é
Ш:
ANTICONVULSANT ACTIVITY OF 1-(4-METHOXYPHENYL)-6.7 DIMETHOXY-1,2,3,4-TETRAHYDROISOQUINOLINE Sanoev Zafar Isomiddinovich
Institute of Chemistry of Plant Substances Academy of Sciences of
Republic of Uzbekistan Tashkent State Dental Institute https://doi.org/10.5281/zenodo.14799754
ARTICLE INFO
ABSTRACT
This article indicates that the synthetic compound 1 - (4 -methoxyphenyl) - 6, 7 -dimethoxy - 1, 2, 3, 4 -tetrahydroisoquinoline belongs to the class of low-toxic, with psychopharmacological activity in doses of 0.1; 0.5; 1.0; 5.0 and 10.0 mg/kg and is not inferior to comparable anticonvulsant drugs carbamazepine and convulex confirmed by experimental experiments.
Received: 25th January 2025 Accepted: 30th January 2025 Online: 31st January 2025
KEYWORDS 1 -(4-methoxyphenyl)-6,7-dimethoxy-1,2,3,4-tetrahydroisoquinoline, low-toxic, psychopharmacological activity, anticonvulsant
activity, carbamazepine, convulex.
ПРОТИВОСУДОРОЖНАЯ АКТИВНОСТЬ 1-(4-МЕТОКСИФЕНИЛ)-6,7 ДИМЕТОКСИ-1,2,3,4-ТЕТРАГИДРОИЗОХИНОЛИНА
Саноев Зафар Исомиддинович
Институт химии растительных веществ академии наук Республики Узбекистан Ташкентский государственный стоматологический институт https://doi.org/10.5281/zenodo.14799754
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 25th January 2025 Accepted: 30th January 2025 Online: 31st January 2025
KEYWORDS 1 -(4-метоксифенил)-6,7-диметокси-1,2,3,4-тетрагидроизохинолин, малотоксичен, психофармакологическая активность, противосудорожная активность, карбамазепин,
В этой статье указывается, что синтетическое соединение 1 -(4-метоксифенил)-6,7-диметокси-1,2,3,4-тетрагидроизохинолин относится к классу малотоксичных, с психофармакологической активностью в дозах 0,1; 0,5; 1,0; 5,0 и 10,0 мг/кг и не уступает сопоставимым противосудорожным препаратам карбамазепину и конвулексу подтверждено экспериментальными опытами.
конвулекс.
1-(4-METOKSIFENIL)-6,7DIMETOKSI-1,2,3,4-TETRAGIDROIZOXINOLINNING TUTQANOQQA QARSHI FAOLLIGI
é
Ei
Sanoyev Zafar Isomiddinovich
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'simlik moddalari kimyosi instituti Toshkent davlat stomatologiya instituti Elektron pochta manzili: [email protected] ORCID 0000-0002-5287-2316 https://doi.org/10.5281/zenodo.14799754
ARTICLE INFO__ABSTRACT
Received: 25th January 2025 Accepted: 30th January 2025 Online: 31st January 2025
KEYWORDS 1 -(4'-metoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin, kam zaharli, psixofarmakologik faollik, tutqanoqqa qarshi faollik, karbamazepin,
konvuleks.
