Научная статья на тему 'AGROTURIZM: OʻZBEKISTONDAGI FERMERLAR VA MAHALLIY AHOLI UCHUN POTENSIAL IMKONIYATLAR'

AGROTURIZM: OʻZBEKISTONDAGI FERMERLAR VA MAHALLIY AHOLI UCHUN POTENSIAL IMKONIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

652
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / agroturizm / qishloq turizmi / agroturizm xarakteristikalari. / tourism / agritourism / rural tourism / characteristics of agritourism

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Iroda Shermamatovna Baymuradova

Mazkur maqolani yozishda hozirgi kunda dunyo iqtisodiyotida yetakchi tarmoqqa aylanib borayotgan turizm turi – agroturizmning fermer xoʻjaliklari hamda mahalliy hamjamiyat uchun potensial foydalari haqidagi adabiyotlar koʻrib chiqildi. Shuningdek, agroturizmning Oʻzbekistonda rivojlanish istiqbollari va ahamiyati o‗rganildi, uning qishloq aholisi kabi shaharliklar uchun ham ahamiyati kattaligi va afzalliklari (daromad, ish bilan bandlik, turar joy bilan ta‘minlanganlik, tabiiy resurslarni saqlash, dam olish va ta‘lim) yoritildi. Bugungi kunda mamlakatda qishloq aholisi daromadlarini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun qishloq xoʻjaligini diversifikatsiyalash, yangicha xoʻjalik yuritish mexanizmi sifatida agroturizmni yoʻlga qoʻyish tavsiya etilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the literature was analyzed on the potential benefits of agritourism for farms and the local community. The development prospects and the importance of agritourism in Uzbekistan were also studied, its importance and benefits for both urban and rural residents (income, employment, accommodation, conservation of natural resources, recreation and education) were highlighted. Today it is proposed to orient rural residents of the country to agritourism in the recommendation to create agritourism as a mechanism for diversifying agriculture in order to increase their income and socio-economic development

Текст научной работы на тему «AGROTURIZM: OʻZBEKISTONDAGI FERMERLAR VA MAHALLIY AHOLI UCHUN POTENSIAL IMKONIYATLAR»

AGROTURIZM: O'ZBEKISTONDAGI FERMERLAR VA MAHALLIY AHOLI UCHUN POTENSIAL IMKONIYATLAR

Iroda Shermamatovna Baymuradova

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali tayanch doktoranti

Mazkur maqolani yozishda hozirgi kunda dunyo iqtisodiyotida yetakchi tarmoqqa aylanib borayotgan turizm turi - agroturizmning fermer xo'jaliklari hamda mahalliy hamjamiyat uchun potensial foydalari haqidagi adabiyotlar ko'rib chiqildi. Shuningdek, agroturizmning O'zbekistonda rivojlanish istiqbollari va ahamiyati o'rganildi, uning qishloq aholisi kabi shaharliklar uchun ham ahamiyati kattaligi va afzalliklari (daromad, ish bilan bandlik, turar joy bilan ta'minlanganlik, tabiiy resurslarni saqlash, dam olish va ta'lim) yoritildi. Bugungi kunda mamlakatda qishloq aholisi daromadlarini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun qishloq xo'jaligini diversifikatsiyalash, yangicha xo'jalik yuritish mexanizmi sifatida agroturizmni yo'lga qo'yish tavsiya etilmoqda.

Kalit so'zlar: turizm, agroturizm, qishloq turizmi, agroturizm xarakteristikalari.

In this article, the literature was analyzed on the potential benefits of agritourism for farms and the local community. The development prospects and the importance of agritourism in Uzbekistan were also studied, its importance and benefits for both urban and rural residents (income, employment, accommodation, conservation of natural resources, recreation and education) were highlighted. Today it is proposed to orient rural residents of the country to agritourism in the recommendation to create agritourism as a mechanism for diversifying agriculture in order to increase their income and socio-economic development.

Keywords: tourism, agritourism, rural tourism, characteristics of agritourism.

