Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
ABDULAZIZ AL-USTUG'DODIZIY AN-NAXSHABIYNING HADIS ILMIDAGI FAOLIYATI
A. Xo'jayorov
Osiyo texnologiyalar universiteti. O'zbekiston.
Kirish. O'rta asrlarda Sharqning to'rtta hadis ilmi markazlaridan va sakkizta madina maqomini olgan shaharlardan biri Nasaf shahri hisoblanadi. Nasaf Movarounnaxrda Samarqand va Buxorodan keyin ilm-ma'rifat jihatidan gullab-yashnagan shaharlardan biri bo'lib, u yerdan ham ko'plab ulamolar va muhaddislar yetishib chiqqan. Samoniylar davrida Nasaf yirik hadis markazlaridan biri edi. Bu davrda hadis ilmi bilan turli tabaqa vakillari shug'ullanar edi. Ular orasida hokim, qozi, sufiy, mua'ddib, muazzin kabi turli kasb va soha vakillari bor edi [1].
Nasafdagi hadis ilmining taraqqiyoti haqida manbalardan asosan Abu Xafs Nasafiyning (1068 - 1142) "Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand" hamda Abu Sa'd Abdulkarim as-Somoniyning (1113 - 1167) "al-Ansob" asarlari ma'lumot beradi. Bu manbalarning bergan ma'lumotlariga ko'ra, VIII asrdan XII asrgacha o'tgan vaqt mobaynida Movarounnaxrda 3000 dan ortiq ko'zga ko'ringan muhaddislar yashab, o'z faoliyatlarini olib borganlar. Ulardan 1000 dan ortig'i Samarqandda, 600 dan ortig'i Buxoroda, 400 dan ortig'i Nasafda, 70 dan ortig'i Shoshda, 60 dan ortig'i Farg'onada, 60 dan ortig'i Keshda, 50 dan ortig'i Termizda, 40 dan ortig'i Xorazmda, shu bilan birga Ustrushana, Dabusiyya, Kushoniyya va boshqa mintaqalarda faoliyat olib borgan muhaddislardir [2].
Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinadiki, Nasaf hadis ilmida mintaqadagi eng yirik markazlar Samarqand va Buxorodan keyingi o'rinda turgan madaniy markaz edi. Nasafda ilm taraqqiyotining bu darajada yuqoriga ko'tarilishining asosiy omillaridan biri bu shaharning ko'hna tarixga ega ekanligidir. Shaharga ta'rif berarilar ekan, XII asrda yashagan marvlik olim Abu Sa'd Abdulkarim as-Sam'oniyning aytgan so'zlarini keltirish o'rinlidir: "Movarounnahr shaharlaridan. Avvalgi nomi Naxshab. Bu shaharda qariyb ikki oy turdim va u yerning ko'p olimidan ta'lim oldim. Bu shahardan o'z fanining ko'p mutaxassislari yetishib chiqqanlar. Ularning sanog'iga yetish qiyin..." [3].
Metodlar. Mavzu tarixi umumqabul qilingan tarixiy metodlar-tarixiylik, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, xolislik tamoyillari asosida ilmiy tahlil etilgan.
Muhokama. IX asrda Nasaf shahri yirik tijorat, hunarmandchilik markazlaridan biri bo'lib, unda ilm-fan ravnaq topgan. Shahar mamlakat ikkinchi
May 15, 2024
632
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
poytaxti Samarqand bilan aloqalari juda yaxshi bo'lgan. Nasafda boshqa ilmlar bilan bir qatorda hadis ilmi VIII asr oxirlari - IX asr boshlaridan rivojlana boshlagan. Markaziy Osiyoda to'rtta yirik hadisshunoslik maktabi mavjud edi: Marv, Buxoro, Samarqand va Nasaf. Bu davrda Nasafda Ahmad ibn Muhammad at-Tadayoniy, Hammad ibn Shokir an-Nasafiy, Abdulmu'min ibn Xalaf an-Nasafiy, Lays ibn Nosir al-Kojariy, XI asrda Abdulaziz ibn Muhammad an-Nasafiy, Muhammad ibn al-Baladiy, al-Hasan ibn Ali al-Hammadiy an-Naxshabiy va boshqalar samarali faoliyat ko'rsatib turgan [4].
