Научная статья на тему 'AGROBIZNESDA TRANSFORMATSIYALASHUV JARAYONLARI'

AGROBIZNESDA TRANSFORMATSIYALASHUV JARAYONLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
398
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
agrobiznes / jarayon / takomillashuv / qishloq xo’jaligi / xususiyat / mahsulot / texnika / faoliyat / xo’jalik. / agribusiness / process / improvement / agriculture / feature / product / technique / activity / economy.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — B. Mambetnazarov

Ushbu maqolada agrobiznesda transformatsiyalashuv jarayonlari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSFORMATIONAL PROCESSES IN AGRIBUSINESS

This article discusses the transformation processes in agribusiness.

Текст научной работы на тему «AGROBIZNESDA TRANSFORMATSIYALASHUV JARAYONLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

AGROBIZNESDA TRANSFORMATSIYALASHUV JARAYONLARI Mambetnazarov Baxit Bisenbayevich

Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar insituti https://doi.org/10.5281/zenodo.7013800

Annotatsiya. Ushbu maqolada agrobiznesda transformatsiyalashuv jarayonlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: agrobiznes, jarayon, takomillashuv, qishloq xo'jaligi, xususiyat, mahsulot, texnika, faoliyat, xo'jalik.

ТРАНСФОРМАЦИОННЫЕ ПРОЦЕССЫ В АГРОБИЗНЕСЕ

Аннотация. В данной статье рассматриваются процессы трансформации в агробизнесе.

Ключевые слова: агробизнес, процесс, совершенствование, сельское хозяйство, особенность, продукт, техника, деятельность, хозяйство.

TRANSFORMATIONAL PROCESSES IN AGRIBUSINESS

Abstract. This article discusses the transformation processes in agribusiness.

Keywords: agribusiness, process, improvement, agriculture, feature, product, technique, activity, economy.

KIRISH

Islohotlarning ilk bosqichida mamlakat qishloq xo'jaligi barqarorligini ta'minlash va rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tishning dastlabki asoslari yaratiladi. Bunda ustuvor yo'nalish qilib shaxsiy tomorqa xo'jaliklarini rivojlantirish belgilangan edi. Natijada aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlashda va qishloq xo'jaligini rivojlantirishda barqarorlikka erishildi.

Tarmoqda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berildi. Jumladan, 1066 ta davlat xo'jaliklari (sovxozlar) tugatilib, ular negizida jamoa xo'jaliklari tashkil etildi. Chorvachilik fermalari, bog' va tokzorlar, kichik yer maydonlari hamda issiqxonalar xususiylashtirildi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Agrobiznes va uning turlari.

Qishloq xo'jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi. Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo'jaligi sohasiga kirmaydigan, biroq u bilan bevosita bo'lgan faoliyat bilan shug'ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo'jaligiga texnikaviy ta'mirlash xizmat kursatish, uni mahsulotlarini qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib berish bilan bog'liq bo'lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo'g'inlarini qamrab oladi.

Agrobiznes faoliyatining maqsadi - iste'mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo'jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta'minlash orqali foyda ko'rishdan iborat.Agrobiznesning asosiy shakli va bo'g'ini fermer va dehqon xo'jaliklaridir. Chunki bu xo'jaliklar bevosita qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Fermer va dehqon xo'jaliklar o'z yerida yoki ijaraga olingan yerd ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o'zi va oila a'zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanishlari ham mumkin. Fermer xo'jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qo'shiladi, bu esa ishlab chiqarishni yuqori samaradorligini ta'minlaydi va ular bozor kon'yuktura (holati)siga tez moslashaoladilar.

Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas'uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Qishloq xo'jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Qishloq xo'jaligida zarar ko'rib ishlash natijasida og'ir ahvolga tushib qolgan davlat xo'jaliklarining tarkibi fermer xo'jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylntirish, mavjud davlat va jamoa xo'jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo'jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon xo'jaliklarini tarkib toptirish yo'li bilan hozirgi uyushgan va mulkka ega bo'lgan fermer va dehqon xo'jaliklari rivojlantirilmoqda. Fermer xo'jaliklarining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko'rsatadi.Agrobiznes ham qishloqlardagi tarkibiy o'zgarishlardan biridir. Agrobiznes - bu qishloqdagi agrofirmalar bilan sanoat xos resursdagi birgalikda ishlatib, iste'molga tayyor bo'lgan mahsulot yaratadi.