Biologik va tashqi omillar ta'sirida qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish hajmining qisqarishi natijasida agroturizm iqtisodiy o'sishni diversifikatsiya qilishning muqobil yo'li sifatida e'tirof etila

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

boshlandi. Kichik va o'rta fermer xo'jaligiga ega fermerlar uchun

October 5-6

qishloq xo'jaligida qolishning yagona yo'li ularning daromadlarini diversifikatsiya qilish yo'llarini topish bo'lib qoldi.

Keyingi yillarda iqtisodiyotda boshqa tarmoqlaming jadal o'sishi hisobiga qishloq xo'jaligining YalMdagi ulushi pasaydi. Bunda qishloq xo'jaligidagi tarkibiy o'zgarishlar, asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchilar sifatida fermer hamda dehqon xo'jaliklarining vujudga kelishi, qishloq xo'jaligi korxonalari turlarining o'zgarishi ham ta'sir qildi. Tobora iqtisodiyotning yetakchi va barqaror tarmoqlari safidan joy olayotgan turizmni past daromadli soha, ya'ni qishloq xo'jaligiga integratsiya qilish natijasida qishloq aholisi daromadlarining oshishi xalqaro tajribalarda o'z isbotini topmoqda.

Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 13-avgustda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5781-son Farmonida keltirilgan masalalar turizm salohiyatini oshirish borasida qilinayotgan islohotlar natijasidir. Unga ko'ra turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini faol targ'ib qilish, turizm tarmog'ining kadrlar salohiyatini kuchaytirish orqali turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda respublikaga kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar sonini keskin ko'paytirish maqsadida "2019 — 2025-yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi" ishlab chiqildi [1].

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Agroturizmning ilk ko'rinishlari XIX asrning ikkinchi yarmida, Janubiy Tirolda (Italiya), ehtimol, aristokratlar yozda issiqdan qochib, tog'li fermalarga borganlarida boshlangan. Shunga o'xshash migratsiya Janubiy Karolinada hujjatlashtirilgan, u yerda boy plantatsiyalar egalari yozda pasttekislikdan yuqori qishloqqa ko'chib ketishgan. O'tgan 35 yil ichida bu amaliyot agroturizm tushunchasi sifatida nomlangan, ta'riflangan, qonunlashtirilgan va butun dunyo bo'ylab tarqalgan

Agroturizm ferma turizmi, fermer xo'jaligiga asoslangan turizm va qishloq turizmi tushunchalari bilan birgalikda hamda ma'nodosh so'zlar sifatida ishlatiladi

[2].

[3].

Ba'zi adabiyotlarda belgilari o'xshash, ammo mohiyati boshqa so'zlar sifatida ham ishlatilgan [4].

October 5-6

Quyidagi adabiyotda esa, agroturizm kengroq tushuncha sifatida qishloq turizmining o'ziga xos bo'g'ini ekanligi ilgari surilgan [5].

O'rganilgan ta'riflarni birlashtirish natijasida, ayniqsa, mualliflar nima uchun aynan shu terminni qo'llaganliklarini izohlab o'tmaganlarida chalkash va murakkab manzara kelib chiqadi. Biz ham o'z tadqiqotimiz davomida agroturizm - sayyohlarni qabul qilish va fermer xo'jaliklariga joylashtirish, ularni dehqonchilik va ishlab chiqarish faoliyatiga faol jalb etish ekanligi haqidagi dalilga qo'shilamiz [6].

Ushbu tushuncha qishloq turizmi termini bilan sinonimik hamohang bo'lsa-da, bir-biridan farq qiladi. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga chuqur ixtisoslashgan va qishloq xo'jalik korxonalari bilan uzviy aloqada bo'lgan hududga nisbatan agroturizm termini ishlatilishi nazarda tutiladi. Qishloq turizmi esa keng ma'noda shunga qo'shimcha ravishda milliy an'analarga xos tarzda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi xizmatlarni ham qamrab oladi.

