Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
ABDULLA QODIRIYNING SO'Z QO'LLASH MAHORATI
Sh.Xudoyqulova, L. Dehqonova GulDU katta o 'qituvchisi
Annotatsiya: Abdulla Qodiriyning badiiy asarlarida, ayniqsa, shaxs, voqea-hodisa, holat kabilarni tasvirlashda uyushiq bo'laklardan foydalanishga alohida e'tibor qaratganligi kuzatiladi. Adibning matn yaratish uslubini ana shu xususiyatga ko'ra ham aniq belgilash mumkin. Tasvir A.Qodiriyniki ekanligini har kim ham ajrata oladi: "Bu hujra egasi ham boshqacha yaratilishda: og'ir tabiatli, ulug' gavdali, ko'rkam va oq yuzli, kelishgan qora ko'zli, mutanosib qora qoshli va endigina murti sabza urgan bir yigit".
Kalit so'zlar: ko 'rkam, kelishgan qora ko 'zli, soqol, Homid tasviri, "Juvonboz"
Аннотация: В произведениях искусства Абдуллы Кадири особое внимание уделяется использованию связных частей, особенно в описании человека, события, ситуации. Авторский стиль письма можно четко определить по этой особенности. Каждый может сказать, что изображение принадлежит А. Кадыри: йигит ».
Ключевые слова: красивый, красивые черные глаза, борода, образ Хомида, «Джувонбоз».
Abstract: Abdullah Qadiri's works of art pay special attention to the use of cohesive parts, especially in the description of a person, an event, a situation. The author's style of writing can be clearly defined by this feature. Everyone can tell that the image belongs to A. Kadyri: yigit ".
Keywords: beautiful, handsome black eyes, beard, image of Homid, "Juvonboz"
KIRISH
Uyushiq bo'laklarning ikkitasi o'z sifatlashlari bilan qo'shilib birikma holida o'zaro ohang bilan(sanash) bog'langan, keyingi uyushiqlikda ko 'rkam so'zi alohida olinib, u sifatlovchi birikma holida oq yuzli bo'lagi bilan va bog'lovchisi orqali bog'langan va ohang, ko'ryapsizki, o'zgartirilgan, keyingi bo'lak murakkab birikma holida kelishgan qora ko'zli tarzida shakllantirilib, unga mos ravishda keyingi bog'lanuvchi uyushiq bo'lak ham uch so'zli qilib murakkab shaklda tanlangan(mutanosib qora qoshli) va bu ham ohang bilan bog'langan. Nihoyat, oxirgi uyushiq bo'lak olti so'zdan iborat qilib tuzilgan(endigina murti sabza urgan bir yigit-
murakkab birikma)hamda u endi yana va bog'lovchisi orqali bog'langan: a)uyushiq
589
Scientific Journal Impact Factor
bo'laklar tuzilishiga ko'ra ikki so'zli, bir so'zli, uch so'zli, olti so'zli ko'rinishda; b)oldingi ikkitasi bog'lovchisiz bog'langan, keyingi ikkitasi va bog'lovchisi orqali bog'langan; yana ikkita murakkab uyushiq bo'laklar bog'lovchisiz holda; undan keyingisi esa bog'lovchili holda bog'langan. Uyushiq bo'laklikning o'zi san'atkorona tuzilgan, shakllantirilgan. Uyushiqlikda oddiy sanashdan tashqari, ta'kid va musiqiylik, rang-baranglik ko'zga tashlanadi(Otabek tasviri).
Bu ikki kishining bittasi: gavdaga kichik, yuzga to 'la, ozroqqina soqol, murtli, yigirma besh yoshlar chamalik bir yigit...(Rahmat tasviri); ikkinchisi:uzun bo'yli, qora cho'tir yuzli, chog'ir ko'zli, chuvoq soqol, o'ttiz besh yoshlarda bo'lgan ko 'rimsiz bir kishi edi. (Homid tasviri)".