KIRISH. Epilepsiya-bu har qanday yoshdagi odamlarga yuzaga keladigan keng tarqalgan surunkali nevrologik kasallik. Epilepsiya kamida bitta har qanday bevosita aniqlangan sabab tufayli epileptik tutqanoqning paydo bo'lishi deb ta'riflanadi [1]. Epilepsiyani davolashning bir qancha usullari mavjud, ammo antiepileptik dorilar eng ko'p qo'llaniladigan davolash usuli bo'lib qolmoqda [2]. 1-(4-aminofenil)-4-metil-7,8-metilendioksi - 5H-2,3-benzodiazepin (GYKI52466, 1) - bu antikonvulsant birikma bo'lib, uning ta'siri raqobatbardosh bo'lmagan AMPA tomonidan namoyish etilgan retseptorlari antagonisti va tadqiqotlarda ko'pchilik uchun qo'llanma sifatida ishlatilgan [3-10]. Keyinchalik talampanel [2] va CFM-2 [3], bu molekulaning yuqori faolligini ko'rsatdi va hayvonlarda tutqanoqning turli modellarida yaxshi natijalar aniqlandi [11-13]. Barreca va hammualliflar tomonidan o'tkazilgan 3D farmakofor tadqiqotiga ko'ra [11] diazepin halqasini tetragidropiridin tizimiga oddiy almashtirish sintezga olib keldi, 2-atsetil-1-aril-6,7-dimetoksi-1,2,3,4 tetragidroizoxinolinlar [4], bu 3D farmakofor gipotezasiga yaxshi mos keladi (ikkita gidrofob guruh, vodorod bog'lanish akseptorining o'ziga xos xususiyati va ma'lum bir uch o'lchovli tartibda bitta aromatik mintaqa) kuchliroq antikonvulsant faollikni ko'rsatadi [14]. Psixotrop faollikka эga bo'lgan dori vositalari O'zbekiston hududida asosan chet mamlakatlardan olib kelinadi. Ushbu dori vositalarining o'rnini mahalliy preparatlar bilan to'ldirish hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi. Nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyo olimlari izoxinolin alkaloidlari asosida olingan birikmalarda Shizofreniya [15], Parkinson [16], neyroprotektor [17], antidepressant [18-19] va shunga o'xshash markaziy nerv tizimi kasalliklari bo'yicha eksperimental tajribalar olib bormoqda. Shu sababli O'simlik moddalari kimyosi instituti alkaloidlar kimyosi laboratoriyasida izoxinolin alkaloidlari asosida yangi birikmalarning sintezi amalga oshirilmoqda [20]. Ushbu sintez qilingan birikmalar orasidan atipik neyroleptik [21-22], sedativ anksiolitik [23-24] faollikka эga bo'lgan moddalar aniqlandi. Shu maqsadda 1-(4'-
Ushbu maqolada sintetik birikma 1-(4'-metoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin kam zaharli sinfga mansub ekanligi, 0.1; 0.5; 1.0; 5.0 va 10.0 mg/kg dozalarda psixofarmakologik faolliklari va tutqanoqqa qarshi solishtirma preparatlar karbamazepin va konvuleksdan qolishmasligi eksperimental tajribalar asosida tasdiqlangan.
é
Ei
metoksifenil)-6,7dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin alkaloidi sintezlanib,
psixofarmakologik izlanishlar olib borildi.
TADQIQOT UCHUN ISHLATILGAN MATERIAL VA METODLAR. Farmakologik tadqiqotlar vivariy sharoitida 14 kun karantinda saqlangan massasi 18-24 g. bo'lgan oq sichqonlarda olib borildi. Hayvonlar bilan o'tkazilgan barcha tajribalar umurtqali hayvonlarni himoya qilish bo'yicha Yevropa konvensiyasining xalqaro tavsiyalari talablariga muvofiq amalga oshirildi [25]. Har bir guruh 8-10 tadan tajriba hayvonlari joylashtirildi. O'rganiluvchi modda suvda yaxshi eriydigan 1-(4'-metoksifenil)-6,7dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolinning gidroxlorid tuzi O'simlik moddadari kimyosi instituti alkaloidlar kimyosi laboratoriyasi olimlari tomonidan sintez qilingan. Tadqiqotlar uchun pentilentetrazol, strixninlar Sigma-Aldrich® kompaniyasi maxsulotlari va galoperidoldan katalepsiya modellarida foydalanildi. 1-(4'-metoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin turli xil psixofarmakologik [26] tajriba modellarida amalga oshirildi. Birikmaning o'tkir zaharliligi 100 mg/kg dan to 1200 mg/kg dozagacha og'iz orqali yuborilib o'rganildi. 0.1; 0.5; 1.0; 5.0 va 10.0 mg/kg dozada harakatlanish aktivligi, etaminal-natriy 40 mg/kg dozada qorin bo'shlig'iga yuborish yordamida chaqirilgan uyqu davomiyligiga, strixnin, pentilentetrazol (korazol) ta'sirida chaqirilgan tutqanoqqa ta'siri, galoperidoldan yuzaga keladigan katalepsiya dovomiyligini ta'siri o'rganib chiqildi. O'rganiluvchi modda va referens preparatlar (karbamazepin, konvuleks) analizatorlardan 60 daqiqa oldin yuborildi. Tajribalardan olingan natijalar statistik tahlil usullari yordamida qayta ishlandi. O'zgarishlar aniqligi p<0,05 ko'rsatkichi bo'yicha hisoblandi.