Har qanday yangi hodisani tushunish uchun uning asosiy tavsiflovchi xususiyatlarini anglash lozim bo'ladi. Tadqiqotlarda haligacha agroturizmning barcha belgilarini xarakterlovchi aniq va asosiy tushuncha berilmagan. Balki turli mamlakatlarda agroturizm faoliyati davlatning agrar siyosati nuqtayi nazaridan turlicha talqin qilinmoqda. Lekin Buyuk Britaniyaning bir qator olimlari adabiyotlarda mavjud agroturizm mohiyatiga aniqlik kiritadigan, kelajakdagi empirik tadqiqotlar uchun asos bo'ladigan agroturizm tipologiyasini tuzdilar [7]. Keyingi tadqiqotlarida uchta savol asosida shu tipologiyani qayta ko'rib chiqib, yangisini tadqiq qilishdi [8] va bugungi kunda ushbu tipologiyadan keyingi empirik tadqiqotlar uchun asos sifatida foydalanilmoqda.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot jarayonida qiyosiy tahlil, mantiqiy tahlil, tizimli tahlil, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo'mitasi ma'lumotlarini o'rganish natijalaridan bilish mumkinki, O'zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni yildan-yilga o'sib bormoqda.

2020-yilda COVID-19 pandemiyasi butun jahon iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi, biroq global yalpi ichki mahsulotning 70 foizga qisqarishi turizm sohasidagi yo'qotishlar hisobiga sodir bo'ldi.

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

O'z o'rnida, O'zbekistonda 2021-yilning ikkinchi choragidan boshlab turizm sohasi asta-sekin tiklana boshladi va 2022-yil birinchi chorak ko'rsatkichlari 2021-yilning shu davr ko'rsatkichlariga nisbatan ancha yuqori bo'ldi.

2022-yilda yurtimizga kelgan xorijiy sayyohlar soni 609,59 ming kishini tashkil qilgan. Mazkur ko'rsatkich 2021-yilning xuddi shu davriga (2021-yilda -238,86 ming kishi) nisbatan 55,2 foizlik o'sishni ko'rsatmoqda. Sayyohlarning asosiy qismi, ya'ni 88 foizi o'tgan to'qqiz oy davomida O'zbekistonga qarindosh-urug'lari va do'stlari bilan ko'rishish maqsadida tashrif buyurgan. Ushbu ko'rsatkich 2021-yilning boshiga nisbatan 2,7 barobarga oshgan. Shunisi diqqatga sazovorki, dam olish va ko'ngilochar tadbirlarda qatnashish maqsadida O'zbekistonga kelganlar ulushi 66,4 foizga keskin oshgan. Bunday toifadagi sayyohlar joriy yilning yanvar-mart oylarida 6,1 foizni tashkil etdi (1-chizma) [9].

1-chizma.

Dam olish va ko'ngilochar tadbirlarda qatnashishni nazarda tutuvchi turizm turlaridan biri sifatida agroturizmning ahamiyati katta.

Agroturizmni sharqona nuqtayi nazar va O'zbekiston an'analaridan kelib chiqib ta'riflasak, u shunday turizm turiki, sayyohlarning qishloqlarda joylashgan fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaliklari va uy xo'jaliklari (maxsus tomorqaga ega xonadonlar)ga qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida ishtirok etish maqsadida tashrifmi aks ettiradi. Boshqa yondashuvlardan asosiy farqi, uy xo'jaliklari fermer xo'jaligi sifatida ro'yxatdan o'tmagan, yuridik shaxs sifatida faoliyat ko'rsatmaydigan bo'lsa-da, lekin oilaviy daromad olib keluvchi tadbirkorlar sifatida agroturizm bilan mustaqil shug'ullana oladigan, ekskursiya xizmatlarini tashkillashtira oladigan xo'jaliklardir. Shuningdek, ularning asosiy faoliyati qishloq xo'jaligida mavjud ishlarni qilish bo'lib, agroturizm xizmatlarini bajarish orqali esa qo'shimcha daromad ko'radilar.