Keltirilgan uyushiqlikda boshqa bir, alohida shakllantirish kuzatiladi: gavdaga kichik; yuzga to'la. Chunonchi, muallif bu o'rinda, bemalol, kichik gavdali, to'la yuzli birikmalarini ishlatishi mumkin edi. Shunda ham, asosiy holat jiddiy o'zgarib qolmas edi. Biroq yozuvchi asar tili rang-barangligini keltirib chiqarish, kitobxonni qiziqtirish, o'qimishlilikni ta'minlash, ta'sirchanlikni oshirish maqsadini ko'zda tutib jonli tildagi qo'llanishni tanlagan va maqsadga erishgan. Ozroqqina soqol, murtli uyushiqlarida xuddi shu maqsadlarda soqol so'zi tarkibida qo'llanilishi lozim bo'lgan -li qo'shimchasi tushirilgan bo'lsa, murtli so'z shaklida aynan shu -li qo'shimchasining "ega ekanlik" ma'nosini ifodalashidan o'rinli foydalangan. Yigirma besh yoshlar chamalik bir yigit birikmasida ham yozuvchi xalq tiliga oid qo'llanishni ma'qul ko'rgan. Buni yigirma besh yoshlardagi bir yigit yoki yigirma besh yoshlar bir yigit; yigirma besh yosh chamalik bir yigit kabi shakllarda ham berish mumkin edi. Biroq bunday holatlarda taxmin ma'nosini bo'rttirish o'z ifodasini topmas edi. Matnda: "besh yoshlar va chamalik birliklari birga qo'llangan va bu narsa taxmin ma'nosini bo'rttirishga xizmat qildirilgan.
Mana shu keyingi holatdagi uyushiqlikka monand holda yozuvchi Hasanali qiyofasini ham tasvirlaydi: "Bu chol Hasanali otlik bo'lib, oltmish yoshlar chamasida, cho 'ziq yuzli, do 'ngroq peshonali, sariqqa moyil to 'garak qora ko 'zli, oppoq uzun soqolli edi".
Matnda chamalik so'zi o'rnida chamasida so'z shakli qo'llangan. Barcha uyushiq bo'laklar oxirida -li affiksini, albatta, o'ziga xos ishlatgan. E'tibor bering: bir bo'lakda ishlatadi, boshqa bo'lakda bu qo'shimchani ishlatmaydi (chog'ir ko'zli, chuvoq soqol); hamma bo'laklarda bu qo'shimchani ishlatadi (cho'ziq yuzli do'ngroq
ADABIYOTLAR TAHILI VA METODLAR
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
peshonali; "qora ko'zli, oppoq uzun soqolli). Bu gapni, masalan, ...Oltmish yoshlar chamali, cho'ziq yuz, do'ng peshona(li), sariqqa moyil to'garak qora ko'zli, oppoq uzun soqolli edi" tarzida tuzish mumkin edi. Biroq yozuvchi tanlagan shakllar asar matni uchun o'ta mutanosibdir.
Muallif ega ekanlik ma'nosini ifodalovchi -li qo'shimchasini bir holatdagi uyushiqliklarda har bir bo'lakka alohida-alohida qo'shgan holda qo'llasa, boshqa bir holatda ayrim uyushiq bo'laklarga qo'shib, ayrimlariga qo'shmagan holda yoki faqat oxirgi bo'lakka qo'shgan holatda qo'llaydi. Ba'zi holatlarda esa bu qo'shimchani umumiy qo'llamagan holda uyushiqlikni shakllantiradi: "Mirzakarim ismlik (Hasanali tasvirlanganda, unga nisbatan otlik so'zi qo'llangan edi. Rahmatga nisbatan ham otlik so'zi ishlatilgan. Endi esa, Mirzakarim qutidorga nisbatan otlik so'z shakli o'rnida ismlik so'z shakli qo'llanilayotganini ko'ramiz) "Qirq besh-ellik yoshlar chamasida, qora qosh, qora ko 'z, ko 'rkam yuz, yaxshigina kiyingan