Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
AGROBIOTSENOZDA QO'LLANILAYOTGAN INSEKTISIDLARGA ISSIQXONA OQQANOTINING CHIDAMLILIK DARAJASI
Go'zal Sayfiddin qizi Saloyeva G'olibjon G'aybullo o'g'li Baxshilloyev Rufat Zafar o'g'li Ro'ziyev Muhiddin Mamasharif o'g'li Normurodov
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti. magistrantlari
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada issiqxona oqqanotiga agrobiotsenozda qo'llanilayotgan insektisidlarga chidamlilik darajasini aniqlash, kimyoviy vositalarni qanday usullarda qo'llash mumkinligi haqida ma'lumotlar bayon etilgan.
Kalit so'zlar; Agrobiotsenoz, oqqanot , insektisid, kimyoviy vosita, nimfa, issiqxona, mospilan, karate, ximfoks, preparat.
ABSTRACT
This article describes information on how to determine the degree of resistance of insecticides used in agrobiocenosis to a greenhouse mite, in what methods chemical agents can be used.
Keywords; Agrobiocenosis , whitefly, insecticide, chemical agent, nymph, greenhouse, mospilan, karate, chimfox, drug.
O'zbekistonda sabzavot va poliz ekiladigan maydonining 34-38% ni egallaydi. Yetishtirayotgan sabzavot mahsulotlarining 25,5% ni pomidor tashkil etadi. Aholini yil bo'yi sabzavot ekinlari bilan ta'minlashda issiqxonalarning ahamiyati benihoya kattadir. Issiqxonadagi zararkunandalarning turlari ham sezilarli ta'sir ko'rsatib kelmoqda. Shunday zararkunandalardan biri bu issiqxona oqqanotidir.
Issiqxonalar maydonlarining ortishi yildan yilga oqqanot singari boshqa zararkunandalarning rivojlanishibuchun ham qulay sharoit yaratmoqda.
Issiqxona oqqanoti urg'ochilarining hayotining davomiyligi o'rtacha 20-28 kun,urg'ochilari serpusht bo'lib hayoti davomida 150-300 tagacha tuxum qo'yishi aniqlangan. Issiqxona oqqanoti tuxumlarin yosh bargning pastki qismiga 15-22 donagacha to'p-to'p qilib qo'yadi .[1;11-12b].
Hozirgi kunda kuchli zararlangan yerlarda oqqanotga qarshi kimyoviy kurash choralari keng ko'lamda olib borilmoqda. Biz
October 5-6
www.samaguni.uz
Republican Scientific and Practical Conference
652
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed
Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
ham o'z tajribalarimizda Mostplan, Karate, Xintoks kabi preparatlarni qo'lladik va ushbu preparatlarga oqqanotning chidamliligini o'rgandik.Kimyoviy vositalar oqqanot namunalari bitta bargda 25-30 dona imago holida populyatsiya hosil qilgandan keyin maxsus purkagichli idishlar yordamida purkaladi. Preperatlarni qo'llash davomida ya'ni har takroriy qo'llashdan oldin zararkunandalarning miqdorini aniqlab bordik.
Tanlab olingan preperatlar quyidagilar: Mostplan 20% n.kuk (acetamiprid) 0,3 l/ga, Ximfoks 40% e.k.(cypermethrin) 0,6 l/ga , Karate Zeon 5% sus.k. (lambda-cyhalothrin) 0,5 l/ga. Ushbu prepeparatlar qo'llanilgandan so'ng nazoratni har 3 kunda o'tqazib borib imogosi, nimfasi, tuxumlarini sonini ro'yxatga olib bordik.Tajribalarimizni pomidor o'simligida olib bordik. Tajribalar oxiri shuni ko'rsatdiki; Mostplan preparati 9 marotaba qo'llanildi. Kimyoviy vositalar qo'llanilganda oqqanotning rivojlanish bosqichlarida chidamlilik darajasi tuxum-74,3% , lichinka -3,2%, nimfa-44,2%, yetuk zot-0,8%ni tashkil etdi. Ximfoks preparati 8 marotaba qo'llanildi buning natijasida yashovchanlik darajasi ; tuxum-78,3%, lichinka-2,6%, nimfa-64,35, yetuk zot-0,4% ni ko'rsatdi. Karate preperati 10 marotaba qo'llanilib tuxum-90,4%, lichinka-5,1%, nimfa- 24,7%, yetuk zot 0,7% yashovchanlik darajasini ko'rsatdi.
Tajriba haqida shuni xulosa qilishimiz mumkinki Ximfoks, Mostplan, Karate kabi preparatlarning chidamliligi yuqori hisoblanadi.Issiqxonalarda oqqanotning zararlilik darajasi yuqorilay boshlagach yuqorida aytib o'tilgan preparatlarni qo'llashni tafsiya qilishimiz mumkin. Preparatlarni qo'llashdan oldin qo'llash me'yorlariga ham e'tibor qaratish lozim.Qo'llanilayotgan har bir preparatning miqdori ta'sir ko'rsatish darajalari muhim ahamiyatga ega.
REFERENCES
l.Sulaymonov O.A. "Oqqanot (Aleyrodidae) bioekologiyasi biotsenozda xo'jayin -entomofag munosabatlarining shakllanishi" monografiya.-Toshkent: "Navro'z" nashriyoti, 2019-11b, 96b.
2. Zuyev V.I, Ataxodjayev A.A, Asatov.Sh.I, Kadirxodjayev A.K, Akramov U.I. " Himoyalangan yer Sabzavotchiligi" , "Iqtisod - MWUYA, "2014 Mualliflar jamoasi, 2014y. 277b.
3.SH.T.Xo'jayev , E.A. Xolmuradov ." Entomologiya, qishloq xo'jalik ekinlarini himoya qilish va agrotoksikologiya asoslari „ Toshkent ,O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Fan"
www.samaguni.uz
nashriyoti.2009.
Republican Scientific and Practical Conference
October 5-6