So'nggi vaqtlarda sayyohlarning ko'pchiligi dam olish kunlarini qishloq uylarida biroz muddat yashash, ishlab chiqarishda, hosil yig'im-terimida qatnashish, ekologik toza mahsulotlarini iste'mol qilish, ovullar madaniyati bilan tanishish, qishloqning an'anaviy hayot tarzi va mehnatida ishtirok etish, bayramlarini nishonlash, bir necha kunini qishloq hududida o'tkazishni istashmoqda. Bu turdagi sayohatni ko'pni ko'rgan hamda xilma-xillikni yoqtiradigan turistlar ma'qullashadi. Ularning aksariyati, katta sanoat shaharlarida yashovchilar, nizo va stresslardan holi bo'lishni xohlovchilar, mashaqqatli mehnatdan charchagan insonlarni tashkil qiladi. Ular shahar shovqinidan uzoqdagi sokin qishloqlarda dam olishni istaydilar.

O'zbekistonda agroturizmni rivojlantirish va amalga oshirish.

Mustaqillik yillarida turizm mamlakatimizda, ayniqsa xalqaro sayohatlarning ko'payishi hisobiga muhim sohaga aylandi. Hukumatning turizm industriyasini rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlari 1992-yilda "O'zbekturizm" milliy kompaniyasining tashkil etilishi, 1993-yildan mamlakatimiz "Xalqaro turizm tashkiloti"ning a'zoligiga kirishida namoyon bo'ldi. Turizmni rivojlantirish bo'yicha davlat siyosati, strategiyalarini muvofiqlashtirish hamda amalga oshirish vazifasi Turizm va madaniy meros vazirligiga yuklatildi.

Avval aytib o'tilganidek, qishloq xo'jaligi bu mamlakat taraqqiyotida salmoqli o'rin tutgan va milliy iqtisodiyotga katta hissa qo'shib kelayotgan sohadir. Biroq, davlat iqtisodiyotidagi tarkibiy o'zgarishlar qishloq xo'jaligi sohasida yangi muammolarni keltirib chiqardi. Shu sababli, hukumat qishloq aholisi o'rtasida agroturizmni yangi turizm konsepsiyasi sifatida

rag'batlantirmoqda. Natijada, mamlakatda agroturizm keskin

October 5-6

ommalashib bormoqda va mahalliy aholi o'rtasida qishloq xo'jaligini diversifikatsiya qilish shakli sifatida rivojlanmoqda, chunki bu yerda yetarlicha qishloq xo'jaligi resurslari mavjud. Agroturizmni rivojlantirish uchun mas'ul bo'lgan asosiy organ Qishloq xo'jaligi vazirligi bo'lib, Turizm va madaniy meros vazirligi esa uni targ'ib qilishda yordam bermoqda. Shuningdek respublikada agroturizmni rivojlantirish borasida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning agrobiznesni rivojlantirish loyihasi Agrobiznesni rivojlantirish jamg'armasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Agroturizmning afzalliklari.

Agroturizmning xuddi shaharliklar kabi qishloq aholisi uchun ham ahamiyati katta. U bir qator afzalliklarga ega: daromad, ish bilan bandlik, turar joy bilan ta'minlanganlik, tabiiy resurslarni saqlash, dam olish, ta'lim va boshqalar. Aksariyat mamlakatlarning eng asosiy muammosi fermer xo'jaliklari daromadining pastligidadir. Agroturizm esa qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga turistlarni jalb qilish hisobiga aholi daromadlarini oshirish, qishloqlarda turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan faoliyat ekanligi uning bugungi kundagi ahamiyatini oshiradi.

Agroturizmni rivojlantirishning afzalliklari yanada keng ekanligi tadqiqotlarda aniqlangan:

- fermer xo'jaliklari faoliyatini yanada kengaytirish;

- qishloq xo'jaligi mahsulotlaridan innovatsion usulda taqdim etish;

- fermer xo'jaligi daromadlarini oshirish;

- fermer xo'jaligidagi qo'shimcha daromadlarni bevosita oila a'zolariga yo'naltirish;

- dam olish maskanlari; fermer xo'jaliklarining yashash va ish joylarini yangilash;

- boshqaruv mahorati va tadbirkorlik ruhiga erishish imkoniyatlarini ta'minlash;

- fermer xo'jaliklarining uzoq muddatli barqarorligini ta'minlash [10].