bir kishi bo 'lib, Akram hoji ellik besh yoshlar orasidagi bir keksa edi". Avvalo, aytish kerakki, taxmin-chama ma'nosi bu o'rinda uchta vosita orqali o'ta bo'rttirib berilgan (qirq besh-ellik; yoshlar; chamasida) ; ikkinchidan, qora qosh, qora ko'z, ko'rkam yuz birliklari -li qo'shimchasi tushirilgan holda berilib, belgining doimiylik holatiga, muayyanligiga diqqat qilingan; uchinchidan, Akram hoji so'zi borligi uchun otlik va ismlik so'zlarini qo'llash ehtiyoji yo'q, shuningdek, taxmin ma'nosi ham bo'rttirilmagan hamda chamasidagi so'zi (chamali ko'rinishda ham bo'lishi mumkin) orasidagi so'zi bilan almashtirilib betaraflik munosabatini ifodalashga xizmat qildirilgan. Ko'rinadiki, Abdulla Qodiriy shaxs belgilarini tasvirlashda uyushtirish shakllarining turli ko'rinishlarini qo'llash orqali asar tilining jozibadorligini orttirgan: chamasida, chamasidagi, chamali; otlik-ismlik, qora qosh-qora ko'z kabi qo'llanishlar ham ana shu maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qildirgan. Yozuvchi asarda tilga olingan deyarli har bir personajni o'ziga xos tarzda tasvirlaydi. Tasvirlashda uning yoshiga alohida e'tibor qaratadi:qirq besh-ellik yoshda; yigirma besh yoshda; oltmish yoshlar; o'ttiz besh yoshlarda; ellik besh yoshlar; yetmishlardan o'tgan kabilar. Bular ham uyushiqlikni shakllantirishda o'ziga xos o'rin tutadi. Adib kishilarning yoshlarini, haqiqatan ham taxminan belgilaydi. Chunki ularning yoshlari noaniqdir. Real holat-shu. Kishining yoshini taxminan bo'lsa-da belgilamaslik esa shu o'rinlarda mumkin emas edi.
Albatta, Abdulla Qodiriyning uyushiq bo'lakli gaplardan foydalanishdagi o'ziga xos mahorati alohida, jiddiy tadqiqotlarni talab etadi. Bu o'rganilishi o'ta dolzarb bo'lgan muammo. Ammo yuqorida keltirilgan uyushiqli shakllarning o'ziyoq
Scientific Journal Impact Factor
yozuvchining, haqiqatdan ham, uyushiq bo'laklardan foydalanishga alohida diqqat qilinganligini ko'rsatib turibdi. Shunga qaramay, bu fikrni qat'iyroq tasdiq etish uchun, uyushiqlikni shakllantirishning, u orqali badiiylikni orttirishning, bizningcha, yuksak namunasi bo'lgan bir necha uyushiq bo'lakli birikma-jumla namunasini keltirib o'tish maqsadga muvofiqdir: "...Uyning to'riga solingan atlas ko'rpa, par yostiq quchog'og'ida, sovuqdan erinibmi va yo boshqa bir sabab bilanmi, uyg'oq yotgan bir qizni ko 'ramiz. Uning qora zulfi par yostiqning turli tomoniga tartibsiz suratda to'zg'ib, quyuq jingila kiprik ostidagi tim qora ko'zlari bir nuqtaga tikilganda, nimadir bir narsani ko'rgan kabi...qop-qora kamon, o'tib ketgan nafis, qiyiq qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan cho'chigan kabi.... to'lgan oydek g'uborsiz oqyuzi bir oz qizillikka aylangan-da, kimdandir uyalgan kabi...". Gapdagi atlas ko 'rpa, par yostiq; erinibmi va yo boshqa bir sababdanmi; tartibsiz suratda to'zg'ib; quyuq jingila kiprik; tim qora ko'zlar; bir