Buyuk muhaddis Imom Buxoriy (810 - 870) o'zining ilmiy safarlari davomida Nasaf shahrida ham bo'lgan va u yerdagi hadis ilmining rivojlanishida ham katta hissa qo'shgan. Nasafda hadis ilmining ilk davri Imom Buxoriyning hayoti yillariga to'g'ri keladi. Imom Buxoriy Nasafda turgan vaqtida undan Abu Zayd Tufayl ibn Zayd, Abu Is'hoq Ibrohim ibn Ma'qil an-Nasafiy as-Sanjoniy kabi qator ko'zga ko'ringan muhaddislar dars oldilar, uning o'zi ham Nasaf ulamolaridan ancha ta'sirlangan [5]. Imom Buxoriy Nasafga kelganlarida shu hudud ahlidan bo'lgan Abu Zayd Tufayl at-Tamimiy al-Ajirning uylarida bir muddat bo'lgan. Nasaflik muhaddislarning ishonchli ekanligiga guvohlik berib, boshqalarni ulardan hadis eshitishga chaqirdi.
Nasaf vohasidan yetishib chiqqan ulug' muhaddislardan biri Abdulaziz al-Ustug'dodiziy an-Naxshabiy hisoblanadi. Allomaning to'liq ismi Al-Hofiz Abu Muhammad Abdulaziz ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Osim ibn Ramazon ibn Ali ibn Aflah Abu Muhammad ibn Abu Ja'far ibn Abu Bakr al-Ustug'dodiziy an-Nasafiy an-Naxshabiy al-Osimiy hisoblanadi [6]. Al-Ustug'dodiziy Nasafdan to'rt farsax uzoqlikdagi Ustug'dodiza [7] qishlog'ida 408/1018 yilda tug'ulgan.
An-Naxshabiy nomi bilan tanilgan, o'z zamonasining mashhur hofizlaridan, imom - peshvolaridan sanalgan Abdulaziz al-Ustug'dodiziy, shuningdek, sayyox ham bo'lgan. Olim ilm talabida Iroq, Hijoz, Shom va Misr kabi mamlakatlarga safar qilib, hadislar isnodini o'rgangan, ularni ko'chirib yozgan. Hadislarni to'plashdagi qobiliyati tufayli "Hofiz al-hadis" degan faxrli nom qozongan. Muhaddis darajalarining yuqorisidan biri "hofiz" hisoblanadi. Ko'p qirrali muhaddislarga bunday nom berilgan bo'lib, ayrim olimlarning aytishicha, hofiz bo'lish uchun kamida 20000 ta hadis, ba'zilariga ko'ra 100000 ta hadis yodlagan bo'lishi kerak. "Muhaddis" va "hofiz" bir xil ma'noda ishlatiladi, degan fikrlar mavjud [8].
Abdulaziz al-Ustug'dodiziy Nasafda dastlab otasi Abu Bakr Muhammad ibn Osim al-Ustugdodiziydan tahsil olgan. Muhammad al-Ustugdodiziy ham faqih, fozil va solih olimlardan edi. Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad, Abu Solih Xalaf ibn Muhammad al-Xayyom, Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso az-Zarir ar-Roziy va
May 15, 2024
633
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
Abu Bakr Ahmad ibn Sa'd as-Simnatiydan xadis ilmidan ta'lim olgan. U kishidan esa Abu Tohir an-Nasafiy va o'g'illari ta'lim olgan. Hijriy 378 (milodiy 989) yili zulhijja oyining o'n beshinchisida vafot etgan [9].
Shuningdek, Xuroson, Iroq va Damashqda zamonasining mashhur olimlaridan hadis tinglagan va 433/1041 - 1042 yilda Isfahonga borgan [10]. Alloma ilm talabida Iroq, Hijoz, Shom va Misrda bo'lib, sanadi sahih ko'p hadisni o'z qo'llari bilan nasx xatida ko'chirganlar. Uzoq muddat safarda bo'lganlar. Isfahonda ko'proq turganlar. Keyinchalik vatanlariga qaytib kelganlar. Nasafda otalaridan va Abul Abbos Ja'far ibn Muhammad al-Mustag'firiydan, Samarqandda Abu Tohir Muhammad al-Jurjoniydan, Buxoroda Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad al-Varroqdan, Isfahonda Abu Bakr Muhammad ibn Abdullox ad-Dubbiydan, Marvda Abu-l-Qosim al-Hasan ibn Ismoil al-Mahmudiydan, Dandonkonda Abu Tohir Muhammad ad-Dandonqoniydan, Balxda Abu-l-Qosim Ubaydulloh ibn Muhammad as-Sijziydan, Nishopurda Abu Abdurrahmon Muhammad an-Nayliydan, Saraxsda Abu-l-Fazl Muhammad ibn Ahmad al-Horisiydan, Makkada Abu-l-Hasan Muhammad ibn Ali al-Azdiydan, Basrada Abu Is'hoq Ibrohim ibn Talhadan, Kufada Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali al-Hasaniydan, Bag'dodda Abu Tolib ibn G'aylon al-Bazzozdan, Sherozda Abu Bakr Muhammad as-Saffordan, Ramlada Abu-l-Hasan Muhammad ibn al-Husayn al-G'uzziydan, Bayt al-Maqdisda Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali al-Bayhaqiydan, Surda Abdulvahhob ibn al-Husayn al-G'azzoldan, Misrda Abu-l-Fazl Muhammad ibn Ahmad as-Sa'diydan, Iskandariyada Abu Ali al-Hasan al-G'assoniydan, Tunisda Abu-l-Xusayn Abdulvahhob as-Sayroniy va boshqalardan xadis eshitgan [11].
