022 yildagi PQ-243-son.

6. Parpiyeva, O., & Nazarova, D. (2024). VIRUSLI GEPATITLARDAN EHTIYOT BO'LING!. Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(11), 18-22.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.