nuqtaga tikilgan-da chimirilgan-da qizillikka aylangan-da; ko 'rgan kabi- cho 'chigan kabi- uyalgan kabi; qop-qora kamon; o 'tib ketgan nafis; qiyiq qoshlar; to 'lgan oydek g 'uborsiz oq yuz uyushiq shakllari o'z til imkoniyatlaridan mohirona foydalanishning yuksak namunalari, poetik ifodasi emasmi? Jumlada to'xtamning (uch nuqta) uyushtirilishi hayratlanarli holdir. Har bir to'xtamda tasvirlovchining o'zi nafasini rostlab, entikib turib keyin tasvirni davom ettiryapti. Ana shu entiktirgan belgilar yashirin holda, sukut orqali ifodalangan. Yozuvchi bu tasvir uchun alohida tayyorgarlik ko'rgan bo'lishi mumkin. "O'tkan kunlar" asari tilidagi joziba, o'zbek milliy adabiy tilining shakllanishini ta'minlagan asosiy omil, til boyligini namoyish etish va undan foydalanishning yuksak namunasi yuqorida keltirilgan parchadagi tasvirlashda ochiq ko'rinadi. "O'tkan kunlar" tilidagi hamma birdek tan olgan joziba - ana shu!!! Jumladagi -gan+da shaklining; -gan+kabi shaklining, birikmalarni birikmalar uchun sifatlovchi tarzida tarkib toptirib turgan, shu vazifa uchun qo'llangan; quyuq jingila kiprik; kiprik ostidagi tim qora ko 'zlar; qop-qora kamon, qiyiq qoshlar; o 'tib ketgan nafis, qiyiq qoshlar; to'lgan oydek g'uborsiz; g'uborsiz oq yuz kabi. Yoki: nimadir bir narsadan;(takror- uyushiqlik) ;kimdandir olmoshlari takror-uyushiqlari ham ma'lum bir maqsad uchun-ta'kidlash, ta'sirchanlikni oshirish, musiqiylikni ta'minlash-poetika uchun qo'llanilgan. Belgining kamlik- ortiqlik darajasini ko'rsatish uchun bir o'rinda qora, quyuq, tartibsiz, qiyiq, g'uborsiz, oq kabi oddiy darajadagi sifatlardan foydalangan bo'lsa, ikkinchi bir o'rinda qop-qora tarzdagi shakldan, uchinchi holatda tim qora tarzidagi shakldan, (uchinchi holatda tim qora shaklidan), to'rtinchi holatda o 'tib ketgan shaklidan, beshinchi o'rinda to 'lgan oydek
Scientific Journal Impact Factor
yoki bir oz qizillikka aylangan kabi shakllardan foydalanadiki, bu ham yozuvchining o'zbek tili ifoda imkoniyatlarini mukammal bilganligidan darak beradi.
Endi tasvirdagi so'zlarning tilimizda qo'llanilishi darajasi, mavqeyi masalasiga ham e'tibor qarataylik. Uyushiq bo'laklardan tashkil topgan bu jumlad a 50 ta atrofida lug'aviy birlik mavjud bo'lib, parchadagi hamma so'zlar o'zbek tilimizda keng iste'molda, hamma uchun tushunarli, xalq tilida keng qo'llanadi, hammasi adabiy til uchun ham xarakterlidir. Grammatik shakllar ham xuddi shu kabi hamma bildiradigan birliklar bo'lib, keng iste'moldagi shakllardir. Bu matnda qora so'zi -uch marta; nimadandir so'zi ikki marta; bir so'zi uch marta; kabi ko'makchisi uch marta; narsa so'zi ikki marta qo'llanilgan. Bunday takroriy qo'llash matn tarkibidagi ortiqchalikni keltirib chiqarmagan, aksincha, asar tilining ohangdorligini ta'minlash uchun xizmat qilgan. Yana so'zlarning har birini o'z o'rnida ishlatishga ham e'tibor qaratilganligi kuzatiladi.