NATIJALAR
1-(4'-metoksifenil)-6,7dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxmolinnmg o'tkir
zaharliligini o'rganish. 1-(4'-metoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin alkaloidi o'tkir zaharliligi oq sichqonlarda o'tkazildi. O'rganiluvchi modda 100 mg/kg dozadan 1200 mg/kg dozagacha og'iz orqali maxsus metal zond yordamida yuborildi. 500 mg/kg dozada harakat qo'zg'aluvchanligi, 700 mg/kg dozadan boshlab, tutqanoq xurujlari, 1000 va 1200 mg/kg dozalarda nafas yetishmovchiligi tufayli nobud bo'ldi (1-jadval).
1-jadval
1-(4'-metoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolmnmg o'tkir zaharliligi
№ Yuborilayotgan Doza Tirik qolgan O'lgan
modda hayvonlar soni hayvonlar soni
1. 100 mg/kg 10 0
2. 300 mg/kg 10 0
3. 1-(4'-metoksifenil)- 500 mg/kg 1 9
4. 6,7-dimetoksi-1,2,3,4- 700 mg/kg 7 3
5. tetragidroizoxinolin 800 mg/kg 5 5
6. 1000 mg/kg 3 7
7. 1200 mg/kg 0 10
Olib borilgan statistik hisoblashlar natijasida o'rtacha o'lim dozasi LDso=820 mg/kg ni tashkil etdi.
1-(4-metoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin alkaloidining bir martalik yuborilgandagi harakatlanish faolligini aniqlash. Harakat faolligi oq
é
IF = 7.921
www.in-academy.uz
sichqonlarda 0.1; 0.5; 1.0; 5.0 va 10 mg/kg dozalarda og'iz orqali yuborib, 4-soat davomida kuzatildi. Olingan natijalarga ko'ra, 0.5 mg/kg dozada harakat aktivligini nazorat guruhiga nisbatan oshirganligini ko'rishimiz mumkin. Qolgan barcha dozalarda dastlabki soatlardan harakatlanish aktivligini susaytirgan. 10 mg/kg dozada esa dastlab harakat aktivligin oshirib, keyinchalik barcha soatlarda harakat aktivligini susaytirdi. Olingan natijalar quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
1-(4'-metoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin alkaloidining bir martalik yuborilgandagi harakatlanish aktivligiga ta'siri (n=10)
№ Modda Dastlabki holat 1 soat 2 soat 3 soat 4 soat
1. Nazorat 14.3±1.2 10.5±0.72 8.0±0.48 6.5±0.24 8.0±0.48
guruhi (100%) (73%) (56%) (45%) (56%)
2. 0.1 mg/kg 14.2±0.72 16.8±1.44* 15.2±1.2* 11.6±0.96* 10.8±0.48*
p.o. (100%) (118%) (107%) (82%) (76%)
3. 0.5 mg/kg 15.6±0.72 18.6±1.44* 19.2±1.2* 13.6±0.96* 9.8±0.48*
p.o. (100%) (119%) (123%) (87%) (63%)
4. 1.0 mg/kg 9.5±0.48 6.5±0.48* 3.5±0.24* 3.0±0.24* 5.0±0.48*
p.o. (100%) (68%) (37%) (31%) (53%)
5. 5.0 mg/kg 13.4±0.96 10.3±0.72 9.8±0.48 7.9±0.24 6.2±0.24*
p.o. (100%) (77%) (73%) (59%) (46%)
6. 10.0 mg/kg 8.25±0.48 9.5±0.24* 3.0±0.24* 1.5±0.24* 0.75±0.24*
p.o. (100%) (115%) (36%) (18%) (9%)
Eslatma.*P<0.05 nazorat guruhiga nisbatan
Kuzatishlar natijasi bo'yicha moddaning doza oshib borish tartibida harakatlanish aktivligi pasayishi, ya'ni sedativ xossasi mavjudligi to'g'risida xulosaga kelish mumkin.
