Safarova G.I.
Buxoro davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim pedagogikasi kafedrasi o 'qituvchisi
1920-1938-YILLARDA BUXORODA MAKTAB TA'LIMINING
RIVOJLANISHI
Annotatsiya. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev "Biz Yangi O 'zbekistonni bunyod etishda sog 'lom va barkamol yoshlarimizni hal qiluvchi kuch deb bilamiz. Shu maqsadda ularning bilim, madaniyat, san 'at va sport bo 'yicha salohiyatini ro 'yobga chiqarish, tadbirkorlik faoliyatini rag 'batlantirish borasida ham yangi tizim yaratamiz" deb bekorga aytmadilar. Maqolada Buxorodagi XX asrning birinchi yarmida maktablarining tashkil topishi va rivojlanishi haqida ma 'lumot berilgan.
Kalit so'zlar: jadid, yangi usul, maktab, ma'rifatparvar, madaniyat, pedagogikfikr
Safarova G.I. Bukhara State Pedagogical Instituti
teacher
of the Department of Pedagogy of Preschool and Primary Education
DEVELOPMENT OF SCHOOL EDUCATION IN BUKHARA IN
1920-1938
Annotation. President Sh. Mirziyoyev said: "We consider our healthy and comprehensively developed youth to be a decisive force in building the New Uzbekistan. To this end, we will create a new system for realizing their potential in the fields of knowledge, culture, art and sports, as well as encouraging entrepreneurship. The article provides information on the establishment and development of schools in Bukhara in the first half of the 20th century.
Keywords: modernity, new method, school, educator, culture, pedagogical thought.
Ma'lumki, Buxoro shahri asrlar davomida nafaqat Turkistonda, balki butun islom Sharqida yorqin ilm mash'ali vazifasini o'tab kelgan. So'nggi asrlarda bu yolqin birmuncha pastlagandek ko'rinsa-da, Buxoro madrasalari hamisha Turkis-tonning barcha bo'lgalaridan tashqari Hindiston-u Eron, arab diyorlari, uzoq tatar dashtlaridan kelgan talabalar bilan to'lib-toshgan edi. Garchi Turkiston siyosiy jihatdan uch davlatga bo'lingan bo'lsa-da, Buxoro o'zining ilm-ma'rifat poytaxti sifatidagi mavqeyini aslo yo'qotmadi...
20-уШагш^ ЫгтсЫ yarmida maorif institutlari ущоп malakali maktab o'qituvchilari tayyorlash vazifasi bajardi. Ushbu oliy o'quv yurtlarida boshlang'ich maktab va savodsizlikni tugatish maktablari uchun o'qituvchilar tayyorlandi. 1923-УШ O'zbekistonda 11 ta maorif ^Ший bo'lib, ularda 1900 talaba О^Г, ulardan 80% ishchi va dehqonlar edi. Keyinroq moliyaviy qiyinchiliklar tufayli ular qayta tashkil etildi.1924-yili jami 7 ta maorif instituti ЬО'НЬ, shundan beshtasi Toshkentda, Samarqand va Buxoroda bittadan edi.
Turkistondagi maktabxonalar faoliyatini Abdurauf Fitrat shunday ta'riflaydi: "МОШЬ shunday joydirki, bir тш1Нш1 ЬОГ, uni "maktabdor" deydilar, Ьоккг и yerda yetti yildan to О'П yilgacha zaruriy xat-savodlarini chiqaгgunga qadar qoladilar, undan keyin xohishlariga qarab, madrasaga borib, dars О^У boshlaydilar62
Turkistonda ilk ЬОГ yangi usul maktablari Buxoroda tashkil еШЛ taxminan 1900-1903 yillar oralig'iga to'g'ri keladi. Aynan shu yillarda tatar o'qituvchilaгi tomonidan ilk yangi ши1 maktablari ochilgandi.
1920-yil 2-sentabrda Buxoroda ОШ^НИ tartibi ag'darilganidan so'ng (monarxiyaga qarshi tuntarish) dastlabki oylardanoq zamonaviy maorif tizimLni vujudga keltirish с^га^ ko'rildi. Вихого Respublikasi rahbarlari ш№и masalaga: «Maorif kerak, chunki hech bir mamlakat, hech bir тИЫ va hech bir inqilob maorifsiz yashamas, o'qimok uchun maktab кегак, maorif кегвк kitob kerak-bular haqiqat»63-tarzida qaradilar.