Shuningdek, alloma Damashqqa borib, u yerda hadis aytgan va o'z navbatida, undan muhaddis Abu Muhammad Abdulaziz ibn Ahmad al-Kattoniy ad-Dimashqiy, tarixchi, hadisshunos Abu Bakr Ahmad ibn Ali al-Xatib al-Hofizlar hadis rivoyat qilganlar. Abdulaziz al-Ustug'dodiziyning shogirdlari qatorida nasaflik mashhur muhaddis olim Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad al-Baladiy, Abu-l-Husayn al-Muborak ibn Abduljabbor at-Tivariy, ko'zga ko'ringan shofe'iy faqihi, hadis ilmi bilimdoni Abu-l-Qosim Ali ibn Muhammad al-Massisiy, Sahl ibn Bishr al-Isfaroyiniylarning ham nomlari keltirilgan [12].
Tarixchi olim Ibn al-Imod o'z asarida Abdulaziz al-Ustug'dodiziyning musanniflardan bo'lganini zikr qilsa-da, manbalarda hofizning qalamiga mansub asarlar haqida ma'lumotlar mavjud emas [13]. Lekin, "al-Ansob" asari muallifi as-Spm'oniy o'zining asarini yozish jarayonida allomaning "Mu'jam ush-shuyux" ("Shayxlar qomusi") asaridan ko'p bora foydalangan.
May 15, 2024
634
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
"Al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand" asarida allomaning Samarqand ilm toliblariga aytib turib yozdirgan hadisi keltirilgan [14]. Abu Sa'd as-Sam'oniy aytadi: "Men Ismoil ibn Muhammad al-Hofizdan Abdulaziz an-Naxshabiy haqida so'radim. U [Ismoil ibn Muhammad] uni maqtay ketdi va uning ishlarini ko'p sharaflab dedi: "O'sha Naxshabiydir. o'sha Naxshabiydir". U buyuk hofizlardan edi".
Allomaning hadis ilmidagi faoliyati bo'yicha zamondoshlari bir qator iliq fikrlar bildirishgan. Jumladan, as-Salafiy aytadi: "Al-Mu'taman al-Hofizdan Abdulaziz an-Naxshabiy haqida so'radim. U aytdi: "U [an-Naxshabiy) al-Xatib va as-Suriy kabi hofizlardan bo'lgan. Unga maqtov aytganlar va uning fahm-farosatidan rozi bo'lganlar. U Misr va undan boshka yerlarda isnodlarni o'rgangan". Al-Hofiz Yaxyo ibn Mandax deydi: "Abdulaziz o'z zamonasida yodda saqlash va balog'atda yagona edi. Bizning asrimizda yod olishlikda uningdek nafis xatli, tez yezib, tez o'quvchi, go'zal xulqli [olim]ni [hech kim] ko'rmagan" [15].
Manbalarda Abdulaziz al-Ustug'dodiziyning vafoti haqidagi ma'lumotlar ixtilofli bo'lib, bu xususda so'z yuritar ekan, Yoqut al-Hamaviy "Ustug'dodizah" maqolasida "... u 459/1066-1067, ba'zilarning aytishicha, 457/ 1064-1065 yili Naxshabda vafot etgan" desa, "Naxshab" maqolasida tarixchi olim Hibatulloh al -Akfaniyga tayanib, 456/1063-1064 yil, quyiroqda "40 yoshga to'lmay, 452/10601061 yili vafot etgan", deydi [16].
Bu to'g'risida Najmuddin an-Nasafiy 455/1063 [17], as-Sam'oniy 456 va 457 yillar jumodul-oxir/1064 va 1065 yillar may-iyun oylariga ishora qilgan [18]. Imom Zahabiy "Tazkira al-huffaz" asarida yozadi: "U 457/1064-1065 yil Naxshabda vafot etgan. Abu-l-Qosim ibn Asokir aytadi: "u 456/ 1063-1064 yil Naxshabda, yana ba'zilarning aytishicha, Samarqandda vafot etgan". Ibn al-Imod esa al-Ustug'dodiziyning vafoti haqida yuqoridagi barcha mualliflarning asarlarida uchragan sana 456/1063-1064 yilni keltirib o'tgan [19].