Etaminal-natriy yordamida chaqirilgan uyqu davomiyligi 1-(4-metoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin alkaloidining ta'siri. Tajribalar etaminal-natriy 40 mg/kg qorin bo'shlig'iga yuborishdan 60 daqiqa oldin sintetik moddaning 0.5; 1.0; 5.0 va 10 mg/kg dozalarining ta'siri o'rganib chiqildi. Nazorat guruhida uyqu davomiyligi 63 daqiqani o'rganiluvchi moddada mos ravishda 48; 59; 95 va 106 daqiqani tashkil etdi. Bundan ko'rinib turibdiki, 0.5 va 1.0 mg/kg dozalarda xuddi yuqoridagi harakatlanish aktivligiga bog'liq holda uyqu davomiyligini qisqartirganligi, doza oshgan sari esa uyqu davomiyligini nisbatan oshirganligini ko'rish mumkin.
1-(4-metoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin alkaloidini
galoperidol ta'sirida chaqirilgan katalepsiyaga ta'sirini o'rganish. Tipik neyroleptiklar dofaminergik D2 retseptorlarini to'q qamal qilishi hisobiga kam harakatlilik yoki harakatsiz holatga olib kelishi barchamizga ayon. Tipik neyroleptik dofaminoblokator galoperidolning 0.3 mg/kg dozasi yordamida katalepsiya davomiyligi 6-soat davomida kuzatildi. O'rganiluvchi modda 0.5; 1.0; 5.0 va 10.0 mg/kg dozalarda og'iz orqali yuborib, katalepsiya davomiyligi katta dozada 3-4 soatgacha, kichik dozalar esa to'liq 6-soatgacha yaqqol antogonizmni yuzaga keltirdi. Olingan natijalar 1-rasmda keltirilgan.
é
Ei
140
eö T3
!-h
3 120
eö iy
'S o
100
.S?
S o
Sö
T3
eö
.ii 'S3 a
(U
£ 20
cd
80
60
40
Nazorat(galoperidol 0,3 mg/kg t/o)
Sintetik modda 0,5 mg/kg
Sintetik modda 1,0
mg/kg
Sintetik modda 5,0
mg/kg
Sintetik modda 10,0 mg/kg
60 120 180 240
kuzatuv davri daqiqalarda
360
0
1-rasm. 1-(4'-metoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin alkaloidini galoperidol ta'sirida chaqirilgan katalepsiyaga ta'siri
1-rasmdan ko'rinib turibdiki, dastlabki 3-4 soat davomida barcha dozalarda katalepsiyaga qarshi yaqqol samara vaqt o'tgan sari ta'sirining susayganligini ko'rish mumkin. Barcha dozalarda nazorat guruhi qaraganda yaqqol dofaminopozitiv faollikni namoyon qilgan.
1-(4'-metoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxmolin alkaloidi strixnin ta'sirida chaqirilgan tutqanoqqa qarshi ta'sirini o'rganish. Bu test odamlarda birlamchi-tarqalgan tutqanoqqa o'xshash holatlarni yuzaga chiqaradi [27]. Ushbu modeldagi birikmalarning antikonvulsant faolligi glitsinga sezgir retseptorlarning bevosita faollashishi va glitsin va GAMK-ergik faollikning birgalikda kuchayishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin [28]. Strixnin yuborilgandan so'ng, nazorat hayvonlarining 100% tonik-klonik tutqanoqlar rivojlandi. Tajribalar oq sichqonlarda 1.1 mg/kg strixnin teri ostiga yuborib o'rganildi. O'rganiluvchi modda 0.1; 0.5; 1.0; 5.0 va 10 mg/kg dozada og'iz orqali yuborilganda tutqanoqning latent davrini nazorat va solishtirma preparatga nisbatan oshirdi, tutqanoqlar soni hamda o'lim yuzaga kelishishi 50% gacha kamaytirdi. Tajriba guruhlari antikonvulsant faollikni namoyon etdi. Olingan natijalar 3-jadvalda ko'rsatilgan.