BXSRning 10 nafar kishidan iborat hukumat tarkibi jadidlardan, asosan taraqqiyparvarlardan iborat bo'lib, ular xalqni savodli qilish orqali jaholat va qoloqlik botqog'idan xalos qilish титкт^ to'g'risidagi orzu-umidlarining ro'yobga chiqish vaqti yetdi, deb hisobladilaг. Ayni BXSR davrida aholidatexnik bilimlarni rivojlantirish, ХО^НИ yuritishni modernizaгsiyalashtirish maqsadida chetdan texnika vositalari kirib keldi.
Ayniqsa BXSR hukumatining dastlabki yilida ishlab сЫМ^п va «Вихого axbori» gazetasida BXSR maorif noziri Qori Yo'ldosh Po'latov va maktab sho'basi mudiri imzosi ostida chop qilingan «Maktablar haqida umumLy qoidalar» («Qoidalar»)64 alohida ahamLyatga molik bo'ldi.
Ushbu hujjat: «UmumLy qoidalar», «Ta'lim-tarbiya ishlariga oid», «МоИ^Ь idorasi xay'ati vazifasi», «Maktab sho'rosining vazifasi», «Maktab xodimlari uchun kategoriyalar» kabi bo'limlardan iborat. BXSRda ta'lim tizimLni zamonaviylari kirish ushbu "Qoidalari"dan boshlaydi.
"Qoidalarda", amirlik zamonida mayjud bo'lgan eskicha ta'lim tizimLni tubdan isloh kilish, aholini yoppasiga savodini chiqarish masalasi kun tartibiga quyiladi. Maktab ishlari haqidagi rejada: 8-16 yoshli ЬОЫОГ uchun ibtidoiy
62 Абдурауф Фитрат Х,индистонда бир фаранги ила Бухороли мударриснинг жадид мактаблари хусусида килган мунозараси. Танланган асарлар; 1 жилд. Т.: Маънавият; 2000. - Б. 50.
63 «Бухоро ахбори», 55-сон. 1921 йил,18 ноябр. (Бекбой. «Маориф ишлари теграсида»). ("Бухоро ахбори", "Озод Бухоро" газеталаридаги материалларини такдим этганлиги учун диссертант тарих фанлари номзоди, доцент К.Ж.Рахмоновга миннатдорчилик билдиради.
64 «Мактаблар хакида умумий коидалар», «Бухоро ахбори», 1920 йил, 29 ноябр. 10-сон.
(boshlang'ich) maktablar ochish, savodsizlikni tugatish kurslari hamda muallim va murabbiylar tayyorlaydigan maxsus o'quv yurtlarini tashkil etish ko'zda tutiladi. Matbuot sahifalarida «Qoidalar» e'ion qilinganidan keyin, bu jamoatchilik muhokamasidan o'tgan.
Jumladan, boshlang'ich maktablarda o'kuv muddati 7-8 yil davom etishi qayd qilingan. Keyinchalik bu masalada munozaralar kuchayib ketadi. «Buxoro axbori» gazetasining bir qator sonlarida ushbu muddatni 4-5 yilga tushirish bilan bog'liq takliflar bildirilgan. Maorif noziri Qori Yo'ldosh Po'latov: «Buxoroning boshlang'ich maktablarida o'qish muddatini Bekboy («Buxoro axbori» muxbirlaridan biri) o'rtoq 4 yil bo'lsun deydur. Maorif nazorati bu masalani obdon qarab chiqib 6 va 7 yillik emas, boshlang'ich o'qish muddatini 5 yillik o'laroq qabul kilgan edi»65 deb yozadi. «Qoidalar»da eski maktablarni isloh qilish, yangi maktablar ishida madrasada ta'lim bergan muallimlardan foydalanib turish, qizlar maktablarini tashkil etish, bolalar bog'cha va yaslilari ochish, ta'limning majburiyligini ta'minlash, o'quvchilarni hukumat hisobidan bepul ovqatlantirish masalalari sanab o'tiladi. «Qoidalar»ning 1-bo'lim 11-bandida: «Maktablarning har qaysisida tarbiya olmoq bilan birga, bolalar uchun mumkin bo'lg'on ravishda osh, choy, kiyim ham berilur»66 -deb yozilgan. Maktablarda bolalar sog'ligini nazorat qilish uchun doimiy tibbiy nazorat ko'rigini tashkil etishga diqqat-e'tibor qaratilgan.