Matndagi -gan kabi, -ganda (tikilgan-da, chimrilgan-da, aylangan-da) tarzida berilan takrorlar badiiylikni yuksak darajada bo'lishini ta'minlagan. Bundan tashqari, tasvirda bir narsaning turli jihatlari zanjirsimon bog'lanishda, bir-birini to'ldirib turib izohlangan: qop-qora kamon, o'tib ketgan nafis, qiyiq qoshlari (qosh tasviri); quyuq jingila kiprik ostidagi tim qora ko'zlari (ko'z tasviri-qora; tim qora; kiprik ostidagi; jingila kiprik ostidagi; quyuq jingila kiprik ostidagi) ; to 'lgan oydek g 'uborsiz oq yuzi (yuz tasviri to'lgan oydek (oydek) ; g'uborsiz oq). Matn go'yo o'zbek tilining boy ifoda imkoniyatlarini ataylab namoyish etish uchun yaratilgandek. Bunday tasvirlarni A.Qodiriy asarlaridan ko'plab keltirish mumkin. "Juvonboz" asaridan olingan mana bu parcha fikrimizni tasdiqlaydi:
"Turkistonda bunday ishlar hamisha davom etib turganini ko'ruvchi va biluvchi har bir aqlli musulmon kishi, shari'ati islomiyatda man' qilinmish, mundog' xunuk besoqolbozlik odatini davom ettiruvchi, Turkiston musulmonlari ahvollariga afsuslar qilub, bekorga necha mingcha pullarni isrof qiluvchi, besoqol talashida musulmon musulmonga dushmanlik ortdiruvini va bir-birlaridan qon to'kuvni, besoqolbozlik sababi birlan jinoyat ko'payub, yosh-yosh yigitlar o'n-o'n besh yillarini Sibirda, ming turluk azob va xo'rlik bilan zoe qiluvlarini, ham dunyodagi g'ayri millatlarga musulmonlik ismini bulg'atib ko'rsatuvlarini va o'zlari kulki bo'lmoqlarini, yana bu dunyoda xor va oxiratda xudoning qahr-g'azabiga giriftor, Muhammad alayhissalomning oldilarida sharmisor va shafoatlaridan benasib bo'luvlariga achinib, mundog' xilofi sharvi ishlarining koni bo'lgan Turkistondan boshqa shaharlarga qochib ketkusi kelur edi" (110 ta so'z).
Scientific Journal Impact Factor
Berilgan matn bitta sodda gapdan iborat. Albatta bu murakkablashgan sodda gap bo'lib, har bir aqlli musulmon kishi-murakkab gapdir. Qochib ketkusi kelur edi qismi esa murakkab tuzilishdagi kesimdir. Ega gapning bosh qismida kesim esa gap oxirida kelgan. O'rtada keltirilgan turli xil uyushgan gap bo'laklari ohang, va ham, yana,-b(-ib) kabi vositalar bilan biriktirilgan holda uyushtirilgandir. Uyushgan bo'laklar sifatida ko'ruvchi va biluvchi davom etdiruvchi, isrof qiluvchi; dushmanlik ortdiruvini va qon to'kuvini; ming turluk azob va xo'rlik; zoe qiluvlarini, bulg'atib ko'rsatuvlarini, o'zlari kulki bo'lmoqlarini; xor va qahr-g'azabga giriftor; sharmisor va benasib bo'luvlariga kabilarni ko'rsatish mumkin. Ularning aksariyati kengaytirilgan(yoyiq) bo'laklardir. Shu holda bo'laklarni uyushtirgan holda gap tuzish matn ta'sirchanligini oshirgan, hodisaga aloqador bo'lgan oqibatlarni umumlashtirib, bir joyda bayon etilishini ta'minlagan.
Xullas, A.Qodiriy asarlarida gap bo'laklarini turli xil vositalardan foydalangan holda uyushtirish asosida badiiylikni oshirishga alohida e'tibor qaratilganligi, shu vositani o'zining individual uslubining asosi qilib olganligini aniq kuzatish mumkin. Ayniqsa, sifatlashlarni uyushtirish asosida voqea-hodisa, shaxslarni tasvirlashning o'ziga xos ko'rinishini yaratgan. Bu usulda tasvirlash boshqa yozuvchilar asarlarida, A.Qodiriyniki kabi shakllantirilgan holda, uchramaydi. Demak, A.Qodiriy gap bo'laklarini uyushtirgan holda fikr yuritish borasida, shu tarzda badiiylikni oshirishga erishish borasida ham yuksak mahorat ko'rsatganki, bu yuqorida ta'kidlaganimizdek, alohida tadqiqotni talab qiladi. Quyida yana ayrim misollar tahlilini berib o'tamiz.
Bunday tasvirning davomi ham shu fikr, shu holatni alohida ta'kidlaydi: "-Shu choqda bizga Otabek kerak edi! Nega desangiz, u kelsin edi-da, sevganini bir ko 'rsin edi: hammom bilan u... faqat jongina so'raydir, majruh ko'kslarga o'qqina otadir... boshdagi oq shoyi ro'mol, ichdagi oq shoyi ko'ylak, ustidagi oq kumush zarrin sirilgan po 'stin, baq-baqalarini o 'rab o 'pib turgan yoqa qunduzlarining kelishgani, solinib tushgan qora jingalak sochlarning bo 'yin tevaragiga chirmashgani, nuqra yuzlarning bo 'g'riqqani..."