3-jadval
1-(4'-metoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin birikmasini strixnin yordamida chaqirilgan tutqanoqqa ta'sirini baholash (n=8)
O'rganilgan modda Doza, mg/kg Tutqanoq boshlanish vaqti (daqiqa) Tutqanoqlar soni O'lim vaqti (daqiqa) O'lgan soni
Nazorat (strixnin t/o) 1.1 7.50±0.93 3.25±0.93 8.25±1.86 8
1-(4'-metoksifenil)- 10.0 9.25±1.55* 1.00±0.00* 12.00±1.55* 4*
é
IF = 7.921
www.in-academy.uz
6,7-dimetoksi- 5.0 7.00±1.55 1.00±0.00* 9.00±2.17 6*
1,2,3,4- 1.0 8.25±1.24 2.00±0.62* 10.00±2.79* 5*
tetragidroizoxinolin 0.5 8.50±1.24 1.25±0.31* 9.50±0.93 8
0.1 8.50±0.93 1.00±0.00* 9.25±0.93 8
Konvuleks 50.0 7.00±1.24 1.25±0.31* 7.00±1.24 8
100.0 6.00±0.62 1.25±0.31* 6.25±0.31 8
200.0 7.25±1.24 1.00±0.00* 8.25±0.31 8
Karbamazepin 20.0 8.00±0.31 1.25±0.31* 9.25±0.93 y*
50.0 7.00±0.62 1.00±0.00* 7.00±1.24 y*
Eslatma.*P<0.05 nazorat guru liga nisbatan
Shunday qilib, sintetik birikma tutqanoq ko'rsatkichlari bo'yicha: tutqanoqlarning boshlanishi, soni va hayvonlarning yashovchanligi bo'yicha nazorat guruhiga hamda Karbamazepin va Konvuleksga nisbatan yuqori faollik namoyon qilganligi kuzatildi. Sintetik birikma bilan davolangan hayvonlarda strixninni teri ostiga yuborish natijasida kelib chiqadigan tutqanoqlarning yashirin davri davomiyligining statistik jihatdan ahamiyatli o'zgarmasligi o'rganilayotgan birikmaning glitsinergik sistemaga yuqori miqdorda ta'sir ko'rsatishini ko'rsatadi.
1-(4'-metoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin alkaloidi
pentilentetrazol (korazol) ta'sirida chaqirilgan tutqanoqqa qarshi ta'sirini o'rganish.
Ushbu test epilepsiyaga qarshi faolligi mavjud birikmalarning klinik oldi sinovlarini o'tkazish uchun eng zarur usullardan biri hisoblanadi. Pentilentetrazol GAMKa antagonisti hisoblanib, qorin bo'shlig'iga yuborilganda katta (grand mal) va kichik (petit mal) tutqanoq xurujlarini keltirib chiqarsa, teri ostiga yuborilganda esa kichik tutqanoq xurujlarini "petit mal" hamda tutqanoqning asosiy komponenti klonik tutqanoqlarni yuzaga keltiradi. Bosh miya yarim sharlarining harakat zonasini qo'zg'alishi tufayli tutqanoqni yuzaga keltiradigan pentilentetrazol 90 mg/kg dozada teri ostiga yuborildi hamda o'rganiluvchi modda 0.1; 0.5; 1.0; 5.0 va 10 mg/kg dozada og'iz orqali yuborib o'rganildi. Ushbu testda nazorat guruhiga nisbatan latent davrni 1,5-2 barobar uzaytirganligi va o'lim yuzaga kelishini kamaytirganligini ko'rish mumkin (4-jadval).