Agrofirma - ma'lum turdagi qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo'shib olib boradigan korxonadir. Bunday korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo'jalik aosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin.

Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.

Agrosanoat birlashmalari - bir turdagi mahsulot ishlab chmqaruvchi va unga bog'liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanuvchi bir nechta xo'jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan, bog'dorchilik va uzumchilik bilan shug'ullanuvchi xo'jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi tsex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtiroqchilari ishlab chiqarish, xo'jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.Agrosanoat kombinatlari qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo'jalik va korxonalarning ma'lum bir hududida birlashuvidir. Qishloq xo'jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo'jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qo'shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko'rsatadi.

Agrosanoat integratsiyasi va uning asosiy ko'rinishlari.

Iqtisodiy rivojlanish qishloq xo'jalik tarmoqlarida doimo sanoat, savdo, transport va boshqa sohalar bilan bog'liq bo'ladi. Mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga va qishloq xo'jalik xom ashyosidan tayyorlangan tovarlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish faqat qishloq xo'jaligining holatiga emas, balki sanoat tarmoqlari bilan uyg'un rivojlanishiga ham bog'liq bo'ladi. Bu holat tarmoqlarning yagona, yahlit tizimini keltirib chiqarishga asos bo'ladi.Agrosanoat integratsiyasi - qishloq xo'jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste'molchilarga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o'rtasida ishlab chiqarish rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.

Agrosanoat majmuasi (ASM) - bu qishloq xo'jalik mahsulotdari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib borish bilan shug'ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlaridir.

ASM to'rtta sohani o'z ichiga oladi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

birinchi soha - qishloq xo'jaligiga ishlab chiqarish vositalri yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga texnika xizmati ko'rsatish bilan band bo'lgan tarmoqlar;

ikkinchi soha - qishloq xo'jaligi o'zi;

uchinchi soha - qishloq xo'jaligi mahsulotlarini iste'molchiga yetkazib berishni ta'minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish);

to'rtinchi soha - odamlar hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta'minlaydigan infrato'zilma (yo'l-transport xo'jaligi, aloqa, moddiy texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara xo'jaligi)dan iborat.

TADQIQOT NATIJALARI

Agrobiznes xo'jaligida mehnatni tashkil etish mulkchilikning turli shakllariga davlat, jamoa, kooperativ. xususiy, shahsiy, aralash mulk shakllarga asoslangan bo'lib, ularning barchasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan teng huquqqa ega va bir xilda himoya etiladi. Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida mehnatni tashkil qilish xo'jalik yurituvchining xohishiga ko'ra yakka tartibda, oilaviy yoki jamoa asosida amalga oshirilishi mumkin.Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida mehnatni tashkil qiiish qishloq sharoitining o'ziga xos xusiyatlari, iqlim sharoitlari, qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishning davriyligi, bu davrda ish vaqtining o'zaytirilishi, dam olish kunlarining boshqa davrga ko'chirilishi kabi xusuiyatlar bilan xarakterlanadi.

Agrobiznes korxonalarini boshqarishda ish yuritish zaruratining mohiyati shundan iboratki, xo'jalik faoliyatida yuz beradigan turli jarayoniarni tegishii hujjatlar bilan aks ettirib, ularni joriy etish, tartibga solish, saqlash jarayonlarini o'z ichiga oladi. Agrobiznes korxonalarida ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkiietadi. Har qanday korxona, tashkilot yoki firma bo'iishidan qat'iy nazar xo'jalik faoliyatini hujjatlarlar asosida tashkil etadi va boshqaradi.Shuning uchun har bir korxona ozining hujjatlariga ega boladi. Hujjatlar asosida agrobiznes korxonalarining ish yuritish faoliyatini uzluksiz tartibga solib turiladi. Hujjat va hujjatiashtirish ishlari bugungi kunda vujudga kelgan emas, balki kishilik jamiyati shakllanishi mobaynida jamiyat a'zolari tomonidan o'zaro munosabatlaridagi muhim holatlami muntazam va qat'iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar.