Sal oldinroqda "Qizlar majlisi-gullar, lolalar, to'tilar, qumrilar majlisi! Uyda Kumushbibining tog'asining uyida, qizlar majlisi, gullar majlisi!" "...bir turli, bir ohangli nafis, musiqaviy tovushlar kishining borliq vujudiga qon tomirlariga ajoyib bir o'zgarish bergan edilar; Qarichga keladigan uzun soqollar, boshdagi xun olud siyrak sochlar, bo'zargan yuzlar, qonga belanib yarim ochiq holda qorachiq o'rnida qo'rqinch bir oqlik bosgan ko'zlar dunyoga va shu haytga la'nat o'qigandek qaraydilar ayniqsa, bir bosh, ehtimolki, hali yigirma yilni ham ko'rmagandir, murti
Scientific Journal Impact Factor
ham chiqmagan! Xun olud quyuq qoshlari ostidagi yarim ochiq ko'zlari kimnidir izlagandek qaraydir..." Uning orqasidan qora otga otlanib, zangori movutdan uqalik to'n kiygan, kumush kamarning o'ng tomoniga qilich, so'liga to'pponcha qistirgan, boshiga barra popoq kiyib, jin yalagan deganlaridek, qoshsiz, qoramtir yuzli, tuki chakagining ustida bir oz, iyagida bir oz siyrak, ko'rimsiz qora soqolli, ko'zlari ichiga botig'roq, ammo qon quyilgansimon bir kishi kelar edi"
Bunday uyushiq bo'lakli qurilmalarni A.Qodiriyning turli asarlaridan yana ko'plab keltirish mumkin. Ayniqsa, "O'tkan kunlar" romanining har sahifasida uchratish mumkinligi, hayratlanarlidir. Hatto boshqa asarlarida, asarlar sarlavhalarida ham bu holat kuzatiladi"
"Kelinni kelganda ko'r, sepini yoyganda ko'r"(sarlavha), "Osh tegsa-to'y, tegmasa tafarruj..."-deb otalar to'yga boradilar... "Qoramol egasiga o'xshamasa harom o'ladir", "Avatiga chavati, misqozonga loy tuvoq", eng oxirida: "Eshagiga yarasha tushovi"... Ya'ni iboralar, maqollar ham uyushtirib tashlangan.
-Ko'chaga tashlab qo'ygan pul, tekin oftobga chiqqan mushuk, yuk tashiyman degan shaloq arava... ana shunday o'ngi ters so'zlarga har kim ishonsa, ebdir noma'qul buzoqning go'shtini, ichibdir ibono'v boyning chiroylik qobog'iga kirib, bir dujina pivasini" kabi qo'llanishlar xalq tilidan foydalanishning yorqin namunasidirki, bu A.Qodiriy yaratgan uslub, uning ifodalash usuli o'zgacha ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Mana shu o'zgachalik o'zbek adabiy tilining o'ziga xos tarzda sayqal topishini, umumxalq o'zbek tilining eng oliy shakli bo'lgan o'zbek adabiy tilining to'la, hozirgi kundagi holatida shakllanishini ta'minlagan, bu tilning boy, ta'sirchan, tushunarli, mantiqli, aniq nutq, jo'yali nutq tuzish uchun to'la yaroqli ekanligini isbotlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: REFERENCES
1. A.Qodiriy. "O'tkan kunlar"-T., "Sharq" nashriyoti-1914 y
2. To'ychiboyev B, Hasanov B. O'zbek dialektologiyasi. A.Qodiriy nomidagi "Xalq merosi" nashriyoti.Toshkent., 2004 yil.
3. Jamolxonov H. Hozirgi 0'zbek adabiy tili. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. -Toshkent: O'zMU, 2013.
4. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o'zbek adabiy tili. O'quv qo'llanma. - Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.
XULOSA