4-jadval
1-(4'-metoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin birikmasini
pentilentetrazol yordamida chaqirilgan tutqanoqqa ta'sirini baholash (n=8)
№ O'rganilgan modda Doza, mg/kg Tutqanoq boshlanish vaqti (daqiqa) Tutqanoqla r soni O'lim vaqti (daqiqa) O'lgan soni
1. Nazorat (pentilentetrazol t/o) 90.0 4.75±0.93 7.0±2.17 15.75±2.79 8
2. 1-(4'-metoksifenil)- 10.0 10.25±1.24* 7.75±1.55 22.25±8.37 * 6*
IF = 7.921
EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center 321 www.in-academy.uz
3. 6,7dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin 5.0 9.50±1.24* 5.00±1.24 22.00±2.79 * 6*
4. 1.0 9.75±3.41* 4.50±1.24 23.25±5.58 * 8
5. 0.5 9.25±1.24* 5.00±1.86 19.75±6.20 * 8
6. 0.1 11.50±4.65* 3.00±0.93* 18.25±2.79 * 8
7. Karbamazepin 20.0 2.70±0.93* 2.75±0.31* 5.50±1.24* 8
8. 50.0 3.05±1.24* 2.50±0.62* 9.75±2.79* 8
9. Konvuleks 100.0 4.60±0.93 5.20±1.24* 12.75±5.20 y*
10. 200.0 5.00±0.93 3.40±1.24* 12.20±2.79 8
islatma.*P<0.05 nazorat guruhiga nisbatan Shunday qilib, sintetik birikma GAMKa antagonisti hisoblangan pentilentetrazolga qarshi faolligini inobatga olsak, birikmalar yuqori darajada GAMKa retseptorlari faolligini oshirganligini ko'rishimiz mumkin. Solishtirma preparatlardan qolishmasligini amalda namoyon etganligini ko'rishimiz mumkin.
Xulosa. 1-(4'-metoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin alkaloidining o'tkir zaharliligi Stefanov tasnifi bo'yicha IV sinf kam zaharli birikmalar qatoriga kiradi. Harakatlanish aktivligi va uyqu davomiyligi bo'yicha kichik dozalarda kuchli faollashtiruvchi, nisbatan katta dozalarda sedativ faollikni nomoyon qildi. Strixnin va pentilentetrazol yordamida chaqirilgan tutqanoqlarda tutqanoq yashirin davrini uzayishiga va o'limlar sonini kamayishiga olib keldi. Galoperidoldan yuzaga keladigan katalepsiyaga qarshi 6 soatda qarama-qarshi ta'sir ko'rsatib, dofaminopozitiv faollikni va tutqanoqqa qarshi faolligi bo'yicha tibbiyot amaliyotida keng qo'llaniladigan preparatlar karbamazepin va konvuleksdan qolishmasligi hatto ba'zi holatlarda ulardan ustunligini tajribalar ko'rsatdi. Ushbu natijalarga asoslanib, tutqanoq yuzaga kelishida muhim o'rin tutadigan glitsinergik va GAMKa retseptorlari sistemasiga yetarli darajada ta'sir ko'rsatganligini ko'rishimiz mumkin.
References:
1. R. S. Fisher, W. van Emde Boas, W. Blume, C. Elger, P. Genton, P. Lee and J. J. Engel, "Epileptic Seizures and Epilepsy: Definitions Proposed by the International League against Epilepsy (ILAE) and the International Bureau for Epilepsy (IBE)," Epilepsia, Vol. 46, No. 4, 2005, pp. 470- 472. doi:10.1111/j.0013-9580.2005.66104.x
2. C. Gerlach and J. L. Krajewski, "Antiepileptic Drug Discovery and Development: What Have We Learned and Where Are We Going?" Pharmaceuticals, Vol. 3, No. 9, 2010, pp. 28842899. doi:10.3390/ph3092884
3. Chimirri, G. De Sarro, A. De Sarro, R. Gitto, S. Grasso, S. Quartarone, M. Zappala, P. Giusti, V. Libri, A. Constanti and A. G. Chapman, "1-Aryl-3,5-dihydro- 4H-2,3-benzodiazepin-4-ones: Novel AMPA Receptor Antagonists," Journal of Medicinal Chemistry, Vol. 40, No. 8, 1997, pp. 1258-1269. doi:10.1021/jm960506l
EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.921 www.in-academy.uz
