Научная статья на тему 'ABU RAYHON MUHAMMAD IBN AHMAD BERUNIY O`RTA ASRLARNING BUYUK QOMUSIY OLIMI'

ABU RAYHON MUHAMMAD IBN AHMAD BERUNIY O`RTA ASRLARNING BUYUK QOMUSIY OLIMI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

68
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON MUHAMMAD IBN AHMAD BERUNIY O`RTA ASRLARNING BUYUK QOMUSIY OLIMI»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

ABU RAYHON MUHAMMAD IBN AHMAD BERUNIY ORTA ASRLARNING BUYUK QOMUSIY OLIMI

G. K. Xudaykulova, Sh. A. Abdurashitova, M. M. Muyassarova

Toshkent tibbiyot akademiyasi,Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi

Orta Osiyoda ming yillar oldin yashab o'tgan allomalar,faylasuflar,fiqhshunos olimlarning ilm sohasidagi izlanishlari,erishgan yutuqlari hozirgi kunda ham jahon hamjamiyatini hayratga solib, e'tirof etib kelinmoqda.Sharqdagi ilm-fan va marifatning so'nmas yulduziga aylangan allomalardan biri bu-Abu Rayhon Beruniydir.Beruniyning ilm sarhadlari qanchalik keng ekanligini u yaratgan ilmiy asarlar orqali bilib olish mumkin. U oz davrining deyarli barcha fanlarini mukammalorgangani sababli tarix sahifalariga "Qomusiy olim" deb muhrlangan. Beruniyni chinakam o'rta asrlar Sharqining ilm-fan qomusiy olimi desak mubolag'a bo'lmaydi. Amerikalik tarixchi Dj.Sarton buyuk olim haqida: "Astronomiya va matematika, astrologiya va jo'g'rofiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo'lardi" degan.[1]

Uning to'liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy. 973 yil 4 sentyabr kuni Xorazmning qadimiy poytaxti Kot shahrida dunyoga kelgan. Beruniy hayotining erta damlari haqida ma'lumot kam, faqat chin yetim bo'lganligi ma'lum. Burni katta bo'lganligi sababli uni "Burunli" deya atashgan. Biroq, ko'rimsiz tashqi ko'rinishi ostida ziyrak aql egasi yashiringan bo'lib, vaziri va amakivachchasi Xorazmshoh Iroq nazari ostiga tushadi. Qarigan chog'ida Beruniy shunday yozadi: "... Iroqlar oilasi menga non-choy berib, odamlar orasiga olib chiqdi..."[2]

U mukammal matematik va falsafiy bilim edi. Beruniyning birinchi ustozi astronomiya, matematika va trigonometriya bo'yicha tayanch asarlar muallifi Abu Nasr Mansur ibn Iroq al-Jadiy bo'lgan. Uning asosiy asarlari matematika va astronomiyaga bag'ishlangan bo'lib, Xorazmning xo'jalik hayotida ulkan amaliy ahamiyatga ega bo'lgan - yer sug'orilishi va savdo sayohatlari haqida yozilgan.[3]

Al-Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda o'tkazdi, u yerda islom, fiqh, ilohiyot, grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot va falsafa, fizika va boshqa ilmlar bilan ham shug'ullandi. Beruniy ona tili bo'lgan xorazmiy tilidan tashqari fors, arab yunon, ibroniy va suryoniy tillarini bilgan va 50 yoshida sanskrit tilini o'rgandi.[3] U o'z davrining deyarli barcha fanlarini mukammal o'rgangani sabab qomusiy alloma deb nomlanadi va

December 16

https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

ko'plab ilm sohalarida tinimsiz izlanishlari uchun mo'l-ko'l mukofotlangan.[4]

Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qo'shgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham ko'rish mumkin. Ulardan eng yiriklari — „Hindiston", „Yodgorliklar", „Qonuni Mas'udiy", „Geodeziya", „Mineralogiya" va „Astronomiya". Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 10 ta; astrologiklari — 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) — 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar — 21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan.[5]

Turli xalqlarning urf-odatlari va e'tiqodlari, uning ilmiy ob'ektivligi 11-asr boshlarida Hindistonni ajoyib tasvirlagani uchun unga al-Ustad ("Ustoz") unvonini berdi.