Agroturizmning fermer xo'jaliklari faoliyatiga ta'siri.

Agroturizmni rivojlantirish ko'pgina ijobiy natijalarga erishishda qo'l kelsa-da, uning mavsumiyligi hamda past ish haqi salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Chunki turizmning iqtisodiyotga ta'sir ko'rsatishi tahlili daromad va bandlilik bilan o'lchanadi.

Nyu-England qishloq xo'jaligi statistika xizmati tomonidan o'tkazilgan so'rov shuni ko'rsatdiki, 2000 va 2002 yillar

oralig'ida agroturizmdan olingan umumiy yillik daromad 86% ga

October 5-6

oshgan [11]. Karlsbaddagi Gul dalalariga tashrif buyuruvchilar bo'yicha tadqiqot olib borilganda, agroturizm AQShning Kalifomiya shtatidagi Karlsbad shahriga ijobiy iqtisodiy ta'sir ko'rsatdi. Gul dalalariga tashrif buyuruvchilarning to'g'ridan-to'g'ri xarajatlari Karlsbadda taxminan 2,3 million dollar va San-Diego okrugida taxminan 7,76 million dollarni tashkil etdi [12].

Gavayi Qishloq xo'jaligi statistika boshqarmasi (2004) ta'kidlashicha, Gavayidagi fermerlar agroturizmdan olingan daromadlar nuqtai nazaridan, to'g'ridan-to'g'ri sayyohlarga sotilgan tovarlardan umumiy daromadlarning taxminan 40% ni; keyin boshqa fermer xo'jaliklari mahsulotlari va esdalik buyumlarining chakana savdosi (26,8%); ochiq havoda dam olish (14,8%); turar joy (7,4%); ta'lim, shu jumladan qishloq xo'jaligiga sayohatlar (3,5%); va o'yin-kulgi (3,1%)lardan oladi [13].

Agroturizmning mahalliy aholiga ijtimoiy-madaniy ta'siri.

Turizmning ushbu turi nafaqat iqtisodiy manfaat, balki ijtimoy afzalliklarga ham ega. Agroturizm mahalliy aholining oilaviy munosabatlari, turmush madaniyati, yashash tarzi va urf-odatlariga ta'sir qiladi. U turli millatlarni, turli madaniyatlarni birlashtiradi. Qishloqlarda o'tkaziladigan bayram kechalari, festivallar, namoyishlar ijtimoiy va madaniy qadriyatlarni ham rivojlantirishi mumkin. Qishloq aholisi hamda shaharlik sayyohlar o'rtasidagi munosabatlarni yuzaga keltiradi, bu orqali mahalliy hamjamiyat yaqinlashish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin.

O'zbekistonda ham bugungi kunda agroturizmning "Turizm ovuli", "Turizm qishlog'i" tasnifiga kiritilgan obyektlari mavjud bo'lib, u yerlarda qishloq aholisi hayoti bilan tanishish, qishloq oilasi bilan birgalikda yashash va milliy taomlardan iste'mol qilish, tabiiy toza mahsulotlarni iste'mol qilish, turli bayram kechalari o'tkazish kabi madaniy tadbirlarda ishtirok etishlari uchun salohiyat yuqori. Qishloq turizmidan farqli o'laroq, agroturizm xizmatlari qishloq xo'jaligi korxonalaridagi mehnat jarayonlari va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog'liq.

Agroturizmda kamchiliklar.