4. Chimirri, G. De Sarro, A. De Sarro, R. Gitto, S. Quartarone, M. Zappala, A. Constanti and V. Libri, "3,5- Dihydro-4H-2,3-benzodiazepine-4-thiones: A New Class of AMPA Receptor Antagonists," Journal of Medicinal Chemistry, Vol. 41, No. 18, 1998, pp. 3409-3416. doi:10.1021/jm9800393
5. M. Zappala, R. Gitto, F. Bevacqua, S. Quartarone, A. Chimirri, M. Rizzo, G. D. Sarro and A. D. Sarro, "Synthesis and Evaluation of Pharmacological and Pharmacokinetic Properties of 11H-[1,2,4]triazolo[4,5-c][2,3] benzodiazepin-3(2H)-ones," Journal of Medicinal Chemistry, Vol. 43, No. 25, 2000, pp. 4834-4839. doi:10.1021/jm001012y
6. M. Zappala, G. Postorino, N. Micale, S. Caccamese, N. Parrinello, G. Grazioso, G. Roda, F. S. Menniti, G. D. Sarro and S. Grasso, "Synthesis, Chiral Resolution, and Enantiopharmacology of a Potent 2,3-benzodiazepine Derivative as Noncompetitive AMPA Receptor Antagonis," Journal of Medicinal Chemistry, Vol. 49, No. 2, 2006, pp. 575-581. doi:10.1021/jm050552y
7. Y. Wang, C. S. Konkoy, V. I. Ilyin, K. E. Vanover, R. B. Carter, E. Weber, J. F. Keana, R. M. Woodward and S. X. Cai, "Synthesis of 7,8-(Methylenedioxy)-1-phenyl-3,5-dihydro-4H-2,3-benzodiazepin-4-ones as Novel and Potent Noncompetitive AMPA Receptor Antagonists," Journal of Medicinal Chemistry, Vol. 41, No. 14, 1998, pp. 2621- 2625. doi:10.1021/jm980168j
8. G. Abraham, S. Solyom, E. Csuzdi, P. Berzsenyi , I. Ling, I. Tarnawa, T. Hamori, I. Pallagi, K. Horvath, F. Andrasi,
9. G. Kapus, L. G. J. Harsing, I. Kiraly, M. Patthy and G. Horvath, "New Noncompetitive AMPA Antagonists," Bioorganic & Medicinal Chemistry, Vol. 8, No. 8, 2000, pp. 2127-2143 doi:10.1016/S0968-0896(00)00133-4
10. T. Hamore, S. Solyom, P. Berzsenyi, F. Andrasi and I. Tarnawa, "Structural Analogues of Some Highly Active Non-Competitive AMPA Antagonists," Bioorganic & Medicinal Chemistry Letters, Vol. 10, No. 9, 2000, pp. 899- 902. doi:10.1016/S0960-894X(00)00117-7
11. S. Grasso, G. De Sarro, A. De Sarro, N. Micale, M. Zappala, G. Puia, M. Baraldi and C. D. Micheli, "Synthesis and Anticonvulsant Activity of Novel and Potent 2,3- benzodiazepine AMPA/Kainate Receptor Antagonists," Journal of Medicinal Chemistry, Vol. 42, 1999, pp. 4414- 4421. doi:10.1021/jm991086d
12. J. J. Luszczki, "Third-Generation Antiepileptic Drugs: Mechanisms of Action, Pharmacokinetics and Interactions," Pharmacological Reports, Vol. 61, No. 2, 2009, pp. 197216
13. M. L. Barreca, R. Gitto, S. Quartarone, D. L. Luca, G. D. Sarro and A. Chimirri, "Pharmacophore Modeling as an Efficient Tool in the Discovery of Novel Noncompetitive," Journal of Chemical Information and Modeling, Vol. 43, No. 2, 2003, pp. 651-655. doi:10.1021/ci025625q
14. J. F. Howes and C. Bell, "Talampanel," Neurotherapeutics, Vol. 4, No. 1, 2007, pp. 126-129.doi:10.1016/j.nurt.2006.11.001
15. R. Gitto, R. Caruso, V. Orlando, S. Quartarone, M. L. Barreca, G. Ferreri, E. Russo, G. D. Sarro and A. Chimirri, "Synthesis and Anticonvulsant Properties of Tetrahydroisoquinoline Derivative," Farmaco, Vol. 59, No. 1, 2004, pp. 7-12. doi:10.1016/j.farmac.2003.10.003
16. Magdalena Bialonet al. 1MeTIQ and olanzapine, despite their neurochemical impact, did not ameliorate performance in fear conditioning and social interaction tests in an MK-801 rat model of schizophrenia. Pharmacol Rep. 2021 Jan 6.doi: 10.1007/s43440-020-00209-9.
EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.921 www.in-academy.uz
17. Agnieszka Wqsik, Irena Romanska, Agnieszka Zelek-Molik, Lucyna Antkiewicz-Michaluk. Multiple Administration of Endogenous Amines TIQ and 1MeTIQ Protects Against a 6-OHDA-Induced Essential Fall of Dopamine Release in the Rat Striatum: In Vivo Microdialysis Study. Neurotox Res. 2018 Apr;33(3):523-531.doi: 10.1007/s12640-017-9824-8.Epub 2017 Oct 26.
18. Lucyna Antkiewicz-Michaluket al. The mechanism of 1,2,3,4-tetrahydroisoquinolines neuroprotection: the importance of free radicals scavenging properties and inhibition of glutamate-induced excitotoxicity. J Neurochem. doi: 10.1111/j.1471-4159.2006.03756.x.Epub 2006 Mar 3.
19. E. Mozdzen et al. 1,2,3,4-Tetrahydroisoquinoline produces an antidepressant-like effect in the forced swim test and chronic mild stress model of depression in the rat: Neurochemical correlates/ European Journal of Pharmacology 729 (2014) 107-115
20. E. Mozdzen et al. Antidepressant-like effect of 1,2,3,4-tetrahydroisoquinoline and its methyl derivative in animal models of depression. Pharmacological Reports. PubDate2017-02-08, D0I:10.1016/j.pharep.2017.01.032
21. Jurakulov Sh.N., Vinogradova V.I., Levkovich M.G. /Sintez 1-ariltetragidro-izoxinolinovix alkaloidov i ix analogov. //Ximiya prirod. soedin., 2013, s. 62-66.
22. Sanoev Z.I., Mirzaev Yu.R. Pharmacological Activity Of The Possessing New Atypical Neuroleptics 1-Phenyltetrahydroisoquinoline Structure. The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research Published: 2020|Pages:18-26 https://doi.org/10.37547/TAJMSPR/Volume02Issue08-03
23. Sanoev Z.I., Mirzaev Y.R. Research of a new atypical neuroleptic 1-(3,4,-methylenedioxyphenyl)-6,7-methylenedioxy-1,2,3,4-tetrahydroisoquinoline on the central nervous system. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2021, 25 (2), 2363-2369
24. Мирзаев Ю. Р., Саноев З. И., Журакулов Ш. Н., & Виноградова В. И. (2015). Психофармакологические свойства производного тетрагидроизохинолина. Международный научный журнал "Unity of Science" Вена, Австрия, 170-174.
25. Yakubova L.K. Sanoev Z.I., Mirzaev Yu.R. Comparative pharmacological properties of a derivative of tetrahydroisoquinoline and seduxen. New Dey in Medicine. 2 (30/2) 2020, p. 365-368
26. European Convention for the Protection of Vertebrate Animals Used for Experimental and Other Scientific Purposes, ETS No123, Strasbourg (1986).
27. Mironov A.N. Rukovodstvo po provedeniyu doklinicheskix issledovaniy lekarstvennix sredstv. Chast pervaya. -M.: Grifi K, 2012. -944 s.
28. Li, M. Anticonvulsant activity of B2, an adenosine analog, on chemical convulsant-induced seizures / M. Li, R. Kang, J. Shi [et al.] // PLoS One. -2013. -T. 8. -No. 6. -S. e67060.
29. Khatoon, H. Evaluation of anticonvulsant and neuroprotective effects of camel milk in strychnine-induced seizure model / H. Khatoon, R. Najam, T. Mirza [et al.] // Asian Pacific Journal of Tropical Disease. -2015. -T. 5. -No. 10. -S. 817-820.