MUHOKAMA

O'zagro munosobatlarni adolatli olib borish uchun ishonch tariqasida qandaydir hujjatlar, bitimlar, kelishuvlar talab qilingan. Natijada, tomonlar o'rtasida ishonch va garov sifatida hujjatlar shakllari shu kungacha takomillashib kelmoqda. Ayniqsa mamlakatimizning mustaqilligidan so'ng agrobiznes korxonalarining ortib borishi, ish yuritishning progressiv rivojlanishi sababli ish yuritishning istiqbolli usullari qollanilmoqda. Masalart: AQSHdagi Mariland universiteti, axborotni o'rganish kolleji ilg'orlik va boshqaruv, axborot boshqarish kurslari professori Doktor Bryus V Dirstaynning sozlariga qaraganda "qaydlami boshqarish yo'nalishiga kirishga bundandayaxshiroq vaqt bolmagan" uning fikricha elektron qaydlami boshqarish yo'nalishidags imkoniyat va muammolar RIM yo'nalishining o'zi bilan birga rivojalanishda davom etadi. Oliygohlarning barcha ishlarida elektron ma'lumotga kundan-kunga boglanib borgani sari, ish boshqruvchi mutaxassislarni mukammallashib boradi.

Agrobiznes korxonalari faoliyatida hujjatlashtirish va ish yuritishning ahamiyati ikki omil bilan baholanadi. Birinchidan, boshqaruv mehnatining umumiy hajmida ish yuritish jarayonlarining salmog'i katta bo'lib, 30-60 foizga yetadi. Korxonalarni boshqarish jarayonida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

minglab xilma-xil hujjatlardan foydalaniladi. Ishlab chi qarishga oid jarayonlarning aksariyati hujjatlashtirish yordamida amalgaoshiriladi.nazoratqilinadi.hisobgaoiinadi.tartibgasolinadi va nihoyasiga yetkaziladi.

Ikkinchidan, ish yuritishning ahamiyati korxonaning texnik-iqtisodiy ko'rsarkichlariga, operativlilikka, boshqaruv xodimining mehnatiga, madaniyatiga, tejamkorligiga va hokazolarga uning bevosita ta'sir o'tkazishi bilan belgiianadi. Sobiq sho'rolar davrida boshqaruv hamda ish yuritish sohasidagi rahbar xodimlar yetarli darajada hujjatlashtirish ishlarini yo'lga qoyishda qiyinchiliklargaduch kelgan. Bundan tashqari korxonani boshqarish sohasidagi asosiy kamchiliklar shu soha bo'yicha xodimlarning ko'pchilik qismi nazariy va amaliy tayyorgarlikning yetarli emasligi, korxona, tashkilotlarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash yo'l-yo'riqlari, usullarini talab darajada bilmasliklari sababli, xo'jalik sub'yektlari rahbar xodimlari ish qo'nimsizligi qisqa va jinoiy javobgarliklar mavjud bo'lib kelgan. XULOSA

Davlatimiz mustaqil bo'lgandan boshlab Davlat tili o'zbek tili bo'lib, barcha ish yuritish, hujjatlashtirish ishlari mustaqil davlatning qonun, qoida va me'yoriy hujjatlari asosida olib boriladigan bo'ldi.

Agrobiznes korxonalari, ishbilarmon, tadbirkor va xo'jalik ish yurituvchilari tomonidan ko'plab yuritiladigan hujjatlarni qisqartirish va oddiy shaklda tushunarli qilib yuritish bo'yicha ko'rsatma berildi. Hozirgacha ba'zi xo'jalik sub'yektlarida ish yurish ishlarida hujjatlarni tayyoriashda e'tiborsizlik mavjub. Hujjatlashtirish ishlariga shunchaki bir qog'ozbozlik, ortiqcha ish sifatida qaraydi. Bu o'z o'rnida noto'g'ri bo'lib, har bir ish yurituvchi, hujjat ishlari bilan shug'ullanuvchi xodim bugungi bozor sharoitini va zamonaviy innovatsion texnika va texnologiyalami hisobga olib, hukumat tomonidan qabul qilingan me'yoriy shakllar asossida hujjatchilik ishlarini olib borish kerak.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi .-T.: O'zbekiston, 2012.

2. O'zbekiston Respublikasining Mulkcliilik to'g'risida"gi Qonuni.-T.: O'zbekiston, 1992.

3. O'zbekiston Respublikasining Fuqoralik kodeksi( 2003 yil 24 iyungacha kiritilgan o'zgarishlar va qo'shimcha]ar bilan).T: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. T.: 2003.

4. O'zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to'g'risida» gi qonuni, 2003.

5. O'zbekiston Respublikasining Qonuni «Elektron raqamli imzo to'g'risida»gi 11.12.2003. N 562-11. 1.1.

6. O'zbekiston Respublikasining Qonuni «Elektron tijorat to'g'risida»gi 29.04.2004. N 613-11.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.