O'zbekiston turizm sanoatida yangicha yo'nalish bo'lgani uchun ayrim kamchiliklar mavjud:

- infrastrukturada mavjud nuqsonlar (yo'l ta'mirlash ishlaridagi nosozliklar);

- davlat kafolati va huquqiy normalarning yetishmovchiligi (soliq stavkalari, bank kreditlari tizimidagi imtiyozlar, reglamentatsiya va qonunlar kamchiligi);

- turistik brendlarning mavjud emasligi;

October 5-6

- axborotlar bilan ta'minlanmaganlik (agroturistik xarita mavjud emasligi) va boshqalar.

Xulosa qilib aytganda, agroturizm ekologik toza tovarlar taqdim etish va xizmatlar ko'rsatishga asoslangan turizm turi bo'lib, mamlakat budjetiga salmoqli daromad qo'shadi. U orqali inverstorlarni agroturistik massivlarni barpo etishga jalb etish mumkin. Agroparklarning, agroklasterlarning qurilishi natijasida qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish choralari ko'riladi; qishloq aholisini ish bilan ta'minlaydi, qishloq aholisining xorijga migratsiyasini kamaytiradi, turistik mavsum davomiyligini uzaytiradi, qiymati bo'yicha raqobatbardosh dam olish turi hisoblanadi.

O'zbekistonda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi yaxshi yo'lga qo'yilgan, turli qishloq xo'jalik mahsulotlari hamda o'ziga xos qishloq an'analari, diqqatga sazovor joylar, turistik xizmatlarni ko'rsatish salohiyatiga ega qishloqlarning mavjudligi agroturizmni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.

Shu bois, bu biznesni mamlakatimizda taraqqiy ettirish, qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti bilan shug'ullanuvchi oliy o'quv yurtlari bunga yo'nalish berib, agroturizmga oid innovatsion g'oyalarni taqdim etishlari, hukumat tomonidan ushbu faoliyatga moliyaviy yordam ko'rsatishi tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. "O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni (13.08.2019)

2. Lamie, R. D., Chase, L., Chiodo, E., Dickes, L., Flanigan, S., Schmidt, C., & Streifeneder, T (2021). Agritourism around the globe: Definitions, authenticity, and potential controversy. Journal of Agriculture, Food Systems, and Community Development, 10(2), 573-577. https://doi.org/10.5304/jafscd.2021.102.002

3. Barbieri, C., & Mshenga, P. M. (2008). The role of the firm and owner characteristics on the performance of agritourism farms. Sociologia Ruralis, 48, 166183.

4. McGehee, N. G., & Kim, K. (2004). Motivation for agri-tourism entrepreneurship. Journal of Travel Research, 43, 161-170.

5. Clarke, J. (1999). Marketing structures for farm tourism: beyond the individual provider of rural tourism. Journal of Sustainable Tourism, 7, 26-

XULOSA

47.

October 5-6

6. Iakovidou, O. (1997). Agro-tourism in Greece: the case of women agro-tourism co-operatives of Ambelakia. MEDIT, 1, 44-47.

7. Phillip, S., Hunter, C., & Blackstock, K. (2010). A typology for defining agritourism.Tourism Management, 31(6), 754e758.

8. Sharon Flanigan, Kirsty Blackstock, Colin Hunter - Agritourism from the perspective of providers and visitors: a typology-based study, 40, (2014), 394-405.

9. O'zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo'mitasi ma'lumotlari (2019)- https : //uzbektourism.uz/uz/newnews/view?id=813

10. Williams P, Paridaen M, Dossa K, Dumai M (2001). Agritourism market and product development status report, Centre for Tourism Policy and Research. Notebook (2005). Agritourism: Putting a Face on Northeast Agriculture. http://www.farmcreditmaine.com/notebook/L3/agritourism.htm.

11. Lobo R, Goldman G, Jolly D, Walker B, Schrader W, Parker S (1999). Agritourism Benefits Agriculture in San Diego County. Small Farm Center, University of California at Davis. Reprinted from California Agriculture.

http : //www.sfc. ucdavis.edu/agritourism/agritourSD.html.

12. McGehee N G, Kim K, Kluenenberg S, Bratsch T (2002).Agri-tourism in Virginia:

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.