Beruniy o'z asarlari ro'yxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri "Mineralogiya"dir. Bu risola o'z zamonasi uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, hatto Ovro'poda ham mineralogiya sohasida eng yaxshi, tengi yo'q asar hisoblanadi. Beruniyning oxirgi asari - "Dorivor o'simliklar haqida kitob"ining qo'lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar "Saydana" nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyoda o'sadigan dorivor o'simliklarning to'la tavsifini beradi. Jumladan "Saydana" asarida 1116 tur dorivorni tavsiflaydi. Shundan 750 turi o'simliklardan, 101 turi hayvonlardan, qolgan 255 turi minerallardandir. "Saydana" asarining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, unda Abu Rayxon Beruniy dorishunoslik o'zi alohida fan bo'lishligini ta'kidlab, shu bilan farmokologiya fanini asoslaydi.[6]

Beruniy shogirdi Abul Fadl as-Seraxsiy maTumotiga ko'ra 1048-yil 11 dekabrda G'aznada(hozirgi Afg'oniston) vafot etgan.[7]

Abu Rayhon Beruniyning ilmiy asar yozishdan tashqari she'r yozishga ham qiziqqan. U yozgan badiiy boyliklar ham diqqatga sazovordir. "Astrologiyaga kirish", "Astronomiya kaliti", "Jonni davolovchi quyosh kitobi", "Ikki xil harakatning zarurligi haqida", "Ko'paytirish asoslari", "Ptolemey "Almagesti"ning sanskritchaga tarjimasi", "Foydali savollar va to'g'ri javoblar", "Farg'oniy "Elementlaf'iga tuzatishlar", "Turklar tomonidan ehtiyotkorlik", "Oq kiyimlilar" va karmatlar haqida ma'lumotlar", "She'rlar to'plami", "Al-Muqanna haqidagi ma'lumotlar tarji-masi", "Ibn Sino bilan yozishmalar" shular jumlasidandir.[8]

Xulosa qilib aytish mumkinki, buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning ilmiy va madaniy merosini o'rganish, uni o'quvchi va talabalarga yetkazish azaliy qadriyatlarimiz sirasiga kiradi.

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

349

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy o'rta asrlarning buyuk qomusiy oHmlaridan edi. Uning buyukligi o'sha davrning deyarli barcha fanlariga qo'shgan betakror ilmiy merosida namoyon bo'ladi. Beruniyning olimlilik salohiyatiga mashhur sharqshunos olim I.Yu.Krachkovskiy „uning qiziqqon ilm sohalaridan ko'ra qiziqmagan sohalarini sanab o'tish osondir" deb baho bergan edi. G'arb tadqiqodchilaridan M.Meyerxoff esa „Beruniy musulmon fanini namoyish etuvchi qomusiy olimlarning eng mashhuri bo'lishi kerak" degan fikrni bildiradi.Beruniy haqidagi oliy baho va tavsiflar Tabriziy,Suyutiy,Qazviniy, Tusiy, Xurosoniy kabilarning asarlarida keltiriladi.

Ozbekistonda 2023-yilda buyuk alloma tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash bo'yicha qaror qabul qilingan.

REFERENCES

1. U.Uvatov, Buyuk yurt allomalari,Toshkent,O,zbekiston,2016

2. H.Hasanov,Sayyoh olimlar,Toshkent,O,zbekiston,1981

3. K.Gadoyev,S.Berdiyeva,Jahongashta sayyoh olimlar,Toshkent, 0'zbekiston,2012

4. Abu Rayhon Beruniy,Tanlangan asarlar,II tom,Hindiston, Toshkent, Ozbekiston FAN nashriyoti,1965

5. Abu Rayhon Berununiy,Tanlangan asarlar, 5 tom, II kitob, Qonuni Ma,sudiy,Toshkent,O,zbekiston FAN nashriyoti,1973

6. D.Bobojonov,M.Abdurasulov,Abadiyat farzandlari,Xorazm Mamun akademiyasi nashroyoti, 2009.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.