Ta'lim-tarbiyada «bolalarni so'qmoq, urmoq, jazo bermoq bitirilib, o'git-nasihat, tanbeh, o'rnak ko'rsatish (ibrat-namuna)» usullarini qo'llash qoidasi ko'rsatilgan. Ta'lim «axloqiy, faniy, siyosiy (mafkuraviy)» ravishda bo'lishi, har bir sinfdagi o'quvchilar soni 30-35 tagacha qilib belgilanishi yozib kuyilgan67.
Yuqoridagi qaydlar hozirgi zamon ruhi bilan hamohang ekanligining guvohi bo'lamiz. Ayniqsa, ta'limning shakllari, ta'lim-tarbiya usullari, hatto bir sinfdagi o'quvchilar soni kabilar zamonaviy ta'lim tizimi va jarayoni talablariga mos keladi.
Ushbu yillarida maorif ta'lim-tarbiyaning jonkuyar fidoiylari bo'lgan F.Xo'jaev, A.Fitrat, Q.YPo'latov, Atoulla Xo'ja, Said Ahroriy kabilar boy moddiy, ma'naviy madaniyatimizni rivojlantirish, o'tmishdan qolgan ma'naviy boyliklarimizni asrash, kelajay avlodlarga yetkazishga o'z kuch-qudratlarini bilim va salohiyatlarini sarfladilar. Moddiy ma'naviy madaniyatimizni rivojlantirish, zamon talablari darajasida ilmiy-texnik mutaxassislarga va ziyolilarga ega bo'lish yo'lida ibratomuz amaliy qadamlar qo'yilgan edi.
1923-yilda maktab qurilishining yangi bosqichi boshlandi, bu kompleks qurilishga o'tish va dasturlarni sxematiklashtirish bilan belgilandi. "Ta'lim" so'zi asta-sekin "ijtimoiy-siyosiy ta'lim" va "jamoat ongini tarbiyalash" tushunchalari bilan almashtirildi.
65 «Бухоро ахбори», 1921 йил 26 ноябр 56-сон. («Мубохаса» рукни. Кори Йулдош. «Маориф ишлари тугрисида»).
66 «Мактаблар хакида умумий коидалар», «Бухоро ахбори», 10-сон. 1920 йил 29 ноябр.
67 Х,айитов Ш. ва бошкалар. Бухоро халк совет Республикаси: иктисодиёт, ижтимоий сиёсат ва маданий ^аёт. Бухоро: "Бухоро" нашриёти, 2005 - Б. 72.
XX asr 30-yillari O'zbekistonda xalq ta'limida keskin burilishlar amalga oshirilishi 1930 yilning 25-iyulida VKP(b)MKning «Umumiy boshlang'ich majburiy ta'lim to'g'risida» gi qarori asosidagi O'zbekiston SSR XKS ham 1930 yilning 23 avgustida «O'zbekiston SSRda boshlang'ich umumiy majburiy ta'limga o'tish to'g'risida»gi203 qarorlarning qabul qilinishi bilan bog'liq. Bu qarorga ko'ra, 1930-1931 o'quv yilidan boshlab shaharlarda, fabrika va zavodlar joylashgan qo'rg'onlarda 8,9,10 yoshga yetgan bolalar, ommaviy va yoppasiga kollektivlashtirilgan rayonlarda sovet xo'ja-liklari (sovxoz) va MTSlarda 8 yoshli bolalar ham umumta'lim maktablariga qamrab olinishi kerak.
1931-1932-o'quv yilidan boshlab esa 11 yoshli o'smirlar ham majburiy boshlang'ich ta'lim tarmoqlari bilan qamrab olinishi, turli sabablar bilan maktabga tortilmay qolgan 11-15 yoshli o'smirlar esa 1 yoki 2 yillik tezlashtirilgan o'quv kurslarida o'qitilishlari kerak edi.
Ushbu yillarda Buxoroda ta'lim tizimi tom ma'noda o'zgardi. Maktab ta'limiga oid qator hujjatlar, qonunlar ishlab chiqildi. Ushbu qaror va qonunlar Buxoro maorifining o'zgarishiga debocha vazifasini bajardi.
Adabiyotlar ro'yxati
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. Tom I. T.: O'zbekiston NMIU, 2018. - 592 b.
2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro ta'lim tizimi tarixi. - T.: Akademikash, 2017. - 592 b.
3. Ahmadov O.Sh. Hamidov H.K. Pedagogika nazariyasi va tarixi (Pedagogika tarixi XIX - XX asrlar)//o'quv qo'llanma. - Buxoro. Kamolot nashriyoti. 2022-yil. 188 bet