Xulosa. Xullas, o'rta asrlarda Nasaf vohasidan yetishib chiqqan muhaddislar mintaqada hadis ilmi rivojida muhim ahamiyat kasb etgan. Abdulaziz al-Ustug'dodiziyning muhaddislik faoliyati Markaziy Osiyoda hadisshunoslik ilmining ravnaq topishida ham alohida o'ringa ega hisoblanadi.
REFERENCE
1. Ravshanov P. Qashqadaryo tarixi (eng qadimgi davrlardan XIX asr II yarmiga qadar). - Toshkent: Fan, 1995. 360-bet. (782 b.)
635
May 15, 2024
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
2. Rahimjonov D. Abu Hafs an-Nasafiyning "Kitob al-qand fi ma'rifat ulamo Samarqand" asari Samarqand hadis ilmi tarixi bo'yicha muhim manba. Tar. fan. nom. diss... - T.: TIU, 2003. 12-bet.
3. Abu Sa'd Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur at-Tamimiy as-Sam'oniy. Nasabnoma (al-Ansob). Tarjimonlar: Abdulgafur Buxoriy, Komiljop Rahnmov. -Toshkent: «HILOL NASHR», 2017. 311 - 312-bet.
4. Kamaliddinov Sh. «Kitab al- ansab» Ab Sa'da Abdulkarima ibn Maxammed as-Samani kak istochnik istorii i istorii kulturbi Sredney Azii. T., 1993. - S.164
5. Rahimjonov D. Imom Buxoriy va Nasaf hadis maktabi // Imom Buxoriy saboqlari, 2000 yil 2-son. 91 - 93-betlar.
6. Imom Shamsiddin Zahabiy. Mashhur daholar siyrati. - Toshkent: «HILOL NASHR», 2017. 318-bet.
7. Nasafdan to'rt farsax uzoqlikdagi qishloq. as-Sam'oniy bergan ma'lumotga ko'ra, bu yerdan buyuk muhaddislar yetishib chiqqan.
8. Muratov D. Hadisshunoslik atama va iboralari (qisqacha izohli lug'at). - T.: Fan, 2009. 96 b.; Rahimjonov D., Muratov D. Hadisshunoslik. - Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2010. 64-bet (74 b.)
9. Abu Sa'd Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur at-Tamimiy as-Sam'oniy. Nasabnoma (al-Ansob). Tarjimonlar: Abdulgafur Buxoriy, Komiljop Rahnmov. -Toshkent: «HILOL NASHR», 2017. 273-bet. (336 b.)
10.Bobojonov A. Abdulaziz al-Ustug'dodiziy. - Islom ensiklopediyasi. 1-jild. -Toshkent: O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi nashriyoti, 2020. 108 - 109-betlar. (496 bet)
11.as-Sam'oniy. Nasabnoma (al-Ansob). 274-bet.
12.as-Sam'oniy. Nasabnoma (al-Ansob). 274-bet.
13.Ibn al-Imod. Shazarat az-zahab. - Damashqa-Bayrut: "Dor Ibn Kasir", 1991. V jild. 236-bet.
14.Najmuddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand [Samarqand ulamolari xotirasiga doir qand (dek shirin kitob)]. Arabchadan Usmonxon Temurxon o'g'li va Baxtiyor Nabixon o'g'li tarjimasi. -Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", 2001. 110 - 111-betlar. (304 b.)
15.Bobojonov A. Abdulaziz al-Ustug'dodiziy. - Islom ensiklopediyasi. 1-jild. -Toshkent: O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi nashriyoti, 2020. 108 - 109-betlar.
16.Bobojonov A. Yoqut al-Hamaviyning "Mu'jam al-buldon" asarida Movarounnahrlik muhaddislar // O'zbekistonning Islom sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan hissasi. -Toshkent - Samrqand, 2007. 236-bet.
May 15, 2024
636
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
17.an-Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand [Samarqand ulamolari xotirasiga doir qand (dek shirin kitob)]. 111 -bet.
18.as-Sam'oniy. Nasabnoma (al-Ansob). 274-bet.
19.Bobojonov A. Abdulaziz al-Ustug'dodiziy. - Islom ensiklopediyasi. 1-jild. -Toshkent: O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi nashriyoti, 2020. 108 - 109-betlar.
637
May 15, 2024